P- va n-tip li yarim o`tkazgichlar hosil qilish



Download 102,52 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi102,52 Kb.
#202447
  1   2   3   4
Bog'liq
QSS


      1. p- va n-tip li yarim o`tkazgichlar hosil qilish

Asosan yarimo`tkazgich materiallaridagi kimyoviy bog`lanish bu kovalent bog`lanishdir. Yarimo`tkazgich materiallarini tashkil etadigan atomlarning asosiy qismi s va p elektron qobiqlari to`lmagan bo`lgani uchun, kristall hosil bo`lganda, undagi hamma atomlarning tashqi elektron qobiqlari to`lishi shart. Natijada kristalldagi har bitta atomni tashqi qobig`ida elektronlar soni 8 taga yetib s2`6 holatiga o`tadi. Bunday bog`lanishda spinlari bir−biriga qarama−qarshi bo`lgan 2 ta elektron, ikki atom o`rtasida umumiy bo`lgan holda, ikki atomni bog`lab turadi. Misol uchun Si kristallini ko`radigan bo`lsak, undagi atomlarning valent elektronlari holati s1`3 holatda bo`lib, bunday atom to`rt tomondagi qo`shnilaridan bittadan, qarama−qarshi spinli elektronlarni qabul qilishi bilan, s2`6 holatiga o`tadi. Shuning uchun bunday bog`lanishlarni s1`3 gibrid bog`lanishlar deb atash qabul qilingan. Yarimo`tkazgich materiallarida kovalent s1`3 bog`lanish mavjud bo`lishi uchun kristall shunday atomlardan tashkil topgan bo`lishi kerakki, unda kristallni tashkil etgan 2 ta qo`shni atom valent elektronlari yig`indisi 8 ga teng bo`lishi kerak. Elementar yarimo`tkazgichlar kristall panjarasi tugunlari bir xil atomlardan tashkil topgan bo`ladi. Quyidagi Si, Ge va Sn elementar yarimo`tkazgichli materiallar to`rttadan valent elektronlariga ega va 1-rasmda ko`rsatilgandek kristall panjarada to`rttadan atomlar bilan bog`lanish xususiyatiga egadir. Bu xususiyatlari ularning olmos kristall panjaraga ega bo`lishlarini namoyon etadi.


Hozirgi kunda ishlab chiqarishning 80% asosan kremniyli yarim o`tkazgichlar tashkil etmoqda. Chunki kremniyli yarim o`tkazgichlarni tayyorlash texnologiyasi boshqa yarim o`tkazgichlarga qaraganda birinchidan arzon, ikkinchidan yer sharida kisloroddan so`ng ikkinchi o`rinda turadigan element hisoblanar ekan. Shuning uchun kremniy misolida n- va p-tipli yarim o`tkazgichlar hosil qilishni ko`rib chiqamiz .

Kremniy kristall panjarasiga Mendeleev davriy sistemasidagi III guruh elementlari masalan, bor kiritilsa uning tashqi elektronlar soni uchta bo`lganligi uchun borning valent elektronlari qo`shni kremniy atomlari valent elektronlari bilan uchta to`liq bog`liqlik hosil qiladilar. To`rtinchi bog`lanish esa to`lmay qoladi. Uncha katta bo`lmagan issiqlik energiyasi ta`sirida ham qo`shni kremniy atomining valent elektronlari bu bog`lanishni to`ldiradi. Natijada borning tashqi qobig`ida ortiqcha elektron hosil bo`ladi, ya`ni u manfiy zaryadga ega bo`lgan qo`zg`almas ionga aylanadi. Kremniy atomining to`lmagan bog`lanishi - bu kovakdir (2 - rasm). Bu vaqtda erkin elektron hosil bo`lmaydi. Bunday kirishma – aktseptor sathini hosil qiladi, aktseptor atomlari kiritilgan yarim o`tkazgich esa - kovak yoki r - turdagi elektr o`tkazuvchanlik deb ataladi. R-turdagi yarim o`tkazgich uchun kovaklar - asosiy zaryad tashuvchilar, - elektronlar esa noasosiy zaryad tashuvchilar hisoblanadi.




Kremniy kristall panjarasiga Mendeleev davriy sistemasidagi V guruh elementlari masalan, fosfor P kiritilsa uning tashqi elektronlar soni 5ta bo`lib valent elektronidan to`rttasi qo`shni kremniy atomining to`rtta valent elektronlari bilan bog`lanib - sakkiz elektrondan tashkil topgan mustahkam qobiq hosil qiladilar. Beshinchi elektron ortiqcha bo`lib, o`zining atomi bilan kuchsiz bog`langan bo`ladi. Shuning uchun kichik issiqlik energiyasi ta`sirida u uziladi va erkin elektronga aylanadi (3 - rasm), bu vaqtda kovak hosil bo`lmaydi. Kirishma atomi musbat zaryadlangan qo`zg`almas ionga aylanadi. Bunday kirishma atomlari donor deb ataladi. Demak bunday kirishmali yarim o`tkazgichda elektr o`tkazuvchanlik asosan elektronlar hisobiga amalga oshiriladi, yarim o`tkazgich esa elektron yoki n- turdagi elektr o`tkazuvchanlik deb ataladi. n -turdagi yarim o`tkazgichda elektronlar - asosiy zaryad tashuvchilar, kovaklar esa noasosiy zaryad tashuvchilar deb ataladi.


Download 102,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish