O’t o’chirgichlar. O’t o’chirgichlar o’z vazifasini bajarishi uchun zarur bo’lgan asosiy modda bo’lib, gaz buluti (gazsimon parda) xizmat qiladi. Bu moddalar yong’inni kuchaytiruvchi havo kislorodini alangadan ajratuvchi gaz buluti (gazsimon parda)ni tashkil qiladi. Gulxan kislorodsiz tez pasayadi va o’chadi. Kimyodan ma’lumki, yong’in bu ayrim moddalarning kislorod bilan birikib harorat ko’tarilishining kuzatilishidir. Kislorodni yo’qotib yoki yonayotgan buyumni undan ajratib, ko’zlangan maqsadga erishamiz, ya’ni alangani bartaraf etamiz. Yaqin vaqtlargacha o’t o’chirgichlarda suv o’rniga yonayotgan buyumlarning haroratini pasaytirish yo’li bilan alangani o’chirish uchun OYEM lar (gallonlar)dan ham foydalanilgan. Ushbu gallonlar sanoat, tijorat uskunalari, kompyuter xonalari, harbiy texnikalar, yo’lovchi va harbiy samolyotlar hamda texnikalar, muzeylar va badiiy galereyalar, hujjatlar va arxivlarni olovdan himoyalashda qo’llanilgan. Chunki ular ikkilamchi zararni keltirib chiqarmaydigan, havo bilan alangaga havfli aralashmalar portlashining oldini oladigan va bartaraf etadigan, inson uchun notoksik moddalar hisoblangan.
Ammo aynan galonlar ozon qatlamini yemiruvchi eng havfli modda hisoblanadi. Hozirgi vaqtda galon o’rnini bosuvchilari topilgan: uglekislotali, kukunli, boshqa xil turdagi o’t o’chirgichlardan foydalanish mumkin. Shu bilan birga istisno tariqasida galonlar harbiy texnikada samolyotlarda qo’llaniladi.
Ko’pik materiallari ishlab chiqarish. Tabiiy gaz bilan to’ldirilgan izolyatsion qalqonlar, panellar va quvurlar qoplamalari, forpolimerlar (ko’pikli materiallar), ilgaridan keng miqyosda qo’llanilgan. Texnika rivojlanishi natijasida tabiiy kelib chiqqan materiallar iste’molchilarning o’sib borayotgan talablarini qondira olmay qolgan bo’lib, sun’iy gaz to’ldirilgan materiallar – penoplastlarni tadqiq qilish va ishlab chiqishni sezilarli darajada rag’batlantirildi.
Ko’pikli material gazni yoki uchuvchi suyuqlikni suyuq oligomer yoki polimerga kiritish yo’li bilan olinadi. Ko’pikli materiallar strukturasining shakllanishi polimerizatsiyada polimer tizimlarni ko’piklashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Katakcha yaratish uchun foydalanadigan ko’piklantiruvchi agent, g’ovak hosil qiluvchi deb ataladi. Ayrim ko’pikli materiallar kataklari berk va g’ovak hosil qiluvchilar ularni ichida saqlanib qoladi (berk katakchali penoplastlar), boshqalarida g’ovaklar ochiq va g’ovak hosil qiluvchilar ulardan uchib chiqadilar (ochiq g’ovakli penoplatlar yoki poroplastlar).
G’ovak hosil qiluvchilarga asosiy talablar shundan iboratki, ular polimerlar bilan reaktsiyaga kirishmasligi, suyuqlikda kerakli darajada erishi, ammo qattiq polimerda erimasligi, tegishli qaynash va bug’ bosimi nuqtasiga ega bo’lishi hamda yuqori molekulyar vazni va sig’imiga qaramasdan yonmaydigan va notoksik bo’lishi, issiqlik uzatishning past koefitsentiga ega bo’lishi kerak.
Ko’piklantiruvchilar orasida XFU 11, XFU 12, XFU 113, XFU 114 kabi yuqorida keltirilgan sanoat talablariga javob beradigan OYEMlar keng ko’lamda foydalanishiga erishildi.
Bugungi kunda ko’pik materiallari to’rt asosiykimyoviy turlarga farqlanadi: ko’pikpoliopefinlar, ko’pikpolistirollar, ko’pikpoliuritanlar, ko’pikfenoplastlar.
Ko’pik materiallari turli sanoat, qurilish industriyasi va maishiy sohada: mebel ishlab chiqarilishida yostiqchalar, matraslar va tagliklar tayyorlashda; turli jihozlar ishlab chiqarilishida uskunalar izolyatsiyasida, qurilishda devorlar, tomlar va binolarni izolyatsiyalashda, qurilish uchun sendvich-panellar va plitalar ishlab chiqarilishida, sovutgich va refrejiratorli transportlar ishlab chiqarishida issiqlik ushlagich sifatida, oziq-ovqat podnoslari va koneynerlar ishlab chiqarilishida, tuxumlar uchun qadoqlar tayyorlashda, alyuminiy folgasidan foydalanilgan turli maqsadlarga yo’naltirilgan qadoqlarni tayyorlashda, kimyo sanoatida sig’imlarning izolyatsiyasida, individual qutqaruv vositalarini ishlab chiqarishda tadbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |