P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

ijobiy  va  salbiy 

h issiyotlar 

deb ajratiladi.  Lekin hissiyotlar yoqimli yoki yoqimsiz subyek­

tiv kechinmalar bo'lish jihatidangina emas,  shu bilan  birga obyektiv,  ijti­

moiy  ahamiyatlari jihatidan  ham  ijobiy  va  salbiy  hissiyotlar deb  farq  qi­

linadi.  Hissiyotlarga shaxsiy nuqtayi  nazardan beriladigan baho bilan  ijti­

moiy  nuqtayi  nazardan  beriladigan  baho  hamisha  bir-biriga  muvofiq 

bo'lavermaydi.  Sub’ektiv  ravishda  noxush,  kishini  ranjitadigan  kechin­

malar tariqasidagi  ko'pgina  hissiyotlar,  ijtimoiy  nuqtayi  nazaridan  qara­

ganda,  ijobiy  hissiyotlar  hisoblanadi.  Masalan,  kishidagi  uyalish  vijdon 

azobi  yoqimsiz va hatto qattiq azob hissi  bilan  kechiriladi.  Lekin  ijtimoiy 

nuqtayi  nazardan  qaraganda,  bu  hislar  yuksak,  ijobiy  axloqiy  hislardir.



G‘azab  va  qahr  hissi  har  bir  kishida  salbiy,  noxush  kechinma  holatida 

o'tadi.  Ammo  ijtimoiy  nuqtayi  nazardan  qaraganda,  bu  hissiyot  nima 

sababdan tug'ilganligiga va  nimaga yo'nalganligiga  qarab  ijobiy yoki  sal­

biy hissiyot bo'lishi mumkin. Agarbu hissiyotlar axloq tamoyillarga to'g'ri 

kelmaydigan  nojo'ya  ish  qilib  qo'ygan  kishiga  nisbatan  tug'ilgan  bo'lsa, 

bu  hissiyot  ijobiy  axloqiy  hissiyotdir.  Ammo  bu  hissiyot  biror  shaxsiy 

norozilik sababli, masalan, majlisda qilingan haqli tanqid sababli tug'dirgan 

bo'lsa,  bunday hissiyot  o'zbek kishisiga  nomunosib,  past  hissiyotdir.

Hissiyot  biz  idrok  qilayotgan,  tasawur  qilayotgan  va  fikr  qilayotgan 

hodisalar  va  tasawurlar,  shuningdek,  bizning  harakatlarini iz  va  qiliqla- 

rimiz ta’siri  bilan tug'iladi.  Narsalar idrok,  tasawur va fikr qilinayotgan- 

ligi uchungina bizda ayrim tuyg'ular tug'ilib qolmasdan, balki,  asosan, bu 

narsalar bizning ehtiyojlarimiz, manfaatlarimiz bilan ma’lum bir darajada 

bog'langanligi uchun ham bizda turli tuyg'ular tug'diradi, biz idrok, tasawur 

va  fikr  qilayotgan  narsalar  bizning  ehtiyojlarimizga  va  manfaatlarimizga 

aloqasi bo'lmagan taqdirda bizda sezilarli  hissiyotlar tug'ilmaydi.  Bunday 

narsalar ko'pincha  e’tiborimizdan  chetda  qolaveradi.

Shunday  qilib,  hissiyotlarning manbalari  (yoki sabablari),  bir tomon­

dan,  bizning  ongimizda  aks  etayotgan  tevarak-atrofdagi  voqelik  bo'lsa, 

ikkinchi  tomondan,  bizning  ehtiyojlarimizdir.

Ko'p  hollarda  emotsional  kechinmalarimizning  mazmuniga  bizning 

intilishlarimiz  ham  kiradi.  Intilishlar  esa  hamisha  ehtiyojni  ifodalaydi. 

Lekin  hissiyotlar ehtiyojlar sababli paydo bo'lishi tufayli,  intilishlar bilan 

hissiyotlar bir-biriga «qo'shilib ketib» bitta tuyg'u, kechinma holida namo­

yon  bo'ladi.  Bunday  hollarda  hissiyotlar,  odatda,  intilishlami  tug'diradi 

yoki  mavjud  intilishlarni  kuchaytiradi,  shuning uchun ehtiyojlarning o'zi 

ham  faol  kechinmalar  bo'lib  qoladi.  Hissiyotlarning  yo'nalishi,  faolligi 

intilishlarda  namoyon  bo'ladi.

Shunday  emotsional  holatlar  ham  bo'ladiki,  bunda  intilish juda  sust 

bo'ladi  yoki  butunlay  bo'lmaydi.  Bu  xil  samarasiz,  passiv  hissiyotlami, 

odatda,  sentimentallik deb ataydilar.  Sentimentallik — harakatsiz  hissiyot 

bo'lib,  odatda,  faqat  so'z  bilan  cheklanib,  oh-vohlar qilish,  ba’zan  ko'z 

yoshi  to'kishdan  nariga  bormaydi.

Hissiyotlarning faollik darajasi kishidagi qo'zg'alish va kuchlanish ho­

latida yoki  tinchish va bo'shashish  holatida, yoki  kishidagi  hamma kuch- 

larg'ayratga kirgan  holatda, yoxud bu kuchlar zaiflashgan va bo'shashgan 

holatda namoyon bo'ladi. Hissiyotlarning mana shu faollik darajasiga qarab, 

ular stenik va  astenik  hissiyotlarga  bo'linadi.

Kishining  hayotiy  faoliyatini  oshiradigan,  g'ayratini  orttiradigan  his­

siyotlar  stenik  hissiyotlar  deb  ataladi.  Masalan,  nihoyatda  xursandlik, 

g'azablanish  hislari  stenik  hissiyotlar  qatoriga  kiradi.  Kishining  hayotiy



faoliyatini pasaytiradigan, g'ayratini susaytiradigan hissiyotlar astenik his­

siyotlar deb ataladi.  G'am-g'ussa,  ma’yuslik,  afsuslanish  kabi  hissiyotlar 

mana shunday  astenik  hissiyotlardir.

«His» degan termin ko'pincha «sezgi» degan termin bilan bir ma’noda 

ishlatiladi.  Masalan,  ba’zan:  «Men yorug'Iikni his qilyapman,  men issiq- 

likni  his  qilyapman»  deyish  o'miga:  «Men  yorug'Iikni  sezyapman,  men 

issiqlikni sezyapman»  deb  ham aytishadi.  Shu vaqtgacha biz psixologiya­

da  ham  sezgi  organlari  deyish  o'rniga  his  qilish  organlari  deb  aytishga 

odatlanib qolganmiz.

Sezgi bilan  hisni bir-biridan farq qilish kerak.  Sezgi  odamdan musta­

qil  ravishda  mavjud  bo'ladi,  u  narsalar va  hodisalaming in’ikosidir.  His­

siyot esa odamning shu narsalarga va hodisalarga munosabatini ifodalovchi 

tuyg'ular,  kechinmalardir.  Sezgilar bizga  narsalar va  hodisalaming o'zini 

bildiradi,  ammo  hissiyot  esa  odamning  shu  narsalarga  va  hodisalarga 

munosabatini,  bu  narsalar  va  hodisalar  odamda  qanday  holat 

tug'dirganligini  (xush  yoki  noxush  holat  tug'dirganligini)  bildiradi.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish