P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Nutq  —  ta’sir  ko'rsatish  vositasi



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Nutq  —  ta’sir  ko'rsatish  vositasi

Nutq — ta’sir ko‘rsatish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Ta’sir ko'rsatish

— biz  nutqimizni  kimga  qaratayotgan  bo'lsak,  shu  kishida  biz  istagan 

hislar,  intilishlar va  harakatlarni tug'dirish,  ularning fikrini  biz  istagan 

tomonga burish, ularni o'zimiz xohlaganimizcha o'ylashga majbur etish, 

ularni ishontirish demakdir.  Ma’lumki,  nutq yordami bilan boshqalarda 

xursandlik,  qo'rquv,  g'azab,  ruhlanish  hislarini  tug'dirish  mumkin, 

boshqalarda  biz  istagan  intilishlarni,  harakatlarni  kuzatishimiz  mum­

kin.

Yozuvchi  badiiy  asar  yaratayotganida  odamlarda  muayyan  fikr,  his, 



intilish  tug'dirishni,  turmushga  muayyan  qarash  hosil  qilishni  nazarda 

tutadi.  Agitator o'z  nutqi bilan  odamlarda  muayyan siyosiy kayfiyat,  qa­

rashlar,  muayyan  yo'lda  harakat  qilish  istagini  tug'dirishga  intiladi.

Nutq  ta’sir  vositasi  bo'lib,  u  tibbiyot  tajribasida  katta  rol  o'ynaydi. 

Shu  narsa  hammaga  ma’lumki,  shifokorning  so'zi,  ya’ni  uning  bemor 

bilan bevosita nutqiy aloqasi  kuchli sur’atda ta’sir qiladigan vositalaridan 

biridir.  So'z  og'riqni  bosadigan,  darmon  kiritadigan  va  boshqa  shu  kabi 

shifobaxsh vositadir. Tajribali tabibning aytishlariga qaraganda, so'z kasal- 

ning jismoniy va ma’naviy alamlarini ba’zan doridan ham yaxshiroq yengil- 

lashtirar  ekan.  Masalan,  shifokorning  maslahatlari,  kasalning  xavfsizligi 

va  tezda  tuzalib  ketishiga  bemorda  ishonch  va  e’tiqod  hosil  qilishi  ham 

ana  shunday ta’sir ko'rsatadigan  nutqiy vositalar jumlasiga  kiradi.

O'qituvchi  va  tarbiyachi  so'z  orqali  ta’sir  ko'rsatish  yo'li  bilan 

o'quvchilarda  muayyan  intizom va xatti-harakat vujudga keltiradi.  Ta’sir 

ko'rsatish  vositasi  bo'lgan  nutq  ta’lim-tarbiyaning asosiy  qurolidir.

Amr-farmon berish,  o'tinib so'rash — iltimos qilish,  maslahat  berish, 

o'git-nasihat qilish, dalil-isbotlar keltirish va boshqa shu kabilar so'z vositasi 

bilan  ta’sir  ko'rsatish  shakllaridir.  Nutq  ta’sir  ko'rsatish  vositasi  bo'lib 

xizmat  qiladi,  chunki  so'zlab  turgan  kishining  nutqida  uning  hissiy  inti- 

lishlari,  iroda va e’tiqodi  aks etadi.

Nutqning ta’sir o'tkazuvchi funksiyasida intonatsiya katta rol o'ynaydi. 

Intonatsiyada  nozik va  murakkab  hislar va  iroda  xususiyatlari  — norozi- 

lik,  istak,  talab  hislari  va  shu  kabilar  namoyon  bo'lishi  mumkin.  Shu 

sababli,  o'quvchilarda tabiat va turmushdagi biror hodisaga qiziqish  pay­

do  qilish,  bilimni  yanada  mustahkamroq  bilib  olishga  ishtiyoq  uyg'otish 

uchun,  shuningdek,  ularni  ma’lum  bir  harakatga  yo'llash  uchun 

o'quvchilarga  ta’sir  ko'rsatmoqchi  bo'lganida  o'qituvchi  o'z  nutqida  ta- 

laffuzga,  ayniqsa,  alohida  e’tibor bermog'i  lozim.




Har bir  kishi,  awalo,  o‘z  atrofidagi  kishilar so'zlashadigan  tilni  bilib 

oladi.  Lekin odam  maxsus o‘qib  o'rganish  yo‘li bilan  yoki boshqa  millat 

kishilari bilan muttasil aloqada bo'lib turish natijasida boshqa xalqlarning 

tillarini  ham  bilib olishi  mumkin.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish