P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


II.  DIQQATNING  FIZIOLOGIK ASOSLARI



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

II.  DIQQATNING  FIZIOLOGIK ASOSLARI

Diqqatning  fiziologik  asosini  bosh  miya  po'sti  qismidagi  «optimal 

qo'zg'alish  nuqtasi»  tashkil  qiladi.  Bunday joyni  yaqqol  qilib  ko'rsatish 

uchun  l.P.  Pavlov  shunday  tasvirlaydi:  «Agar  bosh  suyagiga  qaraganda 

uning ichidagi  miya ko'rinadigan bo'lsa, agar katta miya yarim sharlarida 

optimal  qo'zg'alish  uchun  eng  yaxshi  sharoit  tug'ilgan  nuqtasi  yiltillab 

ko'rinadigan  bo'lsa  edi,  ongi  sog'lom  bo'lib,  bir  narsani  o'ylab  turgan 

odamning  miyasiga  qaraganimizda,  uning  miyasining  katta  yarim  shar­

larida juda g'alati jimjimador shakl  bo'lib,  surati va hajmi  har lahzada bir 

o'zgarib,  turlanib, jimir-jimir  qilib  turuvchi  yorug'  narsaning  u  yoqdan- 

bu  yoqqa  yugurib  qimirlab  turganini  va  miya  yarim  sharining  bu  yorug' 

narsa atrofidagi  boshqa yerlari birmuncha xira tortib turganini ko'raredi» 

(Полное  собрание  сочинений,  III  tom,  1-kitob,  248-bet).

Optimal  qo'zg'alish  nuqtasi  manfiy  induksiya  qonuniga  ko'ra,  bosh 

miya  po'stining  boshqa joylarida  tormozlanishni  vujudga  keltiradi.

«Miya yarim  sharlarining  optimal  qo'zg'alishga  ega  bo'lgan  qismida,

— deydi  1.  P.  Pavlov, — yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil  bo'ladi 

va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo'ladi. Shunday qilib, 

optimal qo'zg'alishga ega bo'lgan joy ayni chog'da bosh miya yarim shar­

larining  ijodga  layoqatli  qismi  desa  bo'ladi.  Miya yarim  sharlarining sust

www.ziyouz.com kutubxonasi



qo‘zgkalgan  boshqa  qismlari  bunday  xususiyatga  qobil  emas.  Ularning 

ayni chog‘dagi funksiyasi, juda nari boi^anda, tegishli qo‘zg‘ovchilar asosida 

ilgari  hosil  qilingan  reflekslami  bir  tartibda  qayta  tiklashdan  iboratdir. 

Bunday qismlarning faoliyati biz ongsiz, avtomatlashgan faoliyat deb atay- 

digan  subyektiv  faoliyatdan  iboratdir»  (0 ‘sha  kitob,  277—278-bet).  Bosh 

miya yarim sharlarining tormozlangan qismiga ta’sir qiluvchi qo'zg‘ovchilar 

idrok  va tasawurning yorqin  obrazlarini  tug‘dira  olmaydi.

Miya  po'stining  optimal  qo'zg‘algan joyi  («yiltillab  turgan  nuqtasi») 

o‘z  o'rnini  almashtirib  turishi  diqqatning  bir  narsadan  ikkinchi  narsaga 

ko‘chishini  va  shuning  bilan  birga,  ongimizning  ma’lum  narsa,  ma’lum 

faoliyat  turiga  qarata yo‘naltirilishi  va to‘planishini  shartlaydi.

Diqqatning  fiziologik asosi  bo'lmish  optimal  qo'zg'alish o‘chog‘i  ha­

qidagi  l.P.  Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A.  Uxtomskiyning olib bor­

gan  tekshirishlari  bir-biriga  to‘g‘ri  keldi.  Bu  tekshirishlar  natijasida  qu­

yidagilar ma’lum  bo'ldi.  Agar  nerv sistemasiga  bir qancha  qo‘zgkovchilar 

bir  vaqtda  ta’sir  etsa,  bosh  miya  po'stida  shu  onning  o'zida  bir  necha 

qo'zg'alish  o‘choqlari  paydo  boMadi.  Shu  bilan  birga,  har bir qo‘zg‘alish 

o'chogM  bosh  miya  po'stining  hamma  yeriga  tarqalishga,  irradiatsiyala- 

nishga  moyildir.  Shuning  uchun  ayrim  qo'zg'alish  o'choqlari  o'rtasida 

to'qnashish  va  «kurash»  sodir  boMadi.  Bu  kurash  natijasida  qo'zg'alish 

o'choqlaridan  biri  hukmron  (dominanta)  bo'lib  oladi.  Mana  shu  hukm- 

ron  bo'lib  olgan  qo'zg'alish  o'chog'ini  akademik  Uxtomskiy  «dominan­

ta»  deb  ataydi.  Uxtomskiyning  bergan  ta’rifiga  ko'ra,  dominanta  — bu 

ayni  chog'da  markazda  sodir bo'ladigan  reaksiyalar xarakterini  bir qadar 

belgilab  beruvchi  hukmron  qo'zg'alish  o‘chog‘idir.

Dominantalar mavjud bo'lgan paytda boshqa qo'zg'alish o'choqlari («sub- 

dominantalari» — nisbatan kuchsiz qo'zg'alish o'choqlari) ko'pincha yo'qolib 

ketmaydilar.  Ular dominantaga qo'shilib,  uni kuchaytiradilar yoki dominan­

ta bilan kurasha boshlaydilar.  Bu kurash jarayonida subdominanta dominan­

ta bo'lib olishi  mumkin,  ilgarigi  dominanta esa subdominanta bo'lib qolishi 

mumkin.  Hukmron  qo'zg'alish  o‘chog4  bo'lgan  dominanta diqqatimizning 

ma’lum  narsaga yo'naltirilishi va to‘planishining fiziologik asosidir.

Diqqatning sirtqi alomatlari, odatda, organizmning alohida moslashuv 

harakatlarida tashqaridan ko'rinadi.  Masalan,  muayyan bir narsani e’tibor 

bilan  idrok  qilganimizda,  biz  bu  narsaga  alohida  tarzda  razm  solamiz; 

bunda  biz  narsaga  anchagina  sinchiklab  qaraymiz,  hidlab  ko'ramiz  va 

unga  diqqat  bilan  tikilamiz.  Biron  narsani  diqqat  bilan  eshitishda  o‘ng 

yoki  chap  qulog'imiz  orqali  yaxshi  o'qib  olish  uchun  boshimizni  shunga 

moslagan  holda buramiz.  Bunda biz gapga quloq solib,  diqqat  bilan ting- 

laymiz.  Agar  diqqatimiz  o'z  fikrimizga  qaratilgan  bo'lsa,  u  paytda 

ko'zlarimiz  bir qadar cho'kib,  go‘yoki  «chuqurlashib»  ketganday bo'ladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Agar diqqatimiz ijodiy xayol bilan bog'liq bo'lsa, bunda ko'zlarimiz «uzoq- 

larga»  tikilgan  bo'ladi.

Diqqatning orta borishi  bilan  nafas olish  ham  o'zgaradi.  Bunday ho­

latda nafas  olish biroz susayib,  havo olish va chiqarish goho sekinlashadi, 

goho  chuqurlashadi.  Ba’zan  nafas  olishimiz  to'xtab  ham  qoladi.  Biron 

narsani  eshitayotgan  yoki  ko'rayotgan  paytimizda  nafasimiz  ichimizga 

tushib  ketadi.

Diqqat  paytida  muskullar  sistemasida  ham  o'zgarish  paydo  bo'ladi. 

Barcha ortiqcha harakatlar to'xtatilib, organizm qimirlamay qoladi.  Mus­

kullar  sistemasi  ayrim  bir  tarang  holatda  bo'ladi.  Diqqat  paytida  orga­

nizm alohida vaziyatda bo'ladi. Ammo bu vaziyat diqqatning faqat tashqi 

ifodasi  bo'libgina  qolmay,  balki  uning  ma’lum  yo'nalishi  va  barqaror- 

ligini  saqlab turuvchi  shartlardan  biri  hamdir.  Odatda,  biz  ishimizda or­

ganizmning  diqqat  paytida  sirtdan  moslashuviga  e’tibor  beramiz.  Shu­

ning uchun  ko'pincha,  biror ishni boshlashdan  oldin organizmimizni shu 

ishga  moslab,  muayyan  bir vaziyatda turib  olamiz.




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish