P. Gulyamov, R. QuRbonniyozov, m avEzov, n. SaiDova


v bob. yERninG Suv QobiG‘i — GiDRoSfERa



Download 4,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/157
Sana06.07.2021
Hajmi4,48 Mb.
#110846
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   157
Bog'liq
geografiya 5 uzb

v bob. yERninG Suv QobiG‘i — GiDRoSfERa
     
   
17­ §.   
GiDRoSfERaninG TaRkibi.  
                                  
Dunyo okEani
 
y
erning suv qobig‘i gidrosfera
 deb ataladi (yunoncha «hydro» – 
suv, «sphaira» – shar degani). Gidrosferada suv uch xil – suyuq, qattiq 
(muz)  va  bug‘  holatida  uchraydi.  Gidrosfera,  asosan,  ikki  qismdan 
iborat (quyidagi jadvalga qarang).
Gidrosfera qismlari Suv miqdorining nisbati, % his. Suv miqdori, mln. km
3
Dunyo okeani
96,5
1340
Quruqlikdagi suvlar
3,5
47,5
Gidrosferadagi  suvning  asosiy  qismi  okeanlarda  yig‘ilgan  (96,5  %). 
Biroq  bu  suv  juda  sho‘r  bo‘lganligi  uchun  undan  ichishga  ham, 
ekinlarni sug‘orishga ham foydalanib bo‘lmaydi. Quruqlikdagi suvning 
deyarli  yarmi  sovuq  o‘lkalardagi  muzliklarda  to‘plangan.  Muzliklar 
suvi chuchuk, toza suv, lekin odamlar yashaydigan joylardan uzoqda 
bo‘lganligidan foydalanish qiyin. Issiq o‘lkalarning baland tog‘laridagi 
muzliklar yozda daryolarga suv berib turadi.
Yer osti suvlari taxminan muzlik suvlaricha bo‘lsa ham, ularning 
sifati har xil. Sho‘r yer osti suvlari ham ko‘p.
Yer usti suvlari –
 daryo va ko‘llarda to‘plangan. Ularda suv kam. 
Lekin  suv  aylanib  kelaverganidan  insoniyat  foydalanishi  uchun  eng 
qulay. Yer usti suvlari Yer yuzida juda notekis taqsimlangan. Havodagi 
suv bug‘lari Yer yuziga yog‘adigan yog‘inlar manbayidir.
Dunyoda  suv  to‘xtovsiz  aylanma  harakatda  bo‘ladi.  Quyosh  nuri 
okeanlardan juda ko‘p suvni bug‘latadi. Bug‘ning bir qismi okeanlarga 
yog‘in  bo‘lib  yog‘adi.  Bir  qismini  shamol  quruqliklarga  olib  ketadi 
va  u  yerlarda  yog‘in  bo‘lib  yerga  tushadi.  Bu  suv  daryolarga  tushib 
oqadi va yana okeanlarga quyiladi. Suvning okeanlardan havo orqali 
quruqliklarga  va  quruqlikdan  daryolar  orqali  yana  okeanlarga  qaytib 
keladigan to‘xtovsiz harakati suvning tabiatda aylanishi deyiladi.
http://eduportal.uz


60
Ye
r
ni
ng 
 suv
  qob
ig‘
i —
  g
idr
osfe
ra
Suvning bunday aylanib turishining ahamiyati juda katta. Quruq-
likda yog‘in yog‘may qo‘ysa nima bo‘lardi?  Quruqlikdagi hamma suv 
bug‘lanib ketib, o‘simliklar qurirdi, hayvonlar qirilib ketardi. Hamma 
joy qurib qaqshab yotgan cho‘lga aylanar edi.
Dunyo okeani.
  Dunyoda  okeanlar  4  ta:  Tinch, Atlantika,  Hind 
va  Shimoliy  Muz  okeanlari  (40-rasm).  Ularning  hammasi  birgalikda 

Download 4,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish