TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI GEOGRAFIYA TA’LIM YO’NALISHI 4-BOSQICH 318- GURUH TALABASI PARDABOYEVA MAXBUBANING IQTISODIY GEOGRAFIYA FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI
Topshirdi : __________________ Qabul qildi : __________________ Termiz 2022 – yil
MAVZU: O'ZBEKISTON TASHQI IQTISODIY ALOQALAR GEOGRAFIYASI
MUNDARIJA
KIRISH ASOSIY QISM Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari
Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari va asosiy tamoyillari
O’zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH davlatlari tashqi savdo- iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari. Rivojlangan va MDH davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili
XULOSA VA TAKLIFLAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH.
Mavzuningdolzarbligi. Davlat rivojlanishining barcha tarixiy bosqichlarida tashqi iqtisodiy faoliyat har xil darajalarda umuman xalq xo’jaligida, alohida regionlarda, muassasa va tashkilotlarda iqtisodiy masalalarni hal qilishga katta ta’sir ko’rsatgan, va bu soxada iqtisodchilar turli izlanishlar olib borganlar. Xalq xo’jaligi tizimining bir bo’lagi sifatida tashqi iqtisodiy faoliyat ichki xo’jalikning mukammalashishiga, ishlab chiqarish kuchlarining birlashishiga va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi va ko’maklashadi. Hozirgi davrgacha birorta ham davlatga jahon iqtisodiy tizimidan bo’lak ravishda sog’lom iqtisodiyot muhitini yaratish qo’ldan kelmagan. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Xalqaro iqtisodiy aloqalar iqtisodiy hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Davlatlararo iqtisodiy aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal qilgan. Evolyutsion jarayon natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi savdoga aylandi, uning natijasida esa mukammal xalqaro iqtisodiy aloqalar yig’ingisi - jahon xo’jaligiga aylandi. Unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarishi zarur. Shunga ko’ra O’zbekiston va MDH davlatlari o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish va qo’llab- quvvatlashdan iborat.