Panipat jangi – Bobur harbiy san’atining yuqori cho’qqisi. Reja



Download 28,23 Kb.
bet1/3
Sana15.05.2023
Hajmi28,23 Kb.
#939056
  1   2   3
Bog'liq
Panipat jangi – Bobur harbiy san’atining yuqori cho’qqisi. Reja (1)




Panipat jangi – Bobur harbiy san’atining yuqori cho’qqisi.
Reja:



  1. Zahriddin Muhammad Bobur hayoti.

  2. Zahriddin Muhammad Bobur mohir sarkarda.

  3. Panipat jangi.


Bobur (taxallusi;to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon – 1530.26.12,Agra) – o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir: tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.
Uning otasi - Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyatining hokimi bo‘lgan. Boburning onasi Qutlug‘ Nigor xonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi bo‘lgan.
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzo naslidan bo'lsa, ona tomonidan Tug‘luq Temurxonning o‘g‘li Xizr Xo‘jaxonnaslidan edi uning yettinchi avlodi edi. Boburning onasi oʻqimishli bo‘lgan va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Boburning qizi Gulbadan Begim (1522, Kobul -1603, Dexli) Markaziy Osiyodan oʻrta asrlarda etishib chiqqan yagona ayol-tarixchi.
Boshqa farzandlari: Fahr an-Nisa-begim (1502—1502), Humoyun (1508—1556), Mixr Jahon-begim, Ishan ad-Daulat-begim, Barbul-mirzo (1518—1521), Faruk-mirzo (1526—1527), Gul Barg-begim, Masuma Sulton-begim, Kamron-mirzo (1509—1557), Gul Izar-begim, Muhammad Askari-mirzo (1517—1554), Sulton Ahmad-mirzo (1517—1525), Shohruh-mirzo (1522—1527), Gul Rang-begim (1511/15 - 1534-yildan keyin), Gulchehra-begim (1515 / 17—1557), Abu Nosir Muhammad Hindol-mirzo (1519—1551), Alur-mirzo (1524—1529).
Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolganfaslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-uulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi.
Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur so‘fiy — Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil iyun).
Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib borsa-da, ammo mamlakatda hukm surgan ogʻir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. 1503-yilToshkent xoni Mahmudxon, Bobur va qalmoqlarning birlashgan qoʻshini Shayboniyxon tomonidan Sirdaryo boʻyida tormor qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda Andijonni Sulton Ahmad Tanbal egallab oladi. 1501-1504-yillarda Bobur Fargʻona mulkini qaytarib olish uchun Sulton Ahmad Tanbal, Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Temuriylarning toʻxtovsiz janglari va ogʻir soliqlaridan toliqqan xalq Boburni qoʻllamadi va u Movarounnahrni tark etishga (1504-yil iyun) majbur bo‘ladi. Zahiriddin Muhammad Boburning Samarqand orzusida qilgan yurishlari samara bermagach, 1504-yilning bahorida Amudaryo tomon yuzlanadi. Shu yillarda taqdir hukmi uni ming bir sinovlardan o‘tkazadi. U metin irodasi va qat’iyligi, kam sonli qo‘shini hamda safdoshlarining jasorati va sadoqati tufayli afg‘on yerlarida qo‘nim topadi, Qobulni egallaydi.
Bobur Chingizxon va Amir Temur qo‘shinlari taktikasidan foydalansa-da, jang harakatlari va qurollanishga yangiliklar kiritadi. Raqibga alohida qismlar bilan hujum qilish, qanotdan aylanib o‘tib qurshovga olish, orqadan zarba berish, soxta harakatlar kabi usullar unga muhim g‘alabalarni taqdim etardi.
“Boburnoma”da yozilganidek, o‘z davri uchun eng yaxshi sanalgan artilleriya va bir-biriga zanjir bilan bog‘langan aravalar piyodalar uchun muhofaza to‘sig‘i bo‘lsa, g‘animlar uchun jiddiy g‘ov edi. 
Bobur mavqeyini yanada mustahkamlash maqsadida, 1519-1525-yillar davomida Hindistonni qo‘lga kiritish uchun bir necha bor jang qildi. Boburning Hindistondagi yutuqlarida ko‘p jihatdan xorazmlik to‘p quyuvchi usta Aliqulining ham o‘rni bor. Mohir mergan, yevropaliklarning “farangi” to‘pidan o‘t ochish hadisini olgan Aliquli keyinchalik o‘zi to‘p(qozon) quyib, ulardan ulkan hajmdagi toshlarni otadigan bo‘lgan. Bunday to‘pni quyish jarayonini Bobur shaxsan o‘zi kuzatgan va bu haqda “Boburnoma” asarida bayon qilgan. Qozonlar qal’alarni qamal qilishda qo‘llanilgan va undan kuniga 8 tadan 16 tagacha snaryad-tosh otish mumkin bo‘lgan. Qozonlar qal’a, minoralar, darvozalarni buzishda qo‘llanilgan.
1526-yil aprel oyida Panipatda Hindiston sultoni Ibrohim Lo‘di bilan va 1527-yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan bo‘lgan janglarda Boburning qo‘li baland keldi. Tarixiy ma’lumotlarning bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi bo‘lgan Panjob hokimlari ham Boburni qo‘llagan va Sikri jangidagi bu g‘alaba Boburga Hindistonda o‘z hukmronligini uzil-kesil o‘rnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Ovro‘po tarixchiligida “Buyuk mo‘g‘ullar” nomi bilan mashhur bo‘lgan, aslida “Boburiylar sulolasi” Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qildi.



Download 28,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish