P. Gulyamov, R. QuRbonniyozov, m avEzov, n. SaiDova


­§.     gеоgrаfik kооrdinаTаlаr



Download 4,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/157
Sana06.07.2021
Hajmi4,48 Mb.
#110846
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   157
Bog'liq
geografiya 5 uzb

     11­§. 
   gеоgrаfik kооrdinаTаlаr
y
er  yuzidagi  biror  joyni,  uning  o‘rnini,  xarita  yoki  globusdan 
qanday  topish  mumkin?  Bolalar,  siz  shaxmat,  shashka  taxtasini 
bilasiz. Undagi har bir katakning o‘rni harf va raqamlar bilan belgilab 
qo‘yilgan.  Bu  harf  va  raqamlar  yordamida  kerakli  katakni  osongina 
topib  olasiz. Agar  sizlar  geografik  xarita  va  globusga  e’tibor  berib 
qarasangiz,  ularning  katakchalar  bilan  qoplanganini  ko‘rasiz.  Ular 
meridian va parallel chiziqlarining kesishishidan hosil bo‘lgan. Xarita 
va  globuslarni  qoplagan  katakchalarni  bir-biridan  ajratib  turgan 
chiziqlar to‘ri  daraja (gradus) to‘ri deyiladi.
Daraja to‘ri yordamida Yer yuzidagi har bir shahar, tog‘ cho‘qqisi, 
daryo  boshlanadigan,  quyiladigan  joylarni,  okean  va  dengizlardagi 
orollar o‘rnini aniqlash mumkin. 
Globus va xaritalardagi parallel chiziqlar geografik kenglikni bil-
diradi. Geografik kenglik deb ekvatordan berilgan nuqtagacha bo‘lgan 
meridian  yoyining  daraja  (gradus)  hisobidagi  kattaligiga  aytiladi. 
Ek vator chizig‘i 0° kenglik deb qabul qilingan. Qutblar kengligi esa 
90° deb olingan. Globus yoki xaritadagi istalgan nuqta ning geografik 
kengligini aniqlash uchun uning qaysi parallelda joylashganini bilish 
zarur.  Masalan, Toshkent  40°  va  50°  parallellar  oralig‘ida,  aniqrog‘i 
41° parallelda, Qohira shahri 30°, Kiyev esa 50° parallelda joylashgan. 
Bu parallellarning hammasi ekvatordan shimolda joylashganligi sababli 
ularning kengligi shimoliy kenglik
  deyiladi.  Ekvatordan  janubda 
joylashgan  nuqtalar  (joylar)ning  kengligi  esa  janubiy kenglik  deb 
belgilanadi (26-rasm). 
Lekin har bir parallelda bitta nuqta emas, juda ko‘p nuqtalar bor. 
Shuning uchun globus va xaritalardagi kerakli nuqtaning o‘rnini aniq-
lashda geografik kenglikni bilishning o‘zi yetarli emas. Buning uchun 
geografik uzunlikni aniqlash ham zarur. Geografik uzunlik deb Bosh 
meridiandan  berilgan  nuqtagacha  bo‘lgan  parallel  yoyining  daraja 
(gradus)  hisobidagi  uzunligiga  aytiladi.  London  shahri  yaqinidagi 
Grinvich  rasadxonasidan  o‘tgan  meridian  Bosh  meridian  deb  qabul 
qilingan. Geografik uzunlik shu meridiandan parallellar bo‘ylab sharq 
http://eduportal.uz


39
ge
ogr
afi
k xar
it
al
ar
va  g‘arb  tomonlarga  daraja  (gradus)  hisobidagi  birlikda  hisoblab 
boriladi.  Geografik  uzunlik  0°  dan  180°  gacha  hisoblanadi.  0°  li 
(Bosh) meridiandan g‘arb tomondagi nuqtalar g‘arbiy uzunlik, sharq 
tomondagilari sharqiy uzunlik deyiladi (27-rasm).
Geografik kengliklar globusda parallellarga Bosh meridian yoniga 
yozib qo‘yilgan darajalar yordamida aniqlanadi. Geografik uzunliklar 
esa ekvator chizig‘i ustiga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida bilib 
olinadi. Geografik xaritalarda geografik kenglik darajalari xaritalarning 
chap va o‘ng chekkasidagi ramkasi (chiziqlar) yoniga, geografik uzun-
liklar darajalari xaritalarning yuqori va pastki chekkasidagi meridian 
chiziqlar yoniga yozib qo‘yiladi.

Download 4,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish