O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITET
FIZIKA FAKULTETI YARIM O’TKAZUVCHILAR VA
PALIMERLAR FIZIKASI KAFEDRASI
KURS ISHI
Mavzu: Mikroelektron materiallarni buzmagan xolda tekshirishning raqamli golografik diagnostika usullarini tadqiq qilish.
“Qayta tiklanuvchi energiya va barqaror atrof muhit fizikasi” yo’nalishi
1-kurs magistrati
Bajardi: Xolmatov A.
Ilmiy rahbar:
Toshkent-2022
Mundarija
KIRISH…………………………………………………………….…………..…..4
I BOB. GOLOGRAFIYA VA UNING QO’LLANILISH SOHALARI
1.1. Golografiya asoslari……………………………………………………………8
1.2.Gologrammalarni qayd qilish usullari va golografiya qo’llash sohalari……...11
1.3. Interferometrlar…………………………………………………………....….14
II BOB. SILJISH INTERFEROGRAMALARINI YOZIB OLISH METODLARI
2.1.Spekl tasvirlarini olish va raqamli ko’rinishga o’tkazish…………..…………20
2.2.Shirografiya buzilmaydigan sinov usuli sifatida……………...………………22
2.3. Mayklson interferametriyasi va Frenel B prizmasida shirogrammalarni qayd qilish…………………………………………………………………………..…..26
Xulosa………………………………………………………………….…………28
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………..…………..30
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Golografiya ixtiro qilinganga qadar interferеnsion metodlarning qo’llanilish sohasi chegaralangan edi. Klassik interferometriya, bir-biridan kam farq qiluvchi ikkita to’lqin fronti-etalon va o’rganilayotgan to’lqin frontlarini taqqoslash imkonini bergan. Etalon front sifatida yassi yoki sferik to’lqindan foydalanish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, o’rganilayotgan obyektlar ham etalon to’lqinga o’xshash to’lqin frontini hosil qilishlari kerak. Buning uchun optik jihatdan mukammal bo’lgan ko’zgu, linza va plastinkalar kerak bo’ladi.
To’lqin frontini golografik usulda yozib olish, murakkab to’lqinlarni osongina qayd qilish va ularni istalgan paytda qayta tiklash imkonini berdi. Golografik interferometriya usullarini, klassik interferometriyaning kengaytirilgan varianti sifatida qarashimiz mumkin. Obyektlarning optik xossalari, ularning shaklini murakkabligi amalda parametrlarini o’lchash muhim ro’l o’ynaydi. Shu sababli zavodlarda detallar va qurilmalarni tekshirish uchun eng yaxshisi interferonsion metodlardir. Bu usullar asosan, eksperimental mexanika masalalarini yechishda keng qo’llanilidi.
Do'stlaringiz bilan baham: |