614-17 Rasulov Shuhratjon
Mavzu: Tyuring testi.
Reja:
1. Tyuring testi haqida tushuncha va uning kelib chiqish tarixi.
2. Tyuring mashinalari.
3. Sun’iy intelekt va qudratli tenologiyalar.
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
Alan
Turing (talaffuzi:
Alan
Tyuring)
(inglizcha: Alan
Mathison
Tyuring;
23.06.1912 — 7.06.1954) — ingliz matematigi,
logiki,
kriptografi.
U
informatikani
rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. 1950-yilda
kompyuterni
ongliligini
tekshiruvchi Turing
testini taklif
etgan.
Turing Ikkinchi
jahon
urushida nemislarning „Enigma“ nomli maxfiy
shifrlovchi
mashinasini
buzishni
uddalagan. 1950-yil oktyabr oyida „Mind“
jurnalida chop etilgan „Hisoblash mashinasi va
intellekt“ nomli ilmiy maqolasida bir tajriba qo‘llashni taklif qilgan. Unga ko‘ra,
kompyuter insonlar bilan muloqot qilganda odamlardek „fikrlay oladi“ va „muloqot
qila oladi“, yaʼni kompyuterni o‘rgatish mumkin. Mazkur tajriba keyinchalik
„Tyuring testi“ deb nomlanib, kompyuterlarning onglilik darajasini tekshirgan.
„Tyuring testi“ni aksi bajarilishi natijasida CAPTCHA (hozirgi kunda internetda
mashhur, odamlarning haqiqatdan odamligini tekshiruvchi test) o‘ylab topilgan.
Tyuring birinchilardan bo‘lib xotirasida dasturlarni saqlaydigan kompyuter yaratish
mumkinligini isbotlovchi ilmiy ishini taqdim etgan. O‘zi hozirgi imkoniyatdagi
kompyuterlarning ilk ajdodlarini yaratilishida qatnasholmagan bo‘lsa-da,
nazariyasini yaratib bergan. Tyuring hatto shaxmatning kompyuter versiyasini ham
ishlab chiqqan. Shuningdek, u matematik biologiya va kimyoga ham qiziqib, bu
sohalarda ham izlanishlar olib borgan.
Shaxsiy hayoti
Tyuring Angliyada gomoseksuallarga qarshi qonun qurboniga aylandi. Qamoqda
o‘tirish o‘rniga kimyoviy kastratsiya jazosiga rozi boʻlgan. Sianid moddasi bilan
zaharlanib, halok boʻlgan. Olim oʻz joniga qasd qilgan deb ishoniladi. Ammo
ayrimlar bunga shubha bildirib, Tyuring atayin zaharlanmaganiga ishonadi.
O’limidan so’ng
Tyuring oʻlimidan 50 yil o‘tib, olimning 100 yoshi munosabati bilan u oqlana
boshlandi. 2009-yilda Buyuk Britaniya bosh vaziri Gordon Brown Tyuring uchun
o‘z xalqidan uzr so‘radi. 2013-yilda Angliya qirolichasi Elizabeth II tomonidan
oqlandi.
2002-yilda Tyuring — „tarixdagi eng mashhur 100 ta britaniyaliklardan biri“
deb, 2009-yilda „Buyuk Britaniyadagi eng mashhur gomofobiya qurbonlaridan biri“
sifatida tan olingan.
Hisoblash mashinalari Uyushmasi (Association for Computing Machinery)ning
yillik mukofotlaridan biri Turing sovrini deb nomlanadi. Axborot texnologiyalari
sohasidagi eng obro‘li mukofo ushbu mukofot informatika boʻyicha Nobel
mukofotiga tenglashtiriladi.