V. O D A M H IS S IY O T L A R IN IN G M A Z M U N I
Yoqimli va yoqimsiz kechinmalar odamdagi hissiyotlarning birinchi
belgisi ekanligi yuqorida aytib o'tilgan edi. Lekin hissiyotlami faqat shu
kechinmalardangina iborat deb bo'lmaydi. Har bir kishiga ma’lumki, yo
qimli va yoqimsiz kechinmalar, zavqlanish, huzur qilish yoki zavqlan-
maslik holati turli hollarda kishida turlicha o'tadi. Odam o'zining och-
ligini yoki chanqovini qondirganida huzur qiladi, ammo shu odamning
o'zi musiqa tinglaganida, do'stlari bilan uchrashganida, biron ma’naviy
zavq bag'ishlaydigan ish qilganida va shu kabi hollarda boshqacha huzur
qiladi. Suvsash odamda yoqimsiz bir his tug'diradi, lekin shu biron qiyin
vazifani bajara olmay qolganida, unda boshqacha bir yoqimsiz his tug'iladi.
Ammo ayni shu odam axloq doirasiga sig'maydigan yomon ish qilib
qo'yganida va biror narsadan yoki ishdan uyalganida, vijdon azobiga tushib
qolganida esa unda butunlay boshqacha yoqimsiz his tug'iladi va hokazo.
Hissiyotlami bir-biridan farq qiladigan mana shu xususiyatlarning ham
masi hissiyotlarning mazmunini tashkil qiladi.
Hissiyotlarning mazmuni, bir tomondan, odamning ehtiyojlari bilan
belgilansa, ikkinchi tomondan, shu hissiyotlarning tuzilishiga sabab bo'lgan
faoliyat va idroklar, tasawurlar, fikrlar bilan belgilanadi. Odamga, awa
lo, biologik (tabiiy) ehtiyojlar xosdir, shu sababli odamga biologik ehti
yojlar bilan bog'liq bo'lgan hislar ham xosdir. Ochlikni, chanqashni va
to'yishni his qilish, sog'liqni, tetiklikni, charchashni his qilish, og'riqni
his qilish, shuningdek, organizmning holati va faoliyati bilan bog'liq bo'lgan
boshqa hislar ham mana shunday ehtiyojlarga bog'liq (ijobiy va salbiy)
hislar jumlasidandir.
Odamga tarixan rivojlangan yuksak yoki ma’naviy ehtiyojlar xos
bo'lganligi sababli, bu ehtiyojlar bilan bog'liq bo'lgan yuksak hislar —
intellektual, ma’naviy, estetik va boshqa shu kabi hislar ham unga xosdir.
Yuksak hislar tufayli odamning tabiiy (biologik) hislari ham ma’naviy
tus oladi desa bo'ladi: bu hislar intellektual va axloqiy hislarni ham, este
tik hislarni ham qisman o'z ichiga oladi, hatto organik, biologik ehtiyoj
lar va jarayonlar sababli tug'ilgan hissiyotlami — ochlik va to'yish hissi,
sog'liq, kasallik va charchash kabi hislarni ham odam ijtimoiy mavjudot
sifatida, shaxs sifatida kechiradi.
Odamning boshqa organik ehtiyojlari singari ochlikni qondirishi uning
ma’naviy va estetik hislari bilan chambarchas bog'langandir.
Odamning tarixiy rivojlanish jarayonida uning hissiyotlari ham
o'zgaraveradi Huzur qilish va ranjish, sevgi, g'azab va nafrat, xursandlik
va g'amginlik singari hislar hamma odamlarga xos hislardir, albatta. Le
kin shu hislarning kechishiga sabab bo'ladigan narsalarning hammasi,
shu hislar yo'nalgan narsalarning hammasi odamning ijtimoiy turmushi
bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish usullari o'zgaraverdi, odamlarning ish
lab chiqarish munosabatlari o‘zgaraverdi, ularning qarashlari, ulaming
dunyoqarashi o'zgaraverdi, ehtiyojlar o‘zgara va rivojlanaveradi, shular
bilan birgalikda odamlarning hislari ham o‘zgaraverdi.
Ijtimoiy turmush sharoitida hissiyotlarga ijobiy hissiyotlar va salbiy
hissiyotlar deb beriladigan baho ham o‘zgardi. Endi bundagi baholar faqat
subyektiv shaxsiy jihatdan qarabgina berilmasdan, shu bilan birga obyek
tiv qiymatiga qarab ham beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |