P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


V.  DIQQATNING  KUCHI VA BARQARORLIGINI



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

V.  DIQQATNING  KUCHI VA BARQARORLIGINI 

TA’MIN ETADIGAN SHART-SHAROITLAR

Odam faoliyatining barcha turida, albatta,  nihoyatda kuchli (eng ko'p 

to'plangan)  va  nihoyatda  barqaror diqqatning  ahamiyati juda  kattadir.

Diqqatning  kuchli  va  barqaror  bo'lishi  bir  qator  shartlarga:  diqqat 

obyektining  mazmundorligiga,  faoliyatga,  ish  bajarilayotgan  vaziyatga, 

odamning  ruhiy  holatiga,  irodasiga va  qiziqishlariga  bog'liqdir.



Diqqat  obyektining  xarakteri  va  ishning  mazmundorligi: 

Diqqatning 

kuchli  va  barqaror  bo'lishi  diqqat  obyektining  mazmundorligiga  ko'p ji­

hatdan  bog'liqdir.  Diqqat  obyekti  qanchalik  mazmundor bo'lsa,  diqqat 

ham  shu  qadar  kuchli  va  barqaror  bo'lishi  mumkin.  Mazmunsiz  narsa­

larga  diqqatni  qaratish  va  tutib  turish  ancha  mahol  ish.  Masalan,  bir 

varaq toza qog'ozga chizilgan doiraga uzoq vaqt diqqat  bilan qarab turish 

yoki  qimirlamay turgan  nuqtaga  tikilib  qarab  turish  ancha  qiyindir.

Shuningdek, tinimsiz bir xil balandlikda va bir xil kuch bilan chiqayot- 

gan tovushni ancha muddatgacha eshitib turish  ham qiyin (ba’zan  mum­

kin  ham  emas).  Bu  singari  mazmunsiz  narsalar  ustida  diqqatni  to'xtatib 

turishlikka  urinib  ko'rsak,  diqqatimiz  har  3—5  soniyadan  keyin  boshqa 

narsalarga chalg'iydi yoki tebranib turadi,  ya’ni  har 3—5 soniya oralig'ida 

odam  goh  qunt  bilan  diqqat  qiladi,  goh  diqqati  sustlashadi,  bu  ikki  hoi 

biridan  ikkinchisiga  o'tib  turadi.

Diqqatning tebranish holatini, masalan, quyidagi misolda ko'ra olamiz.




Agar kesik  piramidaning rasmiga bir necha 

vaqt  tikilib qarab tursak, bunda piramidada- 

gi  kichik to‘rtburchak goh yuqoriga bo‘rtib, 

goh  ichkariga  botiq  boMib  ko‘rinadi.

Diqqatning shunga o ‘xshash tebranishi- 

ni jimjit  sharoitda  cho‘ntak  soatining  chi- 

qillashiga  quloq  solib  ko‘rilganda  kuzatish 

mumkin:  soatning  chiqillashi  goh  sekin­

lashadi,  goh  to ‘xtab qoladi;  goh,  soat  yana 

chiqillay  boshlaydi.  Idrok  qilishdagi  bun­

day  o ‘zgarishlar  -   diqqat  tebranishining 

natijasidir.  Diqqatning  tebranishi,  ya’ni 

qunt  bilan diqqat  qilish va diqqatning sust- 

lashishi  b a ’zan  bir  daqiqa  ichida  25—30 

martagacha  boMadi.  Rus  psixologi  N .N .Langening  tekshirishlarida 

ko‘rsatilishicha,  diqqat  2—3  soniyagacha,  ko‘pi  bilan  12  soniyagacha  teb- 

ranmay tura  oladi.  Odam  charchagan  vaqtida  diqqat  tebranishining  tezli­

gi  ortadi.

Ammo  diqqat  qaratiladigan  narsaning  mazmuni  har  xil  boMsa  va  ay­

niqsa,  bu  narsa  harakat  qilib  tursa,  diqqat  ancha  barqaror boMadi.  Odam 

mazmundor ishga  diqqat  qilganida,  uning diqqati  15—20  daqiqa va  undan 

ko‘p  vaqt  hech  bir  narsaga  boMinmay  hamda  chalgMmay  to ‘xtab  tura 

oladi.  Diqqatning  muttasil  20  daqiqa  qaratilgandan  keyin  boshqa  yoqqa 

bir  necha  soniya  chalgMshi  ishning  borishiga  deyarli  yomon  t a ’sir  etmay- 

di.  Bunda  oz-moz  2—3  soniya  dam  berilishi  bilan  diqqat  bir  necha  soat 

davomida  barqaror  turishi  mumkin.

Shu  bilan  birga,  ish  qanchalik  mazmunli  boMsa,  bu  ishda  xotira,  xayol 

va  fikrlash  jarayonlari  qanchalik  samarali  va  xilma-xil  boMsa,  odamning 

shu  ishga  qaratilgan  diqqati  shunchalik  kuchli  va  barqaror boMadi.  Idrok, 

esga  tushirish  va  shuning  kabi  hissiy  faoliyatlarga  nisbatan  tashqi  harakat­

lar bilan  bogMiq  boMgan  faoliyatlarda diqqat  kuchli  hamda  barqaror tarzda 

namoyon  boMadi.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish