Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi prezidentining retsepturaga asoslangan qonun va farmoyishlari. 217-A guruh talabasi Yakubova Kamola Umumiy qoidalar Bekor qilingan 2017 yildan Bemorlarni dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlash dori vositalarini ambulatoriya-poliklinika muassasalari orqali yoxud dorixonalar orqali berish yo‘li bilan amalga oshiriladi Amalda Bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish bemorlar ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida davolovchi vrachlarning tayinlashi bo‘yicha bepul beriladi Tahrirda Tahrirda Bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish dorixonalar tomonidan bemor ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida davolovchi vrach tomonidan yozilgan imtiyozli berish retsepti (bundan buyon matnda retsept deb yuritiladi) asosida bepul beriladi.Retseptura blankalarini to‘ldirish va retseptlarni rasmiylashtirish Tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun ambulatoriya-poliklinika muassasalariga biriktirilgan bemorlarga imtiyozli berish uchun mo‘ljallangan dori vositalari ushbu muassasa rahbarining buyrug‘i bilan belgilangan mas’ul shaxs tomonidan davolovchi vrachlarning tayinlashiga muvofiq mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi Talabnoma asosida beriladi Talabnoma ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqini tasdiqlaydigan hujjat (hujjatlar) asosida yoziladi. Talabnoma dori vositasining savdo nomi, o‘ram turi, qadoqlash va shu kabilar ko‘rsatilgan holda ikki nusxada yoziladi. Talabnoma ambulatoriya-poliklinika muassasasining rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanishi va dumaloq muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Talabnomaning birinchi nusxasi (dori vositalari olinganligi to‘g‘risida mas’ul shaxsning tilxati bilan birgalikda) ambulatoriya-poliklinika muassasasi dorixonasida qoladi, ikkinchi nusxasi esa — mas’ul shaxs dori vositalarini olganidan keyin unga qaytariladi. Retsept davolovchi vrachning imzosi va shaxsiy muhri, ambulatoriya-poliklinika muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul shaxsning imzosi hamda ambulatoriya-poliklinika muassasasining dumaloq muhri bilan tasdiqlanadi. Retseptning yuqori chap burchagida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ambulator-poliklinika muassasasining shtampi, yuqori o‘ng burchagida bemorning toifasi aks ettiriladi Retsept davolovchi vrachning imzosi va shaxsiy muhri, ambulatoriya-poliklinika muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul shaxsning imzosi hamda ambulatoriya-poliklinika muassasasining dumaloq muhri bilan tasdiqlanadi. Retseptning yuqori chap burchagida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ambulator-poliklinika muassasasining shtampi, yuqori o‘ng burchagida bemorning toifasi aks ettiriladi