V III. E ST E T IK H ISL A R
Odamlar chiroyli narsani ko‘rganlarida, shu narsalarni tasawur qil-
ganlarida va ular to‘g‘risida fikr yuritganlarida ularda paydo boMadigan
ijobiy hislarni biz estetik hislar deb ataymiz. N. G. Chernishevskiy bun
day degan edi: odam estetik hislarni «biz uchun sevikli boMgan dilbar
oldimizda turganida bizda paydo boMadigan nash’ali shodlik tariqasida
kechiradi. Biz go‘zallikni benihoyat sevamiz, go‘zallikka qarab zavqlana-
miz, quvonamiz. N. G. Chernishevskiyning ta’riflab aytishicha, «go‘zallik
turmushning o‘zidir», «biz o'zimizdagi tushunchalarga ko‘ra o'zimiz
tasawur qilgan turmushning ifodasi deb bilgan narsamiz biz uchun
go'zallikdir; o'zida turmushni ifodalagan yoki bizga turmushni eslatib
turgan narsaning o'zi go‘zallikdir...». (Избранные философские
сочинения. 1 tom, 1950, 59-bet).
Bizni qurshab olgan dunyo va undagi turmush xilma-xil namoyon
bo'ladi. Shu sababli, odamning estetik hislari mazmunining boyligi bilan
farq qiladi.
Atrofimizdagi tabiat estetik hislarning birinchi va asosiy manbai bo'lib
xizmat qiladi. Quyosh chiqishini va botishini kuzatayotgan, kechqurun,
kechasi va tong saharda yulduzlar charaqlab turgan osmon go'zalligini
tomosha qilayotgan odamda estetik hislar paydo bo'lib, u shularning ham-
masidan zavqlanadi. Odam o‘rmonlardagi yo'llardan yoki shu o'rmon
chekkasidan oMganda, uning ko'z oldida bug'doy/or va paxtazor dalalar,
2 9 9
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko'm-ko'k maysazoro'tloqlarva chamanzorlarjilva qilib turganida, atrofi
daraxtzorlar va tepachalar bilan qurshalgan soylar, jarlar, ko'llar va irmoq-
lami ko'rganida g'oyat huzur qiladi (ya’ni unda haqiqatan estetik hislar
paydo boMadi). Qushlarning sayrashini va jonli tabiatning boshqa tovush
larini eshitganimizda zavqlanamiz. Bahor, yoz, kuz va qish fasllarida tabiat
manzaralarining o'zgarib, jilva qilib turishi estetik hislar tug'diruvchi
manbadir.
Tabiat hodisalarini ko'rib bevosita idrok qilganimizdagina emas, balki
ulami eslagan va tasawur qilgan vaqtimizda ham bizda mana shu tarzda
estetik hislar paydo bo'lib, buning gashtini suramiz.
Odamlarning o'zi ham bizda estetik hislar tug'diruvchi manbadir. Cher-
nishevskiy inson shaxsini hamisha ulug' deb bildi va hamma narsalarning
mezoni, jahondagi eng go'zallik «insonning o'zi» deb hisoblanadi. A. M.
Gorkiy bunday degan edi: «Men odamdan ko'ra yaxshiroq, murakkab
roq, qiziqarliroq boshqa biror narsa borligini bilmayman. Shulaming ham
masi odamning o'zida mavjud».
Sog'lom, quvnoq, ishchan kishilami, oliyjanob maqsad yo'lida, uchray
digan har qanday to'siq va g'ovlami, mushkulliklami yenga oladigan kishi
lami ko'rganimizda o'zimizda estetik hislar paydo boMadi, buni ko'rib
xursand bo'lamiz. Odamlarning axloqiy ish va xatti-harakatlari ham biz
da estetik hislar qo'zg'atadi. Odamlarning odobli xatti-harakatlarini biz
ko'pincha, chiroyli xatti-harakatlar deb ataymiz. Ma’lumki, go'zallik his
si odamlami bir-biriga yaqinlashtiradi, ularda birdamlikning o'sishiga yor
dam beradi. Ma’naviy axloqlami mustahkamlaydi va ularning axloqiy
xatti-harakatlarini rag'batlantiradi.
Ayrim hollarda bizda estetik hislar xursandlik yoki zavqlanish tarzida
namoyon bo'ladi. «Luna-10» avtomat stansiyasi 1966-yil 3-aprelda oy atrofi-
dagi orbitaga chiqarib qo'yilganligi to'g'risidagi xabar buyuk xursandlik hissini
qo'zg'atib yubordi va umumxalq shodligini vujudga keltirdi.
San’at, musiqa, rassomlik, poeziya va shu kabilar ham estetik hislar
manbaidir. Odamning san’at asarlari yaratishdagi ijodiy faoliyatini, asosan,
estetik ehtiyojlar rag'batlantiradi. Bu faoliyat vaqtida ijodkor kishi chuqur
estetik zavq oladi va o'zi yaratgan san’at asarini maroq bilan huzur qilib,
tomosha qiladi. San’at asarlari odamlarning ongiga, asosan, estetik hislar
orqali ta’sir qiladi.
San’at asari ko'rsatayotgan mana shu ta’siming xususiyati shundaki,
san’at asarlari idrok qilinavotganida voqelik odamlarning ongida shu vo
qelikni bevosita idrok qilingan vaqtdagiga qaraganda to'liqroq va chuqur-
roq aks etadi.
Odamlar hayotidan olingan sujetlar (maishiy dramatik, kulgili va shu
kabi sujetlar) rassomlaming rasmlarida, badiiy adabiyotda tasvirlangani-
www.ziyouz.com kutubxonasi
da, sahnada (haqiqatdan ham badiiy mahorat bilan ijro etilganida bu
sujetlar, ko‘pincha real turmushdagiga qaraganda chuqurroq va toMiqroq
idrok qilinadi hamda taassurot qoldiradi.
Estetik hislar manbai boMgan san’at asarlarini idrok qilishdagi yana bir
xususiyat shuki, kishi bu asarlarni ko‘rib, huzur qilibgina qolmasdan, shu
bilan birga, asami mazmuniga qarab kishida ijtimoiy-ma’naviy va intellek
tual hislar ham tugMladi. Badiiy asarlar voqelikni haqqoniy va to‘g‘ri aks
ettiigan taqdirdagina ulaming badiiy estetik ta’sir ko‘rsatishi samarali boMadi.
San’at asarlari o‘zining shunchaki shakli bilan, so‘zlar, tovushlar,
bo‘yoqlar va shu kabilarni shunchaki majmui bilangina bizda estetik his
lar vujudga keltira va o‘stiravermaydi. San’at asaridagi so‘zlar, tovushlar,
bo‘yoqlarni o'ziga xos (ya’ni badiiy) majmuidagi turmush va undagi kurash,
olg‘a boMayotgan harakatlar, yaxshi kelajakka intilish aks etganligi tufayli
bu asarlar odamlarda estetik hislar tug‘diradi. San’atda shaklni mazmuni-
dan ajratib qo‘yish, san’atdagi formalizm, «san’at — san’at uchun» degan
shior chinakam - estetik hislar tug‘dira olmaydi va bu narsa san’atning
o‘zini inqirozga olib boradi.
Chinakam san’at turmushni to‘g‘ri bildiradi, zamonning eng o‘tkir va
toMqinlantiruvchi savollariga javob beradi. Bunday san’at ilg‘or ideallami
xalq orasiga yoyadi, xalqqa xizmat qiladi, olg‘a borishga yordam beradi.
San’at asari voqelikni nechog'li chuqur va toMa haqqoniy aks ettirsa, u
odamlarda shu qadar ko‘p estetik zavq qo‘zg‘atadi, bu asar estetik hislarni
manbai va estetik tarbiya vositalari sifatida shu qadar ko‘p qadrlanadi.
Voqelikning o‘zi tug‘dirayotgan estetik hislar, shuningdek, san’at asar-
larining o‘zi ham faqat mushohadaviy hisla^gina boMib qolmay, balki bu
hislar inson faoliyatining hamma turlarida namoyon boMadi. Bu faoliyat
ni rag'batlantirib va faollashtirib turadi. Estetik hislarning ta’sirchanlik
kuchi ana shunda. Odam biror buyumni yaratayotganida, shu jumladan,
san’at asarlarini ham yaratayotganida, shu narsalarning go‘zal boMishiga
ham harakat qiladi. Har bir usta o‘zi terayotgan g‘ishtning mahkam
0
‘rnashib qolishigagina intilib qolmasdan, uni chiroyli boMib ko‘rinishiga
ham harakat qiladi, o‘zi qurgan binoni birinchi boMib ko‘rib zavqlanadi.
Dehqon haydab qocygan dalani, yam-yashil nihollarini, oppoq paxtazor-
larini ko‘rib quvonadi. Zavod ishchisi o‘zi qurgan yangi mashinaning
qudratini va go‘zalligni ko‘rib zavqlanadi.
Hamma sohada — sanoatda, transportda, shahar va qishloqlarda quri
lish keng avj olib ketgan hozirgi vaqtda katta va kichik barcha binolami
faqat mustahkam va qulay boMishigagina emas, shu bilan birga chiroyli
boMishiga ham ahamiyat berilmoqda.
Bizda sanoat va transport estetikasi masalalariga, texnika estetikasi
masalalariga katta e’tibor berilmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Estetik hislarning o‘ziga xos xususiyati shuki, bu hislar beg‘araz his-
lardir. Bu xususiyat shundan iboratki, biror go‘zallikni, masalan, tabiat
manzarasini, badiiy suratni, musiqa, konsertni bir vaqtning o‘zida nechogli
ko‘p odam birga ko‘rsa (yoki suhbat chog‘ida eslasa) shu odam ularning
har biri va birgalikda hammasi kuchliroq estetik zavq oladi. Mana shun
day estetik kechinmalar choglda ko‘pchilik odamlar o‘rtasida do‘stona
suhbatlar boshlanib ketadi. Shu sababli estetik hislar ma’naviy hislar bilan
chambarchas boglangandir.
0 ‘zbek xalqining san’ati — jahonda eng ilg‘or san’atlardan biridir.
Jahondagi barcha mamlakatlarning ilg‘or kishilari uchun chinakam faol
emotsional kechinmalar manbaidir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent-
dagi me’morchilik san’atiga, binolardagi turli-tuman naqshlar, rangi ket-
mas chizmalarga, har bir binoning takrorlanmas san’atiga qoyil qolmagan
kishilar bolmasa kerak. Bizdagi kulolchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, kishi-
larni hayratda qoldiradigan so‘zanalar, misgarlik buyumlari san’ati va ulami
yuksak mahorat va did bilan, mehr kuchi bilan bajarilganligi — 0 ‘zbekiston
san’atini dunyoga tanitish manbai hisoblanadi. 0 ‘zbek maqomchilik san’ati,
milliy xalq qo‘shiqlari, bir-biridan go‘zal nozik ohang taratuvchi milliy
musiqa asboblari kishilarimizni tinchlik, mustaqillik uchun kurashga ruh-
lantirmoqda.
Jahon madaniyatiga buyuk hissa qo‘shgan Forobiy, Ibn Sino, Beru
niy, Ulug4bek kabilarning ilmiy-falsafiy meroslari original mazmun va
shaklga ega boigan Nizomiy, Umar Hayyom, Navoiy, Sa’diy, Bedil,
Furqatlarning ijodlari jahondagi mamlakatlarga namuna boiib xizmat
qilmoqda. Bular biz uchun, butun ilg‘or insoniyat uchun badiiy-estetik
va ma’naviy taraqqiyot bosqichlari namunasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |