Asosiy qism P-n o’tishning xossalari mavzusini o’tish uslublari
Mening pedagogik texnologiyam quydagicha:
Har bir uy ishini telegram (@fizika_onlain_2002_bot) bot orqali baholash, masalan fizikada shunday mavzular borki ular asosan nazariy bilimlarni tashkil etadi, mening kurs ishimdagi p'n o'tish hodisagi ham shu mavzular sirasiga kiradi. Men bu yerda formula yo'q demayapman, bu mavzuga tegishli formulalar bor, faqat ular murakkab va asosan maktab darsligi dasturiga mos emas, masalan p-n yarim o'tkazgichlarning potensial to'siq balandligi, uning uzunligi va h.k. Shuning uchun o'quvchilarga uy ishi nazariy bilimlarni mustahkamlash bo'la oladi va bu telegramm bot orqali nazariy test o'tkaziladi, har bir testni 1 ballik sistemada baholayman. Mening baholashimda 1 va 0 bo'lmaydi. 0, 0.5 va 1 ballar mavjud bo'ladi. Ya'ni bitta mutalqo noto'g'ri javob, bitta qisman to'g'ri javob va bitta ta mutlaqo to'g'ri javob. Har bir o'quvchining balli hisoblab boriladi.
Agar mavzuda amaliy mashqlar ham o'rin egallasa bunda ular o'z yechimlarini telegramm botga jo'natishi kerak bo'ladi va nazariy qismiga yana test tuziladi, albatta test faqat fizikaviy ilmiy bilimlar asosida emas chunki bu o'quvchini zeriktiradi, ularga mantiqiy va qiziqarli faktlar ham qo'shadi.
Asosiy qism P-n o’tishning xossalari mavzusini o’tish uslublari
. Shunday qilib har bir o'quvchi baholanadi va yangi dars boshlanishida o'quvchilar o'zlarida muammo bo'lgan savollarni qog'ozga yozib o'qituvchiga berishlari kerak bo'ladi bunda ular o'zidagi muammo bo'lgan narsalarni va testdan chiqargan qisqacha xulosalarini yozishdi va dars boshlanishidagi 2 minut ichida o'qituvchi partasidagi qizil va havorang qutichalarga tashlashadi. O'qituvchi uy vazifalarini tahlil qilib borishda savollarga ham javob beradi. Bu jarayon darsning dastlabki 5÷10 minut oralig'ida o'tkazilishi kerak.
Har yarim yil oxirida ballar hisoblanadi va eng ko'p ball to'plagan o'quvchiga "The best physics of the school" farxiy unvoni berilishu bilan birga, Perelmanning "Qiziqarli fizika", "Qiziqarli matematika" kitoblari hadya qilinadi, sababi bu kitoblarda mantiqiy savollar va boshqotirmalar ham bor.
XULOSA
Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatadiki, birinchidan, bugungi kunda ta’lim mazmuniga , o’qitish uslubiga , amaliy mashg’ulotlarga talab mutlaqo o’zgargan , ikkinchidan , fizika mashg’ulotlari samaradorligini oshirish ko’p qirrali bo’lib, uzluksiz ta’lim tizimidagi yangi oliy, o’rta maxsus kasb – hunar ta’lim tizimidagi xususan , akademik letsiylarda fizikani o’qitish fizikani o’qitishda amaliy mashg’ulotlarni pedagogik dasturiy vositalar asosida takomillashtirish muammosi tuliq yoritilmagan. O’rta maxsus , kasb- hunar ta’limi tizimida fizika mashg’ulotlarini inovatsion texnologiya asosida samaradorligini yanada oshirish masalasini ilmiy-pedadogik nuqtai nazaridan chuqur tahlil qilib , uning metodologik asoslarini ishlab chiqish zarurati mazkur tadqiqot mavzusini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |