Monreal tuzatmalari. Monrealda kiritilgan tuzatmalar Monreal Protokoli Tomonlarining To’qqizinchi kengashida 1997- yilda qabul qilindi.
Ozon qatlami tiklanishini tezlashtirish maqsadida OYEMni lisenziyalash, uni chet eldan olib kirish va chet elga olib chiqishni tartibga solish borasida ma’lum talablar kiritildi, bromli metil ishlab chiqarishni va iste’mol qilishni bosqichma-bosqich tugatish jadvallarini tezlatish qarori qabul qilindi.
Monreal tuzatmalari 1999- yilning noyabr oyida kuchga kirdi. Hozirda 143 mamlakat shu hujjatlarning tarafdori bo’ldi. O’zbekiston ushbu tuzatmalarni 2006- yil 7- sentabrda ratifikatsiya qildi.
Pekin tuzatmalari. 1999- yilning aprel oyida Jenevada Umumjahon meteorologiya tashkiloti va YUNEP tomonidan tashkil etilgan kengashda ozonni tadqiq etish ishlari rahbarlari qatnashgan. Qatnashuvchilar Vena Konvensiyasi va Monreal Protokolining bajarilishini muhokama qildilar. Ushbu uchrashuv Umumjahon meteorologiya tashkilotining ozon qatlamini tadqiq qilish va monitoringi bo’yicha global loyihasining bir qismi edi. Monreal Protokoli va Vena konvensiyasi bajarilishi bo’yicha olib borilayotgan ishlar natija bermaganda, atmosferada OYEM konsentrasiyasi 5 barovar oshar va ozon yemirilishi tahminan 10 barovar kuchliroq bo’lar edi, natijada UB-V nurlari darajasi shimolda ikki va janubda esa to’rt baravar oshar edi. Bu inson salomatligiga juda ko’p zarar yetkazishi mumkin edi.
Ushbu tuzatmani ratifikatsiya qilmagan mamlakatlar bilan turli OYEM shu jumladan GXFU savdosi taqiqlanishi belgilangan yangi nazorat qilinadigan modda-bromxlormetan kiritildi.
Pekin tuzatmalari 2002- yil 25- fevraldan kuchga kirdi.
Hozirgi vaqtda 110 davlat Pekin tuzatmalari Tomonlari hisoblanadi. O’zbekiston ushbu tuzatmalarni 2006- yil 7- sentabrda ratifikatsiya qildi.
Monreal Protokoli va uning to’rt tuzatmalariga (London, Kopengagen, Monreal, Pekin) binoan, OYEMning barcha global tashlamalarini nazorat qilish bo’yicha maqsadli choralar ta’minlanmoqda, Vena konvensiyasi va Monreal Protokolini imzolamagan davlatlar orasida OYEM savdosi boshqarilmoqda. Ushbu xalqaro kelishuvini imzolagan davlatlar uchun ozon yemiruvchi moddalar o’rnini bosuvchilarni ishlatilishi va ishlab chiqarilishi sohasida eng yangi yoki muqobil texnologiyalarni taqdim etish bo’yicha imkoniyat yaratiladi, jahon bozorida o’rnini bosuvchi va turdosh mahsulotlarni xarid qilishga ruxsat saqlanadi, GEF mablag’laridan texnikaviy va moliyaviy yordam ko’rsatiladi, o’zining asosiy ichki ehtiyojlarini qondirish uchun OYEMlarni import qilish imkoniyati ta’minlanadi va ro’y bergan ob’yektiv holatlar oqibatida boshqarish choralari bo’yicha o’zlarining majburiyatlarini bajara olmagan davlatlarga qarshi choralar qo’llanilmaydi.