Ozodov Shahzod bia-82 Savollarga javoblar



Download 27,71 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi27,71 Kb.
#704442
Bog'liq
Ilhom Oraliq




Ozodov Shahzod BIA-82
Savollarga javoblar:

  1. Mamlakatimiz hududida yer maydonlaridan samarali foydalanishda ba’zi muammolar mavjud bo’lib, bu muammolarni yechish uchun davlat iloji boricha xalqqa yordam qo’lini cho’zmoqda.

Bu muammolardan biri xalqni bo’sh turgan yerlardan samarali ravishda foydalanishga qo’rbi yetmayotganligidir. Masalan kichik oilani oladigan bo’lsak, bu oilada yer mavjud, lekin bu yerdan foydalinishga oilada reja ham mablag’ ham yo’q.
Sobiq ittifoq davrida qishloq xo‘jaligi sohasi o‘ziga xos tarzda – reja asosida yuritilgan edi, chunki bozor iqtisodiyoti instituti mafkura darajasida rad etilgan edi. Barcha ishlar davlat nazorati ostida yuritilar, nazoratga katta kuch va mablag‘ sarf qilinardi. Ishlar shaxsiy manfaatdorlik yo‘lida urinish va izlanishga emas, balki ko‘proq jamoaviy entuziazmga – ishtiyoqqa suyanar edi. Entuziazm esa yildan yilga so‘nib boraverdi, nazorat qilish qiyinlashib boraverdi, ommaviy mulkni talon-toroj qilish, narsalarni xor qilish holatlari ko‘paygandan ko‘paydi. Zero, mulkning aniq egasi yo‘q edi. Ittifoq borgan sayin egasiz narsalar mamlakatiga aylanib boraverdi va shu bois, oxir-oqibat tanazzulga yuz tutdi. O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan keyin ham afsuski qishloq xo‘jaligi sohasida bozor munosabatlari qaror topmadi. Eski tizim sarqiti – davlat tomonidan dehqon yelkasiga reja yuklash amaliyoti davom etdi. Qishloq xo‘jaligini va umuman, har qanday sohani rivojlantirishning asosiy omili bo‘lmish – moddiy manfaatdorlik darajasi o‘ta past holda qoldi. Natijada yer qadrlanmadi, jamiyatga keltirishi mumkin bo‘lgan foydani keltirmadi. Hozirgi kunga kelib esa yerlardan unumli foydalanish uchun iloji boricha katta imkoniyatlar berilmoqda, masalan xalqqa banklar tomonidan kreditlar ajratilishi hamda ular uchun yerda ishlash rejalari ham tuzib berilmoqda.

  1. Tadbirkorlik faoliyati — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Yana qonunda ko’rsatilganidik ba’zi bir shaxslar tadbirkorlik bilan shug’ullana olmaydi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va viloyatdagi soliq, huquq-tartibot idoralari, bojxona xizmati vakillari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbar va mas’ul xodimlari, tadbirkorlar ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida iqtisodiyotni erkinlashtirish, soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Shunday qilib tadbirkorlik sohasidagi imtiyozlar davlat tomonidan berilayotgan bo’lib bularga misol qilib xizmat ko‘rsatish sohasidagi kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi o‘tgan yilgi 6 foizdan 5 foizga pasaytirildi. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi bojxona brokerlari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 1 foizli punktga pasaytirilib, 5 foiz etib belgilandi. Qo‘llanilayotgan bunday imtiyozlar mikrofirma va kichik korxonalarga mablag‘ni tejash va faoliyatni yanada kengaytirish imkoniyatini bermoqda. Tadbir doirasida soliq imtiyozlari bilan birga, soliq va moliyaviy hisobotlarni elektron ko‘rinishda taqdim etishning shakl va uslublari, interaktiv xizmatlardan foydalanish bo‘yicha ham atroflicha ma’lumot berildi, amaliy ko‘rgazma va taqdimotlar o‘tkazildi. Bulardan todbirkorlar uchun imtiyozlar qanday darajada ekanligini ko’rishimiz mumkin. Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari qonunchilikda berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llash tartibini o‘z vakolatlari doirasida tushuntirishi, shuningdek ularning qo‘llanilishini ta’minlashi shart.

  2. Yakka tartibdagi tadbirkorlik sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga haqlidir. Yakka tartibdagi tadbirkorlar kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadilar. Yakka tartibdagi tadbirkor ( YaTT) – kichik tadbirkorlik subyekti hisoblanadi. Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyati bila yuridik shaxs tashkil etmagan holda shug’ullanadi. Ya’ni, yakka tartibdagi tadbirkorning alohida tashkiloti mavjud bo’lmaydi. Yakka tartibdagi tadbirkor o’z nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadi, huquq va majburiyatlarni oladi hamda amalga oshiradi. Jismoniy shaxs o’z tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bitimlar tuzayotganida, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida harakat qilayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining o’zidan aniq anglashilmasa, ko’rsatishi kerak. Bunday eslatmaning mavjud emasligi yakka tartibdagi tadbirkorni o’z majburiyatlari bo’yicha zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.

  3. Yagona oyna - bu fuqarolar va korxonalarga xizmat ko'rsatish texnologiyasini bildiruvchi atama. “Yagona darcha” texnologiyasi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi majburiy muloqot vaqtini qisqartirishga qaratilgan bo‘lib, har qanday xizmatlarni taqdim etish ariza berishdan tortib, ijro hokimiyati qarori natijalarini chiqarishgacha bo‘lgan bir joyda jamlanganligi bilan tavsiflanadi.

Ushbu texnologiyaning muhim tarkibiy qismi arizachi qaror qabul qilish uchun vakolatli organga taqdim etishi kerak bo'lgan hujjatlar sonini minimallashtirishdir. Bunga boshqaruvning bir darajasida (gorizontal) ham, darajalararo (vertikal) ham samarali idoralararo hamkorlik uchun rivojlangan infratuzilmani barpo etish orqali erishiladi. Qoidaga ko'ra, davlat xizmatini ko'rsatishda turli organlardan, shu jumladan turli darajadagi boshqaruv organlaridan ma'lumotlar talab qiladi.

  1. Farmon loyihasiga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvaridan qariyb 100 ta litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishlari va 35 ta ruxsatnomalarni bekor qilish orqali yoki muqobil shakllarga o‘tkazish nazarda tutilmoqda. Bu tadbirkorlik subyektlarining yiliga qariyb 125 milliard so‘mdan ortiq mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xususan, inson sog‘lig‘iga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan faoliyat turlarini litsenziyalashdan chiqarib tashlash hamda xavflilik darajasi past bo‘lgan faoliyatlarni tartibga solishning muqobil usullariga o‘tkazish taklif qilinmoqda. Bular qatoriga auditorlik, baholash, rieltorlik, fonogrammalarni tayyorlash, yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyatini litsenziyalash kiradi. Shuningdek, xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilishga ruxsatnoma va sport inshooti obyekti pasportini olish, trenerlik faoliyatiga olinadigan ruxsatnomalarni ham bekor qilish ham ko‘zda tutilgan.

  2. Mehnat taqsimoti- bu turli xil faoliyat turlarini tabaqalash va amalga oshirishning ijtimoiy shakllarida sodir bo'ladigan alohida faoliyat turlarini ajratish, mustahkamlash, o'zgartirishning tarixiy jarayoni. Jamiyatda mehnat taqsimoti doimiy ravishda o'zgarib turadi va mehnat jarayonining o'zi murakkablashib, chuqurlashib borayotganligi sababli, mehnat faoliyatining har xil turlari tizimi tobora murakkablashib bormoqda.

Shuningdek mehnat taqsimoti ikkiga farqlanadi: tor va keng ma’noda.
Keng ma'noda mehnat taqsimoti- bu o'z xususiyatlariga ko'ra har xil bo'lgan va bir vaqtning o'zida bir-biri bilan o'zaro ta'sir qiluvchi mehnat turlari, ishlab chiqarish funktsiyalari, umuman kasblar yoki ularning kombinatsiyasi, shuningdek ular o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimi.
Tor ma'noda mehnat taqsimoti- bu o'zining ijtimoiy mohiyatiga ko'ra inson faoliyati sifatidagi ijtimoiy mehnat taqsimoti bo'lib, u ixtisoslashuvdan farqli o'laroq, tarixan vaqtinchalik ijtimoiy munosabatlardir. Mehnat taqsimoti, odatda, amalga oshiriladigan xususiyatlarga ko'ra bir necha turlarga bo'linadi. Tabiiy mehnat taqsimoti: mehnat faoliyati turlarini jins va yoshga qarab ajratish jarayoni. Texnik mehnat taqsimoti: ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarining, birinchi navbatda, mashina va texnologiyaning tabiati bilan belgilanadi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti - ularning o'zaro ta'sirida va iqtisodiy omillar bilan birlikda olinadigan tabiiy va texnik mehnat taqsimoti, ularning ta'siri ostida mehnat faoliyatining har xil turlari ajralib turadi, farqlanadi. Bundan tashqari, ijtimoiy mehnat taqsimoti yana ikkita kichik turni o'z ichiga oladi: tarmoq va hududiy. Tarmoqli mehnat taqsimoti ishlab chiqarish sharoitlari, foydalaniladigan xom ashyoning tabiati, texnologiya, asbob-uskunalar va ishlab chiqarilayotgan mahsulot bilan oldindan belgilanadi. Hududiy mehnat taqsimoti- bu mehnat faoliyatining har xil turlarining fazoviy taqsimlanishi. Uning rivojlanishi tabiiy va iqlim sharoitlaridagi farqlar bilan ham, iqtisodiy omillar bilan ham oldindan belgilanadi.

  1. Kooperativlar – bu o'z a'zolariga tegishli bo'lgan qoidalar, amaliyotlar va turli metodologiyalar tizimi asosida egalik qiladigan va boshqariladigan rasmiy tashkilotlar: o'zaro yordam, daromad va foydani taqsimlashdagi tenglik, a'zolar o'rtasidagi munosabatlardagi tenglik, harakatdagi samaradorlik (barqarorlik) va o'zaro tushunish ularning birlashmalaridagi munosabatlarda. Kooperativlar odamlar tomonidan o'zlarining tashabbusi bilan muayyan ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga erishish va birinchi navbatda yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash, moddiy va madaniy farovonlikni oshirish uchun yaratiladi. Ular o'z tashkilotchilari tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan yozma nizomlar asosida ish yuritadilar.

10. Kooperativni tugatish yoki qaytadan tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, ajratish, alohida qilib chiqarish, o‘zgartirish) uning mol-mulkining egasining yoki kooperativ qaysi korxona (xo‘jalik uyushmasi) huzurida tashkil etilgan bo‘lsa, o‘sha korxonaning qaroriga muvofiq yohud sud yo bo‘lmasa hakamlikning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Kooperativning faoliyati quyidagi hollarda ham to‘xtatilishi mumkin:


agar kooperativ ro‘yxatga olingan paytdan boshlab bir yil davomida ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatiga kirishmagan bo‘lsa yoki amalda to‘xtatib qo‘yilgan faoliyatini daromadlar to‘g‘risidagi oxirgi deklaratsiyani topshirganidan keyin bir yil o‘tgach qaytadan boshlamasa;
kooperativ uzoq vaqt mobaynida (olti oydan ko‘proq) to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan boshqa hollarda.
Qisqacha qilib aytadigan bo’lsak yuqoridagilar buziladigan yoki amalga oshiriladigan bo’lsa kooperativni tugatish mumkin.
Download 27,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish