Friksion muftalar. Boshqariladigan ulovchi muftalar sifatida friksion muftalardan ko'proq foydalaniladi, chunki bu muftalar vositasida yetakchi valning harakatini to‘xtatmay, uni yetaklovchi val bilan oson ulash murnkin (1.3-rasm).
Bunda yetakchi val, yetaklanuvchi valga, uning tezligi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar yaxshi ulanadi. Bundan tashqari, mexanizmda o‘ta yuklanish hodisasi ro‘y berganda hosil bo'ladigan xavfli vaziyat friksion muftaning yarim muftalari orasidagi to‘la sirpanish hisobiga bartaraf qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |