5-Mavzu. Ishqorli akkumulyator batareyasi
I. Mavzu rejasi:
1. Qo’rg`oshinli starter akkumulyator batareyalari
2. Qo’rg’oshin-kislotali akkumulatorlar batareyasi.
3. Ishqorli akkumulyator batareyasituzilishi.
II. Tayanch so‘zlar va iboralar:
Generator, gabarit o‘lcham, cho‘tka, kollektor, Uyg‘otish chulg‘ami, yuklama tok, rostlash tizimi, aylanuvchi rotor, kontakt halqalar, cho‘tkatutqich, shkiv.
III. Maqsad:
Talabalarda elektr bilan ta’minlash tizimi bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
IV. Mustaqil tayyorgarlik/o‘z-o‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar
Generator ishga tushishi uchun qaysi omillar kerak bo‘ladi?
Kuchlanish hosil qiluvchi generatorning asosiy elementlarini sanab bering?
Kuchlanish regulyatorlarining qanday turlari mavjud?
Elektromexanik kuchlanish regulyatorlarining qanday afzallik va kamchiliklari bor?
Akkumulyator batareyalari plastinalari qanday metalldan tarkib topgan?
oshirilmoqda?
Akkumulyator batareyasi zaryadini tiklash uchun qanday texnik xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladi?
Generator nosozligining eng sodda sababi qanday?
Rostlash ko‘prigida qanday nosozliklar uchraydi?
Kuchlanish regulyatorida qanday nosozliklar uchraydi?
Ichki yonuv dvigatelni ishga tushirish jarayonida startorni tok bilan ta`minlash va generator ishlamaganda yoki uning quvvati etarli bo’lmaganda avtomobildagi barcha tok iste`molchilarini elektr energiya bilan ta`minlash vazifasini akkumulator batareyasi bajaradi. Akkumulator elektr tokining kimyoviy manbai bo’lib, u tashqaridan elektr toki berilganda kiyomviy energiyani yig’ish (zaryadlanish) va uni elektr energiya ko’rinishida tashqi iste`molchilarga uzatish (razryadlanish) qobiliyatiga ega bo’lgan moslamadir. Energiyaning bir turdan ikkinchi turga o’tish jarayoni akkumulatorning butun ishlash davrida uzluksiz davom etib turadi.
Dvigatelni ishga tushirish jarayonida startor juda qisqa vaqt ichida katta miqdorda 250 A dan 1000 A gacha tok iste`mol qiladi. Shuning uchun avtomobillarga o’rnatiladigan akkumulatorlarning ichki qarshiligi imkon boricha kichik, katta razryad toklariga chidamli bo’lishi kerak. Tuzilishi katta razryad toki berishga moslashtirilgan akkumulatorlar batareyasi – startor akkumulatorlar batareyasi deb yuritiladi.
Avtomobillarda asosan qo’rg’oshin-kislotali va ba`zi hollarda ishqorli akkumulatorlar ishlatiladi.
qo’rg’oshin-kislotali akkumulator elementining elektr yurituvchi kuchi (EYUK) 2 V ga teng bo’lib, 12 V kuchlanishga ega bo’lgan akkumulatorlar batareyasini hosil qilish uchun oltita akkumulator elementi ketma-ket ulanadi. qo’rg’oshin-kislotali akkumulatorlar batareyasining ichki qarshiligi kichik bo’lganligi sababli, ularga startor ulanganda akkumulatordagi kuchlanish-ning pasayishi nisbatan kam bo’ladi. Shuning uchun qo’rg’oshin-kislotali akkumulatorlarning bir qator kamchiliklari bo’lishiga qaramasdan (mexanik mustahkamligi etarli emas, xizmat muddati nisbatan kichik va hokazo) avtomobillarda juda keng ko’lamda ishlatiladi, chunki ularning tavsifnomalari startor rejimiga eng to’la mos keladi.
Ishqorli akkumulator elementining EYUK 1,25 V ga teng bo’lib, 12 V kuchlanishga ega bo’lgan akkumulatorlar batareyasini hosil qilish uchun o’nta akkumulator elementi ketma-ket ulanadi. Ishqorli akkumulatorlar batareyasining ichki qarshiligi nisbatan katta bo’ladi, shuning uchun katta tok bilan razryad qilinganda (startor rejimi) ularning tutqichlaridagi kuchlanish, qo’rg’oshin-kislotali akkumulyatorlarga nisbatan ancha past bo’ladi va demak, startor etarli quvvat bera olmaydi. 12 V kuchlanishga mo’ljallan-gan ishqorli akkumulatorlar batareyasi, qo’rg’oshin-kislotali akkumulatorga nisbatan 1,5 marta og’ir bo’ladi, narxi esa 2-3 barobar ortiq bo’ladi. Shuning uchun, ishqorli akkumulatorlar avtomobilda juda kam ishlatiladi. Lekin ishqorli akkumulatorlarning mexanik mustahkamligi yuqoriligi va xizmat muddati qo’rg’oshin-kislotali akkumulyatorlarga nisbatan 4 - 5 barobar ortiq ekanligi diqqatga sazovordir. Shu sababli, akkumulyatorlarni ishlatish jarayonida ularning ishonchlilik va chidamlilik omillari o’ta zarur bo’lganda (masalan, er sharining shimoliy yoki janubiy qutblarida, umuman etib borish qiyin bo’lgan joylarda ishlaydigan avtomobillar uchun) ishqorli akkumulyatorlarni ishlatish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |