Maxfiy yozuv (kriptografiya)
Qo’lyozmalarni o’rganayotganda ayrim belgi, harflar uchraydiki, ular qanday ma'noni bildirishi ayrim mutaxassislargagina ma'lum. Bu belgi yoki harflar maxfiy yozuvdir. Maxfiy yozuv yoki kriptografiya janubiy slavyanlarga Vizantiyadan o’tgan. Rossiyaga esa bu soha xristianlik bilan barobar kirib kelgan. Vizantiyada hamda slavyanlarda maxfiy yozuv cheklangan darajada qo’llanilgan. Dastlab maxfiy yozuv turli ma'lumotlarni yozib qoldirgan muallifning nomini bildirgan, yani muallif o’z nomini ochiq yozmay, ayrim belgi yoki harflar bilan ko’rsatgan. Maxfiy yozuv bir necha tarmoqlarga bo’linadi. Begona yozuvlardan foydalanish. Rus qo’lyozmalarida glagolitsadan maxfiy yozuv sifatida foydalanib kelingan. Bu qo’lyozmalar ayrim so’zlar tushirib qoldirib, qisqartirilgan holda bitilganki, glagolitsadan xabarsiz odam bu yozuvlarni o’qiy olmaydi. Dastlabki bunday yozuvlar XI-XII asrlarga oid bo’lib, Sofiya sobori devorlarida uchraydi. XII-XIII asrlardan boshlab qo’lyozmalarda glagolitsa keng qo’llanildi. Siyosiy, diniy, diplomatik va boshqa mazmundagi bu kisqartirilgan yozuvlar maxsus kriptogramma yordamida o’qilgan. XIV asrda Stefan Permskiy perm allfbosini yaratdi va XV asrdan boshlab u maxfiy yozuvda qo’llanilgan. Perm alifbosi kirillitsa alifbosining o’zgartirilgan va qisqartirilgan variantidir. Bir xil ko’rinishda yoziladi. Maxfiy yozuvda grek alifbosidan ham foydalanilgan. XV asrda ruslarga janubiy slavyanlarning ta'siri bilan lotin alfaviti kirib keldi va turli maqsadlarda qo’llanildi. XVI-XVII asrlarda markaziy rus shaharlarida lotin harflari boshqa harflar bilan qo’shilgan holda maxfiy yozuvda ishlatilgan. XVII-XVIII asrlardan boshlab Rossiyada lotin alifbosidan ham maxfiy yozuvdan fondalanilgan. Lotin harflari ishtirok etgan maxfiy yozuvlar dastlab elchixona va ibodatxona faoliyatida qo’llanilgan, keyinchalik o’quv mashg’ulotlarida sanalar va boshqa yozuvlarni bayon qilishda qo’llanilgan. Shuningdek, turli xalqlar yaratgan alifbodan foydalangan holda ham o’ziga xos maxfiy yozuv ixtiro etilib, undan keng miqyosda foydalanilgan. O’zgartirilgan belgilardan foydalanish. Mo’g’ul-tatarlar istilosidan so’ng Rusda maxfiy yozuvning yangi usullari ham paydo bo’ldi. Kirillitsa harflaridan foydalanib yozilgan ma'lumotlarni maxfiylashtirish maqsadida ayrim harflar tushirib qoldirilgan yoki ularning yozilishi o’zgartirilgan. Ammo bu usul ancha murakkabdir, chunki ayrim harflarni tushirib qoldirish yoki o’zgartirishning yagona shakli bo’lmagan, shuning uchun bunday yozuvlarni o’qish ancha qiyin. Bunday maxfiy yozuv XIV-XV asrlarda Rusda keng tarkalgan. O’zgaruvchan harflardan foydalanish. Maxfiy yozuvning yana bir usuli bo’lib, bunda kirillitsadagi harflardan o’rin almashtirib foydalanilgan. Buni “litoriya”, ya'ni yozuvda xato yo’ldan foydalanib fikrni bayon etish deyiladi. Litoriya ikki xil, ya'ni sodda va aqlli ko’rinishga egadir. Sodda litoriyada kirillitsa harflari, hamma unli tovush, qattiq, yumshoq belgilar tushirib qoldirilib, teng ikkiga bo’lingan holda quyidagacha ostin-ustun yozib chiqiladi: н м л к з ж д г в б п р с т ф х ц ч ш ҳ Zarur joylarda bu harflar o’zgartirilmagan holda ishlatiladi. Unli tovushlar yoki belgilar esa o’z o’rnini yuqoridagi yoki quyidagi harfga bo’shatib beradi. Aqlli litoriya o’ziga xos bo’lib, murakkab ko’rinishga ega. Bunda hamma unli va undosh tovushlar qo’llanilgan. Barcha harflar mutaxassis tanlaganidek ikki qator terib chiqiladi. Birok joylashuv doimiy emas. Bu maxfiy yozuvning bir necha usullari ishlab chiqilgan. Uni echish kaliti Sobolevskiy tomonidan yaratilgan. Hisobga oid ma'lumotlarni bayon etish. Ba'zi slavyan harflari raqam ahamiyatiga ega bo’lib, o’z mazmuniga qarab bir necha guruhga ajratiladi. Bulardan biri raqam darajasidir. Bunda ayrim so’zlar raqam sifatida ishlatiladi. Lekin b, j, sh, h, yu, ' kabi harflar raqamlar o’rniga qo’yilmagan. Maxfiy yozuvda belgilardan foydalanish uslubi ham mavjud. Ayrim harflarning rao'am ahamiyati turli belgilar bilan ifodalanadi. Masalan, birliklar – nuqtalar bilan, o’nliklar – chiziqchalar bilan, yuzliklar – doira sifatida ko’rsatilgan. Maxfiy yozuvda qo’llaniladigan metodlardan yana biri teskari yozuvdir. Bunda hamma ma'lumotlar teskari tomondan ochib borilgan. Ayrim vaqtda so’z yoki harflar orasiga turli belgilar, geometrik chiziqlar ko’yilgan. 6. Arab paleografiyasi Arab paleografiyasi arab alifbosi (arab, fors, turkiy va hokazo tillar)da yozilgan yodgorliklarni o’rganadi. Amaliy maqsadlar uchun X asrdayoq Ibn Durustiy (956 yilda vafot etgan) tomonidan arab xatidagi yozuvlarning sharhi ishlab chiqilgan bo’lib, xalifa devonxonasida qo’llanilgan yozuv va uning asosiy turlari sanab o’tgan. Evropada arab yozuvidagi yozuvlar, qo’lyozmalarni o’rganish XVII asrdan boshlanib, o’sha davrdayoq kufiy (tangalar, qur'ondagi burchakli yozuv shakli) va nasx xati (ko’proq aylana shakldagi tez yozilgan xat turi) o’rtasidagi farqlar aniqlangan. XVIII asr boshlarida arabshunos olimlar arab xatining kelib chiqishi, nasx va kufiy xat turlarining davriy ketmaketligi haqidagi masalalar bilan shug’ullanishgan. Evropalik ko’plab olimlar XVIII va XIX asrning birinchi yarmida o’rta asr arab an'analarini tahlil etib, kufiy xati ertaroq shaklllanganligi haqidagi xato fikrni ilgari surishdi (vaholanki, ikkala xat turi ham bir vaqtda mavjud bo’lgan). Ular kufiy Suriya yozuvi (estrangello)dan kelib chiqqan deb hisoblashgan. Mazkur muammoni hal etish bo’yicha paleografik tahlillar o’tkazilib, XVIII asrda dastlabki paleografik jadvallar paydo bo’ldi. Bunga misol qilib L. Adlerning (Daniya) Suriya yozuvi va kufiy jadvali, E. Furmonning (Frantsiya) kufiy (qur'on qo’lyozmalari asosida) jadvali, XIX asrning birinchi yarmida J.J Marselning mukammallashgan jadvali bo’lib, unda arab yozuvidagi yozuvlar va qo’lyozmalarni tizimli o’rganishga asos solindi. XIX asrda g’arbiy Evropada arab qo’lyozmalarini to’plashning asoslari paydo bo’lib, XIX asrning oxirida Venada arab yozuvidagi papiruslar to’plangan yirik markaz shakllandi. Epigrafik yodgorliklarni to’plash va o’rganish boshlanib, arab yozuvidagi yodgorliklar paleografik tahlil qilinib, ilmiy tavsifi tayyorlana boshlandi. Yodgorliklardagi yozuvlarning nashri e'lon qilindi. XIX asrning birinchi yarmida frantsuz sharqshunosi A. Silvestr de Sasi tomonidan arab yozuvidagi papiruslarning birinchi nashri e'lon qilindi. XIX asrning oxirlarida I. Karabachekning (Avstro-Vengriya), XX asr boshida K.X. Bekkerning (Germaniya) arab yozuvidagi papiruslarga bag’ishlangan ko’plab ishlari chop etilgan. XIX asrning ikkichi yarmida maxsus paleografik tadqiqotlar bo’yicha taqdqiqotlar paydo bo’ldi. Italyan paleografi M. Lanchi ko’plab yozuvlarni o’rganish asosida arab yozuvidagi turlarni aniqladi. U. Rayt (Angliya) va V. Alvardt (Germaniya) VII-XVII asrlar arab yozuvi bo’yicha paleografik jadvallarini nashr qildi. Frantsuz tadqiqotchisi O. Uda Shimoliy Afrika xat turi (mag’ribiy)ning tavsifini berdi. Shveytsariyalik olimlar M. van Bersham (XIX asr oxiri) va S. Flyuri (XX asrning 20-yillari) arab yozuvi bo’yicha yirik asarlarini e'lon qilishib, epigrafika sohasidagi keyingi tadqiqotlar uchun poydevor qo’yishdi. XX asr o’rtalarida arab paleografiyasi taraqiqiyoti bo’yicha olib borilayotgan tadqiqotlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Arab yozuvining shakllanishi va ilk taraqqiyoti muammolari (N. Abbot, AQSh). 2. Papirus va qo’lyozmalardagi xat turi (A. Groman, Avstriya; A. Ditrix, GFR; M.A. Marzuk, X. Xavariy, Misr; F. Dey, R. Ettingxauzen, AqSh; G. Viet va E. Komb, Frantsiya; D.S. Rays, Angliya) . Rossiyada arab qo’lyozmalarini to’plash va yozuvlaridan nusxa olish Pyotr I davridan boshlangan. Arab qo’lyozmarai va boshqa yodgorliklardagi yozuvlarni to’plash 1818 yilda Kunstkamera qoshida Sharq kabineti tashkil etilishiga sabab bo’ldi (keyinroq u Osiyo muzeyiga aylantirildi, hozirda arab qo’lyozmalari saqlanayotgan Osiyo xalqlari institutining Sankt-Peterburg bo’limining qo’lyozmalar fondi). Uni yirik arabshunos, Rossiyadagi arab qo’lyozmalari to’plamini o’rganagan X.D. Fren boshqargan. U arab numizmatikasining ilmiy asoschisi sifatida kufiy xat turining xilma-xilligini tasniflab, atamashunosligini tadbiq etdi. XIX asrning ikkinchi yarmida arab yozuvidagi yodgorliklarini aniqlash, o’rganish va nashr etish bo’yicha ishlar tezlashdi. Bu davr paleografik kuzatuvlar olib borilganligi bilan xususiyatlidir. N.V. Xanikov paleografik tahlil uchun yozuv bitilgan joyni e'tiborga olish haqidagi xulosalarini ilgari surdi. Shu tariqa xalifalikning turli chekkalaridagi arab xat yozuvlarining xususiyatlari aniqlandi. Sovet olimlaridan O.G. Bolshakov, M.M. Dyakonov, V.A. Krachkovskaya, I.Yu. Krachkovskiy O’rta Osiyo va Kavkaz ortidagi arab yozuvidagi yodgorliklarni o’rganishgan. O’zbekiston da ham yozma yodgorliklarning aksariyati arab yozuvida bo’lganligi sababli arab paleografiyasi bir qadar rivojlangan. Bu sohadagi tadqiqotlar, asosan, o’zbekis¬tan FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida, tegishli muzeylar, qisman oliy o’quv yurtlarida amalga oshirilmoqda. 7. O’zbek paleografiyasi tarixidan O’rta Osiyo xalqlari yozuvi tarixini o’rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Dastlab rus olimlarining O’rta Osiyo ga kelib turli sohalar qatori lingvistika, paleografiya sohasida olib borgan ishlari tufayli turli yozuvlar to’g’risida boy ma'lumot to’plandi va chop etildi. Sobiq Ittifoq tuzumi davrida boshqa respublikalar qatori O’zbekiston da ham qadimgi yozuv tarixini o’rganish ishlariga e'tibor berilib, O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasi huzuridagi sharqshunoslik, til va adabiyot, tarix ilmiy tekshirish institutlarida, til, yozuv tarixini o’rganish bo’yicha tadqiqot ishlari olib borildi. To’plangan nazariy hamda amaliy ma'lumotlar o’zbek paleografiyasi to’g’risida quyidagi fikrlarni aytishga asos bo’ladi. O’rta Osiyo dagi paleolit, mezolit, neolit va eneolit davrida yashagan xalqlar turli voqea-hodisalarni, ov qilish uslubini qoya yuzalariga yoki tekis erlarga chizib tasvirlash orqali tushuntirganlar. O’zbekiston hududidagi Zarovutkamar, Sarmishsoy darasida, Farg’ona vodiysi atrofidagi tog’larda qoya-toshlarda bir necha minglab tasvirlar aniqlangan. Bu suratlar tasviriy san'atning ko’hna durdonasi hisoblanadi. Zarovutkamar, Sarmishsoydagi qoyatoshlarga tushirilgan ov manzaralari, turli hayvonlar tasviri orqali tosh davri odamlari ov qilish yo’l-yo’riqlarini, qanday hayvonlarni ovlash zarurligini bir-birlariga tushuntirganlar. Eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarga kelib O’rta Osiyo da turli kichik davlatlar tashkil topa boshladi. Sinfiy jamiyatning vujudga kelishi xalqlar hayotiga ham o’ziga xos ta'sir ko’rsatdi. Shahar va qishloqlar rivojlandi, hunarmandchilik, madaniyat va san'at rivojlandi. Xorazm, so’g’d yozuvlarining paydo bo’lishi ham shu davrga to’g’ri keldi. Bu yozuvlar eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda Kichik Osiyoda paydo bo’lgan oromiy va eramizdan avvalgi III asrda vujudga kelgan kxaroshxi yozuvlari asosida yaratilgan. Mutaxassislarning fikricha, oromiy yozuvi o’rta va Yaqin Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan, iqtisodiy, madaniy aloqalarda asosiy vosita rolini o’ynagan. Kxaroshxi yozuvi hindistonning shimoli-g’arbida paydo bo’lib, shakli va mazmuni jihatidan oromiyga yaqindir. So’g’d yozuvining paydo bo’lishi tarixini o’rganish XIX asrning 90- yillaridan boshlandi. qadimda so’g’dlar yashagan terrtoriyada N.I. Veselovskiy, I.F. Sitnyakovskiy, V.A. Jukovskiylar tadqiqot ishlari olib borishdi. 1900 yili V.V. Bartoldning “Mo’g’ullar istilosigacha Turkiston” asari bosilib chiqdi. Bu kabi manbalar So’g’d haqida mukammal ma'lumot bersa-da, so’g’d yozuvi haqida mukammal fikr bermaydi. 1906-1908 yillarda A. Shteyn ekspeditsiyasi Sharqiy Turkiston hududidagi Dunxuanda olib borgan ishlar tufayli so’g’d tilida yozilgan maktublar to’plami topildi, natijada so’g’d yozuvlari eramizning IV asriga oid ekanligi aniqlandi. 1914-1915 yillarda S.F. Oldenburg boshchiligidagi Rus-Turkiston ekspeditsiyasi Dunxuanda so’g’d tilida yozilgan bir necha hujjat topdi. Bu yozma materiallarni grammatik jihatdan o’rganishda R. Goto, F.V. Myuller kabi g’arb olimlari, rus olimi K. Zaleman katta hissa qo’shdilar. Keyinroq so’g’d tarixi rejali, ilmiy asosda o’rganila boshlandi. 1931 yili Tojikistondagi Mug’ tog’idagi qal'ai mug’dan qog’oz, teri va yog’ochga bitilgan so’g’d hujjatlari topildi. Bu topilmalar V.A. Krachkovskiy va I.Yu. Krachkovskayalar tomonidan to’liq o’rganib chiqilgan va matbuotda e'lon qilingan. O’rta Osiyo xalqlari tomonidan uyg’ur, runik yozuvlari ham yaratilgan. Bu yozuvlar qadimgi turkiy xalqlarning mushtarak yozuvi hisoblangan. Ma'lumotlarga qaraganda, dastlabki turkiy xalqlar yozuvi yodgorliklari XVIII asr oxiri-XIX asr boshlarida topilgan. Enisey daryosi bo’yida katta toshlarga yozilgan ma'lum yozuvlar aniqlangan. 1889 yili esa Mongoliyaning Urxun daryosi bo’ylarida yuqoridagiga o’xshash yozuvlar bitilgan yodgorliklar topilgan. Bu yozuvlar mutaxassislar tomonidan “Urxun-Enisey bitiklari” deb nomlangan. 1893 yili daniyalik olim V. Tomsen Urxun-Enisey bitiklarini o’qib, mazmunini aniqlashga muvaffaq bo’lgan. Urxun-Enisey bitiklari Evropada topilgan runik yozuvlariga juda o’xshash bo’lganligi uchun ba'zi olimlar uni runik yozuvlari deb ham ataydilar. Urxun-Enisey yozuvlari O’rta Osiyo ning barcha davlatlari hududidan topilgan va hamon topilmoqda. Bu yozuvlar arablar istilosigacha bo’lgan turkiy qabilalarning hayoti, davlat tuzumi haqida ma'lumot beradi. O’rta Osiyo , jumladan, O’zbekiston hududida ilk feodal davrida uyg’ur yozuvi ham keng tarqalgan. Bu yozuv sharqiy turkiy xalqlarning yozuvi sifatida vujudga keldi. Bu yozuv Sharqiy Turkiston hududida topilgan. Yusuf Xos hojibning 1069 yilda bitilgan “qutadg’u bilig” (yoki “Baxt keltiruvchi bilim”) asari uyg’ur tilida yozilgan. Bizgacha bu yozuvning bir necha varianti etib kelgan. Masalan, XV asrda hirotda bitilgan asar Vena shahrida, arab alifbosida bitilgan 2 ta qo’lyozma qohira va Toshkentda saqlanmoqda. Uyg’ur yozuvi so’g’d yozuvi asosida paydo bo’lgan va rivojlanganligi ma'lum. O’zbekiston hududidagi qadimgi xalqlar so’g’d, uyg’ur, xorazm yozuvlaridan tashqari manixey yozuvidan ham xabardor bo’lgan. Manixey yozuvi Eron hududidagi xalqlar tomonidan yaratilgan bo’lib, eramizning IV asrlarida Sharqiy Turkistondan Misrgacha bo’lgan hududga tarqalgan. Sharqiy Turkistonda o’rta eron va sharqiy turk tillariga mansub bo’lgan yozuvlar bilan manixey yozuvi ham topilgan. Taniqli nemis olimi M. Lidzbarskiy bu yozuv oromiy yozuvi asosida kelib chiqqan va dekorativ polmir yozuviga qarindoshdir, degan fikrdadir. Markazlashgan arab davlati vujudga kelgach va katta hudud arablar tomonidan istilo etilgach, bu joylarda arablarning iqtisodiy-siyosiy hayoti qoidalari bilan birga arab yozuvi ham mahalliy xalqlar hayotiga kirib keldi. Arab alifbosida 28 harf bo’lib, shundan faqat 16 tasi mustaqil ifoda etiladi. Juda ko’p harflar ustki va ostki diakritik belgilar bilan bir-biridan farq qiladi. Arab yozuvida faqat uchta unli harf bo’lganligi tufayli 10 ga yaqin unli harflarga ega bo’lgan turk tilini bu alifboda ifoda etish qiyin bo’lgan. Abu Rayhon Beruniy o’z davrida arab yozuvining nuqsonlarini aniq ko’rsatgan va arabcha bo’lmagan so’zlarni bu yozuv vositasida to’g’ri ifodalash imkoni yo’qligini ta'kidlagan edi. Zahriddin Muhammad Bobur ham arab alifbosidagi nuqsonlarni payqagan va uni isloh qilishni zarur deb hisoblagan. Shu maqsadda u ba'zi ishlarni amalga oshirgan. Ya'ni 1503-1504 yillarda yangi alifbo yaratgan, uni “Xati Boburiy” deb atashgan. Bu alifboda arab yozuvidagi ostki va ustki belgilar o’rniga yangi harflar qo’yilgan. Sovet tuzumi davrida Turkistonda arab grafikasi asosidagi yozuvni o’zgartirish ishlariga qadam qo’yildi. Shu maqsadda 1921 yil yanvarida Toshkentda birinchi til-imlo qurultoyi bo’ldi. qurultoyda arab alifbosini mahalliy xalqqa qulay qilib o’zgartirish to’g’risida matbuotda bir qator maqolalar chop etildi. 1922 yil aprelida o’zbek maorif va madaniyat xodimlarining ikkinchi o’lka qurultoyi bo’lib o’tdi. qurultoyda arab yozuvini soddalashtirish, uni o’zbek tili talaffuziga moslash kabi masalalar ko’rildi. qurultoy ko’pchilik ovoz bilan arab alifbosiga tegishli harf va belgilarni qo’shish va uni soddalashtirish to’g’risida qaror qabul qildi. Ayni mahalda O’zbekiston da lotin grafikasini joriy etish harakati kuchayadi. 1926 yil martida Boku shahri (Ozarbayjon) da turkiy xalqlar yozuvini lotinlashtirish masalasi bo’yicha turkologlarning Birinchi Butunittifoq s'ezdi bo’lib o’tdi. S'ezdda arab grafikasida yozadigan xalqlarni lotin alifbosiga o’tkazish to’g’risida maxsus qaror qabul qilindi. Shunga muvofiq O’zbekiston SSRda Yangi Alfavit Komiteti (YAAK) tuzilib, unga lotinlashtirilgan alfavitga o’tkazish ishi yuklatildi. Yo’ldosh Oxunboboev komitetga rais qilib tayinlandi. O’zbekiston da lotinlashtirish ishini _malgam oshirish, arab grafikasi asosidagi yozuvga xotima berish maqsadida 1929 yil 15 may kuni Samarqand shahrida Til-imlo konferentsiyasi chaqirildi. Ushbu anjumanda qisqa vaqt ichida lotin alfavitiga o’tish va uni rivojlaptirishga doir chora va tadbirlar ishlab chiqildi. Shu yildan boshlab O’zbekiston hududida lotin alifbosi asosidagi yozuvga o’tish tezlashdi. Ko’p o’tmay bu yozuv yozuv tizimini ham o’zgartirish uchun harakatlar boshlandi. Sobiq Ittifoqning lotin grafikasida yozadigan xalqlarini rus grafikasi asosidagi yozuvga o’tkazish ishlari avj oldirilib, 1937 yildan boshlab shu yozuvga o’ta boshladilar. Shu tariqa O’rta Osiyo respublikalarida ham rus alifbosiga o’tishga tayyorgarlik boshlandi. 1939 yilning boshida O’zbekiston da rus grafikasi asosida o’zbek alifbosining loyihasi tuzildi. Loyiha jamoatchilik muhokamasiga havola etilib, omma va ziyolilar bu loyihani noiloj ma’qulladilar. 1940 yil 8 mayda O’zbekiston SSR Oliy Soveti respublikada rus grafikasi asosida o’zbek alifbosiga o’tish to’g’risida qonun qabul qildi. Bu qonunda rus grafikasi asosidagi o’zbek yozuvini ommalashtirish choralari, muddati to’g’risida so’z yuritilgan. Shu yildan to O’zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo’lgan davrda rus grafikasi asosidagi o’zbek alifbosining qo’llanishi rus tili mavqeining oshib borishi, hatto “ikkinchi ona tili” darajasiga ko’tarilishiga, o’zbek tili mavqeining esa pasayishiga, qo’llanish doirasining torayishiga olib keldi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng respublikada o’zbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga o’tkazish haqida fikr-mulohazalar o’rtaga tashlanadi. Bu masala bir yil davomida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, 1993 yil 2 sentyabrda O’zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qonuni e’lon qilindi. Ayni shu kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish tug’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunini _malgam kiritish tartibi haqida”gi qarori ham qabul qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 2-3 sentyabrdagi 12-chaqiriq 13-sessiyasida yangi alifbo masalasi muhokama qilinib, lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga o’tish to’g’risida qaror qabul qilindi. Ushbu alifboni va shu asosda tayyorlangan “o’zbek tiliping asosiy imlo qoidalari”ii muhokama qilish jarayonida bir qator taklif va tavsiyalar qilin¬di, tanqidiy fikrlar bildirildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 6 may kuni “Lotin yozu¬viga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Oliy Kengash qaroriga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida qonun qabul qildi. Bu hujjatda yangi o’zbek alifbosi 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasidan iborat ekanligi ayrim harflarning shakliga isloh kiritilgani ko’rsatilgan; yangi alifbo asosida ishlash 1996 yildan boshlanishi qayd etilgan. Yangi alifbo asosida ishlab chiqilgan “o’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” O’zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustdagi 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan. 2004-2005 yillarda O’zbekiston Res¬publikasi Oliy Majlisi va Vazir¬lar Mahkamasi tomonidan “Lotin yozu¬viga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qonunni _malgam oshirish ishlarini yanada jadallashtirish va takomillashtirish bo’yicha muhim qarorlar qabul qilindi
Xulosa:
Maxsus tarixiy fanlarga tavsif berganda ular to’liq tarixiy fanlar ekanligiga urg’u berishimiz kerak. Faqatgina etnografiya, tarixiy geografiya va paleografiya aralash xususiyat kasb etadi. Adabiyotlarda paleografiyaga tarixiy-filologik fan sifatida ham tavsif beriladi. Maxsus tarixiy fanlarning uslubiyati doimo rivojlanib va mukammallashib boradi. Ularning o’zaro bog’liqligi har birining yangi tajribalar bilan boyishi, manbashunoslik va tarixiy sintez uchun sabablar yaratishga imkon beradi. Fan yagona. Bu haqiqat tarix fani, arxiv sohasiga ham tegishli bo’lib, mutaxassislar uni alohida bo’limlarga bo’lishadi. Biror muammoni o’rganayotgan tadqiqotchi esa bir davrga oid turli faktik materiallarga to’qnash kelishi va ularni maxsus tarixiy fanlar, manbashunoslik, paleografik tahlil orqali hal etishi mumkin. Manbashunoslikka doir zamonaviy o’quv qo’llanmalarida maxsus tarixiy fanlarning ahamiyati, ularning manbaviy tahlil jarayonidagi o’rni masalalariga deyarli e'tibor qaratilmagan. Shu jihatdan mazkur darslik bu sohadagi bo’shliqlarni to’ldiribgina qolmay, oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun yaratilgan dastlabki o’quv adabiyoti ham hisoblanadi. Darslikda talabalarning fan yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash maqsadida har bir mavzu oxirida savol va topshiriqlar hamda tavsiya etilgan manba va adabiyotlar ro’yxati berildi. Bundan tashqari ushbu fandan ma'ruza va amaliy mashg’ulotlar olib borilishini hisobga olib, mustaqil ta'lim va mustaqil ish mavzulari ham keltirilgan. Kelajakda darslikni takomillashtirish yuzasidan berilgan barcha maslahat va tavsiyalar uchun mualliflar avvaldan minnatdorchilik bildiradi.
Adabiyotlar:
1. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari (qadimgi zamon va o’rta asrlar).-T.: o’qituvchi. 2001. 1.
2. Добиаш-Рождественская О.А. История письма в средних века.-М.-Л., 1936. 2. История Узбекистана в источниках. Составитель Б.В. Лунин.- Т.: Фан. 1984.
3. Крачковская В.А. Эволюция куфического письма в Средней Азии / Эпиграфика Востока. Вып. 3.-М.-Л., 1949.
4. Крачковская В.А. Памятники арабского письма в Средней Азии и Закавказье до IX в. / Эпиграфика Востока. Вып. 4.-М.-Л., 1952.
5. Крачковский И.Ю. Древнейший документ из Средней Азии. Избр. соч. Т. 1.-М.-Л., 1955.
6. Смирнова О.И. Очерки из истории Согда.-М.: Наука. 1970.
7. Собрание восточных рукописей Института востоковедения АН Узбекистана. Тт. I -XI.-Т.: Фан. 1952 - 1987.
8. Тихомиров М.Н., Муравьев А.В. Русская палеография.-М., 1966. 10. Шепкин В.Н. Русская палеография.-М., 1967.
Do'stlaringiz bilan baham: |