Tyuring mashinalari.
1912-1954 yillar orasida yashab o‘tgan Alan Tyuring - o‘ta iste'dodli matematik va
kriptograf bo‘lishiga qaramay, psixofiziologik tadqiqotlar uchun tajriba kalamushi
vazifasini o‘tashga majbur bo‘lgan. Chunki, o‘sha paytlarda Yevropada, xususan,
Buyuk Britaniyada ham, hali axloqiy-ma'naviy tushunchalar ancha sog‘lom edi. Bir
jinsli nikohlarga qonunan ruxsat berilgan bugungi Britaniyada bir paytlar buzuqi
jinsiy tabiati uchun Alan Tyuringdek olimni ham ayab o‘tirishmaganiga ishonging
kelmaydi. U Britaniya oldida ko‘rsatgan xizmatlari uchun Imperiya ordeniga
sazovor bo‘lgan edi va o‘z davrining eng yetuk matematigi sanalardi. U ikkinchi
jahon urushi yillarida nemis-fashistlarining shifrlangan kodli xat-xabar almashinish
tizimini barbod qilgani, ya'ni, nemislarning xabarlarni shifrlab, maxfiylashtirish
mashinasi - Enigmaning shifrini yechganligi bilan tarixga kirgan. Tyuring
nemislarning kodlangan shifrlangan xabarlarini shifrdan yechib berar ekan,
ittifoqchi qo‘shinlar gitlerchilarning har bir keyingi qadamlari haqida oldindan
boxabar bo‘lib borishgan va natijada urushning borishidagi tashabbusni o‘z
tomonlariga og‘dirib olishgan. Ya'ni, Tyuringning matematik iste'dodi g‘alabada
ham muhim ahamiyat kasb etgan.
Biroq, kunlarning birida Tyuringning uyini o‘g‘ri urib ketadi va u tekshiruv
o‘tkazish uchun politsiya chaqiradi. Uyni ko‘zdan kechirgan politsiya mirshabi
Alan Tyuring hezalak ekanini payqab qoladi va bu haqida tegishli joyga axborot
beradi. Jinsiy buzuqilikka qarshi murosasizlik hali amalda bo‘lgan Angliyada har
qanday jinsiy buzuqi odamlar jamiyatdan ajratib, qamoqqa tiqib qo‘yilardi. Alan
Tyuring oldida ikkita yo‘l bor edi: birinchisi - qamoqqa ketish, ikkinchisi -
hezalaklarni biokimyoviy davolash uchun ishlab chiqilgan maxsus dorilarning
klinik sinovlarida ixtiyoriy ishtirok etish. Tyuring qamalmaslik uchun ikkinchi
yo‘lni tanlashga majbur bo‘lgan. U bir yil davomida estrogen gormonini va
yondosh preparatlarni majburiy qabul qilib, o‘z tanasidan tajriba obyekti sifatida
foydalanishlariga rozi bo‘ldi. Biroq, olim bu tajribalardan qattiq jismoniy
azoblandi va gormonal zo‘riqishlarga chiday olmadi. Oradan ko‘p o‘tmay uni
uyidan o‘lik holda topishdi. Tyuring o‘lgan paytda atiga 42 yoshda bo‘lgan va
ekspertiza xulosalariga ko‘ra, sianid zahari bilan o‘z joniga qasd qilgan.
Fan tarixchilari Alan Tyuringni informatika faniga asos solgan olimlardan biri deb
e'tirof etishadi. U 1936-yilda e'lon qilingan o‘zining "Yechim mavjudligini aniqlash
masalalariga tadbiq qilinadigan hisoblab chiqariladigan sonlar haqida" deb
nomlangan mashhur ilmiy maqolasida, yechish yo‘lini algoritm tarzida ifodalasa
bo‘ladigan istalgan matematik masalani "Tyuring mashinalari" orqali yechish
mumkinligini isbotlab bergan edi. Elektron hisoblash mashinalarining mantiqiy
imkoniyatlari chegarasini tushunishda "Tyuring mashinalari" olimlarga yaqindan
yordam beradi.
Alan Tyuring shuningdek "Tyuring testi" nomli sinov-tajriba amaliyoti muallifi
hamdir. Ushbu test "sun'iy intellekt" masalalariga taalluqli bo‘lib, u "mashina fikrlay
oladimi?" - qabilidagi savollarga javob izlashni ko‘zda tutadi. Tyuringning o‘zi,
mashina oxir-oqibatda, bir kun kelib albatta testdan o‘tadi va natijada odam va
mashina o‘rtasidagi dialog shu darajaga yetib keladiki, odamlar o‘shanda, mashina
bilan gaplashayotganini farqlay olmay qolishadi deb ishongan. Ya'ni, mashina,
o‘ziga yuklangan algoritmlar asosida, odam bilan muloqotni shunday darajada tabiiy
olib bora olar emish...
1939-yilda Alan Tyuring nemislarning "Enigma" shifrlash mashinasi tomonidan
generatsiyalanadigan xabarlar shifrini yechishga kirishgan. Uning chuqur matematik
iste'dodi va mantiqiy fikrlash qobiliyati urush yillarida Britaniyaliklarga
fashistlarning shifrlangan xabarlariga kalit topish va xabarlar mazmunini shifrdan
yechish imkonini bergan. Natijada, Qirollik armiyasi qo‘mondonligi nemislarning
har bir xatti-harakati haqida oldindan boxabar bo‘lib turgan. Bu esa Britaniyaga
Shimoliy Atlantikada dengizdagi to‘liq hukmronlikni taqdim qilgan.
Tyuringning "Enigma" shifrini yechishga qaratilgan elektromexanik mashinasining
nomi "Bomba" bo‘lgan. "Bomba" - nemislarning har kuni o‘zgarib turadigan shifr
kalit so‘zlarini aniq hisoblab chiqarib berib turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |