1-ВОВ.
PARRANDACHILIKNI MEXAN1ZATSIYALASHTIRISH
VA AVTOMATLASHTIRISHNING UMUMTEXN1K ASOSLARI
parrandachilikda mahsulot ishlab
chiqarish jarayonlari
Parrandachilik - chorvachilikning muhim tarmog‘i bo‘lib, aholiga qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lgan go‘sht, tuxum vayengil sanoatga pat xomashyosini yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish o‘zining tashkiliy va tarkibiy xususiyatlari bilan dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlaridan farq qiladi va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarishningyil davomida bajarilishi; mahsulot yetishtirish jarayonlaming yil davomida ritmli bo'lishi; fermada kunlik, smenalik ishlab chiqarish jarayonlarining tartibli ravishda bajarilishi; fermadagi ishchi-xizmatchilarning yillik doimiy shtatlar tarkibi va ish bilan ta’- minlanganligi; mashina va qurilmalaming yil davomida belgilangan tartibda to‘xtovsiz ishlashi; ko‘pchilik texnika vositalarining turg‘un o‘matilishi va elektr energiyasi yordamida ishlashi va boshqalar.
Parrandachilikda mahsulot ishlab chiqarishning bu xususiyatlari uni sanoat ishlab chiqarish darajasiga yaqinlashtiradi. Lekin tarkibi jihatdan chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoat ishlab chiqarishga nisbatan ancha murakkab tuzilishga ega, ya'ni sanoatda ishlab chiqarish «inson-mashina» yopiq muhandis-texnik sistemasidan tuzilgan bo‘lsa, chorvachilikda «inson-hayvon-mashina» biotexnik sistemasidan iborat. Bu sistemada qo‘shimcha biologik obyekt ishlab chiqarishni tashkil etishda boshqarilishi murakkab bo'lgan faktor hisoblanadi. Shuning uchun chorvachilikdagi texnologik jarayonlami mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish sanoatga nisbatan ancha qiyin va murakkabligi bilan xarakterlanadi. Umuniiy holda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari tabiiy va ish jarayonlaridan iborat bo'ladi.
Tabiiy jarayonlar o‘z navbatida fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar bo4lib, tabiiy holda hayvon iaoliyati natijasida bajariladi. Bu jarayonlarga hayvonlaming ozuqalarini hazm qilishi, ularning o‘sishi, semirishi, sut
hosil bo lishi va boshqalar kiradi. Bunda inson tomonidan qo‘shimcha
ish bajarilishi talab etilmaydi, lekin ularning qanday boiishiga o‘zining
ongli mehnati bilan katta ta’sir ko‘rsatadi va bu jarayonlami boshqaradi.
Ish jaiayonlari deb mahsulot ishlab chiqarish uchun inson tomonidan
bajariladigan jarayonlarga aytiladi. Bularga ozuqa tayyorlash va tarqatish,
sut sflgish, jun qirqish, binolami tozalash va boshqa o‘nlab chorvachilik
fermalarida bajariladigan jarayonlar kiradi. Ulami bajarilish xarakteriga
qarab ikki turga ya’ni bir joyda bajariladigan turg‘un jarayonlar va maium
makonda harakatlanib bajariladigan ko‘chma jarayonlarga bolinadi.
Chorvachilikni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish fani awalo
shu ish jarayonlarini texnika vositalari yordamida inson ishtirokida
(mexanizatsiyalashtirish) yoki ishtirokisiz (avtomatlashtirish) bajarilishini
o‘rganadi.
Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning tartiblashtirilgan
usuliga ishlab chiqarish texnologiyasi deyiladi va o‘z navbatida texnologik
jarayonlaridan, ya ni ish jarayonlardan (qisqacha ishlardan) iborat boiadi.
Ish jarayonlari ham o‘z navbatida ikki turdan, asosiy va yordamchi
ish jarayonlaridan iborat. Yordamchi ish jarayonlari asosiy ish jarayonlarining
bajarilishi uchun xizmat qiladi. Parrandachilikda mahsulot
ishlab chiqarishni tashkil etishda asosiy ish jarayonlarini bajarish yuqori
malakali ishchilar tomonidan bajarilishi ko‘zda tutiladi. Bu o‘z navbatida
ishlab chiqarishning samarador va mahsulotlaming sifatli boiishini
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |