Page Maker Aldus corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli qulay nashriyot tizimidir.
Aldus firmasining Yevropa bo‗limi 1989- yil sentabrda Page Maker dasturining ruscha variantini e‘lon qildi.
Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Windows dasturining to‗liq lahjasi bo‗lishi talab qilinadi.
Shaxsiy kompyuterning amaliyot tizimi bilan tanish bo‗lgan foydalanuvchi diskni formatlash, fayl nusxasini
hosil qilish, faylni o‗chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta biladi.
Windows muhiti amaliyot tizimning qobig‗i hisoblanib, foydalanuvchi uchun amaliyot tizimning barcha
imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib ishga tushirishga imkon beradi.
Windows muhitida ishlash uchun sichqonchadan foydalanish juda qulaydir. Shu sababdan foydalanuvchi
sichqonchadan mohirona foydalana bilishi kerak. Sichqoncha yordamida quyidagi 6 ta asosiy harakatni bajarish
mumkin:
(Point) Ko‗rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko‗chirish;
(Click) Sichqoncha tugmasini bosib darhol qo‗yib yuborish;
(Double click) Sichqoncha klaviaturasini ikki marta tez bosish;
(Select) Biror obyektni tanlash;
tanlab olingan surat, matn qismi yoki dasturning grafik simvolini boshqa joyga ko‗chirish (Drag).
Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko‗rsatkichni olib borib, sichqoncha tugmasi bosiladi va obyektni
kerakli joyga ko‗chiriladi, so‗ngra sichqoncha tugmasi qo‗yib yuboriladi.
matnni sahifaga joylashtirish (Flow).
Page Maker dasturida katalog va fayllar bilan ishlaydi. Fayl nomi. PUB kengaytmasi bilan yoziladi. Misol
uchun: Sample1.PUB. Boshqa katalogga o‗tish uchun sichqoncha yordamida ko‗rsatkichni muloqot oynasidagi
«|» belgisi ustiga keltirib va sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosiladi. Chap oynada kataloglar ro‗yxati
paydo bo‗ladi. Kerakli katalog nomini tanlab sichqoncha tugmasini ikki marta bosiladi. Nashriyot tizimlarining
asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi operatsiyalarni iloji boricha ko‗proq
avtomatlashtirishdir. Uning afzalligi esa, bu nashr sahifasi va uning umumiy ko‗rinishini tayyorlashdagi
qulaylik va o‗zgartirishlar kiritishning osonligi, hamda vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko‗rinishini
tayyorlashda shaxsiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish
uchun esa lazerli printerdan foydalanish ma‘quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga iloji boricha oldinroq
kiritilgan bo‗lishi kerak. Nashr elementlarini kompyuterda saqlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni
to‗g‗ridan-to‗g‗ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, matn bilan suratlarni mos joyga qo‗lda joylashtirishga
ehtiyoj qolmaydi.
Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko‗rish va unga bosib chiqarilgunga qadar
tuzatishlar kiritish mumkin. Barcha kerakli o‗zgartirishlar kiritilgandan so‗ng, asl nusxa maketi harf terish
qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi.