X. HISLARNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI
Emotsional kechinmalar va holatlarning hamma turlari har bir kishi
ga xosdir. Lekin ayni vaqtda har bir kishining emotsional hayoti o'ziga
xos xususiyatga ega.
Awalo, turli kishilarda hissiyotlar o'zining tezligi, kuchli bo'lishi va
barqarorligi jihatidan bir xilda o'tmaydi. Shunday odamlar borki, ularda
hislar sekinlik bilan tug'iladi, o'rtacha kuch bilan o'tadi va barqaror bo'ladi.
Bular «bir maromdagi», «osoyishta odamlar». Shunday odamlar borki,
ularda hislar tez paydo bo'ladi, kuchli ravishda o'tadi va barqaror bo'lmaydi.
Bular «serharakat», «qizg'in», «jizzaki» odamlardir. Ba’zi odamlarda faqat
biror favqulodda voqealar natijasidagina, ochiq ifodalangan hislar tug'ilishi,
aksincha, ba’zi odamlarda arzimagan bir narsa kuchli emotsiyalar vu
judga keltirishi mumkin. Bunday kishilarda shok va affektlar holati tez
paydo bo'ladi.
Emotsional jihatdan odamlar yana shu narsa bilan farq qiladilarki,
ular mazmuni turlicha bo'lgan har xil hissiyotlarga bir xilda berilaver-
maydilar. Organik emotsiyalarga ko'proq beriladigan odamlar ham bo'ladi.
Bunday odamlarning hayotida ovqatlanish bilan, o'zlarining sihat-salo-
matliklari, dam olishlari va shu kabilar bilan bog'langan va kechinmalar
eng ko'p o'rinni oladi. Ular o'z xislatlarini qondirib, huzur qilishni ha
yotning zavqi deb biladilar. Shunday kishilar borki, ularning hayotida
intellektual (aqliy) hissiyotlar eng ko'p o'rinni oladi. Ular hayot zavqini
tadqiqotlar bilan shug'ullanishdan, yangilikni bilishdan, ilm-fan bilan
shug'ullanishdan iborat deb biladilar va shunday ishlar bilan shug'ullanib
huzur qiladilar. Shunday kishilar borki, ularning hayotida ijtimoiy, este
tik emotsiyalar, o'zlarini saqlashga intilish, o'zlariga baho berish hislari
birinchi o'rinda turadi.
Odamlar emotsional jihatdan yana shu bilan ham farq qiladilarki,
ba’zi bir kishilar ijobiy emotsiyalarga — xursandlikka, o'yin-kulgiga ko'proq
moyil bo'ladilar, oq ko'ngil bo'ladilar, ba’zi kishilar salbiy emotsiyalarga
— g'azablanish, qo'rqish, vahima, ma’yuslik, g'amginlik hislariga ko'proq
moyil bo'ladilar.
Har bir kishida o'ziga xos u yoki bu xil kayfiyat bo'ladi. Biz odamlar-
ni quvnoq kayfiyatli kishilar deb, g'amgin kishilar deb, jahldor kishilar
deb yoki ma’yus kishilar deb farq qilamiz va hokazo.
Emotsiyalar sohasidagi mana shu individual xususiyatlarning ham
masi qisman organik sabablarga (asosan, nerv sistemasining holati va faoli
yatidagi xususiyatlarga) bog'liq bo'ladi, lekin ko'p jihatdan odam yashab,
o'sayotgan muhitga va qay holda tarbiyalanganligiga bog'liq bo'ladi. Kishi-
larimiz quvnoq mehnat sharoitida yashaydilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shuning uchun ham quvnoqlikka, ruhlanishga, ulfatchilikka,
o‘rtoqIikka, do‘stlikka hamda boshqa yuksak ijtimoiy va ma’naviy emot
siyalarga moyillik vujudga keladi. Mamlakatimizning hayoti va ijtimoiy
mehnatda faol qatnashish, Vatanga cheksiz mehr, Vatanni dushmanlardan
himoya qilishda fidokorlik hislarini vujudga keltirdi.
Emotsiyalar va hissiyotlar sohasidagi mana shu individual xususiyat-
larning hammasi odam mijozining, xarakterining belgilaridir va odam
ning nimalarga qiziqayotganligini ko‘rsatuvchi belgilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |