Daryolarga suv qayerdan keladi? Daryolar yomg‘ir, qor, muz
suvlari, buloqlar suvlaridan to‘yinadi. Baland tog‘lardan boshlanadigan
daryolar tog‘lardagi muzliklar va qor suvlari bilan to‘yinadi. Ular yozda
sersuv bo‘ladi. Amudaryo bilan Zarafshon daryosi ana shunday daryolar
hisoblanadi. Ba’zi daryolarga yomg‘ir suvi ham, qor suvi ham, yer osti
suvlari ham tushadi. Bunday daryolarni aralash to‘yinuvchi daryolar
deyiladi. Masalan, Sirdaryo shunday daryolar sirasiga kiradi.
Daryolar qadim zamonlardan kishilarni chuchuk suv bilan ta’min-
laydigan asosiy manba bo‘lib kelgan. Mamlakatimizda suvdan yaxshi-
roq foydalanish uchun daryolarga suv omborlari qurilgan, kanal va
ariqlar qazilgan, qurg‘oqchil yerlarga suv chiqarilgan. Daryolarga
to‘g‘onlar, elektr stansiyalar qurilib, energiyasidan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |