Hisor madaniyati (mil.av. V ming yillikning oxiri -II ming yilliklar) O‘rta Osiyoning neolit davri madaniyatlaridan biri Hisor madaniyati hisoblanadi. Bu Tojikistonning g‘arbiy tog‘ oldi hududlarida mil.av. IV-II ming yilliklarda tarkalgan madaniyat. A. P. Okladnikov va V.A. Ranovlar tomonidan 100 dan ortik makonlarda tadqiqot ishlari olib borilgan. Bu madaniyatga oid yodgorliklar kiska muddatli va doimiy makonlardan iborat. Kiska muddatli makonlar tog‘ oldi hududlarida va doimiy makonlar esa Kofirnigon, Vaxsh va ularning irmog‘i bo‘ylaridagi tekisliklarda joylashgan.
Norak shahri yakinida Tutqovul, Dang‘ara atrofidagi Kuyi Bulyon va shimoliy-g‘arbiy Tojikiston hududidagi Oktangi makonlarida nisbatan yaxsha o‘rganilgan. Tutqovul Hisor madaniyatining ilk bosqichiga, Qo‘yibulyon - o‘rta bosqichiga, G‘oziyontepa esa so‘nggi bosqichiga mansubdir.
Hisor madaniyati jamoasi daryo toshlarini bir tomonlama urib uchirib mehnat kuroli yasash an’anasiga ega bo‘lishgan. Tosh kurollari paleolit davri sopper shaklidagi tosh kurollari an’anasi saklanib koladi. SHuningdek, Hisor madaniyati uchun yirik urindilar va ko‘pol plastinkalar ham xos. SHu bilan birgalikda kremendan ishlangan tosh kurollar ham uraydi. SHuningdek, ikki tomonlama urib ishlov berilgan kamon o‘qi, silliklangan tosh bolta, kelsopi va suyak bigiz topilgan. Bu davrda Hisor madaniyati sohiblari dastlab xo‘jalikning o‘zlashtiruvchi shakllarmato kolipda sopol idishlar tayyorlashni bilishgan. Sopol idishlarning tagi cho‘zik, ustki tomondan pardoz kilingan. Hisor madaniyatining xo‘jaligi to‘g‘risidagi masalalar o‘z eimini topmagan. A.P. Okladnikov bu madaniyat a’zolari ovchilik va dehkonilik bilan shug‘ullangan, degan fikrni bildiradi. Lekin, hisorliklarning dehkonilik bilan shug‘ullanganligi to‘g‘risidagi ashyoviy dalillar uramaydi. SHunga ko‘ra hisorliklar daydi ovchilik bilan shug‘ullanishib, so‘nggi bosqilarida chorvachilikka o‘ta boshlashganliklari, tabiiy. Ularning xo‘jaligida to‘kimachilik rivojlanganligini sapol idishlarda saqlanib qolgan izlaridan bilish mumkin. Bu madaniyatning oxirida janubiy Tojikiston hududida dehqonchilik madaniyatining shakllanishi Quyibulyon makonidagi qazishmalarda kuzatiladi. Manzilgoh aholisining sun’iy qurilgan uylari aniqlangan.
To‘rtqovul makoni. Mil. av. 5150-1400 ming yilliklar. Bu davrga oid ikkita madaniy qatlam aniqlangan. Makondan chopqichlar, qirg‘ichlar, chopping, chopper, ushatgichlar, teshgichlar,tosh pichoqlar, o‘roq qadamalari topilgan. To‘rtqovulliklar tulki, bo‘ri, buqa, yovvoyi eshak, qo‘y, echki kabi uy hayvonlarini boqishgan degan fikrimizni, bu erdan topilgan ushbu hayvonlarning suyak qoldiqlari bilan isbotlash mumkin. To‘rtqovul aholisi yana termachilik, ovchilik, keyinchalik esa chorvachilik bilan shug‘ullanishgan.
Sazag‘on madaniyati. Bu madaniyat Samarqand viloyati Nurobod tumani hududida, Zarafshon tizmasining janubi-g‘arbiy yonbag‘irlaridagi Sazog‘onsoy atrofida tarqalgan. Bu madaniyatga oid Sazag‘on, CHangal va boshqa yodgorliklar arxeolog olim M.Jo‘raqulov va uning shogirdlari tomonidan o‘rganilgan. Bu erdagi aholi mezolitning oxirlaridan boshlab hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshlab, neolit davrida chorvachilikga asos solishgan. Ovchilik va termachilik ahamiyatini saqlab qolgan. Tosh qurollari mikrolitlardan iborat. Qo‘lda qo‘pol ishlangan sapol idishlarining sirtiga sodda naqshlar berilgan.
Umuman olganda neolit davri aholisi tabiiy-geografik sharoitdan kelib chiqib xo‘jalik shakllariga asos solishgan va moddiy madaniyat yaratganligining guvohi bo‘lish mukin.
Do'stlaringiz bilan baham: |