O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
TARIX
1/6/2 2021
- 17 -
UDK: 94.575.9.
Doniyor ANVAROV,
O`zFA Tarix instituti tayanch doktoranti
E-mail: danvarov1995@gmail.com
OʻzFA Tarix instituti professori, tarix f. D.A d Alimova taqrizi asosida
STUDY OF THE TEMURIAN PERIOD IN IRANIAN RESEARCH INSTITUTIONS
Abstract
This article deals with the historiography of the Timurid period in Iranian research institutions. The work of Iranian researchers
on this topic is covered from a historical point of view.
Keywords:
Iran, Timurids, Islamic revolution, Iranian studies, scientific research institutes, higher education institutions,
Institute of Humanities and Cultural Studies, shia, hunting, Islamic history research center.
ИЗУЧЕНИЕ ТЕМУРИАНСКОГО ПЕРИОДА В ИРАНСКИХ НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ
УЧРЕЖДЕНИЯХ
Аннотация
Статья посвящена историографии периода Тимуридов в иранских исследовательских учреждениях. Работа иранских
исследователей по этой теме освещена с исторической точки зрения.
Ключевые слова:
Иран, Тимуриды, исламская революция, иранистика, исследовательские институты, высшие учебные
заведения, Институт гуманитарных и культурных исследований, шииты, охота, Центр исследований исламской истории.
ERON ILMIY TADQIQOT MUASSASALARIDA TEMURIYLAR DAVRINING O`RGANILISHI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Eron ilmiy tadqiqot muassasalarida Temuriylar davri tarixshunosligi haqida so`z boradi. Bunda Eronlik
tadqiqotchilar yuqoridagi mavzu yuzasidan amalga oshirgan ishlarining tarixshunoslik nuqtai nazaridan yoritilishi o`rin olgan.
Kalit so`zlar:
Eron, Temuriylar, islom inqilobi, eronshunoslik, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy ta`lim muassasalari, Gumanitar va
madaniy tadqiqotlar instituti, shia, ov, Islom tarixi ilmiy tadqiqot markazi.
Kirish.
Markaziy
Osiyo
tarixi
haqida
ilmiy
tadqiqotlarni olib borish borasida sharqning Xitoy, Hindiston,
Turkiya kabi davlatlari qatorida Eron ham muhim ahamiyat
kasb etadi.
Eronda ilmiy markazlarning tashkil etilishida hukumat
asosiy rol o`ynagan. Buning sababi, 1979-yilgi islom
inqilobidan keyin Eronga islom kirib kelgan hamda undan
keyingi davrlarni o`rganish yanada dolzarb masalalardan biri
sifatida ko`rila boshlandi.
Eronda Temuriylar haqidagi dastlabki ilmiy qarash-
larning paydo bo`lishiga eronshunoslik va islomshunoslik
maktablarining tashkil etilishi asosiy rol o`ynadi. Ushbu
muassasalarga asos solinishi hamda Temuriylar haqidagi
ma`lumotlarning iste`molga kiritilishi temurshunoslikning
ilmiy jihatdan tadqiq etilishiga ilk qadam bo`lib xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |