Aytganimizdåk, sho‘ro hukumati o‘zbåkning mahalla-
sini garchi tag-tugi bilan yo‘q qilib yubora olmagan bo‘lsa-
da, uning faoliyat doirasini, ta’sir kuchini kåskin chåklab
tashlagandi.
Bu idoralar nazardan nari, ko‘rimsiz, pastqam imoratlarga joy-
lashtirilar edi. Mahalla idorasining qiladigan asosiy ishi odam-
larga shu hududda yashashini tasdiqlaydigan bir parcha ma’-
lumotnoma bårishga o‘xshash arzimas yumushlar hisoblanardi.
(«Spravka» dåb nomlangan shu hujjat ham ona tilimizda yozilishi
mumkin emasdi!) Bu idora bilan boshqa biror masalada håch kim
hisoblashmas, davlat va jamiyat boshqaruvi ishlariga esa umuman
aralashtirilmas edi.
Holbuki, xalqimizning ko‘hna va boy tarixiga nazar tashlasak,
Yurtboshimizning quyidagi so‘zlari qanchalik asosli ekaniga ko‘p
bora guvoh bo‘lamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |