masofani o‘lchash. Biror joyning planini tuzayotganda masofalarni
o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Bir-biriga yaqin turgan ikki predmet orasidagi
masofani metr yoki ruletka yordamida o‘lchash mumkin. Lekin
boriladigan joygacha bo‘lgan masofani yoki tabiatdagi ikki predmet
oralig‘ini qadamlab o‘lchash qulay.
Masofani qadamlab o‘lchash uchun o‘z qadamingizning o‘rtacha
uzunligini bilishingiz zarur. Qadamning o‘rtacha uzunligini bilish
uchun avval 100 metr(m) masofani ruletka bilan o‘lchab olish kerak.