Parmanov H __2020y
1-variant
1. Biologiya fani sohalari va ular o'rtasidagi muvofiqlikni aniqlang.
a) biotexnologiya; b) biokimyo; c) bionika.
1) organizmlar hayot faoliyatining o‘ziga xos jihatlari va
tuzilishini asos qilib texnik sistemalar yaratadi; 2) biologik
sistemalarda ro‘y beradigan fizik jarayonlarni o'rganadi;
3) tirik organizmlardagi biologik jarayonlarni ishlab chiqarish
korxonalarida qo‘llashni maqsad qilib qo‘yadi;
4) organizmlardagi kimyoviy jarayonlarni o'rganadi.
A) a - 1; b - 4; c - 3
B) a - 3; b - 2; c - 1
C) a - 3; b - 4; c - 1
D) a - 2; b - 4; c - 1
2. Quyida keltirilgan ma'lumotlar qaysi fanlar orqali tadqiq etiladi?
1) zorka yuragi kengayganda qon tana bo‘shlig‘idan yurakning
ikki yonidagi teshikchalar orqali uning ichiga o‘tadi; 2) shimpanze
yuz muskullari yordamida ichki kechinmalarini, ya’ni qo‘rquv,
hayajon, achchig‘lanishi yoki xursandligini ifodalay oladi; 3)
lansetnik blastulasida
3000 ta hujayra bo‘ladi.
a) anatomiya; b) embriologiya; c) etologiya; d) fiziologiya
A) 1 - d; 2 - c; 3 - b
B) 1 - a; 2 - c; 3 - b
C) 1 - a; 2 - d; 3 - a
D) 1 - d; 2 - d; 3 - b
3. Biologiya fani sohalarining tadqiqot obyektlari to'g'ri ko'rsatilgan
javobni aniqlang.
A) mikologiya – zamburug‘larni o'rganadi, paleontologiya –
qazilma holdagi organizmlarni o'rganadi, fiziologiya –
organizmlar organlari tuzilishini o'rganadi.
B) gidrobiologiya – suv muhitidagi organizmlarni o'rganadi,
ekologiya –organizm va muhit orasidagi munosabatlarni
o'rganadi, algologiya – yo'sinlarni o'rganadi.
C) zoologiya – hayvonlarni o'rganadi, mikrobiologiya –
mikroorganizmlarni o'rganadi, bionika – hayvonot olamining
xulq-atvorini tadqiq etadi.
D) paleontologiya – qazilma holdagi organizmlarni o'rganadi,
ekologiya – organizm va muhit orasidagi munosabat
to‘g‘risidagi fan hisoblanadi, mikologiya – zamburug‘larni
o'rganuvchi fan hisoblanadi.
4. "Latcha suvsarsimonlar oilasiga mansub hayvon bo'lib, u o‘z
rivojlanish jarayonida dastlab amyobasimon bosqichni o'taydi"
Yuqorida ma'lumotlar orasida qaysi fanlarga tegishli ma'lumotlar
keltirilganini aniqlang.
A) fiziologiya, etologiya
B) sistematika, embriologiya
C) sistematika, fiziologiya
D) bionika, biogegrafiya
5. Maxsus tashkil etilgan sharoitda tirik organizmlar tuzilishi, hayot
jarayonlarini o‘rganish qaysi metod orqali amalga oshiriladi?
A) Modellashtirish metodi
B) Taqqoslash metodi
C) Kuzatish metodi
D) Eksperimental metodi
6. G. Mendelning irsiylanish qonuniyatlarini o‘rganishga
bag‘ishlangan ishlari fanda qaysi usulni qo‘llashning yorqin
namunasi hisoblanadi?
A) Tarixiy usul
B) Taqqoslash metodi
C) Kuzatish metodi
D) Eksperimental metodi
7. Nuqtalar o'rniga mos javobni tanlang.
Biologiyaning kompleks fan deyilishiga sabab shuki.....
A) Ko‘plab tarmoq fanlarni o‘z ichiga oladi.
B) Farmokologiya uchun nazariy asos bo‘ladi.
C) Tibbiyot va psixologiya uchun nazariy asos bo‘ladi.
D) Agronomiya, oziq-ovqat sanoati uchun nazariy asos bo‘ladi.
8. Hayotning mohiyati haqida M. V. Volkenshteyn tomonidan
qanday ta’rif berilgan?
A) "Hayot – tirik organizmlarda hayotiy jarayonlarning sodir
bo‘lishidir"
B) "Hayot – biosferani hosil qiladi va o‘zgartiradi"
C) "Yerda mavjud bo‘lgan tirik organizmlar, biopolimerlar: oqsil
va nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o‘z-o‘zini idora
etadigan, yarata oladigan ochiq sistemalardir"
D) "Hayot – bu tirik organizmlarning irsiy axborotni avloddan
avlodga o‘tkazish orqali o‘z-o‘zini barpo etadigan jarayondir"
9. Quyidagiqaysi ta’rifga ko‘ra, tirik organizmlar tashqi muhitdan
kerakli oziq moddalarni qabul qiladi, keraksiz mahsulotlarni ayirib
chiqaradi, nuklein kislotalarda kodlangan irsiy axborot asosida
oqsillar sintezini amalga oshiradi, ekologik muhitda o‘sib
rivojlanadi va ko‘payadi.
A) "Hayot – tirik organizmlarda hayotiy jarayonlarning sodir
bo‘lishidir"
B) "Hayot – biosferani hosil qiladi va o‘zgartiradi"
C) "Yerda mavjud bo‘lgan tirik organizmlar, biopolimerlar: oqsil
va nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o‘z-o‘zini idora
etadigan, yarata oladigan ochiq sistemalardir"
D) "Hayot – bu tirik organizmlarning irsiy axborotni avloddan
avlodga o‘tkazish orqali o‘z-o‘zini barpo etadigan jarayondir"
10. Noto'g'ri ma'lumotni aniqlang.
A) Rivojlanish tirik organizmlarning ma’lum qonuniyatlar asosida
o‘zgarib borishidir.
B) Organizmlarda individual rivojlanish – filogenez va tarixiy
rivojlanish – ontogenez kuzatiladi.
C) Ontogenezning ma’lum bosqichlarida tirik organizmlar genetik
axborotlar asosida o‘z tuzilishini saqlagan holda miqdoriy
jihatdan ortadi.
D) Organik olamning tarixiy rivojlanishievolutsiya deb yuritiladi.
11. Organizmlarning qaysi xususiyati tirik organizmlarning tashqi
muhit ta’sirlariga javob reaksiyalari orqali amalga oshadi?
A) O‘z-o‘zini idora qilish
B) O‘sish va rivojlanish
C) O‘z-o‘zini yangilash D) Ta’sirlanish
12. Tirik organizmlarga xos irsiyat (a) va o‘zgaruvchanlik (b)
o'rtasidagi muvofiqlikni aniqlang.
1) tashqi muhit ta’sirlariga tirik organizmlarning moslanuvchanligi
ortadi; 2) tirik organizmlarning o‘z belgi va xususiyatlarini
nasldan naslga o‘tkazish xossasi;
3) organizmlar yangi belgi-xususiyatlarni namoyon qiladi;
4) tur doirasidagi hamma individlar o‘xshash bo‘ladi;
5) tur doirasidagi individlar bir-biridan farq qiladi.
A) a - 2, 4; b - 1, 3
B) a - 1, 4; b - 3, 5
C) a - 1, 4; b - 2, 3
D) a - 2, 3; b - 1, 5
13. Quyida keltirilgan qaysi jarayonlarda gomeostaz kuzatilmaydi?
1) K
+
ionlarining hujayra ichidagi miqdori, uning tashqarisiga
nisbatan ko‘p bo‘ladi; 2) tuzli eritmalarda kristallarning hajmi va
massasi ortadi; 3) Na
+
ionlarining hujayra ichidagi miqdori, uning
tashqarisiga nisbatan kam bo‘ladi; 4) yonayotgan shamdan
energiya ajraladi.
A) 1, 3
B) 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 3
14. Hayotning qaysi darajasida hujayralarning ixtisoslashuvi bilan
bog‘liq jarayonlar o‘rganiladi?
A) Hujayra
B) Molekula
C) To'qima D) Organizm
15. Biologiya atamasi qaysi olimlar tomonidan fanga kiritilgan?
A) G. R. Treviranus va K. Linney
B) J. B. Lamark va G. R. Treviranus
C) T. Shvann va M. Shleyden
D) K. Ber va J. B. Lamark