Kletchatkali va pektinli moddalarning bijg‘ishi.
О‘simlik hujayralarining
pо‘sti, asosan, sellyuloza yoki kletchatka deb atalgan organik moddalardan
tuzilgan. Yer betiga va tuproq tagiga tushib qolgan о‘simlik qoldiqlari turli
bakteriyalar, zamburug‘ va boshqa tirik organizmlarning ta’siridan parchalanadi.
Sellyulozani о‘z organizmida sellyuloza va sellobiaza fermentlarini ishlab
chiqaradigan bakteriyalargina parchalaydi.
Tabiatda bu bakteriyalarning borligini birinchi marta rus mikrobiologi V. A.
Omelyanskiy aniqlab, sellyulozadagi bijg‘ish jarayonining kimyoviy tomonini
kо‘rsatib berdi. Uning aytishicha, birinchi bosqichda bakteriyalar tomonidan
ajratilgan fermentlar ta’siridan sellyuloza oddiy shakarlarga gidrolizlanadi. Bu
jarayon quyidagicha boradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |