Qo‘llanilish sharoiti:
Ushbu qazib olish tizimi ruda tanasining turli
qalinliklarida va yotish burchagining har qanday qiymatida qo‘llaniladi.
Ruda va yondosh tog‘ jinslari turg‘un va noturg‘un holatlarining barchasida.
Tarkibidagi foydali komponent miqdori juda yuqori bo‘lgan ruda tanalarini qazib
olishda. Turli morfologik tarkibiga ega bo‘lgan ya’ni tarkibida puch tog‘ jinslari
mavjud bo‘lgan, bir jinsli yoki xar xil sifatli ruda tanalarida. Konning yon
tomonlari va yer yuzasi deformatsiyaga uchramaslik zaruriyati bo‘lganda.
Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari:
qazib olish tizimining texnik iqtisodiy
ko‘rsatkichlari to‘ldiruvchi materiallarning tannarxiga, qazib olish natijasida hosil
bo‘lgan bo‘shliqga to‘ldiruvchi materiallarni joylashtirishni va qazib olish ishlarini
mexanizatsiyalashtirish darajasiga bog‘liq.
Yupqa ruda tanalaridagi bloklarni qazib olishda kunlik unumdorlik 10 m
3
ni
tashkil etsa kameralarni qazib olishda 20 m
3
bo‘ladi.
Bu qazib olish tizimida ruda yo‘qotilishining asosiy manbai – to‘ldirish
ishlarida mayda ruda bo‘laklari kov joy asosida qolib ketish hisoblanadi.
Yo‘qotilish ko‘rsatkichlarini kamaytirish uchun kov joy asosini zichlashtirish
maqsadida qurilmalar ishlatiladi yoki yog‘och, metall to‘shamalar barpo etiladi.
12.1 rasm. Rudani gorizontal tabaqalarga ajratib quruq materiallar bilan to‘ldirib qazish
tizimining variantlari. a-rudani o‘zi yurar mashinada tashish; b-rudani skreperda sidirib tashish; 1-yuk
tashiladigan shtrek, 2-blok vosstayusheysi, 3-shamollatuvchi vosstayushey, 4-to‘ldiruvchi materiallar
tushirishga xizmat qiluvchi vosstayushey, 5-shamollatuvchi-to‘ldiruvchi shtrek, 6-skreper qurilmasi, 7-
yuklovchi tashuvchi mashina, 8-beton to‘shak, 9-o‘zi yurar burg‘ilovchi qurilma.
Ruda sifatsizlanishi quyidagi holatlarda yuzaga keladi: kov joy yon tomonlari
ya’ni yondosh jinslarning qulab tushishidan, ruda tanasidagi puch tog‘ jinslarini
tabaqalab qazib olinganda kov joyda rudani saralash imkoniyati mavjud
bo‘lmaganda.
Qazish ishlarini to‘g‘ri olib borilsa foydali qazilmaning sifatsizlanish
ko‘rsatkichi 2-3 % ni tashkil etadi. Yupqa ruda tanalarini yondosh jinslar bilan
tabaqalab qazib olishda kov joyda saralash ishlari bajarilmasa sifatsizlanish
ko‘rsatkichi ahamiyatli darajada ortadi.
Ushbu qazib olish tizimida tayyorlash ishlarining hajmi katta ko‘rsatkichlarni
tashkil etmaydi 3 m qalinlikdagi ruda tanasida qavat balandligi 40 m blok uzunligi
50 m bo‘lgan blokda 1000 t zaxirani tayyorlash ishlarining solishtirma hajmi 3 m
ni tashkil etadi.
Yupqa ruda tanalarini qazib olishda burg‘ilovchining mehnat unumdorligi 4-5
m
3
/smena rudani kameralardan qazib olishda 10-11 m
3
/smena, kov joydagi bitta
ishchi uchun mehnat unumdorligi 0,7-1,5 m
3
/smenadan 2-5 m
3
/smenani tashkil
etadi.
Portlovchi moddaning solishtirma sarfi yuqori mustahkamlikdagi va juda
turg‘un rudalarni qazib olishda 2-2,5 kg/m
3
ni tashkil etadi.
Mustahkamlagich materiallar sarfi 1m
3
qazib olingan rudaga nisbatan 0,01 m
3
dan 0,02 m
3
gacha ishlatiladi. Yupqa ruda tanalarini qazib olishda bu ko‘rsatkich
0,05 m
3
dan 0,06 m
3
gacha bo‘ladi.
Ushbu qazib olish tizimi yog‘och mustahkamlagichlar sarfi bo‘yicha
qatlamlab qulatish va tirgak mustahkamlagichlar bilan qazib olish tizimlariga
nisbatan ancha samarali hisoblanadi.
Rudani qazib olish tannarxi tirgak mustahkamlagichlar bilan qazib olish
tizimiga nisbatan 1.5 marotaba arzon qiymatga ega. Nisbatan arzon to‘ldiruvchi
materiallar (boyitish fabrikasi chiqindilari va shlaklari, karerlaridagi mavjud
otvallar
va
h.k)
dan
foydalanganda
va
to‘ldirish
ishlarini
mexanizatsiyalashtirilganda qazib olish ishlarining tannarxini yanada pasaytirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |