sional kechinmalari va irodasigina ifodalanib qolmasdan, shu bilan birga
hamisha biror obyektiv narsa ham bildiriladi.
ning xilma-xil harakatlari (masalan, itning dumini likillatib turishi) ular
dagi instinktlarning va shu instinktlar bilan bog'langan hislarning ifodasi
Bu tovush birikmalari va harakatlar ifodasi boshqa hayvonlar uchun
signal vazifasini ham bajaradi. Masalan, hayvon biror xatami sezganida
alohida tovush bilan qichqiradi, bu qichqiriq uning bolalarida instinkt
ravishda mudofaa harakatini (yashirinish yoki onasining oldiga yugurib
kelish harakatini) vujudga keltiradi.
Xuddi shu hayvonning qulay vaziyatdagi qichqiriqlari boshqacha xa-
rakterga ega bo'lib, bu qichqiriqlar farog'atga, xavfsizlikni, ovqat topilgan-
ligini va shu kabilami bildiruvchi signallar bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Hayvonlarda xos bo'lgan xilma-xil tovush birikmalari va harakatlar
aslo nutq emas. Hayvonlarda nutq bo'lmaydi.
Odamning nutqida namoyon bo'ladigan xilma-xil tovush birikmalari
uning ichki holatini ifodalabgina qolmasdan, shu bilan birga obyektiv
ravishda mavjud bo'lgan narsalar va hodisalaming nimaligini bildiruvchi
vosita bo'lib ham xizmat qiladi. Har qanday so'z biron narsaning ma’nosini
bildiradi. Masalan,
stol
degan so'z birikmasi ham nutq bo'lagi bo'lib
qoladiki, bunda shu tovush birikmasi yordami bilan muayyan buyumning
ma’nosi bildiriladi. So'zlar bizning ongimizdan tashqarida mavjud bo'lgan
buyumlar va hodisalaming hamda ularning xislatlari, holatlari,
bog'lanishlari, munosabatlari va shu kabilarning ongimizdagi bamisoli bir
vakillaridir.
Yakka bir narsani, masalan, Moskva, Volga, Toshkent va shu kabilar-
ni bildiradigan so'zlar bor. Lekin so'zlarning ko'pchiligi bir-biri bilan
biror munosabatda bog'langan buyumlar va hodisalaming butun bir tur-
kumini bildiradi. Bizning ongimizda voqelik in’ikos etganida so'z shu
in’ikosni umumlashtiruvchi vositadir. So'z bilan hamisha umumiylikni
ifodalaymiz. Shu sababli
stol
degan so'zni aytganimizda, bu so'z bilan biz
xuddi shu onning o'zida bizning ko'z o'ngimizda turgan bitta stolnigina
ifodalab qolmasdan, balki umuman «stol» tushunchasini ifodalaymiz.
O'zimiz idrok qilayotgan yoki tasawur qilayotgan bitta stolning nomini
aytganimizda, biz mana shu bitta stol degan so'zda umuman «stol»
to'g'risidagi o'zimizda bo'lgan umumiy tushunchani nazarda tutamiz. Shu
sababli umumlashtirilgan ma’noga ega bo'lgan so'z faqat yakka narsalar
ga mansub bo'lmasdan, shu bilan birga narsalarning butun bir turkumiga
ham mansubdir.
Nutq va ayrim so'zlar narsalarning faqat belgilari — «yorliqlari» gina
emas. Narsalarni ifodalovchi nomlar nutqning xususiy funksiyalaridan
biridir, xolos. Har bir so'zning bundan tashqari yana ichki mazmuni ham
bor, har bir so'z maium tushunchani ifodalaydi.