Maxsus muftalar turli qishloq xo‘jalik mashinalarida uzatilayotgan burovchi moment™ cheklash, zarur bo‘lgan hollarda vallami bir- biridan avtomatik ravishda ajratish uchun ishlatiladi. Maxsus muftalarga faqat bir tomonga aylanishga imkon beruvchi muftalar va saqlagich muftalar kiradi.
1.4-rasm. Bir tomonga aylanishga imkon beruvchi mufta: 1 - tashqi halqa; 2 - ichki halqa;
3 - val; 4 - rolik; 5 - prujina.
Faqat bir tomonga aylanishga imkon beruvchi mufta bir valning ikkinchi valdan tezroq aylanishiga imkon beradi, ammo uning qolishiga yo‘l qo‘ymaydi (1.4-rasm).
Saqlagich muftalar (1.3, e-rasm) o'ta yuklanish hollari ro‘y berganda mashina detallarini sinib ketishdan saqlash uchun ishlatiladi. Mashina ishchi organlaridagi qarshilik ortganda yuritma val va yetakchi disk 1 dagi qarshilik ham oshadi. Agar mazkur qarshilik ruxsat etilgan qiymatidan yuqori bo‘lsa, disk 2 disk 1 ning tishlari bo'ylab, shovqin chiqarib burala boshlaydi.
Uzatilayotgan kuchning qiymati prujina 3 ni gayka 5 yordamida siqish
orqali rostlanadi.
Mashina mexanizmlari. Mashinalarda harakatning ikkita asosiy
shakli - ilgarilama va aylanma harakat mavjud. Bu ikki harakat qo'shilib
vintli harakat shaklini yuzaga keltiradi. Ikkita qo‘shni zvenolaming
harakatchan birikmalari kinematik juft deyiladi, masalan bolt va gayka,
val podshipnik. Kinematik juft tarkibiga kiruvchi detallar zvenolar
deyiladi.
Bir nechta kinematik juftlaming birikmasi kinematik zanjir
deyiladi. Kinematik zanjirda har bir zveno ikkita qo‘shni juftlar bilan
bogiangan boisa yopiq zanjirlar deyiladi. Harakatni zarur ko‘rinishga
keltirish maqsadida yopiq kinematik zanjirga bogiangan, kinematik
juftlardan tashkil topgan konstruksiya mexanizm deb ataladi. Har bir
mexanizmda qo‘zg‘almas yej^kchi va yetaklanuvchi zvenolar boiadi.
Mexanizm zvenolari qattiq, egiluvchan, masalan tasmalar, zanjirlar,
arqonlar boiadi. Traktorlar, avtomobillar va boshqa qishloq xo‘jaligi
mashinalarida krivoship-shatunli, shamirli, to‘rt zvenoli, kulachokli
mexanizmlari keng tarqalgan (1.5-rasm). Krivoship-shatunli mexanizm
porshenning ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma
harakatiga o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Unda to‘rtta kinematik juft
mavjud: birinchi ilgarilama juft silindr - qo‘zg‘almas zveno va porshen -
qo‘zg‘aluvchi zvenodan hamda uchta aylanuvchi juft: porshen, porshen barmog‘i, shatunning yuqori kallagi, porshenning quyi kallagi va krivoshipning shatunli bo‘ynidan tuzilgan.
Shamirli to‘rt zvenoli mexanizm (1.5, й-rasm) ilgarilama, aylanma va vintli juftlardan tuzilgan. Agar zveno 1 ga О markaz atrofida tebranuvchi harakat berilsa, zveno 3 ham О markaz atrofida tebrana boshlaydi.
Kulachokli mexanizm avtotraktor dvigatellarining gaz taqsimlash mezanizmlari qurilmasida kulachokli valning aylanma harakatini turt- kichlaming ilgarilama-qaytma harakatiga aylantirish uchun qo‘llaniladi.
Uzatmalar. Energiya manbayi bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig‘ida joylashib, ulami o‘zaro bogftovchi hamda harakatni talab qilingandek boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalar deyiladi.
Mashinasozlikda mexanik, elektrik, pnevmatik va gidravlik uzat- malardan foydalaniladi.
Tasmali, arqonli, friksion uzatmalarda energiya va harakat ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi.
Tishli, zanjirli, chervyakli, vintli, planetar, kardanli va elastik valli uzatmalarda harakat kinematik juft zvenolarining o‘zaro ilashishi orqali uzatiladi.
Gidravlik va pnevmatik (1.6-rasm) uzatmalarda energiya va harakat mos ravishda suyuqlik yoki siqilgan havo vositasida uzatiladi.
Tasmali uzatmalaming eng oddiysi yetaklovchi va yetaklanuvchi shkiv 3 dan va ularga taranglik bilan kiydirilgan tasma 1, 2 dan tuzilgan boTadi. Tasmalar ko‘ndalang kesimining yuzasiga ko‘ra yassi, ponasimon va tishli boTishi mumkin. Tasmaning tarangligi vallar orasidagi masofani o‘zgartirish yoki taranglovchi rolik 5 dan foydalanish orqali ta’minlanadi. O‘zaro perpendikular vallarda harakat uzatishda sxemaga yo‘naltiruvchi roliklar 6 kiritiladi.
Tasmali uzatmaning uzatish soni
,
bu yerda: - yetaklovchi shkiv diametri;
D2 - yetaklanuvchi shkiv diametri.
Yetaklanuvchi val aylanish tezligini rostlash, ya’ni o‘zgaruvchan uzatish sonini olish lozim bo‘lgan hollarda variatorlardan foydalaniladi.
Amalda yassi va ko‘proq ponasimon tasmali variatorlardan foydalaniladi.
Zanjirli uzatma tishli ikkita yulduzcha va ularga kiydirilgan zanjirdan
iborat boiadi. Murakkab konturli zanjirli uzatmalarda bir vaqtda bir necha
valga harakat uzatiladi. Zanjiming tarangligi vallar orasidagi masofani
o‘zgartirish orqali rostlanadi (1.7-rasm).
Zanjirli uzatmaning uzatish soni:
,
n.
bu yerda: ирn2-yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalar aylanishlari soni;
zpz2 - yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzcha tishlari soni.
Zanjirli uzatmalar qishloq xo'jaligi mashinalarida, transportda, dastgohsozlikda hamda ko‘tarish-tashish mashinalarida tasmali uzat- malaridan foydalanish yetarli darajada ishonchli bo‘lmagan hollarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |