Murg‘ob vohasining bronza davri madaniyati xususiyatlari. Murg‘ob vohasi qadimgi dehqonlar tomonida eneolitning oxirlarida o‘zlashtirilib dastlabki qishloqlariga asos solinadi. Mil av. 2 ming yillikning boshlarida urbanizatsiya jarayonlarining shakllanishi kuzatiladi. Bu o‘lkaning so‘nggi bronza davriga oid arxeologik yodgorliklar alohid xo‘jalik tumanlarini toshkil etgan hududlarda joylashgan. SHunday ho‘jalik tumanlarida 8 tasi arxeologik jihatdan aniqlangan bo‘lib, ulardan Keleli, Gonur, To‘-aloq xo‘jalik tumanlari alohida o‘rin tutadi. Murg‘ob vohasida so‘nggi bronza davriga (mil. av 1800-1100 yillar) oid madaniyatir madaniyati uch bosqichda rivojlangan: 1) Ilk bosqichi Keleli bosqichi hisoblanib - mil av. 1800-1600 yillar, rivojlangan bosqichi Gonur bosqichi - mil av. 1600-1400 yillar va so‘nggi bosqichi To‘g‘aloq bosqichi - mil av. 1400-1100 yillar.
Keleli vohasida murakkab tuzilmaga ega bo‘lgan arxeologik yodgorliklar: Keleli 3 qal’a-qo‘rg‘oni va boshqa Keleli guruhidagi aholi manzilgohlari paydo bo‘ladiki, ularning xarobalaridan aniqlangan me’morchilik inshootlari va moddiy topilmalar o‘z davri ijtimoiy munosabatlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir. Keleli 3 yodgorligi kvadrat shaklida, tomonlari 128x128 m. iborat qal’a-qo‘rg‘on.
Mil. av. II ming yillikning O‘rtalarida Gonur va To‘-aloq vohalarida taraqqiyot kuchayadi. Bu voha yodgorliklarni o‘rganishdap V.I. Sarianidining xizmatlari kata. Gonur yodgorligining maydoni 20 ga. dan iborat bo‘ltib, vohadagi eng yirik markaziy manzilgohlardan biri sanaladi. Uning janubiy qismida kvadrat shaklidagi qadimgi ibodatxonaning o‘rni ochib o‘rganilgan. Ibodatxona har biri yarim aylana mudofaa burjlaridan tashkil topgan uch xalqa muhofaza devorlari bilan o‘rab olingan. Ibodatxona majmuasi xonalarining birida doimiy olov yonib turgan mehrob joylashgan. Bu ibodatxonalarda olov va muqaddas ichimlik asosiy o‘rin tutgan. Bu yodgorliklar diniy marosimlar o‘tkaziladigan monumental me’moriy imoratlar majmuasidan iborat bo‘lgan. Ular Marv vohasida yashagan qadimgi qabilalar va xalqlarning ijtimoiy hayotini ma’lum darajada tartibga solib turuvchi g‘oyaviy markaz hisoblangan. To‘g‘oloq 21, To‘g‘aloq 1 kabi yodgorliklardan ham shunga o‘xshash ibodatxonalar aniqlangan. Bundan tashqari To‘g‘aloq 21, To‘g‘aloq 1 larning markaziy xonalaridan ko‘plab xaoma tayorlashda foydalanilgan o‘simlikni yanchadigan keli toshlar va xaoma tayorlanadigan idishlar topilgan. Idishlarning bo‘g‘izi ilon, xayvonlar va qushlar tasvir bilan bezatilgan. Bu yodgorliklar o‘zida ilk shahar belgilarini namoyon qilib, ular ma’lum ma’muriy hududda yashagan aholining markaziy ibodatxonasi vazifasini o‘tgan. Boshqa turdagi manzilgohlari dehqon jamoasining oddiy qishloqlaridan tashkil topgan yodgorliklardan iborat. +ar bir xo‘jalik tumanilarida bunday manzilgohlarning bir nechatasi joylashgan bo‘lib, ulardan yirigi ma’muriy markazi bo‘lgan. Butun Mur-ob vohAsi uchun Gonur yodgorligi umumiy markaz bo‘lgan. Bu davrda Mar-iyonada ixtisoslashgan ishlab chiqarish yaxshi rivojlanadi. Ayniqsa, mohIr kulollar tomonida yuqori sifatli mAhsalotlar tayyorlash kuchayadi Gonurtepa yodgorligining shimoliy va –arbiy qismidagi kulollar mAhallasidan, kulolchilik xumdonlari o‘rganilgan. Metallarga ishlov berish ishlari yanada takomillashadi. Bronzadan mehna tuy ro‘z-or bumlarini yasash hunarmanchiligi takomillashadi. SHuingdek, xususiy mulk belgisini ifodalovchi muhrlar va yozuv belilari ham keng tarqaladi. Murg‘ob vohasining so‘nggi bronza davri madaniyati yuksak darajada rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
Bronza davrida janubiy Turkmaniston O‘rta Osiyodagi yuksak darajada rivojlangan va yuksak madaniyat yaratgan hudud hisoblanadi. Bu hudud nafaqat Qadimgi SHarqning taraqqiy etgan shahar madaniyati ta’sirida, balki dehqonchilik madaniyatiga ega bo‘lgan qo‘shni Eron va Afg‘oniston ta’sirida ham rivojlanadi va aksicha bu madaniyat O‘rta Osiyoning boshqa hududlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.
Mil. av. II ming yillikka kelib Amudaryo O‘rta oqimining o‘ng qirg‘og‘ida ham ilk shahar madaniyati shakllana boshlaydi. hozirgi O‘zbekiston janubiy hududlarida bu davrga oid qator manzilgohlar aniqlanib, ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi: qal’a qishloqlar, mudofaa devorlariga ega bo‘lgan hamda ega bo‘lmagan qishloqlar. Bu erda bronza davri madaniyati Sopolli madaniyati nomi bilan mashhur bo‘lib, uning quyidagi bosqichi ajratib ko‘rsatiladi:
Sopolli bosqichi (mil. av. II ming yillikning ikkinchi choragi)
Jarqo‘ton bosqichi (mil. av. II ming yillikning O‘rtalari)
Molali bosqichi (mil. av. II ming yillikning oxiri)
Oxirgi ikki bosqich oralig‘ida Kuzali bosqichining ajralishi belgilangan. Sopolli bosqichi shu nomli maydoni 3 ga. dan iborat manzilgoh topilmalari bilan belgilangan. Bu erda aholi kvartallari aniqlangan bo‘lib, ularda kichik, ularda kichik ko‘chalar va ko‘chachalar bilan ajralib turgan uy-joy va xo‘jalik imoratlari o‘rin olgan.
Manzilgohdagi Qadimgi qabrlar kishida qiziqish uyg‘otadi. qabrlar lahot yoki yorma shaklida, ba’zan idish va devorlarga ko‘mish hollari ham uchraydi. YOsh bolalar qabri kichik chuqurlardan iborat. Katta yoshdagilar qabri bir tomonga qaratilib, yonbosh SHarq bukchaytirib ko‘milgan. Bir necha kishilar hatto alohida hayvonlar ko‘milgan qabrlar ham uchraydi. qabrlarda mehnat qurollari mavjud. Ular sopol buyumlar, metal buyumlar, tosh, charm va boshqalardan iborat.
Jarqo‘ton davri shu nomdagi manzilgoh topilmalari asosida o‘rganilgan. Maydoni 90 ga. dan iborat manzilgohning planirovkasi tarqoq SHarq bo‘lib, ark va mudofaa devorlariga ega. Bu erdan ibodatxona qazib o‘rganilgan. Ibodatxona topilmalariga ko‘ra Jarqo‘tonliklar olov va suvga sig‘inganlar.
Janubiy O‘zbekistonning Jarqo‘ton davrida yashash dehqonlarning madaniyatini belgilovchi asosiy materiallar qabrlarni ochish jarayonida topib o‘rganilgan.
Murdalar yon tomoni bilan bukilgan sharq tomonga yotqizib ko‘milgan. Jarqo‘tonda o‘rganilgan qabrlar Jarqo‘ton, Kuzali, Molali davrlarini alohida ajratib ko‘rsatish hamda Qadimgi dehqon jamoalarining mulkiy munosabatlari va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Sopolli bosqichiga oid kulolchilik buyumlari asosan kulolchilik charxida ishlangan uy-ro‘zg‘or idishlaridan iborat. Barcha idishlar yuqori sifatga ega. Jarqo‘ton bosqichida kulolchilik ishlab chiqarishda, Ayniqsa mehnatni tashkil etishda bir qadar o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Barcha kvartallarda idishlarni pishirishga mo‘ljallangan uchoq qoldiqlari topilgan. Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish maqsadida kulolchilik uchoqlari kattalashtirilib, ularning qurilish usullari murakkablashtiriladi. Bu yuksak darajada taraqqiy etgan ixtisoslashgan hunarmandchilik malakali mehnatni tashkil etish bilan bog‘liq edi.
Ko‘zali va molali bosqichlariga kelib kulolchilik o‘zining yuqori darajasiga ko‘tariladi. YUqori sifatli nafis kulolchilik buyumlari ishlab chiqariladi, ularning ma’lum shaklga ega bo‘lganligi seziladi, tez aylanadigan kulolchilik charxlari qo‘llanila boshlandi hamda ularni pishirishda yangi usullardan foydalanila boshlaydi.
Hunarmandchilikning ixtisosliklarga ajralishi metal va metalga ishlov berishning yuqori darajada rivojlanishiga imkon berdi. Asosiy xom-ashyo bo‘lgan bronzaga obdon ishlov beriladigan bo‘ldi. Toshdan mehnat qurollari tayyorlash o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi.
YUqorida keltirilgan tarixiy jarayonlarga ko‘ra Jarqo‘ton ilk davlatchilik shakllariga o‘tish bosqichida bo‘lib, Ko‘zali va Molali ilk davlatchilik shakllariga o‘tish bosqichida bu jarayon yanada kuchayadi.
Sopollitepa o‘troq dehqonchilik manzilgohdan o‘rganilgan topilmalar janubiy Turkmaniston, shimoli-sharqiy Eron, shimoliy Afg‘oniston qisman janubiy Afg‘oniston manzilgohlari topilmalari bilan o‘xshashlikka ega. Biroq, Qadimgi Baqtriya hududi uchun bu topilmalar yagona madaniyat majmuasidan iborat.
Bu hududdagi o‘troq dehqonchilik madaniyati tashqi madaniyat ta’sirida shakllanib, uning negizini ishlab chiqarish xo‘jalik shakliga ega bo‘lgan Qadimgi madaniyat o‘choqlaridan izlash kerak. Sopollitepa topilmalari Murg‘ob vohasidagi Nomozgoh V va Nomozgoh VI larining ilk bosqichiga oid topilmalariga, Jarqo‘ton topilmalari rivojlangan Nomozgoh VI, Ko‘zali va Molali topilmalari esa so‘nggi Nomozgoh topilmalariga aynan o‘xshash. Ko‘rinishdan janubiy Turkmaniston madaniyati sopolli madaniyatining shakllanishi va taraqqiyotida asosiy markaz bo‘lib xizmat qilgan. Taxminan II ming yillikning ikkinchi choragidan boshlab Qadimgi Baqtriyaning qator hududlari shimoli-SHarqiy Eron yoki Janubiy Afg‘oniston hududlarida yashovchi o‘troq dehqonchilik qabilalari tomonidan egallana boshlanadi. Natijada bu erda bronza davrining turli bosqichlarida yangi dehqonchilik vohalari shakllana boshlaydi. Keyinchalik bu erdagi dehqonlar o‘ziga xos mamahalliy taraqqiyot yo‘nalishiga ega bo‘lganlar.
Zomonbobo madaniyati. Zarafshonning quyi oqimida hududida mil. av. III ming yillik oxiri - II ming yillik birinchi yarmiga oid. mil. av. Zamonbobo madaniyati tarakkiy etadi. Bu madaniyatga oid moddiy madaniyat namunalari manzilgohlar va kabrlarda o‘rganilgan. Zomonboboliklar kabristonidan o‘rganilgan mozorlarning 8 tasidan juft, yigirma sakkiztasida yakka mayitlar joylashgan. Mayitlar bir tomonga karatib buksaytirib ko‘milgan. Erkaklarning kabrlarida sapol idishlari, akmoktosh kamon o‘lari, nayza paykonlari va boshkalar, ayollarnikida esa kimmatbaho toshlardan (agat, feruza, lazurit, serdolik) va oltindan yasalgan munoklar, mis ko‘zgu, ayol haykalasi va boshkalar topilgan.
Manzilgohda bir nesa uy-joylar o‘rganilib, ulardan biri to‘lik oilgan. Erto‘la shaklidan iborat uylari yog‘odan ustunlarining o‘rni saklanib kolgan. Uy ikarisida o‘ok va xo‘jalik o‘rasi joylashgan. O‘ra samon ko‘shilgan loysuvok kilingan. Erto‘la tashkarisida 90 sm diametrdagi ikki yarusli xumdon joylashgan. Undagi topilmalar sapol idishlari va hayvon suyaklaridan iborat. Manzilgoh ekkasidan taxminan ikki metr keladigan zislangan tuprok (val) o‘tganligi aniklangan.
Zamonboboliklar xo‘jaligining asosini ishlab ikarish tashkil etgan. Topib o‘rganilgan kremendan ishlangan kadama o‘roklar, yorg‘uok bo‘lagi va kesaklardagi bug‘doy va arpalarning izlari guvohlik berishia dehkonsilikning ahamiyati yukori bo‘lgan. Tabiiy sharoitdan kelib ikib, ko‘rfaz shaklidagi sug‘orish usulidan keng foydalanishgan. Hayvon suyaklaridan ko‘y, eki, kora mol va eshak suyaklarining guvohlik berishia uy orvailigi xo‘jalikning ikkini tarmog‘ini tashkil etgan. SHuningdek, zamonboboliklar to‘g‘ay sharoitida yashovi hayvonlarga va ko‘lda yashovi baliklarni ovlash ko‘shimsa xo‘jalikni tashkil etgan. Sapol buyumlari asosiy kismini ko‘lda yasalgan idishlar tashkil egan. Kulolilik arxida yasalgan kam sonli sapol buyumlari va etdan keltirilgan naksh solingan sapol namunalari ham kabrlarda uraydi. U Janubiy Turkmanistonning Nomozgoh IV oxirlariga oid sapol buyumlariga o‘xshash. Moddiy topilmalarning guvohlik berishia zamonboboliklar O‘rta Osiyoning boshka hududlari aholisi bilan ma’lum alokada bo‘lgan.
Suyurgan madaniyati ko‘rinishdan Kaltaminor madaniyatining davomi bo‘lsa, Anov madaniyati bilan bo‘lgan aloqalar ko‘p jihatdan o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Tozabog‘yob madaniyati. (mil.av. II ming yillikning ikkinchi yarmi) Amudaryoning Oqchadaryo deltasi hududida yashovchi ovchi va baliqchi qabilalar sodda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvsi jamolarga almashinadi. S.P. Tolstov tamonidan 1953 yili Anka 5, 1954-57 yillarda Ko‘kcha 3 qabrlari va yodgorligida olib borilgan arxeologik qazish ishlari natijasida Tozobog‘yob madaniyati to‘g‘risida tasavvur hosil qilish imkoniyati vududga keldi. Hozirga qadar bu madaniyatga oid 50 dan ortiq manzilgohlar aniqlangan.Tozabog‘yob madaniyatiga oid uy-joylar to‘g‘ri to‘rtburchak shakldan iborat bo‘lib, er biroz chuqur qazilib, yog‘och ustunlar orqali atrofii va tepasi yopilgan yarim erto‘la shaklidagi kulbalardan iborat. Kulbaning O‘rtasida markaziy o‘choq joylashgan. Uning atrofida moddiy topilmalar aniqlanmagan. Devor yonida xo‘jalik maqsadlarida foydalanilgan o‘ralar joylashgan. Asosiy ashyoviy manbalarni qo‘lda tagi tekis qilib yasalgan sapol idishlari, bronzadan ishlangan kam sonli buyumlar va toshdan qurollari tashkil etadi. Sapol idishlarning loyiga samon va maydalangan sig‘anok qo‘shilgan. Sapol buyumlarining bo‘g‘zi biroz toraygan, tuvaksimon idishlardan iborat. Ulardan ayrimlarining sirti silliqlangan. Uchburchakli chiziqcha shaklida uyib ishlangan naqshlari yuqoridan pasga tomon bir qator bo‘lib joylashgan. Bronzadan yasalgan buyumlarini bir tomonida tig‘iga ega bo‘lgan pichoq va suyak dastaga asoslangan to‘rt qirrali iskanalar tashkil etadi. SHuningdek, ayol jinsiga mansub qabrdan bilakuzuk topilgan. Toshlardan yasalgan nayza uchi, yorg‘uchoq va boshqa topilmalar toshdan foydalanish ahamiyatini yo‘qotmaganligidan dalolat beradi. hayvon suyaklari qoramol, qo‘y va otlarga tegishli. Qavat 3 yodgorligiga yaqin bo‘lgan joyda qadimgi jamoa a’zolari tamonidan foydalanilgan ekin maydonlarining o‘rni aniqlangan.
Qavat 3 yodgorligidan o‘rganilgan qabrlarda yakka va juft mayit o‘rin olgan bo‘lib, ularning ayrimlari bir davrga ayrimlari esa turli davrlarda Dafn qilingan. Erkaklar o‘ng, ayollar esa chap tomonga qaratib bukchaygan holda yotqizilgan. Juft mayitlar esa yuzmayuz joylashtirilgan. Marhumlarning bosh qismiga bir yoki ikkita sapol idish qo‘yilgan. Ayollarning qabrlarida turli zebu-ziynat buyumlari, ko‘proq bronzadan ishlangan bilakuzuklar, erkaklarnikidan esa sapol idishlardan tashqari bir nusxadagi bronza iskana topilgan.
Bu turdagi madaniyat Amudaryoning qadimgi Sariqamish deltasi bo‘ylari va O‘zboy hududlarida ham mazkur madaniyat sapollariga o‘xshash buyumlar tarqalganligi bilan izohlash mumkin. Bronza davrida Volga bo‘yi hududlarida tarqalgan yog‘ochband va Uraldan Oltoygacha bo‘lgan hududda yoyilgan Andronova madaniyati sapol idishlari bilan ushbu madaniyatnikida umumiy o‘xshashlik mavjud. SHunga ko‘ra Ushbu hududda mil.av II ming yillikning boshlarida mavjud bo‘lgan Suyurgan madaniyatiga mansub aholi bilan va vohaga kerib kelgan YOg‘ochband va Andronova madaniyatlariga mansub bir guruh jamoalarning o‘zoro aralashishi natijasida Tozabog‘yob madaniyati shakllanadi, degan ilmiy qarashlar mavjud.
SHimoliy Tojikiston, Farg‘onaning bir qismi, Toshkent vohasi va Zarafshon daryosi vodiysi hududlarida Qayroqum madaniyati (mil. av. II ming yillik O‘rtalari) paydo bo‘ladi. Bu madaniyatda Hisor, Tozabog‘yob va Andronovo madaniyatlarining ta’siri ko‘rinadi. Bu madaniyat sohiblari CHust va janubdagi o‘troq dehqonchilik madaniyatlari bilan ham aloqada bo‘lishganlar. Kichik hajmgi manzilgohlar bir necha cho‘ziq shakldagi uylardan iborat. Aholi chorvachilik hamda dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Xo‘jalikda metal quyish ishlari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Kulolchilik idishlari yassi taglik bo‘lib, quyma naqshli bezaklar bilan bezatilgan.
Farg‘ona vodiysida Qayroqum madaniyati bilan birgalikda CHust madaniyati (mil. av. II ming yillik oxirlari) rivojlangan. CHust madaniyatiga oid mudofaa tizimi qoldiqlari, uy-joylar, qabrlar va xo‘jalik o‘ralari o‘rganilgan. Kulolchilik buyumlari naqshli. Bronza, tosh, suyaklardan yasalgan buyumlar ham mavjud. CHustliklar dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar hamda kulolchilik, to‘qimachilik, bronza quyish ishlari bilan ham yaxshi tanish bo‘lganlar. Farg‘ona o‘troq dehqonchilik manzilgohlardan topib o‘rganilgan topilmalar bu madaniyat sohiblarining O‘rta Osiyoning janubi-g‘arbiy va shimoli-sharqiy hududlari bilan aloqada bo‘lganliklaridan guvohlik beradi.
Janubiy Tojikiston hududida mil. av. II ming yillikning O‘rtalari va ikkinchi yarmiga oid bir-biriga o‘xshash va o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadigan jihatlariga ega makonlar topib o‘rganilgan.
Bu erda aholi chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘langan. Bronzadan yasalgan mehnat va jangovar qurollari hamda tosh qurollar topib o‘rganilgan. Sopol idishlari qo‘lda yasalib, o‘yma naqshlar bilan bezatilgan. Surxondaryo, shimoliy Afg‘oniston va janubiy Turkmaniston sopol buyumlariga o‘xshash buyumlar uchraydi. Bu erga mil. av. II ming yillikning ikkinchi yarmida janubi-g‘arbdan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi qabila kelib o‘rnashgan.
Janubiy Tojikistonning so‘nggi bronza davri madaniyati.
O‘rta Osiyoning sunggi bronza davri xududlariga xos kabilalarining yodgorliklari Janubiy Tojikistonda xam keng tarkalgan. Bu erdan utgan asrning 50-60 yillarida arxeolog olimlar A.M Mandelshtam va B.A Litvinskiylar tomonidan Kofirnigon va Vaxsh vohalaridan sorvador kabilalariga oid nesa mozor-ko‘rg‘onlar o‘ganilgan. Ulardan Kofirnahar daryosining kuyi okimidagi tog‘li Bishkent vohasidan Tulxar va Aruktov, Vaxsh vohasidan Tigrovaya Balka, Oyko‘l, Jarko‘l, Makonimor, Kizilsuv va boshka mozor-ko‘rg‘onlarda arxeologik tadkikot ishlari amalga oshirilgan. Ulardan birinsisi shartli ravishda Bishkent madaniyati, ikkinisi esa Vaxsh madaniyati nomi bilan yuritiadi. Bulardan tashkari Janubiy Tojisiton Ko‘ng‘irtut va Tegizak manzilgohlari ham o‘rganilgan.
Ilk Tulxar mozor-ko‘rg‘onlarining ayrimlarida murdalar dafn etilgan ayrimlarida esa kuydirib kuli ko‘milgan. Katakomba usulidagi kabrlar ham mavjud. Kabrlarda ko‘la yasalgan sapol idishlar, bronzadan yasalgan buyumlar ko‘shib ko‘milgan. Ayrim kabrlarda kulolilik arxida yasalgan etdan keltirilgan sapol buyumlari ham mavjud. Beshkentliklar aholisi bir nea etnik guruhni tashkil etgan. Ulardan bir guruhi tadkikoti olimlarning xulosalariga ko‘ra Andronova madaniyatiga xos aholi vakillarini tashkil etgan. Ularning xo‘jaligi orvailikni tashkil etgan.
Vaxsh vohasi mozor-ko‘rg‘onlarda murdalarni kuydirish odati kuzatilmaydi. Kabrlarning ko‘pilligidagi kuzatuv buyumlari o‘g‘irlangan. Saklanib kolganlari ko‘lda yasalgan sapol buyumlari va bronzadan yasalgan uy-ro‘zg‘or anjomlari, oyna, zeb-ziynat buyumlari- bilakuzuk, uzuk, munoklardan iborat. SHuningdek arxda yasalgan sapol idishlari ham mavjud.
Vaxsh mozor-ko‘rg‘onlari va Hisor manzilgohlari aholisi xo‘jalikda orvailik va kisman dehonilik bilan shug‘ullanishgan. Manzilgohlardan topilgan moddiy topilmalarida SHimoliy Baktriyaning so‘nggi bronza davriga Sapolli madaniyatining Molali boskiiga bilan ma’lum alokadorlik kuzatiladi.
Janubiy Tojikistonning so‘nggi bronza davri bir necha etnik guruhlar tomonidan yaratilgan madaniyat namunalari mil.av. II ming yillikning oxirgi choragi bilan sanalanib, ular mahalliy, Sapolli va Andronova madaniyalari aholisi vakillaridan iborat bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |