Diqqatning k o ‘lami
Diqqatning ko'lami — diqqatga eng qisqa vaqt ichida (go'yoki bir-
daniga) sig'ishi mumkin bo'lgan narsalar soni bilan belgilanadi. Diqqat
ko'lami jihatidan
tor yoki keng
bo'lishi mumkin.
Tajriba qilib tekshirishda diqqatning ko'lami, odatda, tekshirilayotgan
odamga ayni bir vaqtning o'zida bir qancha o'zaro bog'lanmagan harflarni,
so'zlarni, narsalarni va turli shakllarni ko'rsatish yo'li bilan aniqlanadi.
Tekshirilayotgan kishi bu narsalardan ayni vaqtda qanchalik ko'pini
birdaniga idrok eta olsa (diqqat doirasiga sig'dira olsa), uning diqqat doirasi
shunchalik keng bo'ladi.
Diqqatning ko'lamini aniqlash uchun taxistoskop degan maxsus asbob
qo'llaniladi. Bu asbob yordamida kishiga idrok ettiriladigan narsalar juda
tez ko'rsatiladi. Bunda idrok qilinadigan narsalar taxistoskopning ekrani-
dagi teshikdan ko'rsatiladi va bu teshik juda qisqa vaqt ichida bekilib qoladi.
Taxistoskop vositasi bilan o'tkazilgan tajribalar ko'rsatishicha, katta
yoshli odam ayni vaqtning o'zida diqqat doirasiga uchtadan to oltita-
gacha bir-biriga
bog'liq
bo'lmagan narsalarni, masalan, undosh harflarni,
shakllarni sig'dira oladi.
Lekin idrok qilinadigan narsalar ma’no jihatidan bir-biri bilan bog'liq
bo'lsa va yoki bu narsalar yaxlit bir narsaning elementlari bo'lsa, bunda
diqqat doirasiga shu kabi narsalarning ko'pi sig'ishi mumkin. Masalan,
taxistoskopda alohida-alohida harflar emas, balki uch-to'rt harflardan
tuzilgan so'zlar ko'rsatilsa, savodli kishi bunday so'zlardan uch-to'rttasini,
ya’ni to'qqiztadan tortib, to o'n oltitagacha harfni idrok eta oladi, chunki
savodli kishilar ayrim-ayrim harflarni donalab o'qimay, balki butun so'zlarni
birdaniga o'qiydi.
Taxistoskop vositasi bilan diqqat ko'lami yuzasidan o'tkaziladigan eks
perimental tekshirishlarda diqqatning ayrim individual xususiyatlari ham
aniqlangan.
Masalan, shunday odamlar borki, ularga taxistoskopdan nima
ko'rsatilsa, shuni o'zlaridan hech narsa qo'shmay, aniq idrok etadilar.
Bunday odamlar «obyektiv» tipdagi odamlardir. Yana shunday odamlar
ham bo'ladiki, ularga bir narsa ko'rsatsang, bunga o'zidan boshqa narsa-
www.ziyouz.com kutubxonasi
larni qo'shib idrok yetadi. Bunday odamlar «subyektiv» tipdagi odam-
lardir. Lekin mashq qildirish yo‘li bilan subyektiv tipdagi odamlarni taxis-
toskopda ko‘rsatilgan narsani aniq idrok qilishiga erishsa boMadi.
Diqqat koMamining kengligi aniq idrok etish bilan birga qo‘shilgan
taqdirdagina yaxshi sifatlardan hisoblanadi. Diqqat koMamining keng boMishi,
masalan, sinfda mashg'ulotlar o'tkazilayotgan paytda
0
‘qituvchi uchun zarur-
dir; o'qituvchi sinfda o‘tirgan barcha o'quvchilarga nazar solib turishi lo
zim. Lekin diqqat koMamining torligi ham hamma vaqt yomon boMavermaydi.
Faoliyatning ayrim turlarida diqqat koMamining tor boMishi, lekin shu bilan
bir vaqtda, chuqur va konsentratsiyalashgan boMishi talab yetiladi. Masalan,
bunday diqqat odamga mikroskop bilan ish qilganda zarurdir.
Diqqat koMamining fiziologik asosi miya po'stida optimal qo'zg'algan
joyning kengayishi yoki torayishidan iborat. Bunda miya po'stidagi optimal
qo'zg'algan joy ayni vaqtda ta’sir qilib turuvchi boshqa qo'zg'atuvchilar bilan
hosil qilingan qo'zg'alish jarayonlarining qo'shilishi tufayli kengayadi, ichki
tormozlanish jarayonlarining kuchayishi natijasida esa bu joy torayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |