Dunyoda o‘ziga xos qadriyatlari bo‘lmagan xalq yo‘q. Milliy qadriyatlar ular mansub bo‘lgan xalqning tarixi, yashash tarzi, tili, urf-odatlari, ma’naviyati hamda mada- niyati bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Bizning milliy g‘oyamiz milliy an’ana va qadriyatlarimizni
o‘zida aks ettiradi, ularni boyitish va rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bu jarayonda u jamiyatimizning pirovard maqsadlarini inobatga
oladi va quyidagi milliy xususiyatlarni nazarda tutadi:
– xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo‘lib yashash
ruhining ustunligi;
– jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchala-
rining muqaddasligi;
– ota-ona, mahalla-ko‘y, umuman, jamoatga yuksak hurmat-
e’tibor;
– millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat;
– kattaga hurmat va kichikka izzat;
– måhr-muhabbat, go‘zallik va nafosat, hayot abadiyligining
ramzi – ayol zotiga ehtirom;
43
– sabr-bardosh va måhnatsåvarlik;
– halollik, måhr-oqibat va hokazo.