5) vitaminlar sintezlash; 6) sanoat miqyosida fermentlar olish.
C) J. Hamidov D) F. Muhamedxonova
D) G. Hamidulayeva
Parmanov H __2020y
20. Qaysi kashfiyot "yangi" organlar yaratish texnologiyasiga asos
bo'lgan?
A) vektor konstruksiya yaratish
B) "asos" hujayralar yaratish
C) gibridoma yaratish
D) genlarni klonlash
21. Somatotropin gormonini sun'iy ravishda qanday sintez qilish
mumkin?
A) mikroorganizmlarga o'sish gormonini genini kiritib.
B) bakteriyalarni optimal oziq muhitda o'stirib.
C) splenotsit va miyelima hujayralarini qo'shishorqali.
D) mikroorganizmlarga o'sish gormonini kiritib
22. Sh.S. Azimova rahbarlik qilayotgan labaratoriya olimlari qanday
usullarni qo'llab xalqimizda “sariq kasalligi” deb ataluvchi jigar
uchun xafli bo'lgan kasallikni tashxis qilish uchun diagnostikum
va bu xastalikni oldini olish uchun zarur bo'lgan vaksinalarni
yaratish bo'yicha ilmiy loyixani muofaqiyatli yakunladilar?
A) Hujayra injenerligi
B) Gen injenerligi
C) PCR texnologiyasi D) Gen va Hujayra injenerligi
23. Qaysi olim ilk bor yadrosi olib tashlangan
zigotaga voyaga yetgan
organizmning somatik hujayrasidan ajratib olingan yadroni kiritib
yetuk organizm oldi?
A) G.J.Gordon B) Roslin C) J.Tomson D) Koen
24. Rizosfera uchun xos bo'lmagan belgilarni ko'rsating.
1) gametalar xosil qilmaydi; 2) hujayra qobig'i pektindan iborat; 3)
pestisidlarni zararsizlantiradi;
4) ribosomaga ega; 5) g'o'za tomiri tolachalari sathida yashaydi; 6)
mezosomaga ega emas; 7) hujayra qobig'i mureindan iborat; 8)
ammiakni azot kislotaga aylantiradi
A) 1, 2, 3, 8 B) 1, 2, 6, 8 C) 2, 5, 6, 8 D) 1, 3, 7
25. O'simlikning kloni qanday olinadi?
a) bir hujayrani sun'iy sharoitda ko'paytirib; b) chetdan changlatib;
c) qalamchalardan vegetativ ko'paytirib;
d) o'z-o'zidan changlatib.
A) a, b B) c, d C) a, d D) a, c
26. Quyida keltirilgan texnologiyalar o'rtasidagi muvofiqlikni
aniqlang.
a) "yangi" organlar yaratish; b) "genni o‘chirib" qo‘yish
1) g‘o‘zada tola uzunligi va gullashiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
bir necha genlar funksiyasi to‘xtatilishiga erishiladi; 2) yuqori
agronomik ko‘rsatkichli g‘o‘za navlari olinadi; 3) bemor a’zosidan
bitta sog‘lom hujayrani ajratib olib, uni sun’iy oziqa muhitlarida
o‘stirish orqali ma’lum to‘qimaga xos hujayralar to‘plamini
olinadi; 4) yangi organ bemor tanasiga ko‘chirib o‘tkaziladi; 5)
turli xil mahsulotlar: dori darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari va
boshqa biologik faol moddalarni ishlab chiqariladi.
A) a - 3, 5; b - 1, 4
B) a - 3, 4; b - 1, 2
C) a - 3, 4; b - 2, 5
D) a - 2, 4; b - 1, 3
27. Qanday usullarni qo'llash oqibatida sigirlardan sog'iladigan sut
miqdorini oshirishga (a) va nomdor qoramol zotidan ko'plab
tuxum hujayralar olishga (b) erishildi?
A) a - o'stiruvchi gormon geni ineksiya qilindi; b - zigotaga
ma'lum genlarni kiritildi
B) a - zigotaga o'sish gormoni geni ineksiya qilindi; b - o'sish
gormoni ineksiya qilindi
C) a - xashaki sigir bachadoniga implantatsiya qilindi;
b - o'sish gormoni geni ineksiya qilindi
D) a - o'sish gormoni ineksiya qilindi; b - ma'lum gormon ineksiya
qilindi
28. Quyidagi qaysi kashfiyotlar hujayra injeneriyasi (a) va gen
injeneriyasi asosida yaratilgan?
1) gibridomalar yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqilishi; 2)
klinik tadqiqotlar uchun diagnostik ashyolar ishlab chiqarilishi; 3)
gepatit B xastaligini tashxis qilish uchun diagnostikum usullarini
yaratilishi
A) a - 2, 3; b - 1
B) a - 1, 2; b - 1, 3
C) a - 1, 3; b - 2, 3
D) a - 1, 2; b - 2, 3
29. AQSh Texas qishloq xo'jaligi va mexanika universiteti
biotexnologiya markazi bilan hamkorlikda qanday genlar ajratib
olingan?
A) kanop tolasining uzunligini belgilaydigan
B) rizosfera bakteriyasi genlari
C) bug'doyning gullashini boshqaradigan
D) g'o'zaning gullashini boshqaradigan
30. Zamonaviy biotexnologik usullar bilan gen muhandisligi
yordamida qanday tuzilmalar ishlab chiqariladi?
1) farmatsevtika uchun interferonlar; 2) gibridoma;
3) insulin; 4) somatotropin; 5) hayvonlar kloni;
6) gepatitga qarshi vaksina; 7) fermentlar; 8) klinik tadqiqotlar
uchun diagnostik ashyolar; 9) yangi hayvon zotlari.
A) 1, 3, 5, 8 B) 2, 6, 7, 9 C) 1, 4, 6, 7, 8 D) 1, 2, 7, 8