OZODLIKNI ORZULAGAN O‘ZBEK PUSHKINI
Bekzod Ashurov Shavkatjon o‘g‘li
NamDU o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi
Umida No‘monova Akramjon qizi
NamDU filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada hamyurtimiz, shoir Usmon Nosir hayoti va bugungi kunda shoirning ijodiy faoliyatiga e’tibor haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Usmon Nosir, Tanhogo‘r, o‘zbek Lermontovi, Mamatxo‘ja, Xolambibi, o‘zbek Pushkini, Turob To‘la, Nabijon Boqiy, Naim Karimov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf.
УЗБЕКСКИЙ ПУШКИН, МЕЧТАВШИЙ О СВОБОДЕ
Бекзод Ашуров Шавкатжонович
преподаватель кафедры узбекского литературоведения НамГУ
Умида Номонова Акрамжоновна
студентка 3 курса филологического факультета НамГУ
Аннотация: В данной статье рассматривается жизнь нашего соотечественника, поэта Усмана Насыра и внимание к творчеству поэта в настоящее время.
Ключевые слова: Усман Насир, Танхогур, узбекский Лермонтов, Мамаходжа, Холамбиби, узбекский Пушкин, Туроб Тула, Набиджон Баки, Наим Каримов, Эркин Вахидов, Мухаммад Юсуф.
THE UZBEK PUSHKIN WHO DREAMED OF FREEDOM
Bekzod Ashurov Shavkatjonovich
Teacher of the Department of Uzbek Literary Studies of NamSU
Umida Nomonova Akramjonovna
3rd year student of NamSU Faculty of Philology
Annotation: This article discusses the life of our compatriot, poet Usman Nasir, and attention to the poet's creative activity today.
Key words: Usman Nasir, Tanhogor, Uzbek Lermontov, Mamathoja, Kholambibi, Uzbek Pushkin, Turob Tola, Nabijon Baqi, Naim Karimov, Erkin Vahidov, Muhammad Yusuf.
Hamyurtimiz hassos va otashnafas shoir Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida ko‘p yozilgan. Bundan keyin ham Usmon Nosir haqida ko‘plab tadqiqotlar qilinishi tabiiy. Bu yil shoir tavalludining 110 yilligi yurtimizda keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan prezidentimizning “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 10-fevral, PQ-125-son qarori qabul qilindi. Xususan, Namangan davlat universitetida 2022-yil 12-noyabr kuni o‘tkazilayotgan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman shoir ijodiga bag‘ishlanayotganligi ham muhim ahamiyatga ega.
Uning ezgu insoniy fazilatlar, Vatanga muhabbat va sadoqat, kelajakka yuksak ishonch tuyg‘usi bilan kirib kelgan yetuk badiiy asarlarining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni ahamiyatlidir.
XX asr 30-yillarida o‘zbek she’riyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa umr kechirgan, ko‘zga ko‘ringan va el og‘ziga tushgan, otashin shoir, benazir ijodkor, dramaturg, iste’dodli tarjimon, o‘zbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri, shubhasiz, o‘zbek Lermontovi, o‘zbek adabiyotining chaqmoq shoiri Usmon Nosir hisoblanadi.
Usmon Nosir betakror iste’dod sohibi, yuksak matonatli va xalqparvarligi bilan o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirdi. Mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan otashin shoir, xalqimizning mashhur farzand, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir 1912-yil 13-noyabrda Namangan shahrining Tanhogo‘r mahallasida Mamatxo‘ja va Xolambibi oilasida dunyoga keldi. Lekin bu norasidaning peshonasiga ham achchiq, ham sharafli qismat bitilgan edi. Usmon Nosir “Kechmish kunlarim” degan she’rida, o‘z hayotining debochasini tasvirlab, shunday yozgan:
Men o‘ksiz tug‘ildim,
Bir kosib otadan,
Bir g‘arib onadan,
Turmush qiyindi.
U vaqt bizga…
|
Bechora otam
Boyda ishlardi.
Ish uchun har kun
Oz haq olardi.
|
Bu satrlardan shoirning otasi Mamatxo‘janing kosib bo‘lgani va mushkul turmush kechirganidan xabar topamiz. Xattoki, she’rning keyingi satrlarida ham shoirning otasi to‘g‘risidagi tasavvurlarimizni yangi chizmalar bilan boyitmaydi. Lekin shunga qaramay, baribir, bizni marhum otaning, beva onaning yetim bolaning ayanchli qismati bilan oshno etadi. [3, 7-bet]
1916-yil Usmon Nosirning otasi 54 yoshida o‘pka kasalligiga chalinadi va to‘rt yoshga to‘lib-to‘lmagan Usmonni och va g‘arib bir holda yetim qoldirdi-da, bu yorug‘ olamni tark etdi. Shu paytda Xolambibining ota-onasi ham vafot etdi. Vaziyat yanada og‘irlashdi. Xolambibi o‘z yashab turgan uyini sotib, bo‘ynidagi qarzlarini to‘ladi. Keyin ukasi Abdurahmon opasini va yosh shoirni o‘z uyiga olib ketdi. O‘sha yerda yashab yurgan kezlari Nosirxoji bilan tanishadi va turmush quradi. Otasidan yetim qolgan Usmon Nosir otalik mehrini boshqa bir xonadonda ya’ni Nosirxoji xonadonidan topadi. 1924-yil Usmon Nosir o‘gay otasi va onasi bilan birga Qo‘qon shahriga ko‘chib boradi va bola Qo‘qonda bolalar uyiga beriladi beriladi. U mana shu yerda maktab internatida o‘qib yurgan paytlaridayoq va keyinchalik 1931-yilda Samarqanddagi O‘zbekiston davlat universiteti (O‘zDU) o‘qib yurgan paytida Usmon Nosir bo‘lib nom qozonadi. Shoir o‘zbek she’riyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U she’rlarida alangli tuyg‘ularini jilovlamas, dilda kechayotgan tug‘yonlarini susaytirmas, inson ruhiy dunyosini tasvirlar edi. Usmon Nosir ijod davrini bolaligidan boshlab hisob qiladigan bo‘lsak, atagi 15 yil ijod qilgan, xolos. Lekin mana shu qisqa muddat ichida, qisqa vaqt davomida naqadar nodir iste’dod egasi ekanligini har tomonlama isbotlab bergan.
Usmon Nosir she’riyatga kirib kelishi bilan hammani e’tiborini tortadi. Uning she’riyat maydoniga kirib kelishi mislsiz kuchi bilan, mislsiz qudrati bilan hammani o‘ziga jalb qilgan notanish pahlavonning maydonga kirib kelishiga o‘xshardi. Tasavvur qilaylik, bu insonning jussasi kichkina bo‘lsa ham, u yelkasida juda katta yukni ko‘tarib kirgandi. Turob To‘la ham Usmon Nosirga shunday ta’rif bergan edi: “Usmon Nosir she’riyatga to‘zonday, bo‘ronday kirib keldi. Bu shoir ya’ni Usmon Nosir to‘zonday, to‘lqinday kirib keldi-ki, uncha-buncha she’riy uslubni va ijodni to‘s-to‘s qilib yubordi.”
1937-yil. Qatag‘on davri. Bu vaqtda sodir bo‘lgan noxaqliklar, davrning shavqatsiz “o‘lim mashinasi” bor-yo‘g‘i 24 bahorni qarshilagan yosh shoirning ham taqdirini chetlab o‘tmaydi. Aynan shu davrda Usmon Nosirning ijodi ham ta’qib ostiga olinadi.
Bu hayot o‘rmon ekan,
Jon borki, qasdi jon ekan,
Bunda qatl oson ekan,
Sirtlon o‘zing, jayron o‘zing.
Erkin Vohidov. [1, 2-bet]
“Adabiy muzliklar o‘lkasidagi lagerlarda azob va uquvat chekaverib, toqati toq bo‘lgan Usmon Nosirga yor-do‘stlari: “Oyning o‘n beshi qorong‘u bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘ keladi. Bardam bo‘ling! Xudo xohlasa, ertami-kechmi ozodlikka chiqamiz!” deb taskin berar ekanlar.
1937-yilning 13-iyulida xibsga olinganidan to so‘ngi nafasiga qadar Usmon Nosir oyning yorug‘ kunlarini ko‘rmaydi. Oyning qorong‘u o‘n besh kuni esa uning uchun yetti yildan ortiq davom etdi.” [4, 3-bet]
Tosh turmalar, jallod turmalar...
Agar mendan parcha qog‘ozni,
Bunda mudhish sukut o‘rmalar,
Chiqarmaslik kerak ovozni.
Madorim yo‘q qalam ushlashga
Yuraklarim ketgandir ozib
Devorlarga, hattoki, toshga
Ko‘zim bilan qo‘yyabman yozib.
Enaxon Siddiqova (Usmon Nosirning so‘ngi nidosi).
1937-yilning 27 yanvar kuni Usmon Nosir adabiy faoliyatining 10 yillik yubileyi keng nishonlanadi. Biroq bayramdan yarim yil oʻtib Yozuvchilar uyushmasida yosh shoirning “xulq-atvori” muhokama qilingan majlis boʻlib oʻtadi. Bu majlis natijasida yosh shoirga turli xildagi ayblovlar qo‘yiladi. Xullas, nima bo‘ldi-da, bir odam o‘sha paytdagi kazo-kazolardan bittasi Usmon Nosirning yoshligidan, soddaligidan foydalanadi. Usmon Nosirga aytadi-ki, sen aybingni tan olsang, men seni orqangda turaman, men seni yoningni olaman, men seni oqlayman, deydi. Ya’ni sayuzda sen aybingni tan olsang bo‘ldi, men seni o‘sha joyda o‘rnimdan turib oqlayman deydi. Unga shunday maslahat beradi. Usmon Nosir soddaligiga boradi. Yozuvchilar uyushmasida uni ishi ko‘rilayotgan paytda Usmon Nosirga ham so‘z beriladi, ana u odamni gapiga kirib qo‘shtirnoq ichidagi maslahatiga kirib Usmon Nosir so‘zga chiqadi va aybini tan oladi. (Qaysi aybini tan oladi o‘zi ham bilmaydi). Keyin haligi odam o‘rnidan turib, Usmon Nosir aybini tan oldi, deydi. Bu muttahamni hoziroq sayuzdan o‘chirishimiz kerak. Qarang, Usmon Nosirga nima degandi-yu, endi nima deyapti. Usmon Nosir nomi badnom qilindi, hali 24 ga kirib ulgurmagan shoirni shunaqa qilib qanotini sindirishadi.
She’ring qo‘y, yur Qo‘qon ketaylik, Usmon,
Sen do‘stim deganlar hammasi dushman…
Usmonning qismatin bu O‘zbekiston
Bilgay kunlar hali kelmog‘i bordir. [5, 83-bet]
Usmon Nosir turli xildagi tuhmatlar natijasida qamoqqa olinadi. NKVD xodimi Mansurov uyini tintuv qiladi va Usmon Nosirni olib chiqib ketadi. Izidan: “Usmonjon bolam ayang o‘lsin!.. Bizni o‘zing kimlarga tashlab ketyabsan?!” deb faryod qilgan onasi tomon qayrilib: “O‘lsang, o‘laver!...” deb chiqib ketadi. Onaning faryodi bo‘g‘zida qoladi. [2, 8-bet]
Nima sababdan shunday degan deb o‘ylaysiz? Usmon Nosir shunday teran fikr egasi ekanligini mana shu bir dona so‘z orqali ham anglashimiz mumkin. Onasi uning ortidan azob chekmasligi, uni o‘ylab ezilmasligi sababli ham shunday degan. Onasi ortidan na chiqishini, na chiqmasligini bilmay qotib qoladi. Ming qiyinchilarda o‘stirgan farzandidan bu so‘zlarni eshitish naqadar og‘ir. Lekin Usmonning asl muddaosi onasining qalbini asrab qolish edi.
Usmon Nosirdan so‘ng oila qiyin ahvolda yashay boshladi. Otasiga, onasiga hatto singillariga ham ish bermay qo‘yishadi. Sabab esa Usmon Nosirni “xalq dushmani” deb aytishardi.
O‘lim yaxshi odam agar shunday xor bo‘lsa!
Bir parcha non nima o‘zi! Shunga zor bo‘lsa!
Nahot chaqmoq yondirmaydi butun ochunni?
Kul gardiday umr – tog‘day kulfat uchunmi? [6, 21-bet]
O‘shanday og‘ir vaziyatda Nosir otaga: “Usmon sizga o‘gay o‘g‘il, undan ariza orqali voz keching. Siz inqilob uchun ko‘p xizmat qilgan odamsiz. Hukumat sizni qo‘llab-quvvatlaydi, ish beradi”, deb maslahat berguvchilar ko‘p bo‘ldi. Lekin Nosir ota o‘g‘lini sotmadi, uning begunohligiga umrining oxirigacha ishondi. O‘g‘li bilan, uning halolligi bilan hamisha faxrlandi. Shu o‘rinda “Nosir” so‘ziga nazar tashlasak: “Nosir” so‘zi “yordamchi, ko‘makchi, suyanchiq” degan ma’noni anglatadi. Otasining ismi jismiga monand shaxs ekanligini ham ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni o‘g‘liga suyanchiq bo‘lib tura oldi.
Joningdan aylanay, yurtim,
Shoiring ko‘p ekan, ko‘rdim,
Kim bilsin, kim bilsin, agar,
Ulardan bir sado bo‘lsa –
Tirik yurgaymidi, hozir,
Usmon Nosir, Usmon Nosir!
(Muhammad Yusuf).
Xalqimizda “yo‘qolgan pichog‘imning sopi oltin”dan degan gap bor. O‘zbek xalqi Usmon Nosirday xanjarini juda erta yo‘qotdi va bu xanjar ayni vaziyatda o‘ta kuchli oltindan quyilgan edi.
Ming yilardan keyin ham
Unutmas meni bog‘im!
She’rlarim yangrab qolur –
Bir umrga o‘lmayman! [7, 6-bet]
O‘zbek adabiyotini kuyi avjida torlarini uzib qo‘yishdi, bir nechta tor uzilib qoldi. Mana shu torlarni qayta-qayta tortamiz va tarang qilib tortishga, Usmon Nosirga, Oybekga, Abdulla Qodiriyga munosib izdosh bo‘lishga harakat qilamiz. Biz Usmon Nosir hayoti va faoliyatini qadrlaymiz. U she’riyatning muqaddas dargohida mo‘jaz bir bog‘ yaratib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |