V a ta n p a rv a rlik m an b aalari
Vatanparvarlik hislarining manbai xilma-xildir. Vatanparvarlik tuyg‘usi
biz tu g llib o'sgan yerga, biz «turmush lazzatini dastlab totigan», o ‘sib
ungan, o ‘qib kamolga yetgan, ota-onalarim iz, yori-birodarlarimiz, qarin-
dosh-urug'larimiz, o'rtoqlarimiz yashagan va ishlab turgan, xalqimiz yashab
turgan yerlarning o'ziyoq, ya’ni, mahalla, qishloglm iz, tum an, shahar,
viloyat, vatanparvarlik hislarining manbalaridir.
Kishilar o ‘z Vataniga nazar solib, uning bepoyon yerlarini, boyliklarini,
go'zalligini saxovatli xalqini tasaw ur etganida, unda o ‘z Vataniga qoyil q o
lish va unga mehr-muhabbat bilan qarash hislari, o'z mamlakati uchun faxr-
lanish va uning ulug‘vorligidan xursand bolish hislari beixtiyor paydo bo'ladi.
Mamlakatimizning shonli o'tm ishi, uning tarixi. erkinlik va mustaqil
lik uchun olib borgan kurash tarixi vatanparvarlik manbaidir.
Shuningdek, jahon madaniyatiga buyuk hissa qo'shgan Forobiy, Ibn Sino,
Beruniy, Ulug‘beklarning jasorati-chi? Ibn Sino jahon tabobat ilmining mu-
vaflaqiyatlariga osonlikcha erishmadi. U o ‘sha zamonlarda din kuchli bo'lgani
uchun kasallik sirlarini yashirincha o ‘rgandi, ya’ni yangi murdalarni kechasi
qabrdan kovlab olib, sham yoriglda ulami tekshirib ko'rdi. Ulug'bek esa koi-
not sirlarini o ‘rganishda ham kuchli qarshiliklarga duch keldi. Yoki A.Navoiy,
Nizomiy, U m ar Hayyom, Bobur, Furqatlar ham buyuk qahramonlik evaziga
original mazmun va shaklga ega bo'lgan asarlarni meros qoldirdilar. Bu tarix-
dagi qahramonlik, vatanparvarlik uchun manba rolini o'ynaydi.
Vatanparvarlikning eng m uhim bclgilaridan biri q a t’iylikdir. Bu inson
xulqidagi o 'z qarashlarini ongli va izchil himoya qilishdir. U insonni
www.ziyouz.com kutubxonasi
o‘tkinchi narsalarga, tasodifiy ta’sirlarga, salbiy xislatlarga, qaysarlikka
berilmaslikda, balki o'zining e’tiqodiga qat’iy amal qilishda namoyon
bo'ladi. Qat’iylik, mardlik va rostgo'ylikka juda yaqin turadi. Faqat o'z
ishining haqligiga ishongan kishigina qat’iyatlidir va u har qanday holat
da ham o'zligicha qoladi, pastkashlik, razillik qilmaydi, sotqinlikka yuz
tutmaydi.
Alisher Navoiyning fikricha, kishi qat’iyatli bo'lishi hamda maqsadga
erishish imkoniyati oldida ikkilanmasligi, haqiqat uchun xormay kurash-
ishi va uni dadil izlashi lozim. Navoiyning bosh qahramonlaridan biri
Farhod xuddi mana shunday axloqiy fazilatlar sohibi edi. U faqatgina
dono kishi sifatidagina dong taratib qolmasdan, balki yengib bo'lmas pah-
lavon bo'lib, qat’iy xarakterga ega edi va u haqiqat uchun sabot-matonat
bilan kurashadi. Hisrav bilan Farhod o'rtasida bo'lib o'tgan savol-javobni
eslash kifoyadir. Farhod Hisravning asiri bo'la turib, o'zining izzat-naf-
sini mardonavor himoya qilibgina qolmay, balki podshohning axloqiy
qashshoqligini dadillik bilan fosh etdi. Insonni ko'p jafolarga duchor qi
luvchi, uning kamolotiga to'sqinlik qiladigan salbiy xislatlar kishilarda
vatanparvarlik hislarining shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi.
Odamlarimizdagi yuksak ma’naviy xislatlar vatanparvarlikning manbai-
dir. Mamlakatimizda mustaqillik uchun kurash bizning eng yaqin istiqboli-
mizdir. Shu ideallarni tasavvur qilish va har birimiz mana shu burilishning
qatnashchisi ekanligimizni anglash zo'r xursandlik hislarini tug'diradi. Va-
tanparvarlikdagi faollik uning eng muhim xususiyatidir. Vatanparvarlik pas
siv va ishda ko'rilmaydigan his emas, balki bu his amalda sinaladi.
Ba’zi bir kishilar Vatanimiz ravnaqi yo'lida uchraydigan qiyinchilik
lar va kamchiliklar haqida gap borganda o'zlarini bilimdon qilib ko'rsatib
«buni bunday qilish kerak, uni bu yo'l bilan emas, balki bu yo'l bilan
hal qilish lozim, bunday qilsa bo'lmaydi» — deb turli yo'llarni ko'rsatadi-
lar-u, ammo o'zlari uni sidqidildan bajarishga kirishmaydilar, bu ish-
lardan o'zlarini doimo chetga tortib yuradilar. Go'yo ular bilimdon-u,
ulkan yumushlarni bajarishga kirishgan shaxslar, faol harakat qilayotgan
kishilar bilimsiz, uquvsizdek bo'lib qoladi. Yo'q, bunday iztirobdan sira
foyda yo'q. Hamma Vatan istiqboli yo'lida qo'ldan kelganicha harakat
qilmog'i kerak.
Xalqimiz vatanparvarlik hissi qudratli, hayotbaxsh kuchga egadir. Bu
his kishilarga hamma qiyinchiliklarni va to'siqlami o'z yo'llaridan olib tashlab,
muttasil olg'a borish uchun kuch va g'ayrat bag'ishlaydi. Vatanparvariik-
dagi faollik kishilami ma’naviy jihatdan boyitadi va oliyjanob tuyg'ularga
to'ldiradi, undagi butun ijodiy kuchlarni safarbar qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |