7.3 Iqtisоdiy vа mоliya sоhаsidа qo‗llаnilаdigаn dаsturlаr hаqidа mа‘lumоt
Reja:
1. Iqtisоdiy sоhаsidа qo‗llаnilаdigаn dаsturlаr.
2. Mоliya sоhаsidа qo‗llаnilаdigаn dаsturlаr.
Mavzunnig maqsadi: Iqtisоdiy vа mоliya sоhаsidа qo‗llаnilаdigаn dаsturlаr hаqidа mа‘lumоtga
ega bo‘lish
Tayanch iboralar: UT, Provodka, Bank-mijoz, 1S:.
Ko‘rgazmali qurollar: Proeksion apparat orqali mavzuga tegishli slaydlar namoyish qilish hamda
devoriy stend orqali mavzuni tushuntirish
Umumdavlat tasniflagichlari (UT) — butun O'zbekiston uchun yagonadir, buxgalteriya hisobida
cheklangan miqdorda foydalaniladi.Ularga quyidagilar kiradi: korxona va tashkilotlarning umumdavlat
tasniflagichi (KTUT), xalq xo'jaligi sohasining UT(XX-SUT), tashkiliy huquq shaklinhig kodi (THShK), davlat
mulkini boshqarish idoralarining kodi, o'lchov birligi kodj (UBK), boshqaruv hujjatlarining UT qoidaga ko'ra
bu kodlar yig'ma buxgalteriya hisobotla-rining sarlavha qismiga qo'yiladi va korxonadagi hisobning mahalliy
uchastkalari buxgalteriya vazifalarini echishda foydalanilmaydi.Ularga zaruriyat faqat yig'ma buxgalteriya
hujjatlarini kompyuterda ishlab chiqishda vujudga keladi.
Sohaviy tasniflagichlardan ushbu soha uchun xos bo'lgan axborotlarni kodlashtirish uchun foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobi barcha sohalarda olib borilishini hisobga oigan holda, ushbu guruhga korxona va
tashkilotlarning sohaviy qaramligidan qat'iy nazar, buxgalteriya hisobi uchun yagona bo'lgan tasniflagichlarni
kiritamiz.
Qoidaga ko'ra, bu tasniflagichlar barcha namunaviy loyihalarda bir turli bo'ladi, shuning uchun korxonalar
va firmalarda buxgalteriya vazifalarni kompyuterlashtirishda ularni loyihalashtirish zaruriyati yo'q. Ularga
buxgalteriya hisobi sintetik hisob raqamlarning kodi, ish haqi bo'yicha to'lovlar turlari va ushlab qolishlar
turlari, moddiy mablag'lar hisob harakatlari operatsiyalari turlari, amortizatsiya chegirishi me'yorlari, soliq
to'lovchilar kategoriyalari, kassa operatsiyalari kiradi.Mahalliy kodlar yakka tartibli, faqat aniq korxonalar
uchun xosdir, shuning uchun ularni loyihalashtirish aniq korxonada hatto namunaviy loyihalarni xarid qilishda
ham olib boriladi.
Korxonada kodlarni loyihalashtirish tizimli yondoshishga rioya qilishni talab qiladi, ya'ni kodlar
korxonalarning barcha bo'linmalaridagi turli vazifalarini echishda qo'llana olinishi kerak.
Ayni vaqtda ba'zi bir kodlardan faqat buxgalteriya vazifalari uchun foydalaniladi.Aytilganlardan kelib
chiqqan holda mahalliy kodlarni ikki guruhga bo'Iish mumkin. Birinchi guruh — bu, korxona uchun yagona
118
bo'lgan kodlar: tarkibiy bo'linmalar, materiallar, tayyor mah-sulotlar, detallar, qismlar va birlashmalar;
uskunalar, tabel tartib sonlari, etkazib beruvchilar va iste'molchilar, ixtisosliklar kodlari. Kodlarning ikkinchi
guruhidan faqat buxgalteriya vazifalarini echishda foydalaniladi, bular: subschyotlar, asosiy vositalar, moddiy
javobgar shaxslarning kodlariBuxgalteriya vazifalarining axborotli ta'minlanishi shuningdek, mashina
manbalaridajoylashgan ma'lumotlar majmuasini (o'zaro bog'langan fayllarni) ham o'z ichiga oladi. Bunda
korxona va tashkilotlar uchun umumiy bo'lgan bazali massivlar (ishlovchilar, materiallar, ma'lumotnomaviy
ma'lumotlar, bo linmalar, lavozimlar) hamda faqat buxgalteriya vazifalarini echishda foydalaniladigan mahalliy
bazalar (buxgalteriya hisobi raqamlari, namunaviy provodkalar, xo'jalik operatsiyalari qayd daftari, shaxsiy
hisob raqam, asosiy vositalarning yo'qpama varaqachalari, hisob raqamlar varaqachalari) yaratiladi. „.
1С dasturi
1С dasturini kompyuterga o'rnatish . 1С dasturi Rossiya Federativ Respublikasi tomonidan tuzilgan dastur
hisoblanib, xozirgi kunda bu dasturdan MDH davlatlari foydalanib kelishmoqda.lC dasturi orqali kichik firma,
firma, korxona va ishlab chiqarish korxonalarining buxgalteriya hisobini amalga oshirish mumkin.lC dasturida
barcha buxgalteriyaga tegishli bo'lgan hisob varaqalari mavjud bo'lib, bu varaqalar dasturdan foydalanuvchilar
uchun o'ziga hos qulayliklar yaratadi.lC dasturini hozirgi kunda turli hil versiyalari mavjud bo'lib, ular bir
biridan imkoniyatlari bilan farq qiladi.Bu dasturni kompyuterga lokal hamda tarmoqli usulda o'rnatish
mumkin.Agar korxinaning buxgalteriya hisobi uncha katta bo'lmasa dasturni lokal rejimga o'rnatgan maqsadga
muvofiqdir.Korxonaning buxgalteriyasi katta bo'lsa (ishlab chiqarish korxonalari) u holda dasturni tarmoqli
qilib o'rnatish kerak.Lokal rejimda dastur bilan ishlash foydalanuvchidan juda ko'p ishni talab etadi. Tarmoqli
rejimning foydali tomoni qo'ydagilardan iborat:
Klient-server arxetikturasi barpo qilinadi."
Barcha ishchi kompyuter orqali ma'lumotlar, hisoblar server kompyuterga yuboriladi.Bu bosh buxgalter
ishini osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |