2. Boshlang‘ich о‘simliklarni termoterapiya va ximoterapiya qilish yо‘li
bilan virussiz apikal meristemalar olish mumkin.
Termoterapiya usuli
in vivo
va
in vitro
sharoitlarida quruq, issiq havoni
qо‘llashga asoslangan. Yuqori harorat virus zarrachalariga ularning ribonuklein
kislotalari va oqsil qobiqlari orqali ta’sir qilib, ularning parchalanishiga va virus
zarrachalarining zararlash qobiliyatining yо‘qolishiga olib keladi.
Termoterapiyada
о‘simliklar termokameralarga joylanadi va haroratni
25°S dan 37°S gacha oshiriladi. Har kuni 2°S ga kо‘tariladi. Kameradagi yorug‘lik
5 ming lk, namlik 90% ni tashkil qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |