O`zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi. O`zbekiston va XXR o`rtasida iqtisodiy sohadagi hamkorlik munosabatlardagi yetkachi yo`nalishlardan hisoblanadi. Iqtisodiy o`sish ko`rsatkichlari bo’yicha jahonda yetakchi mamlakat hisoblanmish Xitoy bilan aloqalarga har doim alohida e’tibor berilgan.
Bugungi kunda O`zbekiston va XXR o`zaro strategik hamkor hisoblanib, ayni paytga qadar ikki davlat o`rtasida 120 dan ortiq davlatlararo hamda hukumatlararo shartnoma va bitimlar imzolangan.8 Bu bitimlar ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarining deyarli barcha jabhalarini, jumladan siyosiy, iqtisodiy, madaniy, harbiy-texnik va boshqa sohalarni qamrab olgan. O`tgan 20 yil mobaynida hamkorlik rivojlanib, yildan-yilga yangicha mazmun kasb etmoqda. “Xitoy bilan O`zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari tenglik asosida hamkorlik qilish, o`zaro ichki ishlarga aralashmaslik g`oyasiga tayanadi. Mazkur siyosat har ikkala davlatning manfaatlariga har tomonlama mos tushadi”9.
O`zbekiston tashqi siyosatida iqtisodi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar – Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratadi. Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalariga e’tibor qaratsak, 2012-yilga kelib o`zaro tovar ayirboshlash hajmi Yaponiya bilan 214,7 million AQSH dollarini, Janubiy Koreya bilan qariyb 2 milliard AQSH dollarini, Xitoy bilan esa 2,5 milliard AQSH dollarini tashkil etgani holda kelajakda bu ko`rsatkichlar yanada oshishi kutilmoqda. Mamlakatimizda ko`plab qo`shma korxonalar faoliyat ko`rsatmoqdaki, ular iqtisodimizga yangi texnologiyalarni joriy etishda, aholini ish bilan ta’minlashda va zamon talablariga mos mahsulotlar ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda ko`plab qo`shma korxonalar bunyod etilib ular asosan, savdo, to`qimachilik, yengil sanoat, kimyo va oziq-ovqat sanoat, avtomobilsozlik, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, sayyohlik va boshqa sohalarda faoliyat ko`rsatmoqda.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan keyin rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz O’zbekiston hukumatining bu borada olib brogan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Hukumatning olib borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib borgan ishlari tahsinga loyiqdir. Rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanmoqda. Bu albatta, mamlakatimizda yaratilayotgan qulay investitsion muhit, xorijiy korxonalar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imtiyozlarning mahsulidir. O`zbekiston o`z taraqqiyot yo`lidan dadil borar ekan, xorijiy davlatlar bilan, xususan, rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan o`zaro teng manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirib boradi. Bu albatta, respublikamiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishida, O`zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston Republikasi tashqi siyosatida rivojlangan va MDH mamlakatlarining o`rni haqida quyidagi fikrlarni bildirishimiz mumkin:
Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar yaratildi.
O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini belgilab beruvchi huquqiy asoslarning yaratilishida xalqaro huquq normalariga rioya qilindi.
O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan keng ko`lamli hamkorlikni yo`lga qo`ydi.
O`zbekiston va MDH o`rtasidagi aloqalarning muhim jihati – iqtisodiy yo`nalishdagi hamkorlik hisoblanadi;
O`zbekiston xalq xo`jaligini rivojlantirishda MDH davlatlari bilan hamkorlik bundan keyin ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlil qilinganda quyidagi xulosalarga kelindi:
Hamkorlikning ikkinchi davri (2000-2019-yillar)da iqtisodiy aloqalarning o`sishi kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |