6-Mavzu. Generator qurilmalari
I. Mavzu rejasi:
1. Generator qurilmalari.
2. Kuchlanish regulyatorlari.
3. Akkumulyator batareyalari.
4. Elektr bilan ta’minlash tizimining nosozliklari va ularga texnikaviy xizmat ko‘rsatish.
II. Tayanch so‘zlar va iboralar:
Generator, gabarit o‘lcham, cho‘tka, kollektor, Uyg‘otish chulg‘ami, yuklama tok, rostlash tizimi, aylanuvchi rotor, kontakt halqalar, cho‘tkatutqich, shkiv.
III. Maqsad:
Talabalarda elektr bilan ta’minlash tizimi bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
IV. Mustaqil tayyorgarlik/o‘z-o‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar
Generator ishga tushishi uchun qaysi omillar kerak bo‘ladi?
Kuchlanish hosil qiluvchi generatorning asosiy elementlarini sanab bering?
Kuchlanish regulyatorlarining qanday turlari mavjud?
Elektromexanik kuchlanish regulyatorlarining qanday afzallik va kamchiliklari bor?
Akkumulyator batareyalari plastinalari qanday metalldan tarkib topgan?
oshirilmoqda?
Akkumulyator batareyasi zaryadini tiklash uchun qanday texnik xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladi?
Generator nosozligining eng sodda sababi qanday?
Rostlash ko‘prigida qanday nosozliklar uchraydi?
Kuchlanish regulyatorida qanday nosozliklar uchraydi?
Avtomobil generatorining tuzilishi sodda, ishlatilish jarayonidagi chidamlilik va ishonchlilik darajasi yuqori, gabarit o’lchamlari, massasi, tannarxi mumkin qadar kichik va dvigatel aylanishlar chastotasi past bo’lgan hollarda ham akkumulatorlar batareyasini zaryad qilinishini ta`minlash kabi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak.
Uzoq vaqt davomida avtomobillarda elektr energiyaning asosiy manbai sifatida o’zgarmas tok generatorlari ishlatildi. Avtomobillardagi elektr toki iste`molchilarining tobora ko’payishi, katta shahar ko’chalaridagi transport harakati qatnovining nihoyatda tig’izlashganligi natijasida avtomobil dvigatellarining salt ishlash vaqtining ortishi, generatorlarning quvvatini va maksimal aylanishlar chastotasini oshirish ehtiyojini tug’dirdi. O’zgarmas tok generatorining jiddiy kamchiliklari va tuzilishining o’ziga xos tomonlari bu masalani hal qilish imkonini bermaydi. Xususan:
o’zgarmas tok generatorida bir fazali o’zgaruvchan tok yakor chulg’amlarida, ya`ni generatorning aylanuvchi qismida induksiyalanadi, uni iste`molchilarga uzatish katta qiyinchiliklar tug’diradi;
o’zgarmas tok generatorlarida mexanik to’g’rilagich vazifasini bajaruvchi kollektor generatorning aylanishlar chastotasini va quvvatini oshirish imkoniyatini bermaydi, chunki yakorning aylanishlar chastotasi va undagi tok qiymati oshganda, cho’tka bilan kollektor orasida me`yoridan ortiq uchqun hosil bo’ladi va ular tez eyilib ishdan chiqadi;
o’zgarmas tok generatorining yuklama toki belgilangan maksimal qiymatidan oshib ketishi tufayli, hamda akkumulatorlar batareyasini (generator ishlamay turgan holda) generator chulg’amlari orqali zaryadsizlanish havfidan saqlash maqsadida kuchlanish rostlagichiga qo’shimcha ravishda tok cheklagich va teskari tok relelari o’rnatiladi.Bu rele-rostlagichlarning konstruksiyasini murakkablashtiradi va ularning ishonchliligini pasaytiradi.
Elektron sanoatning rivojlanishi natijasida tannarxi arzon, o’lchamlari kichik, yuqori haroratlarga chidamli va ishonchliligi baland bo’lgan kremniy yarim o’tkazgichlar asosida yasalgan to’g’rilagichlarining paydo bo’lishi avtomobillarda, o’zgarmas tok generatorlariga xos bo’lgan kamchiliklardan holi bo’lgan o’zgaruvchan tok generatorlarini keng ko’lamda ishlatish imkonini berdi.
O’zgaruvchan tok generatorlarining tuzilishi o’zgarmas tok generatorlariga nisbatan sodda, quvvati bir xil bo’lgan holda, gabarit o’lchamlari va massasi 2-3 marta kichik, chidamlilik va ishonchlilik darajasi ancha yuqori. Ularda qimmatbaho rangli metall bo’lgan mis o’zgarmas tok generatoriga nisbatan ~ 3 baravar kam ishlatiladi. O’zgaruvchan tok generatorlarida kollektor yo`q, murakkab yakor chulg’ami o’rniga o’ralishi oson bo’lgan stator chulg’amlari ishlatiladi. Uyg’otish chulg’ami ham yaxlit bitta g’altakdan iborat. O’zgarmas tok generatorlarining solishtirma quvvati (ya`ni 1 kg massasiga to’g’ri keladigan quvvat) 45 Vt/kg dan oshmagan holda, o’zgaruvchan tok generatorlaridagi bu ko’rsatkich 150 Vt/kg dan ortib ketdi.
O’zgaruvchan tok generatorlarida kollektorning yo`qligi hisobiga uning maksimal aylanishlar chastotasini 12000-15000 min -1 ga etkazish, dvigatel bilan generator orasidagi qiyiq tasmali uzatmaning uzatish sonini 2,0-2,5 gacha oshirish mumkin. Bu dvigatel salt ishlagan holda ham generatorning 50…60 % quvvatini iste`molchilarga berish va akkumulatorni zaryadlash imkonini beradi.
O’zgaruvchan tok generatorlari yuklama tok qiymatini cheklash xususiyatiga ega bo’lganligi va ularda to’g’rilagich sifatida yarim o’tkazgichli diodlar ishlatilganligi sababli tok cheklagich va teskari tok relelariga zarurat yo`qolad. Bu generatorning kuchlanishini rostlash tizimini ancha soddalashishiga va uning ishonchlilik darajasini ortdishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |