Mavzu: Shukur Xolmirzayev mohir hikoyanavis



Download 243,5 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi243,5 Kb.
#838859
Bog'liq
Mavzu Shukur Xolmirzayev mohir hikoyanavis (1)


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
GUMANITAR FANLAR FAKULTETI
O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI YO`NALISHI

KURS ISHI


Mavzu: Shukur Xolmirzayev – mohir hikoyanavis.


Bajardi: 20/5-guruh talabasi Zokirova Husnora


Ilmiy rahbari:


Chirchiq-2022


Reja:
Ishning umumiy tаvsifi
I bob. Shukur Xolmirzayev ijodining o’ziga xosligi
I.1. Shukur Xolmirzayev ijod yo‘li
I.2.Shukur Xolmirzayevning asarlari badiiyati
I.3.Adib hikoyalarida ananaviylik
2 bob Shukur Xolmirzayev asarlarida uygʻunlik.
2.1. Shukur Xolmirzayev asarlarida milliy ruhiyat masalasi.
2.2.Inson va tabiat adib hikoyalarining mevhari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. XX asr tarix mulkiga aylanib bо’ldi. Endi о’tmish о’z xulosalari bilan ertangi kunning qanday bо’lishiga xizmat qiladi.Adabiyotshunos, yozuvchi va shoir Ulug’bek Hamdam ta’biri bilan aytganda,‘Bugun va ertaning ildizlari hamisha aynan Kechaning bag’rida qoimdir’.Ertangi kunning qandayligi kechaga bog’liq ekan, tabiiyki, о’tmishga xolis kо’z bilan boqish, uning qanday kechganini, xususan, adabiyotdagi ifodasini izchillik bilan о’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda adabiyotimizda inson ruhiyatini tadqiq etish ham ustuvor masalalardan biridir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot bu yangicha fikrlash va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga о’ziga xos ta’sir kо’rsatadi”. Respublikamizning mustaqillikni qо’lga kiritishi, ijtimoiy-siyosiy sohada bо’lganidek, ma‘naviy-madaniy hayotimizda ham butunlay yangi sahifa ochdi. Biz о’z mulkimizga va о’z mehnatimiz natijasiga о’zimiz ega bо’ldik. Tariximizga tegishli fakt va hodisalarni, katta-kichik shaxsiyatlarni о’zgalarning kо’zi va aqli bilan baholash barham topa boshladi. Millat va Vatan manfaati hamma narsadan muqaddas tutildi. Shu asnoda “Turkiston (Qо’qon) muxtoriyati” nomi bilan tarixga kirgan, jadidlarimizning siyosiy mustaqillik uchun olib borgan kurashlarining ilk namunasi bо’lgan, lekin shо’rolar tomonidan xoinona qonga botirilgan hodisani, “Bosmachilik” nomi bilan badnom qilingan, aslida xalqimizning о’z erki, ma‘naviyati yо’lidagi kurashi – milliy ozodlik harakatla qayta baholash boshlandi’ – deb yozadi olim Begali Qosimov.


Darhaqiqat, istiqlolga erishuvimiz bilan olamga munosabat ham о’zgardi. Yangicha nigoh ijodkorlarning faoliyatida ham aks eta boshladi. Yozuvchi Shukur Xolmirzayevning “...elu vatanning mustaqilligu ozodlikka chiqishi ulug’ bir shodiyonalikdir. Sen esa – Turonzamin nomli bir madaniy mamlakatning madaniy fuqarosi sanaysan о’zingni. Endi sen aytgin-chi, bir adib sifatida, avvalo, nimalar qilding, nimalarga erishding-yetishding?” degan savolga javobida ta’kidlaganidek, “Ana shundan keyin dunyoga kо’zim qayta ochilgandek – insoniyatni yangitdan kо’rayotgandek bо’ldim: insoniyat bu e‘tiqodlarsiz yasholmas ekan, bu e‘tiqodlar – uning tadrijiy takomilining ma‘naviy hosilalari ekanki, bunga aqlim yetguniga qadar shakkoklar safida ekanman. Bu – mening ilkinchi dunyoviy yutug’im-topildig’im bо’ldi va tabiiyki, tirikligim ma‘nosi bо’lmish – Adabiyotga – yozuvchilik kasb-korimga ana о’sha darajamdan qaraydigan bо’ldim’. Tabiiyki, adib bu qarashlarini badiiy asarlarida aks ettirgan edi. Jumladan, uning istiqlol davrida yaratilgan hikoyalarida yangi qahramonlar paydo bо’ldi, shu bilan birga adib Insonni yangicha rakursda kо’rsatish natijasi о’laroq milliy va mahalliy ruhiyatni ifodalashda ham ohorli tasvirlardan foydalana boshladi. Shukur Xolmirzayev ijodidagi ayni shu xususiyatlarni tekshirish ushbu kursy ishning dolzarbligini belgilaydi.
Mavzuning о’rganilish darajasi. Milliy ruhiyat – muayyan millat vakillarining о’zaro bir-biri bilan munosabatida, fe’l-atvorida, turmush-tarzida va hokazo jihatlarda aks etadigan о’ziga xos sifatlar majmuidir. Badiiy asarda milliy ruhiyatning aks etishi muhim ahamiyat kasb etib, u asarda tasvirlanayotgan voqealar, qahramonlarning ishonarli chiqishida asosiy omil vazifasini о’taydi. Adabiyotshunoslik ilmining bu jihatni aniqlashi esa millatning о’zligini anglashi uchun ham zarurdir. Zotan, о’zlikni anglash haqiqatni tanishning asosiy sharti sanaladi. Adabiyotshunosligimizda qahramonlar ruhiyatini о’rganish asnosida milliy ruhiyat tadqiq etilgan bir qancha tadqiqotlar mavjud. Jumladan, adabiyotshunos M.Abdurahmonova ‘Ruhiy dunyo tasviri’ risolasida Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor kabi yozuvchilarimizning tahlilga tortilgan asarlaridagi qahramonlar ruhiyatini psixologik jihatdan asoslash tamoyillarini aniqlar ekan, ayni chog’da о’zbek kishisi ruhiyati aks etgan о’rinlarga ham alohida tо’xtalib о’tadi.
Olim H. Umurovning ‘Badiiy psixologizm va ho’zirgi о’zbek romanchiligi’ nomli monografiyasida ham о’zbekona ruhiyatga e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, filologiya fanlari nomzodi SH. Doniyorova ‘Shukur Xolmirzayev hikoyalarining badiiy-uslubiy о’ziga xosligi’i deb nomlangan dissertatsiyasida, jumladan, yozuvchining mahalliy koloritni kо’rsatish mahorati, milliy va umuminsoniy ruhiyatni tasvirlash tamoyillarini belgilashga harakat qiladi. Shuningdek, Shukur Xolmirzayev ijodida milliy va mahalliy ruhiyatning ifoda etilishi G. Tavaldiyeva,
M.Hamidova kabi adabiyotshunoslarning tadqiqotlarida, M. Qо’shjonov, U. Normatov, S. Mamajonov, Q. Yо’ldoshev, H. Boltaboyev, O. Otaxonov, R. Qо’chqorov singari tanqidchi olimlarning maqolalarida ham ta’kidlab о’tiladi. Shu bilan birga yozuvchi SH. Xolmirzayevning egamanlik davrida yaratilgan hikoyalarida о’zbek kishisining ruhiyati, о’y-kechinmalari, ta’sirlanish yо’sini qanday tasvirlanganligi, bunda qaysi badiiy tamoyillarga amal qilinganligi alohida muammo sifatida о’rganilmagan. Holbuki, ijtimoiy hayotda sodir bо’ladigan о’zgarishlar aksar hollarda kishilar ongida boshlanadi va о’sha о’zgarishlar nimalardan iborat ekanini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishning maqsadi yozuvchining istiqlol davrida yaratilgan hikoyalarida о’zbek kishisi ruhiyatini tasvirlash, ijtimoiy shart-sharoitlarning millat ruhiyatiga ta’sirini kо’rsatishda tayangan tamoyillarni belgilashdan iboratdir. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagicha vazifalar belgilab olindi:
– badiiy asarda psixologik asoslanganlikning о’rni, xususan, qahramonlar tasvirini yaratishda ularning faoliyati bilan ruhiyati uyg’unligini ta’minlashning ahamiyatiga diqqatni qaratish. Shukur Xolmirzayev ijodida ham insonga, avvalo, odam sifatida baho berish kо’zga tashlanadi, adibni muallifning suyab-qо’ltiqlashi bilan ‘yashaydigan’ qahramon emas, balki о’zi uchun о’zi javobgar bо’lgan obrazlar qiziqtiradi. Shu bois ham Jalil («Tabassum»), Quyun qо’rboshi («Tabassum»), Ergash («О’zbek xarakteri»), О’sar («Qadimda bо’lgan ekan...»), Xurrambek («Qora kamar») kabi qahramonlar ishonarligigi, jonliligi bilan kitobxon yodida saqlanib qoladi;
– yozuvchi hikoyalarida ijtimoiy о’zgarishlarga turlicha munosabatda bо’ladigan kishilar ruhiyati ifodasini aniqlash. Ma’lumki, bir xilda fikrlaydigan ikki kishi bо’lmaydi. Xuddi shunday, hayotda sodir bо’lgan voqea-hodisalarga ham hammaning qarashi har xildir. Adib ‘Quyosh-ku falakda kezib yuribdi...’, «Ozodlik», «Qadimda bо’lgan ekan...» ‘Bulut tо’sgan oy’ singari hikoyalarida ijtimoiy hayotdagi о’zgarishlar bilan yashashga bо’lgan munosabati ham о’zgargan odamlar ruhiyatini mahorat bilan kо’rsatib beradi;
– adib hikoyalarida о’zbeklar turmushidagi о’ziga xosliklarning namoyon bо’lishini aniqlash, maishiy hayotdagi tartib-taomillarning millat vakillari ruhiyatida qoldirgan izlari qanday tasvirlanganini о’rganish.
Yozuvchining «О’zbek xarakteri», «Ozodlik» kabi qator hikoyalarida nochor ahvolda yashasa ham, bag’rikeng, daryodil, sabr-toqatli kishilar tabiati gо’zal yо’sinda tasvirlanadi.
Kurs ishning manbalari. Kurs ishiga yozuvchi SH. Xolmirzayevning hikoyalarini va esselarini jamlagan tо’rt jildli “Saylanma”si asosiy manba qilib olindi. Qiyoslash uchun “Qora kamar” dramasi, “Qil kо’prik” romani ham tahlilga tortildi, shu bilan birga adibning vaqtli matbuotda, jumladan,“Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallari, “О’zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Yozuvchi” gazetalarida chop etilgan adabiyijtimoiy mazmundagi maqolalariga murojaat qilindi.
Kurs ishning ilmiy yangiligi. Adib Shukur Xolmirzayev ijodi adabiyotshunoslikda kо’p jihatdan о’rganilgan. Adibning badiiy idrok prinsiplari, tasvirlash tamoyillari haqida maxsus monografiyalar ham yo’zilgan.
Shunday bо’lsada, yozuvchi hikoyalarida о’zbekka xos belgilar qanday aks ettirilgani, bunda qanday badiiy-estetik tamoyillarga tayanilgani alohida tadqiq etilgani yо’q. Inson jamiyat ichra tirikdir. Uning faoliyatida, yashash tarzida, fikru dunyoqarashining shakllanishida muhitning, ijtimoiy tartibotlarning ahamiyati katta. Bu holat badiiy asarlarda ba’zida yaqqol aks etsa, boshqa hollarda yashirin kechadi, ammo bu odam ruhiyatiga, yashash tarziga ijtimoiy hayotning ta’siri yо’qligini anglatmaydi. Hikoyanavis Shukur Xolmirzayevning istiqlol davrida yaratilgan hikoyalarida millat kishilarining ruhiyati о’zgargan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy tartibotlar bilan uyg’un ravishda badiiy talqin etilganligini о’zi ham kurs ishning yangiligini belgilaydi.

I bob. Shukur Xolmirzayev ijodining o’ziga xosligi.


I.1. Shukur Xolmirzayevning ijodiy biografiyasi.
XX asrning 60-yillaridan o’zbek adabiyoti ravnaqiga katta hissa qoshgan va XXI asrda ham barakali ijod etib kelayotgan yozuvchilar avlodi ichida Shukur Xolmirzayev alohida ajralib turadi.Shukur Xolmirzayev 1940-yilning 24-martida Surxondaryoning Boysunida tugilgan. Ijodi maktabda oqib yurgan paytlarida boshlangan. Ilk hikoyalari tuman gazetasida bosilgan. Adib Toshkent davlat universitetini bitirgach ‘Yosh gvardiya’ nashriyotida muharrir, ‘Guliston’, ‘Sharq yulduzi’ jurnallarida bolim mudiri, malum muddat Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh bolib faoliyat korsatgan. Song butun umrini badiiy ijodga bagishlagan adibning asosiy tarjimayi holi: orzulari, dardlari, armonlari; amalga oshirgan, amalga oshirolmagan ishlari; nafratlari-yu sevinch iztiroblari, o’zidan, dostlaridan, idealidan otgan sifatlar uning asarlari bagrida yotadi. Xususan, talaba-adib buyuk aktyor Shukur Burhonov rahbarligida tashkil etilgan togarakda Shekspirning mashhur asaridagi Gamlet rolini oynagani hayotida va ijodida muhim ozgarish yasagan (Ofeliya rolini boshqa fakultetda tahsil olayotgan Saida ismli qiz ijro etgan. Havasmand aktyorlar keyin oila qurishgan). Shukur Burhonov bilan uzoq vaqt mobaynida ustoz-shogird munosabatlari yozuvchining u haqida kattagina hujjatli esse yo’zishiga sabab bolgan.
Atoqli adabiyotshunos Matyoqub Qoshjonov rahbarlik qilgan adabiyot togaragidagi mashgulotlar taassuroti ular ortasida dostona munosabat uygonishiga va ‘U ustoz-men shogird’ nomli hujjatli qissa yo’zilishiga olib keldi. Mashhur musavvir, bir muhitda tugilib, tarbiya topgan Ro’zi Choriyev bilan qadrdonchilik rishtalari u haqida ajoyib bir adabiy portret yo’zilishiga turtki bergan. Tarjimayi holidagi bu chizgilar izsiz ketmagan. Uning uslubida namoyon boluvchi ogir vazminlik va falsafiy mushohada keskir haqgoylik va hatto ayrim ‘shartakilik’da Sh.Burhonov tasiri-yu, gamletona tabiat, prinsipiallik, hayotga,odamlarga otkir tanqidiy ruh bilan qarash hamda ularga xolis, samimiy munosabatda bolishning uygunlashib ketishida ustoz tanqidchidan organishni;
tabiatni musavvirona chizish, sozda ham rang, boyoqdagi kabi iliqlikni bera olish, rang-tasvirdagi kichik bir chogdek detaldan butun asar qiyofasini yoritib yuborish mahoratlarida rassom dostining jiddiy tasirini sezmaslik mumkin emas. Yildan yilga, asardan asarga yozuvchi mahorati sayqal topib borgan. “Hayot abadiy”, ‘Bodom qishda gulladi” singari toplamlarga kirgan asarlar, so’nggi yillardagi “Ko’k dengiz”, “Xumor”, “Qadimda bo’lgan ekan” kabi hikoyalar o’zbek adabiyotida o’ziga xos mahoratli yozuvchini paydo qilgan.
Shukur Xolmirzayev o’zining “Bukri tol”, “‘On sakkizga to’lmagan kim bor”, “Bulut to’sgan oy” qissalarini, asosan, yoshlarga bag’ishlagan, ular sajiyasining toblanish jarayonlarini badiiy gavdalantirgan. Zamonani, otmishni chuqur va atroflicha organish, xalq dardi va orzularini aks ettirishdagi ehtiyoj hamda hikoya va qissa janrlarida orttirilgan tajriba, jahon va o’zbek yozuvchilari mahoratini sinchiklab organish yozuvchini turli yo’nalishdagi romanlar yo’zishga olib kelgan.”So’nggi bekat” (1976), “Qil ko’prik” (1978-1982), “Yo’lovchi” (1987), “Olabo’ji” (1991), “Dinozavr” (1996) singari asarlar Shukur Xolmirzayevni jiddiy izlanuvchan romannavis sifatida tanitgan.Romanlarda ham adib oz ijodiy yonalishi va uslubiga sodiq qolgan.Xalqimiz hayotining burilish pallalarini, yurtdoshimiz taqdiridagi muhim jarayonlarni, o’zbekni o’zbek qilgan fazilatlarni, bir soz bilan aytganda, millat ruhini aks ettirish bu romanlarning ham yetakchi xususiyatidir. Adib el-yurt oldidagi xizmatlari uchun munosib taqdirlangan. U “ ‘O’zbekiston xalq yozuvchisi’ unvoni” va “O’zbekiston davlat mukofoti” sovrindoridir

2. Shukur Xolmirzayev asarlari badiiyati.


“Yozuvchi millat ruhidan kelib chiqmasa, bolmas ekan” , – degan o’z iqrornomasi uning butun ijodini, asarlarini, shaxs sifatidagi tabiatini tutashtirib turadi. Shukur Xolmirzayev asarlari hayotda, inson qalbida yechilmay yotgan muamolarning badiiy tahliliga qaratilgan. Yozuvchi qahramonlari asar g’oyasini, badiiy topilmalarni kitobxon og’ziga chaynab solmaydi. Noshud, hayotda to’g’ri yo’l topolmagan, beo’xshov yoki razil qahramonlarini asar nihoyasiga borib tugatmaydi, yaxshilamaydi. Ularni o'zining badiiy niyati amalga oshirilgan darajada hayotdagiday qoldirib, kitobxon hukmiga havola etadi. Bu uslub asar va qahramon haqida mushohada yuritish uchun o’quvchiga keng imkoniyat qoldiradi. Adib asarlari qahramonlari aksari uning o’zi tug’ilib osgan tuproq – Surxon diyorining mehnatkashlaridir. Asar voqealari sodir bo’ladigan manzil ham ko’pincha shu voha bo’ladi. Shu voha qahramonlari timsoli misolida adib o’zbek xalqining, o’zbek tuprogining o’ziga xosliklarini tajassum etadi. Yozuvchi asar qahramonlarini oqlamaydi ham, qoralamaydi ham. Asosiy e’tiborni ularning qalbi, ma’naviyati, do’stlarga, yangi hayotga, o’zgarishlarga munosabatini ko’rsatishga qaratadi va hukm chiqarishni o’ziga qoldiradi.


Adib asarlarining g’oyalari bir-birini to’ldirib boradi, tasvirlangan qahramonlar harakatidan, tabiatidan chiqarilgan xulosalar bir-birini yanada boyitadi, milliy ozligimizning turli qirralarini alohida xarakterlar orqali tasvirlab, xalq qiyofasidagi yaxlit qiyofaning turli jihatlarini ochib beradi. Yozuvchi asarlari tasvirida tirikchilik qiyinchiliklari bilangina o’ralashib qolmaydi, ma’naviyat masalalariga ham alohida e’tiborni qaratadi. Zamon talotumlari ma’naviyatimiz mustahkamligi va mustaqilligida jiddiy salbiy iz qoldirayotganiga ishora qiladi. Bunga, bir jihatdan, avvalambor, jamiyat norasoliklari sabab, qolaversa, ikkinchi jihatdan, bu hol ko’proq irodasi sust kishilarda namoyon bo`lmoqda. Irodasi mustahkam kishilarning esa irodasin sinovdan, chig’iriqdan o’tkazib, ma’naviyatini yanada mustahkamlamoqda, zamon yangiliklari tasirida yanada boyitmoqda. Mustaqillik davri kishisi qalbida, dunyoqarashida ro’y berayotgan o’zgarishlarni, bazan iqtisodiy sharoitlarning shaxslararo va jamiyat bilan munosabatlarga korsatayotgan tasirini, bir soz bilan aytganda, yangilanayotgan tabiatli zamondosh, yurtdosh sajiyasini, siymosini korsatish bu yo’ldagi qiyinchiliklarni, ziddiyatlarni, yo’qotish va topishlarni aks ettirish adabiyotimiz oldidagi muhim vazifalardan sanaladi. Shukur Xolmirzayevning ba’zi romanlari mana shu muammoga bag’ishlangan. Shukur Xolmirzayevning “Qil ko’prik”, “So’nggi bekat”, ‘‘Yo’lovchi’’, ‘‘Olabo’ji’’, ‘’Dinozavr’’ romanlari turli mavzu va muammolarga bag’ishlangan. ‘So’nggi bekat’ adibning roman janridagi dastlabki tajribasi bo’lishiga qaramay, sho’ro davrining so’nggi bosqichidagi kamchiliklarni zamondoshlar qiyofasidagi Zorasoliklarni keskin fosh etishi bilan ajralib turadi. ‘Bekat’ xojaligida yashab, mehnat qilayotgan turli toifadagi kishilar xarakteri, harakati misolida adib, umuman, jamiyatni qattiq qoraladi. Bu, mohiyat e’tibori bilan, mazkur davr jamiyatning umuman so’nggi bekati bolsa nima qilarkin, degan badiiy fikrga go’yo ishoradek bolgan. Taxminan, o’n besh yil o’tgach bu badiiy ‘karomat’ o’zining tasdig’ini topgan. 1987-yil adib ‘Yolovchi’ romanini yaratgan. Ayniqsa, shakli, kompo’zitsiyasi jihatdan yangicha izlanishlari mol bolgan bu asar ko’proq monolog va dialoglar asosiga qurilgan. Yozuvchi qahramonlari xarakterini, asosan, shu yo’sinda ochishga harakat qiladi. Oliy ma’lumotli bolish yaxshi. Lekin shunchaki, bilimsiz, jamiyatga nafi tegmaydigan, o’zini o’ylashdan nariga otmaydigan xudbin oliy ma’lumotlining nima keragi bor? Undan ko’ra noilojlik tufayli nainki oliy malumot, balki, hatto, to’liq o’rta ma’lumot ham ololmay qolgan, biroq mehnatsevar, halol, el va yurtga qayishuvchi, do`stga sadoqatli kishi ko‘p bor afzal emasmi?
Yozuvchi xuddi shu fazilatlarni romanning bosh qahramoni Bekdavlat qiyofasida aks ettirgan ‘’Olabo‘ji’’romanida yozuvchi mustaqillik arafalaridagi sho‘ro jamiyatini tanazzulga yetaklagan jarayonlarning ma’naviy va axloqiy asoslarini ko‘rsatgan. Asarda Ulton va Bahor singari yoshlar taqdirini chilparchin qilishda, jamiyatni rasvo yo‘lga yetaklashda To‘qliboy Qo‘chqorov singari kimsan, firqaning manaman degan rahbarlari bosh-qosh bo‘lgani ochib tashlangan. ‘Qil ko‘prik ‘ romanini yo’zish uchun adib salkam besh yil sarflagan. Asarda ‘qizil’larning istiqlolchilarga (davr tili bilan aytganda ‘bosmachi’larga) qarshi olib borgan kurashi va ularni mahv etish jarayonlari tasvirlangan. Kitob ham sho‘rolar hukm surgan davrda yo’zilgani bois, firqaviy mafkuraga mos kelmaydigan biror gapni aytish, g‘oyani ilgari surish amri mahol bo‘lgan. Shu ma’noda, romanda sho‘ro maqsadlarini ko‘rsatuvchi manzaralar, sahifalar oz emas va bu tabiiydir. Lekin yozuvchining asl maqsadi bu emas. Uning qalbida, vujudida milliy istiqlolchilarga, vatanparvarlarga mehri, xayrxohligi tug‘yon urgan.
O‘ziga xos usulda, sirli shakllarda bu niyatni ‘’Qil ko‘prik’’da amalga oshirish uning bosh muddaosi bo‘lgan.Adib rang-barang janrlarda ijod etadi. «Qora kamar» uning ana shu rangbaranglikni tasdiq etuvchi asari bolib, XX asrning oxirlaridagi o’zbek adabiyotining, dramaturgiyasining sara namunalaridan biri hisoblanadi. Adib ijodida bayon emas, korsatish, etirof emas, tasvirlash sanatining chiniqqanligi shu tariqa dramaturgiyada o’zining ajoyib samaralarini bergan. Asar yo’zilgan vaqtda, orzu qilingan istiqlolning qaldirgochlarini korsatishda muallif badiiy tahlil va tasvirning retrospektiv tamoyiliga murojaat etgan. Bu kunning yog`dularini tarixga murojaat orqali ochib bergan.
Sh.Xolmirzaev asarlarida xususan mustaqillik davrida yaratgan asarlarida halqimiz tarixi va taqdiri masalalarini aniq va yorqin aks ettirib berdi. Bu masalalar adibning mustaqillikdan oldingi asarlarida ham o`z aksini topgan edi, lekin u davrdagi tasvir, ifoda yo`lini tabiyki, ma`lum qoliplar ostida edi. Mazkur muammolar xususida Prezidentimiz ham o`z asarlarida shunday yozadi: «...noinsoniy g`oya xukmron bo`lgan mustabid tuzum o`zining boy mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun moarif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg`ularini qo`pol ravishda kamsitar, tarixiy haqiqatni buzib ko`rsatar edi. O`z ona tilini, milliy an`ana va madaniyatini, o`z tarixini bilmaslikka ko`plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi»1.
Sh.Xolmirzaev o`zining asarlarida ana shu masalalarini moxirona aks ettirib bergan haqiqiy Vatan fidoyisidir. Chunki uning asarlaridagi qahramonlar o`zligini yo`qotgan rahbar xodimlari yoki yo`ldan adashgan yoshlar, oddiy qishloq kishilari sodda va qalbi pok, o`zbek xalqi misolida aks ettirilib, asar g`oyasiga ko`ra yozuvchi bu qahramonlar taqdiri orqali o`zining mavjud davr va hayot haqiqatlariga munosabat bildirdi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki Sh.Xolmirzaev adabiyotga, xususan, o`zbek nasriga juda katta yangi-yangi tamoyillarni olib kirdi.
Sh.Xolmirzaev asarlari xususan, hikoyalarining badiiy-uslubiy o`ziga xosligini aks etgan Sh.Daniyorova shunday yozadi: «tabiat muhofazasi mavzusida yaratilgan badiiy asarlardagi qahramonlar qaysi millatga mansub bo`lmasin, ularning ichki kechinmalari va orzu-intilishlarida umuminsoniy tuyg`ular o`z ifodasini topishi zarur». Sh.Xolmirzaev qahramonlari o`z hayotlarini tabiat bilan uyg`unlikda bilib, tabiatni asrab avaylash uchun jon dili bilan kurashadi. Bularning bari adibning hayotiy va ijodiy salohiyatining yuksak ekanligining o`ziga xos belgisidir.

1.3.Shukur Xolmirzayev hikoyalarida an’anaviylik.




Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor ijodida namoyon bo‘lgan XX asr o‘zbek hikoyachiligi an’analarini Shukur Xolmirzayev shu asrning so‘nggi choragida yanada boyitdi. O‘zbek hikoyachiligini yangi bosqichga ko‘targan uning qator asarlari bu janrning keng miqyosdagi manaman degan namunalari bilan haqli ravishda bo‘ylasha oladi. Adib hikoyalarida siyqasi chiqqan xarakterlar, quruq nasihatgo‘ylik, shablon iboralarni deyarli uchratmaymiz. U doim yangi obrazlar yaratishga intiladi. Asarning kompo’zitsion qurilishida bir-birini takrorlamaydigan yangiliklar topishga urinadi. Bu borada tajribalar o‘tkazishdan cho‘chimaydi va ko‘pincha, muvaffaqiyatlarga erishadi. O‘zbek kishisi orzu-armonlarining, aksar hollarda, yashirin iztiroblarining yoritilmagan qirralarini, ruhiyatidagi evrilishlarini qalamga oladi.Bu qahramonlar o‘zga yozuvchilarning qahramonlariga o‘xshamagan: goh do‘lvor, goh to‘pori, goh dag‘al va chapani, goh kichkinagina bir muhit vakili. Lekin barchasining ichki dunyosi o‘ziga xos, ruhan teran, insonparvar, e’tiqoddan qaytmaydigan, shularga munosib ravishda mulohaza yuritadigan jonli va hayotiy kishilardir. Bu qahramonlar o‘zligini, millatini, yurt tuprog‘i-yu udumini, dini va diyonatini har narsadan ustun qo‘yadilar. Adolat uchun, haqiqat uchun kurashadilar. Lekin biror qahramon bu maqsadda hech qachon balandparvozlik qilmaydi, ayyuhannos solmaydi. Ular tashqaridan emas, ko‘pincha, ichdan jo’zibali, istarali, mehrtortar bo‘ladi. Shukur Xolmirzayevning ‘‘Bodom qishda gulladi’’, «Tabassum», ‘‘O’zbeklar’’, ‘‘Qadimda bo’lgan ekan’’, ‘’Quyoshku falakda kezib yuribdi’’, ‘’Ko’k dengiz’’, ‘’Navroz, navroz’’, ‘’Xumor’’ singari hikoyalari so’nggi bosqich o`zbek adabiyotining bu janrdagi ibratli namunalaridir.»Tabassum» (1984)ga nazar tashlaylik. Jalil ota sho‘ro tuzumi uchun astoydil xizmat qilgan, urush qatnashchisi. Keksayganda dardga chalinib, yotib qolar ekan hayoti birma-bir ko‘z oldidan o‘tadi. Yigitligida, qizillarning faol jangchisi ekanida Quyun qo‘rboshini bandi etdi. Uning bu yo‘lga din uchun, xalq uchun kirganman, degan so‘zlari hamon qulog‘i ostida. Shunga qaramay, essiz, unga o‘limni ravo ko‘rganlar qatorida turdi-ya. Hayot bilan vidolashuv onlari yaqinlashganda Jalil otaning nabirasiga bir vaqtlar qizillarga fidoyi qizmat qilgan, qo‘rboshi boshiga yetganlarning faoli, qo‘sh-qo‘sh nishonlar olgan Mo‘min cholning nabirasidan sovchi keladi. Jalil ota bu nishonlar egasining qanday fel-atvori-yu sadoqati evaziga kelganini yaxshi bilardi. Shu bois, qalbida chuqur iztirob: u xonadonga nabirasini bergisi yo’q. Lekin iloji qancha. Hatto olimim bu toyni qoldirishi mumkin edi, degan xayollarga boradi. Qazosi yetganda esa uning yuzida qotib qolgan tabassumni ko’ramiz. Bu nima? Jalil otaning o’z hayotidagi ayrim holatlar, xususan, qo’rboshiga o’xshaganlarning umriga zomin bo`lgani uchun afsusimi? Mo‘min cholga o‘xshaganlarning ko‘ksini soxta aldoq nishonlar bilan to‘ldirgan jamiyat ustidan kulib ketdimikin, balki? Ehtimol, o‘zi istamagan ‘o‘sha’ noma’lum to‘yni loaqal o‘limi bilan qoldirib ketayotganidan shukronalik belgisidir. Xulosa chiqarishni yozuvchi kitobxonning o‘ziga qoldiradi. Nima bo‘lganda ham, Jalil otaning umr shomida din uchun, xalq uchun jonini bergan Quyun qo‘rboshiga xayrixohligi o‘z ifodasini topgan Shukur Xolmirzayevning qarashlari, nuqtayi nazari zamirida uning millatparvar sifatidagi o‘ziga xos qiyofasi yotadi deyish mumkin.
Sho‘ro jamiyati hali mustahkam turgan bir davrda bunday fikrni, g‘oyani badiiy talqin etish oson emas edi. Shukur Xolmirzayev buning uddasidan chiqdi. Bu, aslida, ko‘p o‘tmay, «Qora kamar» drammasidagi Xurrambekda ochiq namoyon bo‘lajak qarashlarning bir qirrasi edi. ‘Bodom qishda gulladi’ hikoyasida yoshlar taqdiri, yoshlar hayoti qalamga olingan. Bolalik, kasallik bois birmuncha savdoyiroq bo‘lib qolgan Nosirjon balog‘atga yetgan bir chog‘da xastaxonada o‘zi sezmagan holda Hubbijamolga ko‘ngil qo‘yadi. Faollashaver, seni qiz sevib qoldi deb, aslida esa mazax qilib, ustidan kulmoqchi bo‘lgan atrofdagilar yigit tuyg‘ularini yanada alangalanishiga sabab bo‘ladilar. Qiz esa odob yuzasidangina yaxshi muomalada. Nosirjon Hubbijamolning o‘z sevgani borligini bilib qoladi-yu, qalbida ochilib kelayotgan gulchechaklar nobud bo‘ladi. Qarashlardagi, ruhiyatdagi yangilanish, o‘zgarishlarni sovuq urgandek. Ammo, baribir, bu muhabbat baxtsiz bo‘lsa-da, adashgan esada, bokira va musaffo tuyg‘ular Nosirjonning qalb ko‘zlarini ochgan edi. U odamlarni, hayotni avvalgidan tiniqroq idrok eta boshlaydi. Yillar davomida unga na devor-darmiyon qo‘shni bo‘lib kelganlar, na kasalxon-yu dori-darmonlar malham bo‘lmagan xasta ko‘nglini ishqning bodom guli yanglig‘ bokira va nastarin gullarini sog‘aytirgandek bo‘ladi. Biroq, afsuski, bu qishda ochilgan bodom gullari edi. Asar o‘smir qalblarni, ilk muhabbat yoshidagilarni hayotga teranroq boqishga, musaffo tuyg‘ularni ehtiyot qilishga chaqiradi. Ularni hech qachon ermakka yoymaslik, bu hissiyot ko‘z ochgan damlardagi hayotning har bir lahzasi qadrini bilishga undaydi. ‘’Xumor’’ hikoyasini adib jiddiy muammolar talqiniga bag‘ishlagan. U so‘nggi bosqich o‘zbek hikoyachiligida kinoya, alamzada quvnoqlik usuli qo‘llangan holda yaratilgan asarlardan biridir. Hikoya ‘’Ko‘k dengiz’’ singari nainki o‘zbek, balki ulkan miqyoslardagi XX asrning bu janrning namunalari qatoridan o‘rin olishga haqlidir. Asarda bir millat, bir mamlakatning ma’lum bir bosqichidagi fojiasi kichik bir qahramon timsolida oz xarakterini o‘zi ochish yo‘sinida yoritiladi. Qahramonning yuzi zahil, rangi panoh. Lekin qiyofamni korib, hayron bolmang, qo’rqmang, kasalim yuqumli emas deydi u, kitobxon bilan yuzma-yuz muloqotga kirishib. Aybi bor odamdek, kechirim sorayotgandek, u fikrida davom etadi: paxtaga sepilgan dorilar tasir qilgan, xolos. Hikoya davomida biz qahramonning farzandi yoqligini, dalani kormasa xumori tutishini, o’rmalab bo’lsa ham dalaga chiqib turishini bilib olamiz. U xastahol bo’lsa ham, fikrini quvnoq ohangda bayon qiladiki, sanatkor yozuvchi tomonidan tanlangan mazkur kinoya usuli asar va qahramonning kitobxonga tasirini yanada kuchaytiradi. Qahramon kitobxonning “Dalaga o’rmalab bo‘lsa ham chiqishingdan maqsad nima?’’ degan savolini qabul qilgandek bo`ladi-da, o‘zining (ayni vaqtda millatning) shu vaziyatdagi holatini ochishga yonaltirilgan ushbu javobini beradi: ‘‘Maqsad – ham xumorni qondirish, ham hissa qo‘shish, Labbay?...Siz bir narsani tushunmayapsiz: u dori mening tarjimayi holimga singib ketgan, axir! Tushunyapsizmi? Mening butun quvonchlarim, zavqlarim, hayotimning manosi, vatan oldidagi burch, ilk muhabbatim ham o‘sha bilan bog‘liq’.Asar uning qahramoni, paxta yakkahokimligi va u tufayli o‘zbek xalqi boshiga tushgan zugum, genotsid, jabr, noilojlik qismati haqida nihoyatda muxtasar, lekin badiiy otkir va tasirchanligi bilan qimmatlidir.
Yozuvchining ‘’Quyosh-ku falakda kezib yuribdi’’ hikoyasida yangi istiqlol zamoni ta’sirida ro‘y berayotgan inson qalbidagi ozgarishlar bilan, asrlar davomida shakllanib kelgan milliy sajiyaning uchrashgan nuqtasida namoyon bo’layotgan fazilatlar aks ettiriladi. Mustaqillik o’zbek xalqining mislsiz orzularini ro’yobga chiqardi. Biroq u birdan va birvarakayiga hamma muammolarni hal qilib berolmaydi, albatta. U bilan ayrim yangi muammolar ham kelib chiqdi. Xususan, ziyolilar hayotida yangi-yangi muammolar ko‘ndalang bo‘ldi. Hikoyada shoir Qudrat, uning oilasi timsolida shu masalalar yoritiladi. Bu hikoya ma’lum ma’noda, bo‘lg‘usi ‘Dinozavr’ romanida tasvirlanajak ayrim qahramonlarning eskizi ham bolgan. Shoir oilasi bilan qishloqqa ketadi, lekin malum bo‘ladiki, turmush bu yerda ham oson emas. Biroq yozuvchining maqsadi faqat shu masalaga e’tiborni tortishdangina iborat emas. Asar davomidan bilib olamizki, yozuvchi nazarida, ahamiyatli moddiy ehtiyojdan kam bolmagan, balki undan ham mo’tabarroq bir masala bor. Bu xalq – millat tabiatining tirgagi bo’lgan ma’naviy poklik, vijdonlilik o’zining va o’zganing qadrini baland tuta olish, bu masalada milliy ananalarga sodiq qola bilish – bir so’z bilan aytganda – ma’naviyat masalasidir. Ana shu narsani yo‘qotmaslik kerak, shunga ehtiyot bo’lmoq zarur. Qudrat inson hissiyotlari bazan sust kelishi mumkin bo’lgan holatga tushushiga qaramay, bu holat uni ozgartira olmaydi. U manaviy poklikka sodiq qoladi. Matnda aytilmagan, lekin o’zimiz uqib olishimiz lo’zim bolgan mano asarni bezab turadi: to‘g‘ri, bozor iqtisodi sharoitlari tufayli ko‘p moddiy qiyinchiliklar tug`ildi, u odamlarni ne koylarga solmadi, lekin shunga qaramay, bu qiyinchiliklar Qudratning manaviy irodasini buka olmadi, u millatimiz tabiatida asrlar o’sha sinovdan otib kelgan manaviy poklikni saqlab qola bildi. Yozuvchi bu g’oyani qishloqda tasodifan uchrab qolgan Zumradga Qudratning munosabatlarini ko’rsatish orqali ochib beradi. Hikoya nomiga mashhur she’rdagi misradan olingan falsafiy fikr asarning mano-mohiyati va g’oyasini joziba bilan ifodalaydi
.Shukur Xolmirzayevning so’nggi yillarda yaratilgan chiroyli asarlaridan biri ‘’Navroz, navroz’’ hikoyasidir. Ma’lumki, sho‘rolar xalqimizni qadimdan davom etib kelayotgan bu gozal milliy bayramni nishonlashdan mahrum qilgan edi. Ming shukurkim, mustaqillik Navro‘zni xalqning eng ulug shodiyonalaridan biri sifatida qaytadan tikladi. Lekin yozuvchining maqsadi bu bayramni ulug‘lash, unga madhiyalar o’qish emas. Adib deyarli barcha hikoyalarida bolganidek, bu asarda ham tabiat bahonasida inson qalbini badiiy tahlil qiladi. Tabiat tasirida inson ruhiyatida kechajak evrilishlarni yoritadi. Sulton, Obid Odiljonvich, Joniqul Jondorov singari taniqli olimlar hikoya qahramonlari. Navro‘z nainki tabiatni, balki inson qalbini ham yangilaydi, oliyjanobroq qiladi, degan aqidaga kora, bu ulug shodiyona kunda dostlar kopdan buyon arazlashib yurgan ikki olimni murosaga keltirish taraddudini koradilar. Sulton zamonni, o‘zgarishlarni, qiyinchiliklarni, inson ruhiyatidagi turli holatlarni yaxshi tushunadi, ularga to’g’ri baho bera oladi. Joniqul Jondorovni esa, na tabiat va na jamiyatda kechayotgan bayram ruhi ozgartira oladi, na do‘stlarning unga munosabati. U avval qanday bo’lsa, ho’zir ham shunday: o’ziga ortiqcha bino qo’ygan, kekkaygan, do’st uzrini qabul qilishdan ojiz. Navro‘zga mengzalgan mustaqillik ham uning dunyoqarashiga yetarli tasir ko‘rsatolmaydi. Uning fikricha, o’ziga to‘q, badavlat odamdan yaxshilik kutish qiyin, yaxshilik faqat faqir-u haqir kishining qo‘lidan kelishi mumkin. Ma’lumki, sho‘rolar kambag‘alni ham boy qilish orniga, boylarni ham qashshoq qilib, kulini ko`kka sovurgan edi. Yuqoridagi qahramon qarashlaridan uning ongida o‘rnashib qolgan ana shu siyosatning hidi kelmaydimi? ‘Chinakam o’zbekona fe’l-atvorni – yutugi ham, nuqsoni ham o’zimizga tegishli bolgan hayot tarzimizni asarlarida mahorat bilan tasvirlagan adib Shukur Xolmirzayev umr boyi ijod dardi bilan yashadi’, – deydi Otabek Safarov o’zining o’zbek tili va adabiyoti gazetasidagi maqolasida. Binobarin, adibning adabiyot va unga munosabat bobidagi, ijodkor shaxsiyati, mas’ulyati kabi masalalardagi qarashlaridan badiiy ijod sirini bilishda ochqich sifatida foydalanish mumkin. ‘Badiiy asar tili Shukur Xolmirzayev uchun g’oyatda muhim ‘pirinsipial masala’edi. Oz asarlarida til me’yorlariga qat’iy rioya etgan yozuvchi boshqalarning ham tilga e’tibor berishini istar, uning buzilishiga olib borishi mumkin bo’lgan barcha ‘o’ziga xosliklar’ni inkor etardi. Jumladan, ko’proq xayolga, xayolning ham pinhoniy oyinlariga qurilgan va daf’atan kishiga beo’xshov bo’lib tuyulsa-da, pirovardida kitobxonni ishontiradigan usulda ijod qilayotgan yozuvchilar Sh.Hamro, S.Vafo, N.Eshonqul, Q.Norqobil va boshqalarning asarlari haqidagi mulohazalarida Shukur Xolmirzayev shunday ta’kidlaydi: ‘Ruh yolidagi adiblarimizda til chatoq. Togri, ulardagi mazmunning o’zi murakkab va alohida tasvir vositalarini yangicha jumla qurilishlarini,mavhumiyatni bordek ko’rsatmoq uchun shunga muvofiq til lozim.
Ammo baribir… ular til yorigida oqsashlari ustiga jiddiy ishlamayotirlar ham.Ishonmasangiz ixtiyor o’zingizda, u moderniy mulliflar ko’pincha tinish belgilarini ham ornida ishlatmaydilar….’ Holbuki, ‘Biz bitta adabiy tilni qabul qilganmiz.Haqiqiy adabiy tilimiz Cho‘lponning tili. Men yozganimda hamma vaqt avtor tilidan, adabiy tilda yozishga harakat qilaman. Ammo qahramonlarim o’z-o’zicha.Shuning uchun adabiy tilga har narsani tiqishtirib, talaffuzini buzib yurishni yoqtirmayman’, – deydi yozuvchi. Uning nazarida badiiy asarlariga shevaga oid so’zlarni orinsiz qoshaverish adabiy til sofligiga putur yetkazadi, uning nufuzini pasaytiradi. Ammo bu tilning sofligini saqlash haqidagi qoidalarni mutlaqo dog’maga aylantirish degani emas, zotan, til tinimsiz harakatdagi jarayondir. Shu ma’noda har bir tilning lugat qatlami muttasil boyib boradi. Muhimi, bu
boyishning orinli sozlar hisobiga amalga oshishida. Ya’ni, badiiy asarda uni ikkilanmasdan olib kiraverish kerak’. Ma’lumki, bir qator qissa, roman, drama va ondan ortiq esse yozganiga qaramay, Shukur Xolmirzayev, asosan, hikoyanavis sifatida tanildi, e’tibor qozondi. O’zining iqror bolishicha, adib dunyo hikoyachiligini chuqur organgan.
U jahon hikoyanavislari orasida tortta yozuvchini ‘klassik’ deb e’tirof etadi: ‘rus adabiyotida Chexov, ingliz adabiyotida Jek London, hind adabiyotida Tagor va o’zimizning adabiyotda Abdulla Qahhor’. Bu adiblar ijodidagi o’ziga xos jihatlar Shukur Xolmirzayevni rom etgan edi. Jumladan, Anton Chexov hikoyalaridagi ‘fe’l-u atvorli tirik odam qanday aks etishi’, ‘obrazning takomili’, ‘Jek London asarlaridagi muallifning lo’zim topgan orinlarda o`z qahramoniga munosabatini ochiq-oydin ifodalashi, Tagor hikoyalaridagi ‘umuminsonlar uchun ham kerakli bir ma’no’ yozuvchini mutaassir etgan. Shukur Xolmirzaev ijodi hozirgi zamon o`zbek adabiyotining yorqin va mazmundor sahifalaridan birini tashkil etadi. Ko`p qirrali iste`dod sohibi Shukur Xolmirzaev adabiyotning turli janrlarda rang-barang badiiy asarlar yaratib, o`zbek adabiyoti xazinasini boyitgan. Adib o`zining rang-barang hikoyalari, publitsistik maqolalari, tarixiy esselari, realistik qissa-yu ajoyib romanlari bilan hozirgi zamon adabiyotida munosib o`rin egallaydi.
Sh.Xolmirzaevning o`zi e`tirof etishicha maktabda o`qib yurgan chog`lardayoq unda adabiyotga havas uyg`ondi. Toshkent davlat universitetining filologiya fakul`tetida bu havas yanada ortadi. Xuddi shu yillari Sh.Xolmirzaev badiiy ijod sohasida dastlabki qadamlarini qo`yadi. Uning dadil ijod yo`liga kirishida fakul`tetdagi tanqidchi Matyoqub Qo`shjonov boshchilik qilgan adabiy to`garak katta maktab vazifasini o`taydi. Universtitetda Shukur Xolmirzaev jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan tanishib, badiiy ijod sirlarini anglay boshlaydi.
Yozuvchi ijodida mavzular olami shu qadar keng va rang-barangki ularning har biri alohida tadqiq va tahlilga loyiq. Shulardan biri tabiat va inson mavzui muommasidir. Chunki Sh.Xolmirzaev o`z asarlarida ona tabiat mavzuiga alohida e`tibor beradi va unda ko`proq o`zi tug`ilib o`sgan Surxon kaloritini mohirona tasvirlab beradi.
Ma`lumki asar mazmuni va shakldagi qonuniyatlar o`z navbatidagi mavzu va g`oyada ham ularning uzviy birligida ham namoyon bo`ladi. Chunki badiiy asarlarning tasvir ob`ekti-hayot, tasvir vazifasi-tuyg`ular, tarbiyasi-quyulmadir.
«Adabiyotning mavzui butun tabiat, borliq dunyosi, insonning o`z ichki-tashqi dunyosida sezilib anglaganlaridir. Bir tomchi suvdan dengizgacha, bir uchqundan buyuk yog`ingacha, kichkina bir yaproqdan ulug` o`rmonlargacha nima bor esa, hammasi adib-yozuvchi uchun mavzu bo`larlik narsadir»1.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hayot va insonga taalug`li barcha hodisalar adabiyotining mavzusiga asosdir: shu asosning eng mayda zarrachasida ham inson bilishi lozim bo`lgan, uning yashashi uchun zarur hikmatlar sirlar, mu`jizalar mujassamdir. «Bu cheksiz, chegarasiz dunyodirki, unda har bir yozuvchi o`z kuzatish va tahlil qilishiga, hayotiy tajribasi qiziqishiga hayajon va kashfiga, bilish va salohiyatiga ko`ra hikmatni, mo``jizani o`zicha kashf etadi va ana shunga munasabatini, fikrini maqsadini ochib beradigan mavzuni tanlaydi, to`g`rirog`i unga shiq qo`ydi. Niyat ham ishq ham yurakdan tug`iladi»2.
Xuddi shunday yurakdan chiqqan mavzulardan biri bu Shukur Xolmirzaev ijodidagi tabiat va inson munosabati muammosidir. Bu munosabatlar haqida adibning o`zi iqror tarzida yozgan ushbu so`zlaridan ham anglash mumkin: «men Boysun rayonida tug`ilganman. Boysun-tog`lik joy, o`n ikki yoshimda o`zim yolg`iz miltiq ko`tarib ovga chiqib ketardim. So`ngra, bu erda yashirishning xajavti yo`q. Qaysarroq edim... Lekin bitta narsani yaxshi ko`rardim, masalaning mohiyatini tushunishni». Bu so`zlardan anglashiladiki, 70-yillarning boshlarida ya`ni ijodiy printsiplari ham to`la shakllanib ulgurmagan paytda yosh yozuvchi voqealikni badiiy idrok etish yo`llarini o`rgana boshladi. U inson hayotini, yashash tarzini, abadiy tiriklik manbaini tabiat bilan uyg`unlikda, bog`liklikda, birgalikda deb biladi. Bu xulosaga u hozir Surxon elining olis avlod-ajdodi bo`lish qadimgi baqtriyalar hayot tarzini kuzatish asnosida keladi, bu o`lkaning ko`hna ibtidoiy xalqlari dastlab tabiatga sig`inishganini, uni ulug` bir ne`mat sifatida qadrlashganini anglaydi.
Yomg`ir yog`may qurg`oqchilik bo`lgan paytda ko`kdan yomg`ir tilab qo`shiq aytishlar, bahorning birinchi darakchisi bo`lmish boychechak chiqishi bilan bolalarning uyma-uy yurib xabar berishlari va qariyalarning eson-omon bahorni qarshilaganlari bois ko`zlariga shehni surib tavof qilishlari, navro`z quvonchlariga o`sha qadim davrlardan to hozirgacha, ayniqsa Surxondaryoda saqlanib qolganligib yozuvchining bolalik xotiralarini ham bandz etgani sezilib turadi.
Yozuvchi bolaligida eshitgan qadimgi afsonalar mazmunida ham inson va tabiat o`rtasidagi uyg`unlikda katta ma`no yashiringanini anglaydi: «Momoning Tiniqoy kampir haqida aytgan ertagining mazmunini keyincha chaqishga urinib ko`rdim...
Shundan keyin mening tabiatga-jonivorlar, parrandalar, hatto yirtqich hayvonlarga ham munosabatim o`zgarib ketib, ularni o`zimga qandaydir qarindosh deb biladigan bo`ldim. Gap shunda ekanki, ibtidoiy odamlar o`zlarini tabiatdan ajratmagan, balki uning bir bo`lagi, uzluksiz bir bo`lagi deb bilganlar. Shuning uchun ular tabiatdagi har bir shyoh har bir jonli jonivorda ham til bor, ular ham odamzodga o`xshaydi,bdeb o`ylaganlar. Shuning uchun hayvonlarning odamlarga yordami yoxud odamlarning hayvonlar bilan do`stligi haqida afsonalar to`qishgan. Shukur Xolmirzaevning «Tiniqoyning «ayiq eri» hasratida aytadigan qo`shig`ida ham insonning tabiatga yaqinligi ifodalanganini ko`radi.
Sh.Xolmirzaev jahonning mashhur yozuvchilari qatorida, ularga bo`ylasha oladigan darajada tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratdiki, bu yozuvchi ijodining alohida bo`rtib ko`rinib turuvchi bir qirrasidir. Mana shu sababdan ham katta imkoniyati tufayli tabiat qonunlari, hayvonlarning yashash tarzlari, har bir giyohning o`ziga xos xususiyatlari haqida puxta bilimga ega. Bu jihatdan jahon adabiyotidagi yirik hikoyanavislar ijodining ta`siri ham kattadir.
Shu nuqtai nazardan yozuvchining inson va tabiat mavzuidagi asarlari, xususan, hikoyalarini ko`zdan kechirsak, inson xarakterining qanchalar murakkab ekanligi, bu murakkabliklar, uning hatto, tabiatga munosabatlarida ham namoyon bo`lishini kuzatamiz.
«Kulgan bilan kuldirgan» hikoyasida Shukur Xolmirzaev tabiatni sevgan, uning go`zalligini boyligini o`z boyligi deb bilgan, unga etkaziladigan har qanday ozarni ko`ngliga olib, joni achiydigan oddiy maktab o`qituvchisi Ehson E`tibarov bilan sovxoz direktori Eshquvvatov o`rtasida yuz bergan voqeani tasvirlaydi. Bu ikki xil xarakterli kishilarning hayotiga qarashlari bir-biridan tubdan farq qiladi, ularning tabiatga munosabatlari ham shunga mos. Hikoya boshida aytilgan fikrdan Eshquvvatov va Ehsonning ularni bir-biridan ajratib turuvchi aqidalari borshchini anglashiladi.
«Odamlarni faqat tirikchilik uchun harakat qiladi, deb o`ylaydigan kishilar ularning tirikchilik g`amidan yuksakroq tashvishlari ham borligini tushunmaydilar. Yo buning aksi: o`sha yuksakroq tashvishdagi odamlar faqat tirikchilik g`amida yurganlarga qandaydir past nazar bilan qaraydilar». Hikoya mana shu fikrlar bilan boshlanadi. Shundan ma`lum bo`ladiki yozuvchi qandaydir muhim bir ma`no- mohiyat kasb etuvchi ikki xil ko`z qarashga ega bo`lgan insonlarga munosabat bildirmoqchi.
Asardagi Eshquvvatov sovxoz direktori, o`qituvchi Ehson E`tiborov bilan ikki xil ko`z qarashga ega bo`lgan insonlar. Ularning har biri o`ziga xos xarakter xususiyatga ega, qisqasi ikkisi ikki olam. O`qituvchi Ehson E`tiborov sovxoz direktori oldiga kirib undan tog`dagi qushlarga yordam berish kerakligini agar iloji bo`lsa tog`ga chiqib qorda och qolayotgan qushlarga don sepish kerakligini aytadi va shu ishni amalga oshirishni iltimos qiladi. Yozuvchi o`qituvchi va sovxoz direktorining mulohazasini shunday tasvirlaydi:
«-O`rtoq Eshquvvatov, vaqtingizni olganim uchun uzru Lekin idorangizga kirishga majbur bo`ldim. Tog`dagi qushlar, parrandalar qirilib ketyapti. Kecha bir chorbozorchi keldi. Hurjuni to`la kaklik. Qaerdan olding desam kamarda tirishib qolgan ekan, terib oldim deydi. Bu qanaqa gap, o`rtoq Eshquvvatov! Axir, kakliklar, parrandalar-bizning boyligimiz, tabiatimizning ko`rki-ku shunday emasmi? Biz maktab bolalariga, qushlarni sevinglar, ardoqlanglar, deb o`rgatamiz. Bahorda qushlar in qo`yib bola ochsin deb o`qituvchilarga yashik yasashni o`rgatamiz. Bu narsani matbuotimiz ham targ`ib qiladi. Qolaversa, tabiatni qo`riqlash asrimizning masalalaridan bo`lib qoldi. Bundan habaringiz bordir albatta...
-Xo`p, xo`p. Qisqa qiling-dedi Eshquvvatov maqsad nima? Ketishim kerak.
Ko`rdingiz raykom chaqirdi»1.
Voqealar shu tarzda davom etadi. Va Ehson E`tiborov Eshquvvatovdan ikki sentner g`alla olib, o`z eshagida toqqa chiqib qushlarga sepib keladi.
Shunisi diqqatga sazovorki yozuvchi har ikki qahramonning ko`z-qarashlari o`ziga hos ichki dunyosini mohirona ochib beradi, ular nutqi, o`y-xayollari o`zining ajoyib badiiy ifodasini topadi. Tabiat o`qituvchisi Ehson tog`dagi parrandalar sovuqdan va ochlikdan qirilib ketayotgani sababli ularni qutqarish chorasini aytib,
«savobli ish»lar fe`liga yot bo`lgan Eshquvvatov uni «Vatanparvar» deb kamsitadi, bu ish uchun sovxoz haq olmasligini, uni bajarishga kuchi etmasligini bahona qiladi. O`z ahdidan qaytmaydigan Ehson qushlarga azboriy rahm qilganidan tog`dagi parrandalarga don sepib keladi. «... axir men tabiatshunosman, yuragim achiydi, tabiatga etkazilgan har bir zarar menga etkazilganday bo`ladi»-deb fikrlaydi u.
Ehson toqqa chiqib don sepib kelganidan keyin aniqrog`i shu kun kechqurun direktorning shofyori Ehson E`tiborovni Eshquvvatov yo`qlayotganini aytib uni mashinada olib ketadi. Yozuvchi shu erda ham o`ziga xos vaziyat yaratadi va har ikki qahramonning xarakteri va ma`naviy qiyofasini oshkor etadi. Yana asar boshidagi kabi ikki qahramonni muloqatga tortadi:
...Erkakcha gaplashaylik. Bizdan qaytmay qolmaydi. Hohlasangiz ertaga yana keling idoraga ikki tsentner emas, to`rt tsentner yozib beraman... Mana ilgari uzoq bo`lsak, endi yaqin bo`lib qoldik, nima dedingiz? Xo`p gap bunday, Esonboy uyga mehmonlar kelib qoldi ya`ni og`aynilar. Shular desangiz tog`li joyga keldik, kaklik eymiz deb turib olishsa bo`ladimi. Qo`y go`shti teshib chiqadimi deyman? Qani ko`nishsa. Oxiri Esonboy shofyorni sizga yuborishga majbur bo`ldim... Men, o`zingiz tushinib, besh-to`rtta kaklik opkelasizmi deb o’ylagan edim. Afsus ...endi, Esonboy, mashina sizni o`sha uyingizga olib boradi. Ko`p emas... o`nta demayman beshta kaklik berib yuboring. Xo`pmi uka? Hoy shopir mashinani zavodit qil!» (O`sha manba 200 bet).
Shu joyga kelganda kitobxon har ikki qahramonning asl qiyofasini to`la anglab etadi va ularga o`z munosabatini bildira oladi. Asar qahramoni e`tibor shunday kishilar timsolini u hech qanday yaltoqlanishni, laganbardorlikni bilmaydi. Hatto sovxoz direktoriga «o`rtoq Eshquvvatov, past odam ekansiz» deyishdan o`zini tiyib turolmaydi.
Shukur Xolmirzaev bu hikoyada vatan go`zalligi boyligini umuman, tabiatga befarq bo`lmagan, uni sevgan kishilarni tashvishga solayotgan-tabiat boyliklarini
asrash masalasini ilgari suradi va bu masalaning mohiyati oddiy bir voqea tasviri orqali ko`rsatadi.
Yozuvchining «Jarga uchragan odam» hikoyasida qahramonlar o`rtasidagi to`qnashuv fojiaviy tus oladi. Hikoya qahramoni Islomning o`z kasbi bor, lekin u birinchi navbatda tabiatni sevadi, undagi har bir o`zgarish-harakatlarni zavq bilan kuzatadi. Shu boisdan tabiatning turli-tuman mavzularda yozilgan maqolalar e`lon qilishi tabiiy bir holdir.
Hikoyaning asosiy voqeasi Islom va Boysuntog` tabiati haqida fil`m yaratmoqchi bo`lgan shaharlik kinorejissyorning tabiatga munosabati haqida. O`z manfaat yo`lida tabiatga nisbatan ochko`zlarga munosabatda bo`lgan rejissyor tabiatni ham otasi, ham onasi, ham do`sti deb biluvchi «Tog` shaydosi» tomnidan jazolanadi.

2.1.YOZUVCHI HIKOYALARIDA MILLIY RUHIYAT MASALALARI


‘Bizda eski zamonlardan beri, frak kiygan erkak yoki korset kiygan ayol – rus emas, ruslik xususiyatini faqat zipun, chipta kavsh, boʻza va achigan karam bor joyda sezish mumkin, degan juda ham taajjub fikr oʻrnashib qolgan’1, – deb yozgan edi atoqli rus adabiyotshunos olimi V. G. Belinskiy. Shu qarashdan kelib chiqsak, oʻzbek kishisi ruhiyatini badiiy asarda ifoda etish uchun uning boshiga doʻppi, egniga cho’pon kiydirish yoki boshiga roʻmol oʻratib, etagi yer supuradigan yengil-bosh bilan yasantirish yetarli emas. Milliylik qahramonning, avvalo, ruhiyati – oʻylash, fikrlash, munosabat bildirish tarzida va shunga muvofiq gap-soʻzi, xatti-harakatlarida (ana shu vaziyatda uning kiyinishiga ahamiyat berish toʻgʻri boʻladi namoyon boʻladi. Milliy ruhiyat juda keng mazmun kasb etib, muayyan hududdagi oʻxshash qadriyatlar, an'analar, rasm-rusumlar, urf-odatlar tizimiga amal qilib yashaydigan kishilarning hayotda tayanadigan ma'naviy mezonlarini ifoda etadi. Aslida, millatning axloqiy qadriyatlari, qarashlari bir qadar turgʻun hodisa sanaladi. Aniqrogʻi, vaqt chigʻirigʻidan oʻtgan, tajribada sinalgan qarashlar qadriyat sifatida barqarorlashadi. Ammo zamon oʻtishi bilan ana shunday qadriyatlarga ham oʻzgarish kiritilishi, binobarin, millatning dunyoqarashida yangilanish roʻy berishi mumkin.
Bu gohida tabiiy yо'sinda, ba'zan sun'iy tarzda amalga oshadi. Taraqqiyot, zamonning tobora ilgari ketaverishi millatning dunyoqarashiga о'z ta'sirini koʻrsatishi, unda muayyan darajada iz qoldirishi barobarida ma'naviyatga tashqaridan qilingan zug'um ham millat ruhiyatiga ta'sir etmay qolmaydi. Sobiq sovet tuzumi davrida ateistik qarashlarning qoʻllab-quvvatlanishi natijasi oʻlaroq millatimizning ming yildan ortiqroq e’tiqod qilib kelgani – islomiy tushunchalar barobarida mohiyatan diniy bо’lmagan urf-odatlari, bayramu an’analari ham taqiqlandi. Masalan, Islom dinining yoyilishidan ilgari ham nishonlangan Navrо’z bayrami ‘eskilik sarqiti’ deya qoralandi. Holbuki, bu ayyom, Shukur Xolmirzayev ta’biri bilan aytganda, millatimizning “mangu yо’ldosh’’i edi... Yozuvchi millatning qon-qonida yashaydigan, unutilib ketishi amrimahol bо’lgan, yо’qolishi – о’zlikdan kechishday baholanadigan urf-odatlar, jumladan, Navrо’z bayrami mavzusiga bir emas, bir necha bor murojaat qildi. Uning “Navrо’z, Navrо’z’’, ‘Mangu yо’ldosh’ singari asarlarida milliy bayramimizning ma’naviy-ruhiy asoslari badiiy talqin etildi. ‘Bilasizlarmi, ertaga qanaqa bayram?’ – о’qituvchining ushbu savolidan sо’ng biz pisib qoldik. Ertaga Navrо’z bayrami edi. Ammo bu nomni tilga olishga ham qandaydir qо’rqar edik: xuddiki, kattalarga, tо’g’rirog’i, hukumatga nisbatan haqoratli sо’zni ishlatgandek tuyulardi, shekilli’, deydi ‘Mangu yо’ldosh’ hikoyasi qahramoni Amir. Ushbu jumlalarda sobiq tuzumning xalq ruhiyatiga qanchalik tajovuz qilgani oshkor etiladi. Bunda hali oq-qoraning farqiga kо’p boravermaydigan о’quvchilarda ham ‘kattalar, hukumatga qarshi gapirish xavfli’, degan tushuncha uyg’ongani kо’zga tashlanadi. “Mangu yо’ldosh”da xalqning asrlar mobaynida ishongan e’tiqodlari о’lmasligi, millat yashar ekan, u suyangan qadriyatlar ham yashashi Navrо’z bayrami timsolida ifoda etiladi. Millatning ma’naviy olamidagi о’ziga xos qirralar turli marosimlar, urfodatlar, ayniqsa, bayramlarda yaqqolroq namoyon bо’ladi. Yozuvchi ushbu asarida Navrо’z bayramini bejiz markaziy tafsilga aylantirmaydi, zotan, ushbu timsolda о’zbek millatining qoni-qonida yashayotgan, asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga turli yо’llar orqali о’tayotgan ma’naviy meroslar namoyon bо’ladi. ‘Saharlab odamlar tо’plana boshlardi: bari bashang kiyingan. Azamatlar. Yigitlarning kо’pi olachoponda, bellarida – popukli belbog’lar.Chollarning aksarisi kо’kish-odmi chakmonda, sallalari oppoq. Yangi bо’zdan о’rashgan. Kelinchaklar... nimalarni kiyishmagan! Ustma-ust kо’ylak kiyganlarini yenglaridan bilsa bо’ladi: ustki kо’ylakning yengi tirsakkacha shimarilgan, ostkisining yengi bilakda, eng oxirgisining yengi, deylik, osilib turadi. Nega shundoq kiyinishardi? Hamon aqlim yetmaydi. Yо’g’asam, oddiy kunlarda – oddiy kiyinishar, Shо’roning bayramlari, hatto Oktabr bayramida ham bittadan ortiq kо’ylak kiygan kelinchakni kо’rganim yо’q. Navrо’zda esa... Bilmadim, о’tmishni qо’msashmi bu, eslashmi bu yoki bahor о’z kо’rkini beixtiyor namoyon qilayotgan chog’da yosh-yosh juvonlar ham bor bisotlarini namoyish qilish uchun chiqisharmidi? Navrо’zda... ochilib ketishardi’. Mazkur tasvirlar chinorlar ostidagi gavjum, bozorga о’xshash manzarani kо’z oldingizda gavdalantiradi. Muhimi shundaki, muallif xalqni majburlab bayramlarga о’rgatib bо’lmasligi, millat bayram, urf-odat timsolida о’zining ma’naviy ildizlarini kо’rishini aniq-ravshan ifoda etib bergan. Zero, Yilboshini о’zbeklar tabiatning uyg’onish, yangilanish pallasi sifatida tan oladi, bu vaqtda erkinlik, ozodlik, hurlik kuylanadi, urishganlar yarashadi, janjallar tо’xtaydi...
“Bulut tо’sgan oy’’ hikoyasida esa kо’ngil manzaralari beqiyos darajada gо’zal aks ettirilishi barobarida inson degan xilqatning sirli-noma’lum qirralari hali bisyor ekani ham kо’rsatiladi. Asarda odam tabiatidagi tuyg’ularning kesishgan, illatu fazilatlar zidlashgan nuqtalari mahorat bilan tasvirlanadi.
Tavakkalday mard, tanti, tutgan joyini kesadigan, ushlagan yerini qо’ymaydigan yigit gо’zal Gulsaraning oldida qо’lidan hech ish kelmaydigan ojizu notavonga aylanadi. Buning bir sababi Tavakkal avvallari ayollar haqida anchayin yengil о’ylagani, ayniqsa, yengiloyoq ayollarga bepisand, balanddan turib muomala qilgani uchun dastlab Gulsaraga ham shunday munosabatda bо’lishga harakat qiladi. Biroq juvonning ‘nomardligi’ – yigitni ‘gastinsaga haydagani’ tо’satdan gumburlagan momaqaldiroqday Tavakkalni hushyor torttiradi – uni о’ylashga majbur qiladi. Tavakkal – ayollar haqida о’ylar ekan, ularning hammasiga bir xil kо’z bilan qarash xatoligini anglay boshlaydi. Buni uning quyidagi sо’zlaridan ham bilish mumkin: ‘Aytmoqchi, men Gulsara uchun ichaman... Quvvat, siz ham xonim uchun iching. – Nihoyat iymanib jilmaydi. – Men ‘nomard’ dedim bu kishini. Aslida xursandman, xudo ursin-a... Zо’r ayol ekansiz. Chesni aytayapman’1. Tavakkalning ‘zо’r’ degan e’tirofi bamisoli qilichi singanday qat’iyati rad etilib, peshonasiga eshik yopilgan yigitning bundan xafa bо’lish о’rniga, nomusini himoya qilgan ayolning jur’atidan, hayosidan quvonganini ifoda etadi. Fikr yuritish, mushohada qilish, о’zining kimligi haqida о’ylash – hammaning ham qо’lidan kelavermaydi. Chunki fikrlash kishini kо’pincha iztirobga soladi. Asardagi Gulsara ana shunday – о’ylayotgan, о’zining kimligini yaxshi biladigan, shuning barobarida xatolaridan iztirob chekadigan, о’zini kechira olmaydigan ayol timsoli. ‘Hikoyadagi ismi fe‘liga mos Tavakkal ham, qanday odamligini nafaqat qissaxon, balki о’zi ham anglay olmaydigan Gulsara ham badiiy asar
qahramonlari haqidagi mavjud tasavvurlarni о’zgartirib yuboradi, – deb yozadi adabiyotshunos Q. Yо’ldoshev. – Ular adabiy qahramonlarni xayoldagi qoliplarga moslashtirishdan voz kechib, tasavvurni adabiy personajlar mohiyatiga muvofiqlashtirish kerakligini taqozo etadi. Shunday qilingandagina tanti, qudratli jismoniy kuchga ega, kirishimli, tap tortmas, oriyat uchun о’z hayotini ham pista pо’chog’icha kо’rmaydigan chapani, ayni vaqtda suyuklisi Gulsara qoshida g’alati darajada ilojsiz Tavakkalni tushunish, uning dovyurakligi qayerda tugab, fojiasi qayerda boshlanishini anglash mumkin bо’ladi. Gulsara – о’zbek adabiyoti uchun tamomila yangilik hisoblanadigan obraz. Unda avomga tushunarsiz, aql bilan izohlash mushkul bо’lgan ziddiyatli pokizalik tuyg’usi va g’urur bor.
Zamonaning zо’rlari, uzatgan joyga qо’li yetadiganlar oldida Gulsara sha‘nini yuksak tutadi, kibrli, mag’rur ayolga aylanadi, ularning yо’liga yurmaydi. Ayni vaqtda tirikchilik kо’yida pastkash fohishalarday tanini sotadi. G’oyat sohibjamol, farosatli, talantli, nomusli, ayni vaqtda, benomus bu ayol ruhiyatining haqqoniy tasviri kitobxonni larzaga soladi, uni befarqlik holatidan chiqarib, munosabat bildirishga majbur etadi’. Gulsaraning ezgin kayfiyati beixtiyor kitobxonga ham yuqadi. О’quvchi bu sohibjamol ayolning tabiatidagi tushunarsiz qirralar tо’g’risida о’ylay boshlaydi: ayol boylikni yaxshi kо’radi, yaxshi yeb, chiroyli kiyinishni istaydi, ayni paytda ‘zо’r’larning qо’lida qо’g’irchoq bо’lishni istamaydi, xalqona ta’bir bilan aytganda, qorniga emas, qadriga yig’laydi. Bu obraz haqida adabiyotshunos Q. Yо’ldoshevning quyidagi fikrlari ham e’tiborga molikdir: ‘Uning fohishalikka kelishiga tabiatidagi illatlargina emas, balki millat tarixining muayyan davridagi ijtimoiy sharoit va yanglish axloqiy о’rnaklar ham sabab ekanligi qissada mahorat bilan kо’rsatilgan. О’rischa tarbiya kо’rgani bois о’zbekona axloqiy talablarga yengilroq qaraydigan, tо’kis yashash borasidagi istaklarini jilovlashga urinmaydigan о’zbek qizining ayanchli qismati juda ishonarli va ta‘sirchan tasvirlangan’ Darhaqiqat, sobiq tuzum millatimiz tarixida, ayniqsa, uning ma’naviy olamida sezilarli iz qoldirdi. Kо’p asarlar davomida ayollarga munosabatda о’ziga xos mezonlarga tayangan (‘katta og’a’lar zо’r berib da’vo qilganiday, ayollarga feodallarcha munosabatda bо’lish, ularni yorug’likka chiqarmaslik, umrini zindonga о’xshash zulmatda о’tkazish emas) xalqimiz shо’rolar zamonida ana shu qarashlarigada о’zgartirish kiritishga majbur bо’ldi. Avval keksa kishining yо’lini kesishdan orlangan juvon endi rahbar kursisiga о’tirib, bobosi tengi kishini koyishdan hayiqmaydigan bо’ldi. Aslida, bu jamiyatda ayolning mavqei о’zgarganidangina darak bermas, bu ma’naviyatda sodir bо’lgan, millatning ichki dunyosida о’zgarishlar rо’y berganining isboti ham edi. Shukur Xolmirzayev ‘Bulut tо’sgan oy’ asarida bir qarashda kechikkan muhabbat tuyg’ularini tasvirlayotganday tuyulsa ham, aslida qahramonlar fe’l-atvori orqali jamiyatda rо’y bergan о’zgarishlarni ustalik bilan kо’rsatib beradi.
Hayot haqiqatiga real ijodiy yondashishi insoniy ochib tashlash Sh.Xolmirzaev ijodida o`ziga xislatlarni ulug`lash shular bilan birga ijtimoiy turmushdagi mavjud kamchiliklarga xos ifodasini topgan.
Tabiat hodisalardan umuminsoniy g`oyalarni ifodalashda foydalanish jahon adabiyotida an`ana sifatida tobora rivojlanyapti. Ch. Aytmatovning Gursara, Ona bug`u, Qoranor kabi hayvonlar obrazlari Tanoboy, Mo`min, Edigey kabi ijodiy qahramonlarning insoniy sifatlarini, xarakter va qiyofalarini chuqurroq izohlaydilar. O`zbek adabiyotida bu usuldan foydalanib obraz yaratayotgan Shukur Xolmirzaev jonivorlar vositasida axloqiy muammolarni o`rtaga tashlash printsipi muvaffiyatli kelgani ko`rinadi.
«Shukur Xolmirzaev Abdulla Qahhordan so`z tejash, detallarga katta ma`nolar yuklash, qahramonlar ruhiyatida kechayotgan ziddiyat to`qnashuvlarni sodda va hayotiy qilib, ixcham tasvirlash, dialoglardan jonli manzara yaratilishi sirlarini o`rganadi. Biroq, biz ta`sirni faqat tashqi ko`rinishdan izlamaslik kerak. Bu ta`sirni qahramonlar ruhiy dunyosini aks ettirishdagi badiiy printsiplar mushtarakligidan izlamoq kerak.
Har bir yozuvchining o`ziga xos ijodiy kredosi bo`ladi. Shukur Xolmirzaevda bu kredo-tabiat. Uning qahramonlari o`zini qalbini chuqurroq anglash uchun tabiat bamisoli ilohiy kuch vazifasini o`taydi»1.
Shukur Xolmirzaev hikoyalarini novella janri taraqqiyotinining turli davrlariga ajratgan holda tekshirish qiyin. Gap shundaki, uning va tengdoshlarining hikoyalari biror nazariy muammani tadqiq etish imkoniyatini bermay, ko`proq ularning individualligini namoyish etadi. Ularning har bir asarida ular ijodiy manerasining xarakterli xususiyatlari namoyon bo`ladi. Masalan, Sh.Xolmirzaev yaratgan xarakterlar o`rtasidagi kontrakt kuchli bo`lib, u ba`zan («Yosuman», «Kulgan bilan kuldirgan» hikoyalarida) dramatik jarang kasb etadi. Sh.Xolmirzaev bunday obrazlarni tantanavor sharoitda emas, oddiy, kundalik voqealarda ko`rsatadi va ular xarakterining qirralari bunday vaziyatda ochiqdan-ochiq ko`zga tashlanadi.
«Kulgan bilan kuldirgan» hikoyasidagi maktab mualimi Ehson E`tiborov bilan sovxoz direktori Eshquvvatov «Yosuman» hikoyasidagi rassom Qo`ziboy, uning xotini Afruza, Qo`ziboevning qishloqdan kelgan do`sti Xudoyor bilan uning xotini Norbibi turli sayyoralardan kelgan kishilarga o`xshaydi. Bir tomonda, tog`larda sovuqdan va ochlikdan halok bulayotgan qushlar haqida qayg`urayotgan biologiya o`qituvchisi, ikkinchi tomonda, shu qushlar uchun berilgan ikki tsentner bug`doy evaziga o`qituvchidan beshta kaklikni talab qiluvchi sovxoz direktori. Ularning psixologiyasi bir-biriga tomoman zid. Shuning uchun ham Eshquvvatovning ablah ekanligini tushungan muallim unga qarab, «Siz past odam ekansiz...»,-deydi.
«Yosuman» hikoyasida bundan ham ayanchlik holni ko`rasiz. O`z xotini bilan qishloqqa kelgan Qo`ziboy do`sti Xudoyorxonning sovuq munosabatini ko`rib, «menimcha, Xudoyorxonni kimdir buzibdi. Ha-ha. Meni unga yomonlagan birov, seniyam... Ha yomon odamlar yosumanlar bor hayotda! Deydi. U Xudoyor bilan Norbibi shaharga borganda, ularni to`kin-sochin dasturxon bilan kutib olmaganidan (ular juda kech kelgan edilar) qattiq ranjiganlarini va shu vajdan ularga e`tibor bermayotganlaridan bexabar edi. Xullas bu hikoyada ham meshchanlar bilan ziyolilar psixologiyasi o`rtasida o`zaro to`qnashadi. Sh.Xolmirzaevning qator hikoyalari ana shunday fojiaviy sharoitdagi to`qnashuv asosiga quriladi. Yozuvchining g`oyaviy niyatiga ko`ra,
«Yovvoiy gul» hikoyasi shahardan ishlash uchun o`z qishlog`ini tark etgan kishi hayotining ramziy yakuni bo`lishi lozim edi. Vosit (hikoya qahramoni shunday deb ataladi) yangi joyga kelibdiki, ishi yurishmaydi: na ishda, na turar joyida halovat bor. Uning yakkayu-yagona quvonchi o`zi ijarada yashayotgan xonadondagi gullar edi.
Og`ir kasallikdan keyin shahar chetiga qilingan Safar vositda qadrdon qishloqqa borish istagini uyg`otmaydi. Holbuki u erda o`ziga tanish va aziz manzaralarni ko`rgan bolalik xotiralarini, qishlog`ini, yoronlarini eslagan edi. U ana shu safardan yovvoiy gul ko`chatini olib kelib, boyagi gulzorga ekadi. Ammo bu gulni qanchalik parvarish qilmasin, u so`lib xazon bo`ladi. Vosit o`zi uyiga ketishga qaror qiladi. Unda ijod bilan shug`ullanish, kitob yozish istagi bor edi. Ammo uning bu istagi ham yovvoiy gul singari begona muhitda xazon bo`ladi.
Sh.Xolmirzaevning bu lirik hikoyasida turmush va tabiat manzaralari mehrona chizilganiga qaramay orzu qilgan tuyg`ular tug`yonini ifodalay olmagan. Muallif materialdan chetga chiqib, uni falsafiy umumlasha fikr bilan nurlantira olmagan. Dabdurustdan topilgan yovvoyi gul obrazi tufayli qahramonning kechishi voqealarni qayta idrok etishi esa ishonarli chiqmagan.
Sh.Xolmirzaevning uslubi ba`zan fikr va uning mujassamlanishi turli qatlamlarga ega bo`lib qoladi.
«Jarga uchragan odam» hikoyasining qahramoni Islom tabiatini nihoyatda sevadi. Ana shu sevgini tasvirlovchi sahifalar samimiy tuyg`u bilan to`la. Tabiatning bu ertakdek go`zal joylarini suratga olish uchun kelgan kinorejissyor o`ziga hamroh bo`lishini so`raydi. Ammo fojia yuz beradi: kinorejissyor dafatan paydo bo`lgan ayiqni otib qo`yadi. (xolbuki, unga ayiqni odamzodga hujum qilmasligi aytilgan edi). O`q ovozi yangrashi bilan Islom miltiqning qo`ndog`idan shunday turib yuboradiki, natijada kinorejissyor jarga qulab tushadi.
Hikoyanavis hohlaganmi yoki yo`qmi hikoyada insonning halok bo`lishi emas, balki tabiatdagi uyg`unlikka qo`pol munosabatda bo`lish asosiy fojia bo`lib tuyuladi.
Sh.Xolmirzaev hikoyalarining qahramonlari, shubhasiz, murakkab, o`ziga xos va turli maxrajga ega bo`lgan xarakterlardir. Yozuvchining bunday kishilarga bo`lgan qiziqishi uning hikoyalaridayoq ko`zga tashlangan edi.
Qahramonning xarakterini aniq hayotiy kolliziyada ochish iqtidoriga ega bo`lgan Sh.Xolmirzaevning o`ziga xos iste`dodi «Bahor keldi» hikoyasida ayniqsa yorqin ko`rinadi.
Hikoyada tasvirlangan voqealar dastlab ohista oqadi. Ammo epizoddan epizodga o`tgan sayin asar zamirida yotgan fojia nish ura boshlaydi.
Hikoya qahramoni Mastura dastlabki uchrashuvda kitobxonda ilk tuyg`ular uyg`otadi. U maktabda o`qiydi, vafot etgan otasini eslab, kuyunadi. Qishloqdagi barcha kishilar uni yupatishga, unga-yaxshi so`z aytishga intiladilar. Ammo ba`zat nojo`ya zaminga tushgan iliq so`z ham achchiq meva berar ekan. Mastura bora-bora odamlar uni hurmat etishlari, unga g`amxo`rlik ko`rsatishlari lozim, deb o`ylaydi. Unda paydo bo`lgan xudbinlik asta-sekin shafqatsizlikka o`sib chiqadi. U ezgu niyatli, pokdil kishiga turmushga chiqib, kundan-kunga yangi-yangi davolar o`ylab topadi va erining tinka madorini quritadi.
Hikoya Mastura erining o`limi bilan tugaydi: u xotinining injiqliklari orqasida tepalikka chiqib yangi tandir uchun tuproq qazimoqchi bo`ladi-yu, chuqur uraga yiqilib tushadi. Bunday fojiali xotima hikoyaning birinchi saxifalaridanoq tayyorlangan edi. Shu tarzda asarda loqaydlik, xudbinlik, shafqatsizlik, ezgulik va ziyokorlik ustidan tantana qiladi. Hikoyaning samimiy ichki nafasi kitobxonni hayajonlantiradi. Bu nafas aniq adresga ega. Hikoyadagi salbiy qahramon kechagina og`zidan lam chiqmaydigan va huquqsiz bugun esa teng huquqlik, erkinlik tushunchalari suiste`mol qiluvchi ayoldir. Ehtimol kimdir konfliktning mubog`ali echimi, xotimaning «notipligi» uchun muallifni ayblashi ham mumkin. Ammo gap, qolaversa, qahramonning xalok bo`lishda emas, balki uni halokatga olib borgan kuchning dahshatli ekanidadir.
Shu ma`noda Sh. Xolmirzaev hikoyasida ifodalangan raddiya kuchi ijobiy hodisalar tasviriga nisbatan gumanistik axloqiy normalarni ko`proq tasdiqlashi mumkin.
Hozirgi milliy hikoyanavislar tuyg`ularning jilovsiz g`alayoni davrning aniq tayin ko`rinmagan tendentsiyalarini idrok etishga urinmoqdalar. Bu vazifa esa san`atkordan iste`dod va mahoratni baravar talab etadilar.
«Sharoit tipikligi»ni yangicha tushunish, «hayot oqimi»da, kundalik- mashiy vaziyatlarda inkishof bo`luvchi xarakterga tayanish o`zbek hikoyanavisligida sezilarli uslubiy siljini yuzaga chiqaradi. Agar ko`plab milliy hikoyanavislarning uslubiy izlanishlariga xos bo`lgan umumiylikni belgilamoqchi, aftidan, eng avvalo, tasvirning jonli til uchun xarakterli bo`lgan tabiiyligiga, rang-barang hayotiy buyoqlarni tasvir doirasiga olib kirishga qaratilgan intilishni qayd etish zarur bo`ladi.
Sh.Xolmirzaev hikoyalarida tadqiq etilgan inson va tabiatning o`zaro aloqasi malakasi yozuvchi ijodiy evolyutsiyasining deyarli barcha bosqichlarida asosiy o`rinni egallaydi. Bunday hikoyalarning bir qismida tabiatni asrab- avaylash haqida gap ketsa, boshqa bir guruhida tabiat go`zalliklarini tasvirlash bilan birga, inson va tabiat munasabatlari go`zalligini tarannum etuvchi asarlari ko`proq o`rinni egallagani ko`rinadi, chunki yozuvchi insonda tabiatga munosabat orqali yaxshilikni, ezgulikni, katta bir mehri ko`rishni istaydi. Bu hol, ayniqsa, inson va hayvonot dunyosi, inson va o`simliklar olami tasvirida yaqqol ko`rinadi Sh. Xolmirzaevning «Ot egasi», «Podachi» hikoyalarida insonning hayvonning insonga sadoqatini ko`ramiz.
E`tibor qilgan o`quvchi yozuvchining aksar hikoyalarida ayni mavzuga murojaat etilib, tabiatga aloqador gaplar katta ijtimoiy-ahloqiy ma`naviy ma`rifiy muammolar, inson va uning taqdiri, tarbiyasi haqidagi falsafiy fikrlar bilan tutashib ketganligini ko`radi. Inson tabiatdan tirqishsiz devor orqali ajralib turmaydi, barcha borliq, mavjudot biri ikkinchisidan oladi yoki beradi. Ushbu printsip nafaqat inson va tabiat o`rtasidagi munosabatda amal qilinadi, balki bu tuyg`u inson va hayvonot dunyosida ularning o`zaro munosabatida ham ko`rinadi. Bunday uzviy bog`liqlikni aks ettirgan hikoyalarda bir dunyo bilan ikkinchi dunyoli bir olam bilan ikkinchi olamni vafo, sadoqat, mehr-muhabbat tushunchalar bog`lab turadi.
Sh. Xolmirzaevning «Otgo egasi», «Podachi» hikoyalarida esa insonning tabiatga, hayvonotga mehr-muxabbati san`atkorana tasvirlanadi. «Ot egasi» (1971) ning qahramoni Inod hayotining yagona ovunchog`i qora bayrsiz tasavvur qila olmaydi. Chunki bir fojia tufayli ikki farzand va xotinidan ayrilgan Qahramon yolg`izlikda shu otiga suyanadi, g`amlarini biroz unitadi. Shuning uchun ot unga ota-onasi qishlog`i va maktabi kabi qadrdon bo`lib qolgan. O`z amalini suiste`mol qilgan egamberdi millioner hurmat nomidan ish ko`rib, qorabayrni o`ziniki qilmoqchi bo`ladi. Aziz tuyg`ulari, huquqi paymol etilgan. Inod qadrdon otini o`z quli bilan otib tashlaydi. «Podachi» (1975) hikoyasida esa Ostonaqul chol kolxozning ho`kizini harom o`ldirib qo`yadi; bu ishning oqibati yomon bo`lishiga tushunib etsa-da, ko`p vaqtlar birga bo`lgan, o`zi bilan yonma-yon ter to`kkan hayvonning bo`g`ziga pichoq tortishga qo`li bormaydi. Kolxoz kattalari cholning gunohini muhokama qilar ekanlar, unga bir-biridan bema`ni ayblarni taqaydilar, bo`lim boshlig`i: «Shartta so`yvorish kerak edi», desa, zootexnik «Kechasi o`lgan kechasi! O`zim jigarini erib ko`rdim-ku, savigan ekan. Boboy uxlab qolgan»,-deydi. Ular ho`kiz jon berayotgan mahalda ham chol uning tepasida o`tirganini, ammo so`yishga qo`li bormaganini bilmaydilar, bilganlarida, balki uni aqldan ozganga chiqararmidilar. Podachi ham o`zini oqlab o`tirmaydi, ho`kizning xunini to`lashga rozi bo`lib, idoradan chiqib ketadi. Shu bilan hikoya tugaydi, ammo Ostonaqul cholning taqdiri bizni qiziqtiradi. Uzoq o`ylatadi. Ruhiy kechinmalar oqimni tasvirlashda yozuvchining qattiq-qo`liga, yoiq ruhiy taxlilga o`rin bermaslik, izohlarning yo`q darajada ekanligi asarga olis munosabatni taqoza qiladi; hikoyaning butun qimmati o`sha, yozuvchi tomonidan aytilmay qolgan, kitobxon esa mavjud vaziyatlardan payqab olishi lozim bo`lgan gaplarda. Tasvirda qisqalikka, soddalikka intilgan yozuvchining shu kabi hikoyalarida qahramon ham ortiqcha hatti-harakatlardan hali o`quvchi Inodni ham podachi cholni ham o`ziga yaqin oladi, ularning dilidagi dardli tuyg`ularni, hayvonga bo`lgancheksiz mehrini qalban his qila oladi.
«Podachi»da Ostanaqul cholning hatti harakatlari mo`min-qobilligi, rahbarlar nima desa bosh egib rozi bo`lish holatlari o`quvchi yodiga beixtiyor A.Qahhorning mashhur «O`g`ri» hikoyasini tushuntiradi. Asarning quyidagi kul`minatsion o`rni yuzaki qoraganda shunday fikr tug`diradi:
«Bo`lim boshlig`i inqilob o`rnida turdi: -Ota, gap tomon. Ho`kizning pulini to`laysiz!-U atrofdagi kishilarga ham bir-bir qarab oldi. -Qasddan o`ldirilgan deb hisoblanadi... Kelishdikmi ota?
Ostonaqul chol sekin boshini ko`tardi.
-Xo`p, o`g`lim, to`laymiz.
-Kechiktirmang faqat! Kambag`al emassiz, belingiz baquvvat, qarindosh urug`laringiz bor. Kampiringizning ham yig`ib qo`ygani bordir? Shunday bo`lsin... Majlis tamon!».
Rahbarlar masala mohiyati bilan zarracha qiziqmay oddiy bir mehnatkash podachining bir ho`kiz sabab qarz olib, hatto kampirning o`limligiga yiqqanini ham tovon to`lashga majburlashlari, uni xonavayron qilishlari haqiqatdan
«O`g`ri»dagi qozi mingboshilarni eslatadi. Lekin hikoyadagi podachi obrazi butunlay boshqacha talqin qilingan. Adabiyotshunos X.Karimov «Podachi»da
«...Jur`atsizlik, ikkilanish masalani tezda hal qilmaslik, kimdandir madad kutish, avvalam bor, kishining o`ziga katta zarar keltirishi ochib beril»ganligini aytib, podachi xarakteri mohiyatini, yozuvchi g`oyaviy maqsadini tahlil qilib yozadi: «Ostanoqul cholning hatti-harakati, hamma narsaga ko`nishish, muteligi A.Qahhorni Qobil bobosini yodga soladi. Qobil boboni shu qadar ayanchli, abgor, jur`atsiz, mute qilgan mustamakachilik bo`lsa, Ostanaqul cholni shu kuyga solgan dunyoda eng insoniy tuzum deb jar solingan sotsialistik jamiyatdir. U shu qadar muteki, ho`kiz yo`qolmagan o`lgan. Uning isboti sifatini davlatga terisini topshirish mumkin. Qonun shuni taqoza qiladi. Lekin shunga qaramay bo`lim boshlig`i «Ho`kizning pulini to`laysiz»,-desa xo`p deydi. U tuzumdagi rahbarlar ham xuddi «O`g`ri»dagi ellikboshi, pristavlarning o`zi edi. Faqat nomi o`zgargandi, xolos. Hikoya Sh. Xolmirzaev xuddi mana shu holatni 70-yillardayoq ustalik bilan ochib tashlagan. Bu hol so`zsiz adibning jasoratidan dalolatdir»1. E`tibor beraylik, agar Ostonqul
«ayanchli, abgor, jur`atsiz, mute bo`lsa u davlatga tegishli ho`kizning harom o`lishiga qarab tdravermidi? Bundan tashqari, podachi va Qobul bobo harakterlari o`xshash bo`lsa-yu, faqat ular boshqa-boshqa tuzum odamlari bo`lsa, Sh. Xolmirzaevning hikoya yozishdan maqsadi nima, yozuvchi bilan qanday gap aytmoqchi yoki asarning yangiligi nimada degan savollar o`z- o`zida kelib chiqadi. Shunday tahlil oqibatida hikoya orqali sotsiallik jamiyatda Qobil bobo «madali» sifatida podachi obrazini yaratgan. Sh Xolmirzaevning ijodiy «jasorat»i ham ko`rinmay qoladi.
Shubha yo`qki Sh. Xolmirzaev o`ziga xos bo`lgan podachi yaratdi va adabiyotga yangi qahramon, yangi xarakter olib kirdi. Bu yangilik, avvalo, hikoyaning «O`g`ri»ga o`xshab yozilishida emas, balki asar mavzusi va talqinida ko`rinadi. «Podachi hikoyasi tabiat va inson mavzusiga bag`ishlangan asardir. Insonning tabiat bilan uyg`unligi, uning hayvonga mehr-muhabbati, hayvonga o`z qadrdoni tirik jon sifatida munosabatda bo`lishi hikoyaning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu orqali yozuvchi insonning ma`naviy komilligini ko`rsatadi. Inson va tabiat o`rtasidagi tabiiy bog`liqlik har qanday tuzumning temir qonunlaridan ham yuqoriroq ekanligini qalbi mehrga, sadoqatga to`la podachi xarakteri orqali ko`rsatiladi. Podachi tilda itoatkor bo`lsada, amalda mustaqil kishidir. Unga o`z qadrdoni ho`kizning bir umrlik og`ir mehnatini eslatuvchi bo`yinturuqning izlari qolgan bo`g`ziga pichoq tortib vijdoni qiynalganidan ko`ra, o`z ajali bilan o`lgan ho`kiz haqini to`lash ming chandon oson. Podachi Qobil boba kabi mute, jur`atsiz emas, aksincha, u o`z niyatiga etdi va o`zida zarracha achinish hissi bo`lmagan «bo`lim kattalari»dan ma`naviy ustun keldi.
«Podachi» hikoyasining «O`g`ri» asariga yaqinligi sababli esa uning qahharona uslubda yozilganligidir. Adabiyotshunos B.Nazarov, Sh. Xolmirzaev hikoyasining yaratilishiga A.Qahhorning «O`g`ri»si kuchli ta`sir etganini aytib yozadi. «Yaqinlik ikkala hikoyada hal gap ho`kiz to`g`risida borganida emas, albatta. Gap badiiy mantiq yaqinligi va mushtarakligida, xarakter yaratish borasida ustoz adib ijodiy printsiplarining shogird tomonidan rivojlantirilishida»1. Demak, har ikki hikoyaning mushtarak jihatlari detallar tanlashda, qahramon hatti-harakatlarining ular ichki dunyosiga mosligida, tasvirda maksimal soddalik va qisqalikka intilishda ko`rinadi. «Shukur Xolmirzaev Abdulla Qahhordan so`z tejali detallarga katta ma`nolar yuklash, qahramon ziddiyatida kechayotgan ziddiyat, to`qnashuvlarni sodda va hayotiy qilib, ixcham tasvirlash diologlardan jonli manzara yaratish sirlarini o`rgandi. Biroq, bu ta`sirni faqat tashqi ko`rinishdan izlamaslik kerak. Bu ta`sirni qahramonlar ruhiy dunyosini aks ettirishdagi badiiy printsiplar mushtarakligidan izlamoq kerak.
Hikoyada qahramona tasvir usuli qahramonlar tashqi ko`rinishini tasvirlash orqali ularning ichki dunyosini ochishida namoyon bo`ladi:
«Chol eshik yaqinida boshini g’am qilib, egilib turibdi. Og`irligini u yog`idan-bu yog`iga soladi. Odob yuzasidanmi, hassamini dahlizga qoldirib kirgan.
-Xo`sh, ota, aybingizni bo`yningizga olasizmi?
Chol to`rda, stol ortida o`tirgan gardig`um, elkador bo`limi boshlig`iga manglayi ostidan qaradi:
-Ha endi aybdormiz-da,-dedi.
Jikak peshonasidan iyagiga qarab silaganda qo`l biron-bir «burun» otli to`siqqa, yo «ko`z» degan chuqurgacha tushmay o`tayotgan yapoloq zootexnik To`raboy irg`ib turdi:
-Aybdorman degani bilan qutilib ketmoqchimi? Men talab qilaman ola xo`kizning pulini to`lasin!-To`raboy joyiga o`tirdi.
Bo`lim boshlig`i kir bo`lib ketgan kolaminka kiteli yoqasidan qo`lini ichkariga solib, go`litdor yuzi tirishganicha, gardanini qashidi:
-E, attang-dedi keyin elkasini qimirlatib. Kuchdan qolibsiz-da, otam?- cholga tikildi u. Biz sizga ishongan edik. Axir kasal ekanini kunduz kuni payqagan ekansiz, shartta so`ymaysizmi? Unda buncha gap-so`z ham yo`q edi.
Ko`rinib turibdiki, hikoyada qahramonlarning tashqi ko`rinishi gapirish ohanglari o`zlarini tutishlari ham ustoz adib yo`lini eslatadi. Biroq hikoyada bosh qahramon-podachi chol ruhiy dunyosida Qari ho`kiz kechmishining alohida o`rni bor. Podachi chol obrazi mohiyatini ola ho`kizsiz tasavvur qilish mumkin emas. Ular bir butunlikning ikki tomonini tashkil etadi. Ya`ni mushtarak bir obraz sifatida namoyon bo`ladi. Qari ho`kiz hayoti har doim podachi ruhiy dunyosiga ta`sir qilib turadi. Yozuvchi podachi hayoti, uning yoshlik yillari haqida hech nima demaydi lekin uning sovxoz uchun bir umr ter to`kib halol mehnat qilgani ola ho`kiz haqidagi quyidagi parchadan anglashiladi:
«-Chol, he, burnog`i yil bir hafta hupdan chiqmagan ho`kiz shuqda a?
Podachi xotiniga ko`zlari kirdayib boqdi, so`ng quruqshagan lablarini yalab, yiroqda qabarib turgan Oytumshuq tepaligi tarafga qaradi.
O`tgan yilgacha sovxoz Oytumshiqning ustiga bug`day ekar edi. U er lalmikor holda u tepaga na mashina, na kombayn chiqa olar, erni qo`lida haydab, donni ham ho`kizlar tuyog`ida yanchib olishardi». Bu ishdan keyinchalik foyda ko`rmagan sovxoz ho`kizlar mehnatidan voz kechib, ularni semirtirib go`shtiga topshirishga qaror qilishadi. Keksa ola ho`kiz bexosdan kasallanib o`layotganida, so`yishga qo`li bormagan cholga bo`lim boshlig`ining
«-g`, attang kuchdan qopsiz-da? Degan kesatig`i podachi va ho`kizga nisbatan ularning bir xil munosabatini ko`rsatadi. Sovxoz kattalari ham ho`kiz ham podachining bir umrlik halol mehnatidan foydalanib, endi qarib kuchdan qolganda, yaroqsizga chiqarib, birini go`shtga tayyorlasa, ikkinchisining ko`p yillik xizmatlarini inobatga olmasdan tovon to`lashni talab qiladi.

2.2 Inson va tabiat adib hikoyalarining mehvari.


Sh.Xolmirzayev jahonning mashhur yozuvchilari qatorida, ularga bo‘ylasha oladigan darajada tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratdiki, bu yozuvchi ijodining alohida bo‘rtib ko‘rinib turuvchi bir qirrasidir. Mana shu sababdan ham katta imkoniyati tufayli tabiat qonunlari, hayvonlarning yashash tarzlari, har bir giyohning o‘ziga xos xususiyatlari haqida puxta bilimga ega. Bu jihatdan J.London, E.Xeminguey, S.Tompson asarlarining yozuvchi ijodiga ta'siri ham katgadir. Tanqidchi U.Normatov ‘Zaminda yashaymiz, zaminni o‘ylaymiz’ maqolasida Sh.Xolmirzayev hikoyalariga xos mazkur xususiyat haqida shunday deydi: ‘Inson va tabiat munosabati Sh.Xolmirzayev hikoyalarining yetakchi leytmotiviga aylanib qoldi.Shunisi xarakterliki, yozuvchining so‘nggi yillarda yaratgan deyarli barcha hikoyalari shu mavzu atrofida aylansa-da, ular bir-birini takrorlamaydi, har gal avtor masalaning yangi qirrasini kashf etadi, yangi xarakter yaratadi, xarakter qalbining yangi tomonini ochadi...’. Shu nuqtai nazardan yozuvchining inson va tabiat mavzuidagi hikoyalarini ko‘zdan kechirsak, inson xarakterining qanchalar murakkab ekanligi, bu murakkabliklar, uning hatto, tabiatga munosabatlarida ham namoyon bo‘lishini kuzatamiz. Chunonchi, ‘Kulgan bilan kuldirgan’ (1972) hikoyasida Shukur Xolmirzayev vatan go‘zalligi, boyligi, umuman, tabiatga befarq bo‘lmagan, uni sevuvchi kishilarni tashvishga solayotgan - tabiat boyliklarini asrash masalasini ilgari suradi va bu masalaning mohiyatini oddiy bir voqyea tasviri orqali ko‘rsatadi. ‘Kulgan bilan kuldirgan’ hikoyasida bosh qahramon tog‘dagi kakliklar haqida qayg‘uradi, bir-ikki qushni emas, umuman, hududdagi barcha qushlarni qahraton ayozdan omon chiqarib olish g‘amini yeydi. ‘Jarga uchgai odam’da esa o‘zi tabiat va uni asrash xususida film yaratmoqchi bo‘lgan kinorejissyor butun boshli ayiqni o‘ldirib ikki bolasini yetim qilgani uchun tegishli tashkilotlar tomonidan emas, oddiy bir tabiat jonkuyari qo‘lidai ayovsiz jazolanadi. Yozuvchining bu kabi asarlarida aks etgan o‘zboshimchalik oqibatida yuzlab tog‘ qishloqlari aholisi vohalarga ko‘chirilib, yashnagan go‘shalar vayronaga aylangani, ming yillik tarixiy obidalarning qarovsiz qolib ketgani, xalq kelajagini ta'min qiladigan yer-suvning isrof bo‘layotgani haqidagi fikrlar va tashvishli mulohazalar ijodkor izhor qilayotgan xalq dardining in'ikosidir. Tabiatga yondashishdagi mazkur prinsipni izohlab, Sh.Xolmirzayev aytadi: ‘...Gap shunday ekan, gap tabiatni qo‘riqlash, uni boyitib, boyliklarini saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazishdek sharafli ekan, bu masalaga hamma bir yoqadan bosh chiqarishi kerak...


Ana shunda bebaho tog‘larning jamoli xira tortmaydi, uning go‘zalligi boyligi o‘zi bilan qoladi...’. Sh.Xolmirzayevning inson va tabiat mavzusiga bag‘ishlangan hikoyalarining bir qismida tabiatning maftunkor go‘zalligi aks ettirilsa, boshqalarida tabiatga yovuzlarcha munosabat, uni talon-taroj qilishlar qoralanadi. Mana shu keyingi hikoyalarida yozuvchi tabiat hodisalaridan ‘sovuq tasvirlar’ topadi va muayyai badiiy g‘oyani ifoda qilish maqsadida o‘rinli foydalanadi. Masalan: havoning tundligi, osmonni past tushgan qora bulutlar qoplab olishi, guvillab kuchli shamol esishi, chumchuqlarniig chirqillashi, bo‘rining uvlagani, qor uchqunlarining deraza oynasiga shitirlab urilishi, quyunning qorlarni to‘zg‘itib o‘ynashi, ‘bo‘ronning qori qalin betlarini yalab -supurib’ ketishi odamning kayfiyatiga yomon ta'sir qiladi. Bu tasvirlar hikoyalardagi qahramon xarakterini yoritib beruvchi vositalar, xolos. Sh.Xolmirzayevning mana shunday ruhda yo’zilgan hikoyalaridagi tasvirda sovuqqonlik bor, chunki bir suhbatida yozuvchining o‘zi ta'kidlaganidek, manzarada shafqatsizlik bor; ‘sovuq, shafqatsiz go‘zallik bor. Tog‘larida, so‘qmoqlarida, archalarida... Odamni tarbiya qiladi’. ‘Muallif tabiatning qaysi hodisasi yoki holatidan material olmasin, u avvalo naturalist sifatida tabiat hodisalarining ob'ektiv mohiyatidan kelib chiqadi va ularni o‘z g‘oyaviy maqsadiga mohirlik bilan yo‘naltiradi. Tabiatnnng har bir hodisasi muallif tafakkurida, tuyg‘ular olamida sayqal topadi va qisman bo‘rtgirilgan, birmuncha izohlaigan tarzda ko‘tarayotgan muammolar koitsepsiyalarni yaqqol ochib beruvchi syujetga aylanadi’. Xususan, ‘Zov ostida adashuv’, ‘Cho‘loq turna’, ‘Yangi zot’, ‘Boychechak ochildi’, ‘Qush tili’ va boshqa asarlarni o‘qib shunday xulosaga kelish mumkin. Sh.Xolmirzayev qahramonlari ona yurtga, tabiatga mehr qo‘ygan yuksak e'tiqodli kishilardir. Lekin uning ‘Yovvoyi gul’, ‘Boychechak ochildi’ hikoyalaridagi asosiy gap tabiatga munosabat haqida emas, balki tabiatning insonga ta'siri, oddiy giyohinng sehrli qudrati orqali ibratli mulohazalarni o‘rtaga tashlaydi. ‘Boychechak ochildi’ (1971) hikoyasida esa ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shgan adabiyotshunos olim katta shaharda yashab, ona tabiatdan biroz uzoqlashib qolgani natijasida tabiatga yaqinlashish bilan uning ruhiyatidagi o‘zgarishlar ko‘rsatiladi.
“Sh.Xolmirzayev hikoyalarida tadqiq etilgan inson va tabiatning o‘zaro aloqasi masalasi yozuvchi ijodiy evolyusiyasining deyarli barcha bosqichlarida asosiy o‘rinni egallaydi. Bunday hikoyalarning bir qismida tabiatni asrab- avaylash haqida gap ketsa, boshqa bir guruhida tabiat go‘zalliklarini tasvirlash bilan birga, inson va tabiat munosabatlari go‘zallitini tarannum etuvchi asarlar ko‘proq o‘rinni egallagani ko‘rinadi, chunki yozuvchi insonda tabiatga munosabat orqali yaxshilikni, ezgulikni, katta bir mehrni ko‘rishni istaydi. Bu hol, ayniqsa, inson va hayvonot dunyosi, inson va o‘simliklar olami tasvirida yaqqol ko‘rinadi” [3]. Sh.Xolmirzayevning ‘Ot egasi’, ‘Podachi’ hikoyalarida insonning hayvonga muhabbati ‘Ko‘kboy’ hikoyasida hayvonning insonga sadoqatini ko‘ramiz. E'tibor qilgan o‘quvchi yozuvchining aksar hikoyalarida ayni mavzuga murojaat etilib, tabiatga aloqador gaplar katta ijtimoiy-axloqiy, ma'naviy-ma'rifiy muammolar, inson va uning taqdiri, tarbiyasi haqidagi falsafiy fikrlar bilan tutashib ketganligini ko‘radi. Inson tabiatdan tirqishsiz devor orqali ajralib turmaydi, barcha borliq, mavjudot biri ikkinchisidan oladi yoki beradi. Ushbu prinsip nafaqat inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatda amal qilinadi, balki bu tuyg‘u inson va hayvonot dunyosida, ularning o‘zaro munosabatida ham ko‘rinadi. Bunday uzviy bog‘liqlikni aks etgirgan hikoyalarda bir dunyo bilan ikkinchi dunyoni, bir olam bilan ikkinchi olamni vafo, sadoqat, mehr-muhabbat tushunchalari bog‘lab turadi. Hayvonot dunyosi haqida jahon xalqlari adabiyotida yaratilgan Redyard Kipling, Jek London, Seton-Tompson, Orosio Kiroga, Lev Brandt, Yuriy Kazakovlarning turli ma'naviy va ijtimoiy muammolarni o‘rtaga tashlagan ko‘pgina asarlari o‘quvchilarga ma'lum va manzur. Ana shunday muammo, ma'no Sh.Xolmirzayevning inson va hayvonlar munosabatiga bag‘ishlangan hikoyalarida ham o‘ziga xos tarzda yozuvchi tug‘ilib o‘sgan Boysun tabiati va kishilari xarakteridan kelib chiqib badiiy talqin qilingan. Shukur Xolmirzayevning tabiat va inson munosabatlariga bag‘ishlangan hikoyalari o‘zining rang-barang badiiy talqiniga ega ekanligini kuzatish mumkin. Bu jihat yozuvchining nafaqat hikoyalarida, balki uning qariyb barcha asarlarida - qissa, esse, romanlarida ham ko‘zga tashlanadi, ularda doim tabiatga murojaat etiladi, o‘quvchiga tabiatning yangi-yangi sir-asrorlari oshkor qilinadi. Chunki tug‘ilgan yurtidan uzoqda yashasa-da, tabiat, uning go‘zalliklari hamma-hammasi yozuvchining qon-qoniga, ongiga singib qolgap. U o‘zi tug‘ilib o‘sgan Boysundan, hatto, ruhan ham ajralib yashay olmaydi. Adabiyotshunos Y.Solijonov tabiat tasvirida yozuvchining detallarga alohida ahamiyat berishi haqida quyidagicha ifodalaydi: “Shukur Xolmirzaevning asarlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan detallar bu — tabiat unsurlari: turli daraxtlar, o‘t-o‘lanlar, gullar, qushlar, hashoratlar va hayvonlardir. Ularni inson obraziga nisbat berish bilan adib tabiat va odamning yaqinligini, biri ikkinchisisiz yashay olmasligini uqdirmoqchi bo‘ladi. Ayni chog‘da tabiat hodisalaridagi o‘zgarishlarga, ularning o‘ziga xosligi (masalan, yarmi qurigan do‘lananing hamon gullab, meva tugishi, gap tomirning chuqur ketganligi, ya'ni mohiyatda ekani)ga urg‘u berish orqali odamni o‘z hayotiga e'tiborliroq bo‘lishga undaydi. Ha, Shukurning asarlarida tabiat gapiradi, harakat qiladi, ko‘rkini namoyish etish uchun quturib gullab, bizni maftun etadi. Ruhiyatimizga osoyishtalik bag‘ishlab, umrimizni uzaytiradi” .Sh.Xolmirzayev hikoyalarida tabiat o‘quvchiga estetik zavq, lirik kayfiyat bag‘ishlovchi vosita, siqilgan yurakka taskin beruvchi maskan sifatida talqin qilinadi. Qator hikoyalaridagi Islom, Ehson, Qo‘ng‘irot domla obrazlari orqali yozuvchining o‘zi ona tabiatning maftuni, himoyachisi, kurashchisi kabi ish tutadi.
Uning asarlarida osmon baravar tog‘lar, jiyaklarida boychechaklar o‘sib yotgan so‘qmoq.lar, shishadek tiniq osmon, oppoq momiq bulutlar, shoxlari osmonga tekkudek azim daraxtlar, sokin o‘rmonlar, kakliklarning sayrashi kishining bahri-dilini ochadi; tandir og‘ziday alangalanib turgan quyosh, yam-yashil yaproqlari tagidan no‘xatdek-no‘xatdek zangor mevalari ko‘rinib turgan archa ko‘ngillarga shodlik baxsh etadi; cho‘l havosi, uning kengligi, sarg‘ish tuman ichra suzayotgan oy, bo‘g‘iq ovoz chiqarib, afsonaviy bir maxluqdek kilkillab oqayotgan daryo asabni xotirjam qiladi. Bu manzaralar qandaydir tashqi kuzatuv asosidagi tasvir emas. Bu yeru osmondagi barcha go‘zalliklar ham birdaniga, bir vaqtda yozuvchi ko‘z o‘ngida gavdalanmaydi, bu eshitish va ko‘rish orqali qabul qilinadigan tabiat manzarasi emas, balki bu murakkab va aniq qonunlarga asoslangan tabiat hayotining umumiy manzarasi. Tabiatni har tomonlama, ikirchikirlarigacha, chuqur bilimdonlik bilan tasvirlash yozuvchi ijodiy prinsipining asosiy xususiyatlaridan biridir. Sh.Xolmirzayev asarlarida tog‘, cho‘l, qishloq tabiati tasvirlari ko‘p uchrasa-da, ammo bu tasvirlar hych qachon bir-birini takrorlamaydi, manzaradagi rang-baranglik tasvirda o‘ziga xoslikni ta'minlagan.
Shukur Xolmirzaev asarlarida tasvirlangan hayot materiali o`ziga yaqin, qahramonlari o`zi tug`ilib o`sgan tog`, dasht, qishloq odamlaridir. Bu odamlar xarakteridagi o`ziga xos xususiyatlar ularning kundalik turmush tarzdagi oddiy voqealar orqali ko`rsatiladi. «Men avtorning o`zidan uzoq mavzuda yozishga qarshi emasman, -deydi yozuvchi. O`ziga yaqin narsa hamisha «yangi» bo`ladi, adabiyotni boyitishga qodir yozuvchi uchun esa, ayni muddao...».
Yozuvchi o`zining «Hikoya haqida» nomli maqolasini ijodkor o`ziga xosligining «shakllanish» davriga bag`ishlangan edi. Maqolada Shukur Xolmirzaev hikoya janrining klassiklari deb to`rtta ulug` adibni sanash bilan kifoyalanadi. Bular A.Chexov, Isen London, R.Pagor va A.Qahhor. Yozuvchi bu hikoyanavislar ijodini o`qib-o`rganish asosida quyidag xulosalarga kelgan;
«Men Chexov domlada hikoyada xarakter-fe`lu atvori tirik odam qanday aks etilishini ko`rib hayratda qoldim... Ammo Jek Londonning Chexovdan farq etib, kezi kelganda o`zi tasvirlagan, kuchli, olijanob qahramonlarni sevishini baralla aytishi, hatto uni o`ta bo`rg`tirishi ham menga ma`qul tushdi. Demak, chin... hikoyada yozuvchi, kezi kelganda, qahramonlarga munosabatini bekitmasa ham bo`laveradi... Tagorni o`qiganimdan keyin hikoyada chuqur bir ma`no bo`lishi kerak, degan xulosaga keldim...»1
Sh. Xolmirzaevning ijodida tabiat va inson munosabatlar alohida diqqatga sazovor mavzulardan biridir. Adib asarlarida tabiatga «o`lja» sifatida qarovchilar, turli hodisalar girdobida o`zlari ona tabiatning «o`lja»siga aylanadi, undan manfaat kutib, uning tabiiyligiga xiyonat qilgan qahramonlarning o`zlari ham mana shu xiyonatning qurboni bo`ladilar. Sh. Xolmirzaev ijodida tabiat o`z holiga bir dunyo, unga inson aralashuvi bilan dunyo boyishi va aksincha ayrim jihatlari emirilishi mumkin. Insonning insonligi ham tabiatni bir butun hamda saqlay olishda ko`rinadi. («Jarga uchragan odam», «Podachi», «Omon ovchining o`limi»).
Inson va tabiat Sh. Xolmirzaev hikoyalarining mehvari mana shu ikki cheksiz dunyo uyg`unligiga tayanadi. Buni «Hayot adabiy» to`plamidagi tabiatga yozuvlarga munosabatda bo`layotgan g`addor kimsa qiyofasini aks ettirilgan «jarga uchragan odam», ne-ne azob uqubatlarga qolib, eshakda qorlarga botib, tog`dagi och kakliklarga don olib boruvchi fidoyi maktab o`qituvchisi Ehson bilan uning butkul teskarisi, mehmonlarga damlanajak oshga, ana shu kakliklar go`shtidan bosish payida yurgan sovxoz direktori- Eshquvatovning basharasi ochib tashlangan. «Kulgan bilan kuldirgan»; Tabiatdan bebahra yashash, uni his etmaslik, unga hamnafas bo`lmaslik insonning tuyg`ularini o`tmaslashtiribgina qolmay, ayirib qo`yishi mumkinligi falsafasi ifodalagan «Oy yorug`ida» kabi hikoyalarida ko`rishimiz mumkin.

XULOSA.
О’zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri yozuvchi Shukur Xolmirzayev asosan hikoyanavis sifatida mashhur bо’ldi. Jahon adabiyotidagi nazariy qarashlarni chuqur о’zlashtirgan adib boshqalardan о’rganganlarini о’zining ijodida mahorat bilan qо’llay bildi. Yozuvchi asarlarida uslubiy yangiliklarga intilishni ham, shaklan betakrorlikka qiziqishni ham uchratamiz. Adib oramizdagi oddiy kishilar tasvirini yaratsada, bundan muhim umumlashmalar, chin hayotiy xulosalar chiqaradi. Shu bois Shukur Xolmirzayev asarlaridagi qahramonlarning jonli, ishonarli tasviri kitobxonni о’ziga rom etadi. Yozuvchi о’zining bir suhbatida: ‘...о’tmishu ho’zirgi zamon adabiyoti – yo’zish usullarini bir qadar о’rganib, о’z yо’limni topish ustida kо’p о’yladim. Sizga ochiq aytaman, asarlarim ba‘zilarga manzur bо’lmagan esada, umrimning kо’pi ana shu asarlarni qanday yo’zish kerakligi ustida kechdi. Men bundan sira о’kinmayman. Zeroki, ho’zir ham о’zimni izlanishda deb bilaman. Kunora uslubimga qо’shish imkoni bor bо’lgan bitta-yarimta yangilik topaman. Bu izlanish hatto nuqta, vergulni qayerga qо’yish borasida ham bо’ladi’, – degan edi.


Darhaqiqat, umri davomida izlanishda bо’lgan Shukur Xolmirzayevning millatsuyarligi, vatanparvarligi, Sо’zga, Adabiyotga bо’lgan sadoqati har bir asarida namoyon bо’ladi. Millat degan tushunchani g’oyat qadrlagan yozuvchi u bilan bog’liq masalalarning katta-kichigi, muhim-nomuhimi bо’lmasligini ta’kidlab, о’z asarlarida milliy ruhiyatni chuqur, ishonarli ifodalay bildi. Adibning insonni tasvirlashdagi mahorati, uning kechinmalari, dardu qayg’usi, shodligu zavqini kо’rsatib bera olish iqtidori adib ijodiga hayotiylik bag’ishlagan va pirovardida bu xususiyat Shukur Xolmirzayev asarlari yashovchanligining asosiy sabablaridan biriga aylangan. Yozuvchikishilar hayotidagi zohiran kо’rinmas, ammo botinan katta ta’sir kuchiga ega bо’lgan milliy va mahalliy qadriyatlar, an’analarni ham о’z asarlarida kо’rsatib beradi. Xolis tasvirlash – qahramonning xatti-harakatlarini uning ichki dunyosi – fikrlashi, e’tiqodi, urf-odatlarga munosabatidan kelib chiqib ifodalash – Shukur Xolmirzayev ijodining muhim jihatlaridan biridir. Adib qahramonlari tasvirida hayot haqiqatiga zid о’rinlarga yо’l qо’ymaydi, har bir personajni ‘о’ziga о’zi javobgar’ tarzida kо’rsatadi. Umuman, о’zbek adabiyotining yetuk namoyondasi Shukur Xolmirzayevning istiqlol davrida yaratgan hikoyalarida milliy ruhiyatning aks etishi yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik: – Shukur Xolmirzayevning istiqlol mavzuidagi asarlarida muallifning Insonga yondashuvidagi о’ziga xoslik: obyektivlik, Insonni tushunishga harakat qilish, xolislikdan chekinmaslik kabi jihatlar yanada ochiqroq namoyon bо’lishligiga amin bо’ldik; – adib qahramonlarining ruhiyatini tasvirlar ekan, milliy dunyoqarashga mos kelmaydigan о’rinlarga yо’l qо’ymaydi, natijada yozuvchining asarlarida milliy ruhiyat ifodasi qahramonlarning ishonarli, jonli chiqishi uchun asosiy omil vazifasini о’taganligini kuzatdik; – asar qahramonlarining xatti-harakatlari, gap-sо’zlari va fe’l-atvorini uyg’unlashtirishni talab etuvchi psixologik asoslash ayni paytda ijodkorning mahoratini ham kо’rsatadi.
Sо’zga, adabiyotga, haqiqatga nisbatan qat’iy turumiga qarshi bormagan yozuvchi Shukur Xolmirzayev о’z qahramonlarining ishonarli, rost chiqishini ta’minlash uchun ularning harakatlarini har jihatdan asoslaganligin о’rgandik. – yozuvchi istiqlol arafasida va mustaqillik yillarida yozgan asarlarida adabiy qahramon konsepsiyasiga munosabatini yanada qat’iylashtirgani seziladi. Chunonchi, adibning shо’rolar zamonida ‘bosmachilik harakati’ deya qoralangan, mustaqillik davrida ‘milliy istiqlolchilik kurashi’ deb nom olgan 20-asrning ilk choragida yurtimizda kechgan dolg’ali voqealar tо’g’risidagi «Tabassum», «Qora kamar», ‘Qilkо’prik’ kabi asarlarida Insonga xolis baho berish tamoyili kо’zga tashlanadi. Yozuvchi qahramonlarni atay kо’kka kо’tarib maqtamaydi, shu bilan birga ularning nuqsonlaridan ham kо’z yummasligiga amin bо’ldik – milliylik qahramonning, avvalo, ruhiyati – о’ylash, fikrlash, munosabat bildirish tarzida va shunga muvofiq gap-sо’zi, xattiharakatlarida namoyon bо’ladi. Shukur Xolmirzayevning «О’zbek xarakteri», “Navrо’z, Navrо’z” singari asarlari qahramonlarining ichki olami ham, tashqi shamoyillari ham о’zbekonadir. Muhimi shundaki, millatning qadriyat sifatida barqarorlashgan ma’naviy tayanchlarini sun’iy yо’l bilan yiqitish mushkuldir, zotan, ayni ma’naviy ustunlargina millatning millatligini ta’minlaydi. ‘Mangu yо’ldosh’, ‘Navrо’z, Navrо’z’, «О’zbek xarakteri» kabi hikoyalarda muallif millatning tabiatida ‘afsonaviy instinkt’ singari yashayotgan qadriyatlar tasvirini yaratganligini tahlil qildik – mustaqillikka erishilgandan sо’ng siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda rо’y bergan о’zgarishlar millatimizning ma’naviyatida qator yangilanishlarni sodir etdi. Jumladan, ba’zi odamlar tо’satdan sodir bо’lgan yangiliklarga darrov moslasholmay, tushkun kayfiyatga tushgan bо’lsa, boshqa toifadagi kishilar demokratiyani, erkinlikni boshboshdoqlik tarzida qabul qildi. Uchinchi turli insonlar bо’lsa har qanday ijtimoiy sharoitda ham mavjud imkoniyatlar doirasidagi ishlashni afzal biladiganlardan iborat edi. Qizig’i shundaki, ijtimoiy hayotdagi о’zgarishlarga muayyaya darajada moslashgani holda kishilarning ma’naviy mezonlari ham bu borada butunlay izsiz ketmaydi. Shukur Xolmirzayevning ‘Quyosh-ku falakda kezib yuribdi...’, «Ozodlik», ‘Qadimda bо’lgan ekan....’ va boshqa hikoyalarida mana shunday kayfiyatdagi millatdoshlarimizning haqqoniy badiiy talqiniga duch kelamiz – о’zbek millati jamoaviylikka intilib yashaydi, uning tabiati kо’p bilan kengashib ish kо’rishga moyil. О’zbeklar uchun eldan chiqish, kо’pchilikdan ajralib qolishdan yomoni yо’q. Shukur Xolmirzayevning «О’zbek xarakteri», “О’zbek bobo’’, «Ozodlik» kabi hikoyalarida ana shu jihatlaryorqin gavdalantiriladi – ma’lumki, odam ruhiyatiga xos asl jihatlar ekstremal, favqulodda holatlarda yaqqolroq namoyon bо’ladi. Boshqacha aytganda, kishi qaltis vaziyatlarda aslidagiday – turli ‘qoliplar’ga, ‘shakllar’ga kirmay, moslashmay, boricha kо’rinadi. Sababi shoshqinch holatlarda kishining mulohaza yuritishga, mushohadaga imkoni bо’lmaydi. Shu bois ham jamiyatda ijtimoiy vaziyat keskin о’zgarganda turli xil kayfiyatdagi insonlar aniqroq kо’zga tashlanadi, bunday pallalarda barqaror vaqtdagiga qaraganda kishilar voqea-hodisalarga tezroq munosabat bildiradilar. Adibning ‘Bir guzar odamlari’ hikoyasida millatdoshlarimizning favqulodda vaziyatlarda ichki dunyosidagi о’ziga xos, shu bilan birga millatning umumiy jipsligini ta’minlovchi mehr-oqibat, о’zaro hurmat, pokdomonlik, va’daga vafo qilish singari xislatlarning yorqinroq aks etishi ifodalansa, ‘Arpali qishlog’ida’, ‘Bir kо’rgan tanish...’ singari asarlarda esa ichidagi kechinmalarini oshkor etishdan kо’ra mavjud ma’naviy mezonlarga amal qilishni afzal kо’radigan andishali, or-nomusli kishilarning ruhiyati ishonarli tarzda kо’rsatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Каримов И.А. Адабиётга эьтибор – маьнавиятга, келажакка эьтибор.
- Т.: Ўзбекистон, 2010.
2. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Адолатли жамият сари.
- Т.: Ўзбекистон, 1998.
3. Karimov I.А. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. - Т.: Ma’naviyat, 2008.
4.Миллий истиқлол сари: асосий тушунча ва тамойиллар. -Т.: Ўзбекистон,
2000.
5.Xolmirzayev Sh.Ijodkor adolatli bo‘lishi kerak! O‘zbekiston adabiyoti va
san’ati. 2012 yil, 12.
6. Xolmirzayev Sh. Jahonbop asar yoza olaman, lekin. O‘zbekiston adabiyoti va
san’ati. 2002, 48.
7. Normatov. U. Bugunning hikoyalari // Jahon adabiyoti. 1993, №3.
8. Umurov. H. Adabiyot nazariyasi. Toshkent, 2002.
9. Xolmirzaev. Sh. Komil inson orzusi yoxud adabiyotning ibrat yaratish ma`suliyati. O`zAS 2001
10. Shermuhammedov. P. Iltimos davomini yozing // «Sharq yulduzi» 1972
11. Hammualiflar: XX asr o`zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1999
12. Hamidova.M. Ruhiyatdagi inqilob // «Sharq yulduzi», 2000. №5-6.
13. Hamidov. M. Sh.Xolmirzaevning portret yaratish mahorati // «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 2000. №4
14.http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism.
15.Uz/ru/library/book/779/libid/20703.
16. www.ziyo.uz.
Download 243,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish