Mavzu: Geografik xaritalar va ularning turlari
Kirish
Reja:
1. Geografik xaritalarning mazmuni va mohiyati
2. Umumgeografik xaritalarning turlari va tasniflanishi
3. Geografik xaritalarning turizmdagi ahamiyati
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko’rsatuvchi sohalarning o’rni va roli g’oyat sezilarli bo’lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko’rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar darajasida rivojlanishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keying yillarda O’zbekistonda turizmni rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan masalalarga katta e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalaninsh yo’llari shakllanmoqda. Buni shundan ham anglash ham mumkinki, keying yillarda uni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumatining bir qancha farmon va qarorlari, viloyatlarda esa uning ijrosini ta’minlashga bag’ishlangan qarorlari qabul qilindi. Ma’lumki, turistik xizmat ko’rsatish va tashkil etishda turoperatorlik xizmatlari asosiy o’rinda turadi. “ Turizm to’g’risida” gi qonun bo’yicha o’z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o’z yo’llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 – yil 5-yanvardagi PF- 5611 sonli farmoni sohani rivojlantirish uchun qo’yilgan kata odimlardan biridir. 2019-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi qulay iqtisodiy sharoitlar va omillarni yaratish bo'yicha olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, turizm sohasini jadal rivojlantirish bo'yicha ustuvor maqsad va vazifalarni belgilash, uning iqtisodiyotdagi o'rni va ulushini, xizmatlarni diversifikatsiyalash va ularning sifatini oshirish hamda turizm infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-1avgustdagi PF-5781-son " O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni. Ushbu hujjatda O'zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan turistik xizmatlar sifatini yaxshilash, turizm sohasidagi kadrlar malakasini oshirish, milliy turistik mahsulotlarni chet elda faol targ'ib qilish va respublikasiga kelayotgan xorijiy sayyohlar sonini ko'paytirish bo'yicha ko'riladigan chora-tadbirlar belgilangan.2 Mavzuning dolzarbligi: Qadim zamonlardan insoniyat yangi yerlarni kashf qilishga intilib kelgan. Tarixdan ma`lumki, inson ehtiyojlari oshib boravergan sari yangi resurslarga bo`lgan talab oshib boravergan. Yangi moddiy va ma`naviy resurslarni izlab topish maqsadida juda ko`plab sayohatlar uyushtirilgan. Quruqlikdagi yoki dengiz sayohati bo`lsin, yo`nalishni aniqlash, adashmay topib boorish va kelajak uchun o`z sayohat marshrutlarini qog`ozga tushirish xaritalarning vujudga kelishiga sabab bo`lgan. Hozirgi kungacha xaritalardan foydalanish turizm sohasining asosiy vositalaridan biri bo`lib kelmoqda. Turizmda xaritalashtirish, turistik marshrutlarni aniq belgilab olish, turistlarning personal sayohatlarida xaritalardan foydalishda yetarli bilimlarga ega bo`lishlari dolzarb sanaladi. Kurs ishining maqsad va vazifalari: Ushbu kurs ishida shu maqsad qilib olinganki, avvalambor geografik xaritalar haqida ma`lumot olish, ularning turlari, turizmda xaritalashdan foydalanishda nazariy ma`lumotlarga ega bo`lish. Kurs ishining tuzilishi: Geografik xaritalar va ularning turlari mavzusida yozib olingan ushbu kurs ishi kirish qismi, reja, xulosa va takliflar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini o`z ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |