P sixologiyaga oid turli XIL dalillar, testlar jamlanmasi


Suhbatdoshingizni peshona tirishiga qarab hayotini bilib oling



Download 0,64 Mb.
bet13/18
Sana08.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#537176
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
PSIXOLOGIYAGA OID TURLI XIL DALILLAR

Suhbatdoshingizni peshona tirishiga qarab hayotini bilib oling


Suhbatdoshingiz yuzining peshona qismi uning butun hayot yo‘lini aks ettiradi va intellektual hamda ma’naviy-madaniy, ruhiy dunyoqarashini belgilaydi. Shuning uchun xalqda «peshonang yorug‘ bo‘lsin», «peshonangdagini ko‘rasan» kabi iboralar bejiz ishlatilmagan. Bu iboralar Xitoy hamda Yapon fiziognomikasi bilan O’rta Osiyo fiziognomikasi o‘zaro bog‘lanib ketganini ko‘rsatadi. Xitoyliklar ta’limotiga ko‘ra, ideal peshona yaltirab turishi kerak, pushti yoki oz-moz qizil rang shaxs salomatligining yaxshiligi ko‘rsatkichidir.
30 yoshdan so‘ng peshonada ilk ajin va burmalar paydo bo‘ladi. Bu hayot tajribasi qoldirgan asorat. O’tmishdagi yaxshi xotiralar va hayotiy tajriba to‘g‘ri, tekis chiziqlarni qoldirsa, qiyinchilik, salbiy hayotiy tajriba siniq, notekis chiziq qoldiradi, deb hisoblashadi Xitoy olimlari.
Peshonani tahlil qilishdan oldin, biz uning baland-pastligi, keng-torligiga e’tibor berishimiz lozim. Shu bilan birga, soch qoplami boshlanishining shaklini nazardan qochirmaslik kerak.
Mutanosib ko‘rinishga ega peshona ko‘z kengligining ikki barobarini tashkil etadi yoki burun balandligiga to‘g‘ri keladi.
SOCH QOPLAMI BOSHLANISHINING TEKIS SHAKLI
To‘g‘ri burchakli soch qoplami ko‘pincha erkaklarda uchraydi. Bunday shaxslar oilaga sodiq, mehnat faoliyatida topshirilgan vazifani aniq bajaradilar. Ular atrofdagilardan yaxshi so‘z, maqtov kutadilar. Bajargan ishi yaxshi baholanishini va ish faoliyati orqali hurmatga sazovor bo‘lishni istaydilar. Yuqori lavozimga intilishsa ham, kamdan-kam holda unga ega bo‘ladilar. Ko‘proq o‘rta darajadagi xodimlik lavozimlariga yetishadilar.
SOCH QOPLAMI BOSHLANISHINING YOYSIMON SHAKLI
Bunday shaxslarni moddiy masalalar ko‘proq qiziqtiradi va ular moliyaviy erkin kishilardir. Mehnat faoliyatida ham mustaqillikka, mustaqil fikrlashga intilishib, shunga erisha oladilar. Ulardan yaxshi biznesmen va firma egalari yetishib chiqadi. Bir so‘z bilan aytganda, omadli kishilarga xos shakl.
SOCh QOPLAMI BOShLANIShINING “V”SIMON ShAKLI
Bunday shaxslarda urf-odatlarga moyillik kuchli bo‘ladi, ularga epchillik xosdir. Jamiyatda o‘ziga mos o‘rin egallashadi. Biroq moddiy boylikni saqlashga e’tibor bermaydilar. Birdaniga bir necha ishga kirishib, o‘zini qiynab qo‘yishi mumkin. Qarama-qarshi jins vakillarida yaxshi taassurot uyg‘otish maqsadida, o‘zlariga oro berib, diqqatni tortishga usta.
SOCH QOPLAMI BOSHLANIShINING «M»SIMON SHhAKLI
Ko‘pincha san’atkorlar, yozuvchi va shoirlarda uchraydi. Ulardan kam hollarda rahbar chiqadi. Yumshoq, muloyim xarakterga ega. Diniy-falsafiy fikrlarga moyil bo‘ladilar.
SOCH QOPLAMI BOSHLANISHINING SINIQ CHIZIQLI, NOTEKIS SHAKLI
Soch qoplami boshlanishining bu shakli yomon belgi hisoblanadi. Bunday shaxslar kamdan-kam katta yutuqlarga erishadilar. Fiziognomistlar fikricha, notekis soch qoplami egalarini hayotiy qiyinchiliklar yoshligidan azoblab keladi. Ular faqat o‘z irodasiga zo‘r berish, xatti-harakatlarini nazoratda tutish evaziga ma’lum yutuqlarga erishishlari mumkin.
Soch qoplamini tahlil qilgandan so‘ng peshonaning umumiy ko‘rinishiga o‘tish kerak.
KENG-BALAND PESHONA
Keng-ochiq peshona shaxsning intellektual darajasi va ma’naviy boyligini namoyish etadi. Mehnat jamoasida katta hurmatga sazovor kishilarga xos. Bu hurmatni iqtidori, ishga bo‘lgan munosabati bilan qo‘lga kiritadilar. Biroq, rahbarlar bilan kamdan-kam hollarda yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Chunki, rahbarlar fikriga moslashishni yomon ko‘radilar. Ekstremal hollarda faqat o‘ziga ishonadilar. Katga hurmatga ega bo‘lishsa-da, do‘stlari oz. Sababi, odamlarga ishonchsizlikdir. Bergan topshiriqlari bajarilishini takror-takror tekshiradilar. Keng va ochiq peshonali shaxslar rostgo‘y bo‘lish bilan birga, jahldor, biroq ishonchli do‘st, o‘z g‘oyalariga sadoqatli kishilardir. Ular omadsizlikdan juda qo‘rqadilar. Ko‘pincha, o‘z va o‘zgalar huquqlari himoyachisiga aylanishlari mumkin.
BALAND, YUQORIGA TORAYGAN PESHONA
Mazkur peshona shaxsning katta intellektga ega emasligini bildiradi. Lekin, ular qaysarlik va mehnatsevarlik sifatlari bilan jamoada ma’lum yutuqlarga erishadilar. Amaliyotchi, jismoniy kuchga ko‘proq ishonadi, sport bilan bog‘liq kasblarni tanlashadi. Mazkur peshonani og‘ir atletikachilar, kurashchilar va bokschilarda uchratish mumkin. Ekstremal holatlarda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishadi. Oilada murosaga kelishish qiyin. Ularga nisbatan nohaq munosabatda bo‘lishayotganday tuyulaveradi. Ular orasida tajribali, o‘ziga to‘q kishilar ko‘p.
KENG-PAST PESHONA
Bunday peshona shaxsning yaxshi intellektual darajasi ko‘rsatkichidir. Biror ishni bajarishga kirishishdan avval barcha ijobiy va salbiy taraflarini ko‘rib chiqib, shundan so‘nggina, bu ishni uddalashning eng qulay usulini tanlab olishadi. Muomalada diplomat va sermulozamat. Inoq jamoa yig‘ib, uning yordamida muayyan darajaga erisha oladilar.
Agar peshonaning baland-pastligi, keng-torligi shaxsning umumiy xususiyatlarini bildirsa, undagi chiziqlar hayotiy tajribasidan hikoya qilsa, tekis-qiyaligi, do‘ng va botiqligi psixik jarayonlar harakati, xotirasi bilim olishga moyilligini anglatadi.
TIK-BALAND PESHONA
Bunday peshona shaxsning fikrlash qobiliyati, sog‘lom fikr, tabiiy sezgiga ega ekanligini bildiradi. Yaxshi ma’lumot, ma’lum qo‘llab-quvvatlash uni katta yutuqlar sari yetaklashi mumkin.
TIK-PAST PESHONA
Rahmdil, dono, aql bilan ish qiladigan shaxsga xos. Shoshilinch axborotni qabul qilish va o‘zlashtirishga qiynaladi. Topshirilgan vazifani sekin, lekin puxta bajaradi.
DUMALOQ-DO’NG PESHONA
Ko‘p hollarda bunday peshona keng bo‘ladi. Xitoy, Yapon olimlarining fikriga ko‘ra, ularni eng baxtli shaxslar toifasiga kiritish mumkin. Fikrlash doirasi, aqli, diqqati boshqalardan ustun, muloqot paytida diplomat va ustalik bilan o‘z fikrlarini o‘tkaza oladilar.
Mehnat qilishni, yangi g‘oyalarni yoqtiradilar. Moslashuvchan xarakterga ega bo‘lib, turli vaziyatlarga oson ko‘nikadilar. Biroq, ular turg‘un g‘oyalarni yoqtirishmaydi, doimiy izlanishda hayot kechiradilar.
QIYA-BALAND PESHONA
Bunday shaxs harakatchanligi hamda fikrlash tezligi bilan o‘ziga xosdir. Unda ajoyib miya va xotira mavjud. Yaxshi tahliliy xususiyatlar hayotda yangi g‘oyalarni qo‘llashga yordam beradi. Bir bor ko‘rgan va qo‘llagan texnologiyalarni eslab qolib, hayotga tadbiq qila oladi. Ular san’at hamda musiqani yaxshi tushunadilar. O’z bilimlarini muntazam orttirib borib, shu bilan birga, begona fikr va g‘oyalarga juda tanqidiy munosabatda bo‘ladilar.
QOSH USTI YOYI
Qosh usti yoyi aniq ko‘zga tashlanadigan kishilar ham mavjud. Ko‘p hollarda bu xususiyat zrkaklarga xos. Ushbu belgi kishining qaysarligini bildiradi. Bunday odam har narsada qatiy tartib bo‘lishini istaydi. Bu tartibga o‘zi bo‘ysunadi va payti kelsa, o‘zgalarni bo‘ysunishga majbur qiladi. Hayotda tajribali. Ma’lum chizmalar va ko‘rsatmalar asosida ish bajarishni yoqtiradi. Agar harbiy kasb egasi bo‘lsa, nizom qoidalarini mahkam tutadi.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish