Paleolit
Paleolit (paleo... va lot. "lithos" — tosh) — qad. tosh davri.
Tosh davrini 2 bosqichga: P. — paleolit (qadimgi) va
neolit
— yangi tosh asrlariga boʻlib
oʻrganish dastlab 1865 yil ingliz arxeologi J. Lebbok tomonidan fanga kiritilgan. P. quyi (ilk),
oʻrta va yuqori (soʻnggi) qad. tosh davrlariga boʻlinadi. P. eng qad. ibtidoii odamlarning
kazilma ilk zotlari hayot kechirgan ulkan tarixiy zamon hisoblanadi. Oʻsha qad. zamonda yer
kurrasining ikdimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi biz yashab turgan davrdan mutlaqo oʻzgacha
boʻlib, undan keskin farq qilgan. P. davrining ibtidoii odamlari kertilgan dagʻal tosh qurollardan
foydalanganlar. Ular tosh qurollarga sayqal berish hamda sopol idish yasashni hali
bilmaganlar. Asosan, ovchilik va termachilik bilan kun kechirib, ibtidoii deqqonchilik va
chorvachilik kabi mashgʻulotlarni hali kashf etmaganlar.
Yer kurrasi qitʼalarining turli mintakalarida ibtidoii odamning ilk zotlari P.ning turli
bosqichlarida yuzaga kelgan va bir necha million yil davo-mida yashab, oʻzidan maʼlum
darajada moddiy izlar qoldirgan. 20-asrning 2yarmida oʻtkazilgan keng koʻlamli arxeologik
izlanishlar va kazishlar tufayli 4 qitʼa mintaqalaridan ilk P. davriga mansub qator noyob
yodgorliklar topilib tadqiq etildi. Toʻplangan moddiy topilmalar majmuasi arxeologik va
antropologiya jihatidan sinchiklab oʻrganilib, eng kad. odam —
arxantroplarning
yashagan va
tarqalgan hududlari, davrining bosqichlari borasida jiddiy anikliklar kiritilib, fanda muayyan
kashfiyotlar yuzaga keldi. Avvalambor arxantroplar ilk bor hayot kechirgan mintaqalar va
tarkalgan xududlar doirasi kengayib, sanasi kadimiylashdi. Keyingi yarim asr davomida
topilib, tadqiq etilgan eng qad. qazilma odam suyaklari qoadiklari va dagʻal tosh qurollardan
maʼlum boʻlishicha, arxantroplar ilk P. davrida, asosan, Sharkiy va Markaziy Afrika, Jan.-
Sharqiy va Jan. Osiyo hamda Oʻrta Osiyo va Yevropaning jan., shuningdek, markaziy
qismlarida istiqomat qilgan ekan. Ular fanda olduvay, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop va
geydelberg kabi kator nomlar bilan yuritilsada, umumiy ibo-ra bilan "Xomo xabilis", yaʼni
"ishbilarmon odam" deb ataladi. Afrikaning eng kad. odamlari zamonamizdan 4,5—4, 3,5 — 2
mln. yil mukaddam, Yevropa arxantroplari esa 2,5—2 mln. yil bilan 200—150 ming yilliklar
oraligidagi davrda xayot kechirganlar. Osiyoning iqlimi, oʻsimlik va xayvonot dunyosi ham ilk P.
davrida eng kad. odamlarning yashashi uchun qulay boʻlgan. Keyingi 60—70 yil davomida
topilib, oʻrganilgan koʻpdan-koʻp moddiy qoldikdar (asosan, qazilma odam suyaklari va dagʻal
tosh kurollar)ga karaganda, Osiyo arxantroplari (pitekantrop va sinantrop) hayot kechirgan
davr 1,5—1 mln. yildan to 500 ming yilliklar oraligʻida kechgan.
Oʻrta Osiyoda yashagan eng kad. odamlar
pitekantrop
va
sinantroplarga
zamondosh
boʻlganlar. Ular togʻ ungurlari va gʻorlardan boshpana, makon va manzilgox. sifatida
foydalanishgan. Qayroqtosh va chaqmoqtoshlardan choʻqmor, chopping va chopper kabi
dagʻal tosh qurollar yasab, ulardan irgʻ-itgich, urgʻich, chopqich, kavlagich va keskich sifatida
foydalanganlar. Qoʻl choʻqmori va chopperlar, dastavval, Fran-siyaning Sent Ashel makonidan
topilgani uchun fanda bunday tosh qurollar ashel qurollari nomi bilan yuritiladi.
Ilk P. yodgorliklari
Oʻrta Osiyoda
Fargʻona vodiysining
Soʻx soyi sohilida joylashgan
Selungʻur
gʻori
, Ohangaron vodiysining Qizilolmasoy boʻyida, [[
Koʻlbuloq manzilgohida
, Jan.
Tojikistonning Koʻldara va Jan. Qozogʻistonning Aristandi vodiysida topib oʻrganildi. Selungur
gʻoridan ibtidoiy odamning suyak qoldiklari (bosh chanogʻining boʻlagi, yelka suyagi va oʻndan
optiq tishlari) topilib, tadqiq etildi. Bu davrga mansub [[
Koʻlbuloq manzilgohida
eng qad.
odam toʻdalari qariyb yarim mln. yil davomida deyarli uzluksiz yashagani maʼlum boʻldi. Shu
bois yodgorlik ostida 20 m dan ortiqroq qalinlikda madaniy qatlam hosil boʻlgan. Qariyb 20
yillik qazish (M. Qosimov) jarayonida 30 mingdan ortiq tosh qurollar (choʻqmor, qirgʻich
pichoqsimon keskich va nukleuslar), hayvon va parranda suyaklari hamda turli xildagi oʻsimlik
qoldiklari qayd etiladi. Bu topilmalar, shubhasiz, ilk P. odamining nihoyatda sermashaqqat
hayoti, tosh qurollar yasash usullari va xom ashyosi, shuningdek, oʻsha zamon tabiiy va unga
boqim boʻlgan Koʻlbuloqning ovchi va termachilarning isteʼmol qiluvchilik xoʻjaligi haqida
guvohlik beradi (qarang [[
Koʻlbuloq manzilgohi
). Soʻzsiz, Selungur va Koʻlbuloq
yodgorliklarining arxeologiya jihatidan qazib oʻrganilishi tufayli Oʻrta Osiyo eng qad. odamlar
yashagan maskanlar qatoridan oʻrin oldi.
Paleolitshunoslik tobora yangi noyob yodgorliklar bilan boyib, paleoantropologik topilmalarni
har tomonlama sinchiklab chuqur tadqiq etilishi bilan nafaqat arxantroplarning yashagan va
tarqalgan hududlari kengayib, davri qadimiylashtirildi, balki, ularning bevosita avlodlari
borasida fanda yangi fikr-mulohaza va gʻoyalar paydo boʻldi. Maʼlum boʻlishicha,
arxantroplarning avlodlari — paleoantroplar zamonamizdan qariyb 500 ming yil muqaddam
shakllanib, 150—140 ming yilliklardan boshlab 100 ming yildan oshiqroq davr davomida
neander-tallar bilan yonmayon yashagan ekan. Neandertallar esa odamzotning bevosita
ajdodi hisoblanmagan. Ular maymunsimon jonzotlarning rivoj topmay qurib qolgan butogʻi
sifatida talqin etilmoqda.
Oʻrta P. davrida ob-havo keskin pasayib, muzliklar davri boshlanadi. Havoning sovushi
oqibatida va oʻsimlik dunyosi ham tubdan oʻzgaradi. Issiq iqlimga moslashgan hayvonlarning
bir qismi jan. mintaqalarga siljib, qolgani halok boʻladi. Ularning oʻrnini yangi sharoitga
koʻnikkan chidamli mamontlar, yungdor karkidonlar, uzun shoxli bizonlar, qoʻtoslar, bugʻular,
arharlar va boshqa hayvonlar egallaganlar. Bu davrda ovchilik xoʻjaligi takomillashib odam
toʻdalarining toʻplari kattalashgan. Tosh va suyaklardan turli xildagi ov qurollarini yasash
takomillashgan. Yirik hayvonlarga ommaviy ov qilish tufayli katta toʻdalarga uyushgan qad.
odamlar olov hosil qilishni kashf etganlar, gulxanlar yoqib, sovuqdan va xavf-xatardan
saqlanishni, goʻshtni oʻtda pishirib isteʼmol qilishni bilishgan. Yirik hayvon suyaklari, mamont
tishlari va kuraklari hamda xodalardan jar, soy va koʻl yoqalarida yarim yertoʻla kulbalar qurib,
tomini hayvon terilari bilan yopib, sahniga poʻstaklar toʻshashgan. Suyaklardan teshgich,
bigiz, soʻzan va ignalar yasab, terilardan yopinchiqlar tikib kiyishgan. Oʻrta P. davri oxirida esa
marhumlarni dafn etish marosimi paydo boʻlgan. Oʻrta Osiyoda 50 dan ortiq oʻrta tosh
davrining yodgorliklari topilib, oʻrganildi. Oʻzbekistonda ular Toshkent viloya-tida Obirahmat,
Xoʻjakent, Paltov, Koʻlbuloq; Samarqand viloyatida Omon-qoʻton, Qoʻtirbuloq, Zirabuloq,
Xoʻjamazgil; Navoiyda Uchtut degan joylarda tekshirilgan. Hatto Surxondaryoning Boysun
tumanida Teshiktosh unguridan oʻrta P. davriga tegishli 8-9 yashar bolaning qabri topilgan.
Bu, shubhasiz, fan olamida jiddiy kashfiyot edi. Oʻrta P. davrida ming yilliklar osha erishilgan
hayotiy yutuqlar urugʻdoshlik jamoasi va uning ilk madaniyatini shakllanishiga asos boʻlgan.
Yuqori P. miloddan avvalgi 40—35 ming yilliklardan 12—10 ming yillikka qadar davom etib,
muzliklarning oxirgi (vyurm) bosqichida kechdi. Bu davrda yirik hayvonlarni ov qilish tufayli
odam toʻdalarining katta toʻplarga birlashishi; mayda tuda ichida ekzogamiya urfodati
muqimlashib, urugʻ jamoasi (matriarxat)ning qaror topishi; uzoq vaqt muttasil pishirilgan
goʻshtni isteʼmol qilish va tabiiy tanlov jarayoni tufayli odamning jismoniy qiyofasi ham
oʻzgardi. Bu davrda hozirgi zamon qiyofadagi ajdod — neoantrop, yaʼni "yangi odam"
shakllandi. Bunday odamning mehnat qurollari va suyak qoldiklari dastlab 1868 yilda Fran-
siyaning Kromanon qoyasi yaqinida topilib, oʻrganilgani uchun u tarixda kromanon nomi bilan
shuhrat topdi.
Keyingi bir asr davomida Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya hududlaridan
kromanonlarning yuzlab makonlari, har turli nayza va kamon oʻqining tosh paykonlari, suyak
va hayvon shoxlaridan yasalgan bigiz, igna, qarmoq, burgʻu (parma) va xilma-xil bezakli
ashyolar topilgan.
Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda yuqori P. yodgorliklari — Koʻlbuloq, Tuyaboʻgʻiz, Siyobcha,
Takalisoy, Xoʻjamazgil, Achchisoy va Sari Ark kabi oʻnlab yarim yertoʻla turar joy qoldiqlari
topilib tadqiq etildi. Ulardan tosh qirgʻichlar, keskichlar, pichoqsimon tosh qurollar, tosh
yoʻngichlar, suyakdan yasalgan igna, bigiz, sanchqi hamda kulon, tuya, bugʻu va toʻngʻiz
suyaklari qayd etiladi. Siyobcha makonida esa yuqori P. odamining jagʻi, tishlari va qoʻl
suyaklarining topilishi, ayniqsa, noyobdir. Shunday qilib, yuqori P. davrining boshlaridayoq
zamonaviy qiyofadagi odam shakllanib, u fanda "Xomo sapiyens" — "aql-idrokli odam" nomini
oldi. Bu davrda iqlim sharoitning taʼsiri oqibatida odamzodning irqi (yevropeoid, negroid va
mongoloid) hamda har xil antropologik turlari vujudga keladi. Bu irklarning jamoalari Osiyo
orkali avval Avstraliya, soʻngra esa Bering boʻgʻozi oʻrnida joylashgan quruklik orqali Amerika
qitʼasiga tomon siljigan boʻlsalar, ulardan bir qismi Yevropada va boshqa bir turi esa Afrikada
yashaganlar. Yuqori P. davrida oʻq-yoy kashf etilib, tasviriy sanʼat yuzaga kelgan. Kromanon
odamlari istiqomat qilgan gʻorlarning (Altamira) shiplari va devorlarida rangli boʻyoklar bilan
ov manzaralari tasvirlari tushirilgan. Suyak va toshlardan ayollarning va turli hayvonlarning
haykallari yasalgan. Yuqori P.ning yodgorliklari fanda Orinyak, Solyutre va Madlen madaniy
nomlari bilan 3 bosqichga boʻlib tadqiq etilgan.
Boriskovskiy P. I., Kishilikning eng qadimgi hayoti, T., 1959; Gerasimov M. M., Lyudi
kamennogo veka, M., 1964; Semyonov Yu. I., Kak vozniklo chelovechestvo, M., 1966;
Srednyaya Aziya v epoxu kamnya i bronzi, M., 1966; Pervobitnoye obshestvo, M., 1975;
Asqarov A., Oʻzbekiston tarixi [Eng qadimgi davrlardan eramizning V asrigacha], T., 1994.
Abdulahad Muhammadjonov.
[1]
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |