О‘zr oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i Buyruq №434 2017



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/244
Sana11.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#349515
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   244
Bog'liq
qishloq xojalik biotexnologiyasi va mikrobiologiya

Sitokininlar. 
 1955-yilda hujayralar bо‘linishini stimullovchi omil sifatida 
topilgan.  Birinchi  tabiiy  sitokinin  zeatin  deb  atalgan,  bu  moddalar 
makkajо‘xorining pishib yetilmagan donlaridan ajratib olingan. Hozirgi kunda 12 
ta  sitokinin  aniqlangan  bо‘lib,  ularning  kimyoviy  tuzilishi  zeatinning  tuzilishiga 
yaqin.  Difenilmochevina  va  ularning  qator  mahsulotlarining  ham  yuqori 
sitokininlik faolligi aniqlangan. 
Sitokininlar  asosan  ildiz  apikal  meristemasida  sintezlanib,  undan  ksilema 
bо‘ylab  о‘tkazuvchi  naylar  orqali,  о‘simlikning  barcha  organlariga  transport 
qilinadi.  Shuning  uchun  sitokininlarning  harakat  tezligi  auksinlarnikiga  nisbatan 
yuqori. Tashilish yо‘nalishi-о‘simlikning yuqori qismiga qaratilgan bо‘lib, ayniqsa 
faol meristemalar va urug‘larda sitokininning miqdori kо‘p bо‘ladi. 
О‘simliklarda sitokininlarning turg‘unligi unchalik yuqori emas, zeatinning 
yarim parchalanish vaqti о‘simlikning turiga qarab 6-20 soatni tashkil etadi. Yosh 
tо‘qimalarda uning parchalanish tezligi qari tо‘qimalarga nisbatan kam, ildizda esa 
bu  jarayon  yanada  sekinroq  ketadi.  Sitokininlarning  destruksiyasi  saxaroza  
(riboza,  glyukoza)  va  alanin  aminokislotasi  bilan  konyugatsiyasidan  sо‘ng 
boshlanadi.  Bunda  sitokininlarning  O-glyukozidlarini  hosil  bо‘lish  yо‘lini 
gormonning  zahiralanishi  sifatida,    boshqalarini  esa–qaytarilmas  destruksiya 
sifatida  kо‘rish  mumkin.  Yaqinda  sitokininni  oldindan  glikozidlamasdan 
oksidlovchi  sitokininoksidaza  fermenti  aniqlandi.  Bunda  oksidlanish  alifatik 
qismning adeninga birlashgan joyida sodir bо‘ladi. 
Sitokininning 
asosiy 
fiziologik 
ta’siri-hujayralar 
bо‘linishini 
faollashtirishdan  iboratdir.  Sitokinin  mitoz  uchun  zarur  sharoitni  yaratish  uchun 
RNK  –  polimeraza  faoliyatini,  RNK  hosil  bо‘lishi  va  oqsil  sintezi  jarayonlarini 
faollashtiradi. Bu ta’sirlar sitokininning oziqa moddalarni о‘ziga tortish xususiyati 
bilan ham bog‘liq bо‘lishi mumkin. Fitogormonning bu xususiyati, boshqa yana bir 
qancha ta’sirlar bilan ham bog‘liq bо‘lib, bularga barg va urug‘kurtak hujayralari 
о‘sishining  stimullanishi,  apikal  dominantlikdan  xoli  qilinishi,  barglar  qarishini 
tо‘xtatilishi va о‘simliklardagi moddalarning qayta harakatlanishini  boshqarilishi 
shular jumlasidandir. 
Sitokinin  ontogenezni  boshqarishda  muhim  rol  о‘ynaydi.  Bu  toifa 
gormonlarning  yuqori  miqdori  ildiz  hosil  bо‘lishini  tо‘xtatadi  va  poyada 


123 
 
kurtaklarning  paydo  bо‘lishini  tezlashtiradi.  Shuningdek  ular  fotoperiodning 
noqulay  sharoitlarida  ba’zi  turdagi  о‘simliklarning  ba’zi  turlarining  gullashini 
indusirlaydi.  Sitokinin  ta’sirida  urug‘  va  tugunaklar  tinim  davridan  chiqadi.  Bu 
gidrolitik  fermentlar  faollashishi  bilan  ham  bog‘liq  bо‘lishi  mumkin.  Sitokininlar 
barglarning  qarishini  tо‘xtatibgina  qolmay,  shuningdek  ular  rivojlanishini 
boshlang‘ich  davrida  xloroplastlarining  shakllanishi,    xloroplast  RNKsi  va 
oqsillarning sintezini stimullanishi hisobiga,  о‘sishi va bо‘linishini boshqaradi. 
Bu  fitogormon  barglardagi  og‘izchalarni  ochish  orqali  suv  bug‘lanishi 
regulyatsiyasida ham ishtirok etish orqali xloroplastlar shakllanishini stimullanishi 
va barglarni qarishini tо‘xtatilishi natijasida fotosintez jarayonini faollashtiradi. 
Sitokininlarning  juda  muhim  xususiyatlaridan  yana  biri,  ular  о‘simlik 
hujayralarining  past  yoki  yuqori  harorat,  suv  tanqisligi,  shо‘rlanish,  rentgen 
nurlari,  pestitsidlarning  fitotoksinlik  ta’sirlari  kabi  tashqi  noqulay  ta’sirlarga 
chidamliligini oshiradi. Himoya ta’sirining mexanizmi hali yaxshi о‘rganilmagan. 
Lekin о‘simliklar hayotidagi noqulay sharoitlarda–sitokininlar miqdorining oshishi 
natijasida  hujayrani  himoyalovchi  stress  oqsillar  sintezining  stimullanishi 
aniqlangan. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish